Bachadondan anomal qon ketishlar. Bachadon miomasi, endometrioz. Bachadon miomasi



Download 39,81 Kb.
bet2/17
Sana23.01.2022
Hajmi39,81 Kb.
#406419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BACHADONDAN ANOMAL QON KETISHLAR

Miomaning klinik belgilari

I. Ba’zi vaqtlarda bachadon miomasi hech qanday belgilarsiz kechadi, ayollarda shikoyatlar bo’lmaydi, ammo shifokorlar profilaktika maqsadida ayollarni tekshirishganda aniqlanadi. 60-80% hollarda bemorlarda asosiy belgilaridan biri qon ketishi hisoblanadi. Qon ketish alomatlari ham turli bemorlarda turlicha kechadi. Ba’zilarida hayz sikli uzayishi yoki hayz vaqtida qon miqdorining biroz ko’payishi-menorragiya kuzatilsa, ba’zi birlarida tartibsiz, juda ko’p miqdorda to’xtovsiz qon ketib, hatto og’ir turdagi kamqonlik kasalligiga olib kelishi mumkin. (metrorragiya).

Qon ketish miqdori o’smanining katta-kichikligiga bog’liq emas. Chunki katta o’lchamdagi subseroz tugunlar mavjud bo’lganda hayz ko’rish mutlaqo asoratsiz kechishi mumkin, bunga qarama-qarshi o’laroq, mayda shilliq osti mioma tugunchalari ko’p qon ketishiga, menorragik va hatto menometrorragik hayz sikli buzilishiga olib keladi.

Hayz 10-12 kungacha davom etib, juda ko’p miqdorda qon ketadi, bunga giperpolimenoreya deyiladi.

Bunday turdagi qon ketishining sabablari:


  1. Bachadon mushaklari qisqarishining buzilishi

  2. Bachadon shilliq qavati yuzasining kattalashishi

  3. Estrogen gormon metabolizmining o’zgarishi

  4. Bachadon shilliq qavati regeneratsiyasining susayishidan iborat.

Bunday bemorda bachadon shilliq qavatini gistologik tekshirish natijasida endometriy qavatining giperplaziyasi (qalinlashgani) aniqlanadi. Bachadon shilliq qavatining giperplaziyasida ko’p qon ketishiga quyidagilar sabab bo’ladi: tuxumdon follikullari persistensiyasi natijasida organizmda haddan tashqari follikulinemiya (follikulin miqdori ko’payib ketadi) kuzatiladi, bu esa o’z navbatida bachadon shilliq qavatining uzoq muddat davomidagi proliferatsiyasi va qalinlashishiga olib keladi. Buning oqibatida bachadon shilliq qavatining ayrim qismlarida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lib, har xil toifadagi poliplar bachadonning butun bo’shlig’i kattalashishiga olib keladi, qalinlashgan shilliq qavat bilan to’ldiradi. Shu bilan birga organizmdagi giperfollikulinemiya bachadon shilliq qavati proliferatsiyasining kuchayi­shiga olib keladi. Shilliq qavatining bir-birini bosishi natijasida uning yuzasida nekroz alomatlari sodir bo’ladi. Keyinchalik nekroz bo’l­gan qismlarning asta-sekin ko’chib chiqishi uzoq muddat va ko’p miqdorda qon ketishiga sabab bo’ladi, bunday qon ketishiga gemorragik metropatiya deyiladi. Metropatiya 9% kasallarda uchrasa, qon ketishi 60% kasallar­da kuzatiladi, chunki uzoq muddat va atsiklik qon ketishi, shilliq osti qavat o’smalari kapsulasining yorilishidan hamda o’sma tugunchalarining nekrozga uchrashidan sodir bo’ladi.

II. Miomalarda ko’p uchraydigan belgilardan yana biri og’riqdir. Og’­riq huddi dard tutganga, sanchiqqa o’xshash bo’lib, ayniqsa hayz ko’rishdan oldin va hayz ko’rish vaqtida kuchayadi, pastga tortganga o’xshab zo’rayishi yallig’lanishdan keyingi bitishmalar borligidan darak beradigan belgi hisoblanadi.

Miomalarda og’riq bo’lishining asosiy sabablari:

1.   Og’riq asosan o’smaning katta-kichikligiga va uning qayerda joylashganligiga bog’liq. Agar o’sma butun kichik chanoq bo’shlig’ini to’ldirib turgan bo’lsa, o’smaning qo’shni a’zolarini bosib ezishidan paydo bo’ladi. O’sma kichikroq bo’lib, bachadonning keng boylami orasiga o’sib kirgan, shu bilan birga nerv tolalariga yaqin joylashgan bo’lsa, ularni ezishi tufayli sodir bo’lishi mumkin. Bu hollarda og’riq doimiy tabiatga ega bo’ladi va davolash usullari og’riqni pasaytira olmaydi. Bunday hollarda esa jarrohlik yo’li bilan o’smani olib tashlash kerak.

Bachadon shilliq qavati ostiga joylashgan o’smalarda hayz ko’rish vaqtida yig’ilgan qonni hamda shu bilan birga shilliq qavat ostidagi o’smani ham bachadondan tashqariga chiqarish kuchli dardsimon og’riq paydo qiladi. Shilliq qavati ostidagi o’smaning oyoqchasi keng bo’lsa, bachadon qisqarganda tashqariga chiqara olmaydi, lekin bachadon o’smani huddi yot narsadek siqib chiqarishga intiladi, chunki o’sma bachadon devorini doimiy qo’zg’atib kuchli ravishda qisqarishi sababli og’riqning zo’rayishiga olib keladi. Ba’zan submukoz tuguncha servikal kanal og’zidan chiqib qin bo’shlig’iga chiqadi.

Og’riq paydo bo’lishining yanabir sababi o’smaning infeksiyalanishi bo’lsa, ikkinchidan, bachadonning yallig’lanishi hisoblanadi. Kichik chanoq bo’shlig’idagi a’zolarning yallig’lanishi bachadon miomasi birga uchraganda 2/3 hollarda bemorlarda og’riq paydo bo’ladi.

Og’riq subseroz o’sma oyoqchasi buralib qolgan vaqtlarda ham sodir bo’ladi. Chunki bunda o’sma oyoqchasi tarkibidagi qon tomirlar buralib siqiladi va o’smaning oziqlanishi buziladi. Bu esa o’smada yallig’lanish sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday vaqtlarda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti qilinadi.

O’smalar juda tez kattalashib o’sganda ham og’riq bo’ladi, ayniqsa o’sma bachadonning keng boylami orasiga o’sgan hollarda shunday bo’ladi, chunki bunday vaqtlarda og’riq o’smaning qorin pardasi nerv tolalarining retseptorlariga ta’siri natijasida sodir bo’ladi.

III. O’smaning qo’shni a’zolarni bosish belgilari ko’pincha katta ha­jmdagi o’smalarda kuzatiladi. Lekin kichik o’lchamdagi o’smalar kichik cha­noqqa tiqilib qolgan va qaltis joylashgan bo’lsa, qo’shni a’zolarga sal­biy ta’sir qiladi. Agar o’sma bachadonning oldingi devorida joylashgan bo’lsa, siydik pufagiga ta’sir ko’rsatadi. Bachadonning orqa tarafida va bachadon bo’ynida joylashgan o’sma esa to’g’ri ichakka ta’sir ko’rsatadi. Ba’­zi hollarda o’sma o’sib, siydik pufagini yuqoriga ko’tarib qo’yadi. Bunday hollarda siydik chiqarish kanali uzunlashib, kanalning teshigi torayadi. Bunda bemorlarning siyishi qiyinlashadi. Agar o’sma to’g’ri ichakni ezib qo’ygan bo’lsa, bemorlarning hojati qiyinlashib, to’xtab qolishi va qab­ziyat bo’lishi eіtimol. Ayni vaqtda siydik yo’llarini ezib qo’yib, gidro­ureter va gidronefroz holatlariga olib keladi.

IV. Bepushtlik. Mioma tuxum xujayraning bachadon bo’ylab harakat qilishiga to’sqinlik qiladi. Bachadon burchaklarida joylashgan intra­mural mioma bachadon nayini interstitsiy qismini yopib qo’yadi. Bundan tashqari, anovulyatsiya bepushtlikka olib keladigan asosiy sabablardan biri sanaladi.

 


Download 39,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish