Badiiy asar tahlilida “Munosabat” texnologiyasi



Download 15,67 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2022
Hajmi15,67 Kb.
#603050
  1   2
Bog'liq
Abdugʻaniyeva Billura


Qaradi: Qaradi Tarix fanlari nomzodi Qodirova Mamlakat
Talaba: QarDU Tarix fakulteti 2-kurs talabasi Abdugʻaniyeva Billura
Badiiy asar tahlilida “Munosabat” texnologiyasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada adabiyot darslarini tashkillashtirishda integratsiyadan foydalanishning ahamiyati haqida fikr yuritildi. O‘quvchilarning qiziqishlarini o‘rganish, bilim saviyasini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish, tafakkurini boyitishga yordam beradigan “Munosabat” texnologiyasining afzalliklari bayon etildi. Fanlararo integratsiyaga asoslanib “Munosabat” texnologiyasi bir qancha metodlarga ajratildi. Metodlar ta’lim va tarbiya uyg‘unligida badiiy asarni bir qancha yo‘nalishlarda tahlil qilib, turlicha munosabat bildirishga undaydi.
Annotation. This article includes the features of using integration on organization of literature courses. The learning of pupil’s interests, developing levels of education, revealing pupils’ abilities and adventages of the technology “Munosabat” which helps to enrich their knowledge were mentioned in this article. The technology “Munosabat” was divided into several groups according to integration among various fields. Methods encourage learners to analyze and react differently to work of arts with the help of education and morality.
Kalit so‘zlar: munosabat, musiqa, rassomlik, ramz, iste’dod
Keywords: relation, music, artistic, symbol, talent
Аннотация. В этой статье рассказывается о методе “Отношение” интеграционной пед.технологии. Подробно излагается суть и полезные стороны данного метода в преподавании узбекской литературы в школах
Ключевые слова: педагогические технологии, интеграция, метод “Отношение”, узбекская литература.
Inson necha minglab qobiliyatlarni o‘zida jamlagan mavjudot. Bu qobiliyatlar go‘daklik davridan yuzaga chiqa boshlaydi. Avval ota-ona so‘ngra muallimlar qobiliyatning yuzaga chiqishiga ko‘maklashishadi. Bola maktabga borishni boshlagach, turli fanlardan boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ladi. O‘rta maxsus ta’limda ham bu jarayon davom etadi. Bu bosqichda o‘quvchilarning qobiliyatlari yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Bu jarayonda o‘qituvchilardan, ayniqsa adabiyot fani o‘qituvchilaridan juda katta mahorat talab etiladi. Negaki, adabiyot – hayot ko‘zgusi! Qobiliyatsiz o‘quvchi yo‘q, uning qobiliyatining namoyon bo‘lmasligiga jamiyatning ham hissasi bor emasmi? Hayotda bir xil inson yo‘q. Hatto egizaklar ham bir-birini takrorlamaydi. O‘quvchilarning ham biri tasviriy san’atga, biri musiqiy san’atga qiziqsa, birida jurnalistlik va yana birida aktyorlik qobiliyati bo‘lishi mumkin. Shu sababdan adabiyot darslarini tashkillashtirishda quyida fanlararo integratsiyadan foydalangan holda, badiiy asarning mohiyatini o‘quvchilarga yekazish, ularning qiziqishlarini o‘rganish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko‘maklashuvchi “Munosabat” texnologiyasini ko‘rib chiqaylik. Bu texnologiya turli metodlardan iborat:
1. Badiiy asarga munosabat;
2. Qahramonga munosabat;
3. O‘z-o‘ziga munosabat;
4. Tasviriy munosabat;
5. Musiqiy munosabat;
6. Ramziy munosabat;
7. Detallarga munosabat;
8. Muxbirona munosabat;
9. Sahnaviy munosabat;
10. Ijodkorga munosabat.
Bu metodlarni yana davom ettirish mumkin.
1. Badiiy asarga munosabat. Bu metod ham turlarga bo‘linadi.
- o‘qituvchi munosabati;
- o‘quvchi munosabati.
O‘qituvchi munosabati – yangi mavzu bayonida yoki asar tahlilini boshlashdan oldin o‘quvchilarga o‘qituvchi tomonidan beriladigan badiiy asar haqidagi fikr.
O‘quvchi munosabati – o‘quvchilar asar taassurotlari, asar sujetining qisqacha mazmuni va asarning mazmuni va ahamiyati haqida so‘zlashadi. Asarning sarlavhasi va unga yuklatilgan ma’no, sarlavha va asar matnining mutanosibligi haqida fikr-mulohaza yuritishadi.
2. Qahramonga munosabat. Bu metodda o‘quvchilar asar qahramonlariga munosabat bildirishadi. Qahramonlarning asarda tutgan o‘rni, vazifasi, ularga tanlangan ism va uning asar mazmuniga qanchalik mos ekanligi to‘g‘risida fikr bildirishadi. Kitobxon asar mohiyatini to‘liq tushunishi uchun ismlarning ma’nosiga ham e’tibor bermog‘i lozim. Ijodkor qahramon xarakterini ismga yuklab, sujet yaratadi. Bu metodni turli shaklda tashkillashtirish mumkin. Bunda asarning hajmi, qahramonlar soni ahamiyatli. Kichik janrlarda qahramonlar soni kam bo‘lganligi sababli o‘quvchilardan birma-bir fikr-mulohazalar so‘raladi. O‘rta va katta janrlarda qahramonlar soni ko‘payganligi sababli bu metodni kichik guruhlar asosida o‘tkazish qahramonlarning barchasini tahlil qilishga imkon beradi.
3. O‘z-o‘ziga munosabat. Hayot insonni turli vaziyatlarda sinaydi. Inson aql, qalb, nafs mutanosibligiga erisholmagach bilib-bilmay turli xatolarga yo‘l qo‘yadi. Badiiy asarda hayot aks ettirilar ekan, ijodkor go‘zalliklar bilan birga hayotnng achchiq haqiqatlarini o‘z asarida yoritib kitobxonga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsagina o‘z vazifasini ado etgan bo‘ladi. Kitobxon badiiy asar o‘qir ekan, qahramonlarni ijobiy va salbiy turlarga ajratadi, ammo hech kim tug‘ilishidan yomonlikni tamg‘a qilib tug‘ilmagan. Badiiy asarlardagi salbiy qahramonlarga e’tibor berar ekanmiz, yoshlikdan berilgan noto‘gri tarbiya jamiyatdan o‘zlashtirilgan illatlar salbiylik oqibatini keltirib chiqaradi. Hayotda barcha insonlar o‘zlari qilayotgan ishni to‘g‘ri deb o‘ylashadi. Asar qahramonlari ham xuddi shunday. “O‘z-o‘ziga munosabat” metodi o‘quvchilarni asar qahramonining o‘rnidan fikrlashga undaydigan jarayondir. Bunda o‘quvchilarga asardan parchalar beriladi. Masalan, “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasidan [3. 148-bet] Shoikromning simni qulupnay pushtalariga uloqtirayotganda ko‘nglidan o‘tgan tuyg‘ulari, Shone’matning onasining vafotini eshitgan holati yoki Xadichaning ovqat qolmaganligini yolg‘on aytib qizargan holati tasvirlangan parchalar beriladi. O‘quvchilar esa “Nega men bu yo‘lni tutdim?” savoliga asar qahramoni sifatida javob berishadi. “Qahramonga mnosabat” metodida o‘quvchilar kitobxon o‘rnida fikr bildirishgan bo‘lsa, bu metodda asar qahramonnig o‘rnida fikr bildirishadi. Bu jarayon qahramonning vaziyatini, his tuyg‘ularini tushunishga o‘quvchiga yordam beradi.
4. Tasviriy munosabat. Tasviriy san’at inson tafakkuridagi nozik o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Tasviriy san’at faqat ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, insonning ichki kechinmalarini ham o‘zida aks ettiradi. Bu rassomning mahoratiga bog‘liq. Adabiyot va tasviriy san’at o‘zaro bog‘liq. Badiiy asarlarda qo‘llanilgan peysaj va portretlarda bu yaqqol aks etgan. “Tasviriy munosabat” metodidan maqsad o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish va tasviriy san’atga iqtidori bor o‘quvchilarni aniqlash. Bu metodda tasviriy san’atga iqtidori bor o‘quvchilar asar sujetiga, portret va peysajlarga asoslangan holda badiiy asarga o‘zlarining tasviriy munosabatini bildirishadi. Bu metod o‘quvchilarga ijodkor uslubini o‘rganishga ko‘maklashadi. Ijodkor tasvirlagan qahramon, tabiat tasviri orqali so‘z qo‘llash mahoratini o‘rganishadi.
5. Musiqiy munosabat. Musiqa insonning hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi vositasida aks ettiruvchi san’at turidir. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musiqiy merosimizni saqlab qolish uchun yoshlarning musiqiy did-saviyasini oshirish kerak. XX asrning 2-yarmidan boshlab “roknrol”, “bigbit”, “disko”, “rep”, “trans”[ 5] kabi musiqa yo‘nalishlari ommalashib, yoshlar orasida keng tarqalayotganligi hammaga ma’lum. Adabiyot fani odob-axloqni o‘rgatuvchi fan bo‘lganligi sababli darslarni musiqa san’ati bilan bog‘lab o‘tish nafaqat o‘quvchilarga musiqa tanlash madaniyatini shakllantiradi, balki musiqaga iste’dodi bor o‘quvchilarning istedodini oshirib, kasbiy qiziqishi va ishonchini paydo qiladi. Lirik janrlar to‘laligicha musiqa san’ati bilan bog‘liq. Epik va dramatik janrlarga oid badiiy asarlar tahlilida ham bu metoddan foydalansa bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar asar mazmuni, qahramonlarning kayfiyati va holatiga mos kuy va qo‘shiqlardan foydalanishadi.
6. Ramziy munosabat. Bu metod boshqa metodlarda o‘zining sirliligi bilan ajralib turadi. Inson biror narsani o‘qiganda, ko‘rganda uni boshqa narsaga o‘xshatadi va qiyoslaydi. Masalan, Turob To‘la Usmon Nosirni shamolga qiyoslab, “Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday!” deya ta’riflaydi.[4. 29-bet] Kitobxon ham badiiy asarni o‘qir ekan, qahramonlar taqdirini tabiat manzaralariga qiyoslaydi. Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasini [2. 316-bet] o‘qiganda Unsinni kimdir faqatgina ozodlikda kuylay oladiga bulbulga, yana kimdir nozik kapalakka qiyoslaydi. Bu kitobxonning tasavvur etish qobiliyatiga bog‘liq. Bu metodni yozuv san’ati bilan bog‘lagan holda tashkillashtirish ham mumkin. Bunda o‘quvchilar asar mazmunini o‘zida aks ettirgan so‘zni narsaning shaklida aks ettirishadi. Erkin Vohidovning “Kamtarlik haqida” she’ri tahlilida bu metod qo‘llanganida o‘quvchilar “Kamtarlik” so‘zini choynak shaklida yozishdi. Bu metod o‘quvchilarni fikrlashga undash bilan birgalikda, yozuvchi qo‘llagan ramzlarni anglashga ham yordam beradi.
7. Detallarga munosabat. Yozuvchi asardagi mayda detallarga ham ma’lum ma’no yuklaydi. Bu ma’no asarning tub mohiyatini anglashga kitobxonga ko‘maklashadi. Detallarga munosabat metodida o‘quvchilarga bittadan oq list beriladi va ular bu listdan foydalangan holda asarning ma’nosini anglashga ko‘maklashadigan detalning maketini tayyorlashadi. Bu detalning asardagi ahamiyati, ijodkor o‘z asarida nega aynan shu detaldan foydalangani to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirishadi. Bu metodni uyga vazifa bosqichida ham qo‘llash mumkin. O‘qituvchi asarni o‘qib kelishni vazifa qilib berganda, detal yasab kelish vazifasini ham beradi. Bunda o‘quvchilar istalgan materiallar (yog‘och, karton, qog‘oz, mato va b) dan foydalanishlari mumkin. Dars davomida esa asarda detalning o‘rni, ijodkorning maqsadi haqida munosabat bildirishadi. Bu metod o‘quvchilarning iste’dod qirralarini ochishga, ularning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchining ortishiga sabab bo‘ladi.
8. Sahnaviy munosabat. Bu metodda o‘quvchilar o‘zlarining aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishadi. Asar matniga asoslanib qisqa sahna ko‘rinishlari orqali sahnaviy munosabat bildirishadi. Bu metod jarayonida o‘quvchilar qahramonlar kechinmalarini his qilishadi. Bu asarning mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi.
9. Muxbirona munosabat. Bu metod o‘quvchilarning nutqini oshirishga ko‘maklashadi. Bunda o‘quvchilar jurnalistlardek asarga munosabat bildirishadi. Bunda bir-birlaridan intervyu olishlari yoki ko‘rsatuv tayyorlashlari mumkin. Buni amalga oshirish uchun o‘quvchilar izlanishadi. Bu o‘quvchilarni har qanday vaziyatda ham o‘z fikrlarini bayon eta olishga o‘rgatadi.
10. Ijodkorga munosabat. Bu metodda o‘quvchilar ijodkorga munosabat bildirishadi. Bunda maktub, esse, annotatsiya, taqriz yozishlari yoki tanqidiy munosabat bildirishlari mumkin. Bu metodni uyga topshiriq sifatida berilsa samaraliroq.
Darsda o‘quvchilarning yosh psixologiyasidan kelib chiqib, darsning mazmuni va vaqtni hisobga olgan holda “Munosabat” texnologiyasining u yoki bu metodi qo‘llaniladi. Metodlarni qanday tashkillashtirish o‘qituvchining uslubiga bog‘liq. Tajriba davomida shunga amin bo‘ldikki, bu texnologiya qisqa vaqtda turli zakovatlarni kashf etishga ko‘maklashadi. O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratildi. 10 daqiqa vaqt ichida tasviriy, musiqiy, ramziy, detallarga munosabat metodlari topshiriq qilib berildi. Bu jarayonda guruhdagi har bir o‘quvchi o‘zining qobiliyatini ko‘rsatishga harakat qildi. Qisqa vaqtda kutilmagan iste’dodlar yuzaga chiqdi.
“Munosabat” texnologiyasi DTSda keltirilgan talablarga asoslangan. [1.144-bet] Metodlar badiiy asar sujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o‘zgalarga tushuntirib bera olishga, tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimiga munosabat bera olishga undaydi. Metodlar asosida o‘quvchilar badiiy asar asosida yaratilgan kichik sahna ko‘rinishlarida qahramonlar rolini ijro eta oladi. Asar qahramonlariga xarakteriga xos bo‘lgan fazilatlar va xislatlarga munosabat bildiradi, baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi. Musiqa va rang-tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qiladi va uni so‘z bilan ifodalay oladi. Asarlarga annotatsiya, taqriz hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi. Har qanday vaziyatda o‘zining mustaqil fikrini bayon eta oladi.

Download 15,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish