Badiiy matnda o‘xshatish vositalari lingvopoetikasi



Download 22,71 Kb.
bet3/3
Sana23.07.2022
Hajmi22,71 Kb.
#841791
1   2   3
Bog'liq
A.Hasanov O\'xshatish

Hamma rasm-rusum joyiga yetkazilgandan keyin odamlar tobutni ko‘targanda shu rishta birdan tortildi-yu,go‘yo Hikmat buvaning yurak-bag‘rini sug‘urib oldi («Mahalla»). Shamol bir xuruj qilganida nimanidir keltirib darchaga urdi. U narsa darchani tirmalagancha sidirilib pastga tushib ketdi. Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi («Dahshat»).
Keltirilgan har ikki matn fragmentida ham o‘xshatishlar assosiativ usul bilan yuzaga chiqqan. Bunday o‘xshatishlarni faqat tasavvur qilish mumkin xolos. Shuning uchun bunday o‘xshatish abstrakt o‘xshatishlar deb ham yuritiladi5. Yozuvchi o‘xshatishning bu turidan personajlarning ruhiy kechinmalarini yaqqollashtirishda unumli foydalangan.
Singari ko‘makchisi bilan hosil qilingan o‘xshatishlar. Bunda o‘xshatish vositasi o‘xshatish etalonidan so‘ng o‘rinlashadi.
Odam intiladigan cho‘qqi tog‘ cho‘qqisi singari bulutlar orasida emas, yerda bo‘ladi, −dedi Samijon («Nurli cho‘qqilar»).
Berilgan leksik qurshovdagi o‘xshatish etaloni salbiy emosional xarakterga ega bo‘lib, unda kinoya, tanqid ottenkalari ustivordir. Jumladan, Samijon tilidan aytilgan yuqoridagi obrazli jumla Zuhraning asl qiyofasiga tutilgan ko‘zgu edi. Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, keltirilgan matn fragmentidagi xususiy fikr umumiylikka tomon siljib, asarning umumg‘oyasi bilan uyg‘unlashib, bir butunlik hosil qilgan.
Qatori yarim ko‘makchisi ham o‘xshatish qurilmasida xuddi singari ko‘makchisi kabi o‘rinlashadi. Ular vazifa jihatdan bir sinonimik qatorga mansub bo‘lsa-da, usluban farq qiladi. Sababki, singari ko‘makchisi badiiy uslubga (qisman ilmiy uslubga) xos bo‘lib, unda ko‘tarinki, tantanavor ruh yetakchilik qiladi. Qatori yarim ko‘makchisi, asosan, jonzi so‘zlashuv tiliga xos. Yozuvchi undan personaj nutqiga jonli tilga xos kolorit berish maqsadida foydalangan hamda ruhiy tahlilning ajoyib namunasini yaratgan: «Shuncha yil sening zavodingda ishlab qornim ham to‘ymadi, ochdan ham o‘lmadim, sen meni ot qatori ko‘rar eding, toypaxtalar ostida qolib qovurg‘am singanda kasalimni mahalla boqqan» deb o‘pkalaydimi? («Yillar»).
Mijoz: Bunday kechalarda odamzod qo‘y mijoz, g‘uj bo‘lib va nimanidar kutib jimgina o‘tirishni xohlab qoladi («Dahshat»).
Bu so‘z ko‘pincha, hayvon nomlariga qo‘shilib, salbiy ma’noda kishilarning odati va belgi-xususiyatini ularga qiyoslash orqali o‘xshashlikni yuzaga keltiradi. Berilgan misolda esa, o‘xshatish etaloni neytral ma’noga ega. Chunki bunda hayvonga xos harakat-holatlar neytral ma’noda insonga ko‘chirilgan va ayni paytda, o‘xshatish asosini tashkil qilgan. Yozuvchining o‘xshatish etalonidan foydalanish maqsadi insonning hayvonga xos xulq-atvorini ijobiylik yoki salbiylik jihatdan baholash emas, balki sharoit tasviri bilan inson ruhiyatini uyg‘unlikda tasvirlab, hikoya badiiyatida xalqchillik ruhini uyg‘otish.
Nusxa: U kattakon, ketmonnusxa shapkasini stulga qo‘yib, bir qo‘choq material bilan minbarga chiqdi… («Munofiq»).
Nusxa so‘zi jonsiz narsa-buyumlar o‘rtasidagi belgini shakl jihatdan qiyoslab kelgan hamda o‘xshatish vositasi o‘xshatish etalonidan so‘ng, o‘xshatish sub’yektidan oldin o‘rinlashgan. Keltirilgan o‘xshatish qurilmasi satirik xarakterga ega bo‘lib, personajning tashqi qiyofasi bilan hikoya fonida reallashuvchi ichki ma’naviy qiyofasini dialektik birlikda ifodalab, uning xarakter-xususiyatini komik planda tasvirlashda muhim tasviriy vositaga aylangan.
Ma’lumki, tilning tasviriy vositalari she’riy nutqda kuchli ekspressivlik hosil qiladi. A.Qahhor ana shunday badiiy-estetik vazifani nasr tilida qo‘llangan o‘xshatishlar orqali ifodalab, o‘ziga xos mahorat maktabini yaratdi. Hikoyalardagi o‘xshatish qurilmalarini shakllantiruvchi grammatik vositalar yozuvchining badiiy niyati bilan uyg‘unlashib, badiiyatni ta’minlashda aktullik kasb etgan. O‘xshatish qurilmasining gap shaklida berilishi A.Qahhorga xos lingvistik mahoratdir.

1 Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. – Т.: Фан, 1976. – 88 б; Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. – Т.: Фан, 1977. – Б. 41-80.

2 Ҳакимов М.Х. Ёзувчи ва халқ тили. – Т.: Фан, 1971. – Б. 81.

3 Мукаррамов М. Кўрсатилган асар. – Б. 27-28.

4 Мукаррамов М. Курсатилган асар. – Б. 28.

5 Муккаррамов М. Кўрсатилган асар. – Б. 26.

Download 22,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish