B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzu: Jamiyat va til taraqqiyoti



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/301
Sana23.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#406177
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish b.mengliyev, g.tojiyeva

 
Mavzu: Jamiyat va til taraqqiyoti 
 
Reja: 
 
1.
 
Til taraqqyoitida tashqi omillar. 
2.
 
Jamiyat va til aloqadorligi. 
3.
 
Differensiya va integratsiya. 
4.
 
Tillarning bir-biriga ta’siri. 
5.
 
Xulosa.  
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
Tashqi omillar, jamiyat va til, tilning ekstralingvistik omillari, differensiya, integratsiya, tillarning o‘zaro ta’siri, tillarning chatishuvi, 
bilingvizm, tillarning o‘zaro progressiv va regressiv ta’siri. 
 
Til taraqqiyotidagi tashqi omillar- jamiyat va til, nutqiy situatsiya, tilning boshqa tillar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri, tir taraqqiyotida  
differensiya va integratsiya hodisalari, tilning ekstralingvistik faktorlarini o‘z ichiga oladi. Paralingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika, 
sotsiolingvistika, ekstralingvistika singari  sohalar mana shu tashqi omillarni tadqiq qiladi. 
Lisoniy rivojlanishning tashqi omillari tilning hududiy (areal), davriy, ijtimoiy  va tarixiy sharoitlariga ko‘ra yuz beradi. Bunda nutq 
jarayoni  aloqa  va  kontakt  masalalari va  vaziyatlari (situatsiya)  hisobga  olinadi.  Tillarning  o‘zaro  ta’siri  va  bilingvizm    hodisasi,  nutqiy 
iqtisod  va  tushunarlilik  qonuniyatlari  o‘rganiladi.  Tashqi  omillarning  asosini-  tilning  ijtimoiy  ahamiyati  va  funksiyalari,  tillarning  tarixiy 
taraqqiyotini  tashkil  qiladi. 
Til hamisha jamiyat bilan aloqadorlikda ekan, so‘zlovchilarning ekstralingvistik omillar ta’sirida bo‘lishlari  ham shu munosabatdan 
kelib chiqadi. 
Til – jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi qadriyat. Til umumiy, nutq esa –xususiydir, ya’ni har bir kishining nutqi o‘ziga xos, individual. 
Kishilar  o‘z  tafakkur  tarziga,  fikrlash  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  ko‘ra  so‘zlaydilar.  Bundan  tashqari  nutqidan  uning  bilish  saviyasini, 
umumiy dunyoqarashi  - odatlarini, madaniyat darajasini  – ma’naviy olamini bilsa bo‘ladi, qolaversa, har birimiz o‘z uslubimiz (stil) va 
estetik, etik didimiz, tushunchaimizga ko‘ra turlicha nutqqa egamiz. 
Inson – jamiyatda tug‘ilib  voyaga yetadi, kamol topadi. Demak, insoniy til ham jamiyat bilan birgalikda rivojlanishdadir. Til ijtimoiy 
hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy biologik xususiyatlari (ovqat eyishi, nafas  olishi va h.) tabiat 
qonunlariga muvofiq, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo  tilda so‘zlashish va fikrlashish uchun kishilik jamiyati 
(sotsial  muhit)  bo‘lishi  shart.  Til  nasldan-  naslga,  avloddan-avlodga  o‘tadigan  irsiy  hodisa  emas,  aksincha,  til  jamiyat  taraqqiyotining 
mahsulidir. Agarda yosh go‘dak kimsasiz orolga yoki hayvonlar orasiga tashlab qo‘yilsa, u insoniy tildan bexabar bo‘lib o‘sadi (olimlar 
bunday tajriba o‘tkazishgan yoki eslang: Maugli) yoki agar xitoy bolasi o‘zbeklar orasida ulg‘aya, tarbiyalansa, u faqat o‘zbekcha so‘zlab, 
ajdodi  tilini bilmasligi mumkin. Lekin xitoy bolasining biologik belgilari (yuz ko‘rinishi) irsiy  holda o‘zgarmaydi. 
Til va jamiyatning uzluksiz ta’sirini  tildagi argo, jargon, tabu va evfemizmlar yoki semantik o‘zgarishlar misolida kuzatish mumkin.  


 
14 
Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi- “ko‘kidan”, “soqqa”, “mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar” kabi so‘z 
va tushuncha tilga, jamiyatga oid hodisalardir. Shuningdek, tabu va evfemizmlarning paydo bo‘lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog‘i irim 
va e’tiqodlar bilan bog‘liq. Masalan, ilon -  “arg‘amchi”, pes – “oqarmoq” kabi qo‘llashlar bu yomon hodisalarning oldini olish, irim bilan 
bog‘liq bo‘lsa, tug‘moq- “yengil bo‘lmoq”, “ko‘zi yorimoq”, “o‘g‘il yo qiz ko‘rmoq”; erga bermoq - “turmushga chiqramoq”  (uzatmoq), “baxti 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish