Badiiy obraz shakllari


Epik, lirik va drammatik obrazlar



Download 72,82 Kb.
bet3/15
Sana18.01.2022
Hajmi72,82 Kb.
#384710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Adabiyotshunoslik

Epik, lirik va drammatik obrazlar.

Obraz, badiiy obraz— voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi. Oʻz nqvbatida, badiiy asarning janriga qarab obraz ham 3 turli boʻladi: epik obraz, lirik obraz va drammatik obraz.

Epos (yun. yeroz — soʻz, hikoya) — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir kdtorda); 2) xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asar. Epos adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqeahodisalar tafsiloti, albatta, mavjud boʻladi. Eposda soʻz yordamida oʻquvchi koʻz oʻngida real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi.

Eposning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni boʻlgani uchun ham koʻpincha bu turdagi asarlar nasr yoʻlida yoziladi. Lekin bu hol sheʼriy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan sheʼriy va nasriy asarlar eposga mansubdir. Eposda muayyan makon va zamonda muayyan shaxs yoki odamlar guruhi bilan boʻlib oʻtgan biror voqea, odatda, muallif yoki hikoyachipersonaj tilidan bayon etiladi. Bu hol unda bayon, tavsif va dialogning birgalikda qorishiq holda kelishini taqozo etadi. Ayni paytda, Eposda bayon, rivoyat yetakchilik qiladi. Muayyan asardagi peyzaj, portret, narsabuyum va boshqalar tafsilotlar tasviri rivoyatni kuchaytirish, uning taʼsir darajasini oshirish, personajlar tabiatini boʻrttirib koʻrsatishga xizmat qiladi. Eposning hozirgi bosqichida borgan sari bayonning salmogʻi kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Ertak, afsona, rivoyat, doston singari xalq ogʻzaki ijodi namunalari hamda ilk yozma Eposlarda voqea-hodisalarni bayon etish, aytib berish katta oʻrinni tutgani holda dialoglar va tafsilotlarga kam oʻrin ajratilardi. Keyingi vaqtlarda esa, Eposga mansub asarlarda dialog va tafsilotlarning salmogʻi ortib bormoqda. Bu holni, birinchidan, Eposda ifoda imkoniyatlari oshgani, ikkinchidan, inson ichki olamining noziklashib, ruhiyati murakkablashib borayotgani bilan izohlash mumkin. Epos asardagi voqea-hodisalar bilan oʻquvchi (tinglovchi) oʻrtasida oʻziga xos vositachi hisoblanadigan roviy yoki hikoyachi tomonidan bayon etilganda, ayni voqealarning nima uchun aytib berilayotgani, odatda, izohlab oʻtirilmaydi. Bayon koʻpincha muallif, baʼzan esa biror personaj tilidan amalga oshiriladi. Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlari, Qodiriyning "Mehrobdan chayon", Choʻlponning "Kecha va kunduz", Oybekning "Qutlugʻ qon" romanlarida voqealar muallif tilidan bayon etiladi. Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Erkin Aʼzamning "Otoyining tugʻilgan yili", Oybekning "Gulnor opa" singari asarlarida rivoyat personaj tilidan olib boriladi. Shu bilan birga, hikoya muallif tilidan bayon qilinayotgan asarlarda personajlarning hikoyachi sifatida bayonga aralashish holatlari ham uchrab turadi. Navoiyning "Sabʼai sayyor", Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Oybekning "Navoiy" asarlarida rivoyat ham muallif, ham personajlar tomonidan amalga oshirilgan. Eposda tasvirlanayotgan obrazlar tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Obrazlar tizimi deyilganda faqat odamlargina emas, Eposda tasvirlangan jonivorlar, narsabuyumlar va tabiat hodisalari ham koʻzda tutiladi. Eposda qatnashadigan obrazlarni shartli ravishda: bosh qahramonlar, personajlar yoki qahramonlar hamda yordamchi obrazlar sifatida 3 turga boʻlish mumkin.

Bugungi istiqlol davri adabiyotshunosligida poeziyaning tadqiqiga eʼtibor katta. Sheʼriyatning oʻziga xos xususiyatlari, mazmun va shakl birligi, uning inson ruhiy va maʼnaviy dunyosi bilan uzviy munosabati haqida adabiyotshunoslar turlicha fikrlar bildirganlar. Ilmiy izlanishlar natijasi oʻlaroq sheʼrga shunday taʼrif beriladi: “Ohang jihatidan maʼlum tartibga solingan, his-tuygʻu ifodasi sifatida vujudga kelgan oʻlchovli va hayajonli ritmik nutq sheʼr (nazm) deyiladi”. Demak, sheʼr inson hissiy va ruhiy olamining mahsulidir. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, sheʼr asosida kechinma yotadi. Insonning borliqqa boʻlgan munosabati, oʻy-xayollari, orzulari – jamiki tuygʻularining tartibli tizilishi natijasida sheʼrning mazmuni – lirik kechinma hosil boʻladi. U “Shaxsan his qilingan, koʻngil koʻzgusida yoʻgʻrilgan, tasavvur qilingan hamda oʻylangan holda gavdalanmogʻi lozim”. Lirik kechinma atamasi XX asrning 30-yillarida jahon adabiyotshunosligida paydo boʻlgan boʻlib, u inson tuygʻusi, oʻylari degan maʼnolarni ifodalab kelgan. Uning ifodasida turli vositalar faol va yaxlit holda ishtirok etadi. Xususan, lirik kechinmaning yetakchi obraz, kechinma obrazi, poetik obraz va poetik peyzajlar, ohang, ritm va boshqalar yordamida ifoda etilishi shular jumlasidandir. Bu vositalarning barchasi birdek “imtiyoz”ga ega boʻlib, sheʼrda lirik kechinma faqat bir vosita orqaligina ifoda etiladi, deya olmasligimizni isbotlaydi.

Lirik kechinma va poetik obrazlar munosabatida yashirin ramziylik, baʼzan ochiq mazmunning boʻrttirib ifodalanishi kabi qator munosabatlar koʻzga tashlanadi. Bu aloqadorlikni taniqli shoira Halima Xudoyberdiyeva ijodi misolida tahlil qilishni maqsad qildik. H. Xudoyberdiyeva sheʼrlarida umr timsolini turli poetik obrazlar vositasida yaratgan. Masalan: fasllar, ot, qayiq obrazlari umrning goh “tezobin”, goh “daryo toshqinlariday toshar bahorga”, goh “qishda mildirab” oʻtishi xususidagi lirik qahramon kechinmalarini oʻzida aks ettiradi:

Koʻklam-ku, beparvo oʻtaveradi

Qayta kelaverar yana bir zamon.

Mening umr kemam yelib boradi,

Oʻsha qish atalmish qirgʻoqqa tomon.

Bu misralarda koʻklam – yoshlik, navqiron umrning timsolida, qish esa keksalik ramzi misolida gavdalangan. Umr esa anʼanaviy yoʻsinda yelib borayotgan kemaga oʻxshatiladi:

Umr oti chopagʻon juda,

U yoʻldadir, yoʻldadir har choq.

Biz ham doim uning ustida –

Tutolmaymiz jilovni biroq.Navbatdagi sheʼrda esa umr chopagʻon otga oʻxshatiladi. Biz uning ustidamiz-u, uning jilovini tortolmaymiz, yaʼni umrimiz – oʻtayotgan fursatlarni toʻxtata olmaymiz. Misralar davomida otga ming yolbormang harakatlanishdan bir zum ham toʻxtamasligi, umr – ot insonning ahvoliga beparvoligi tasvirlangan:

Manzilga yo mevadek pishib –

Yo gʻoʻr holda yetib boramiz.

Bilolmaymiz yiroq yo yaqin –

Qancha qoldi manzilga hali.

Shoiraning “Bolakay” nomli sheʼrida umr qayiqqa qiyos etilgan. Qayiqqa oʻtirgan bolakayning atrofga jovdirab boqishi lirik qahramonni oʻylar girdobiga tashlaydi. U bolakayga hayot haqiqatidan soʻzlaydi:

Bolakay oʻltirar qayiqqa,

Goh boqar atrofga jovdirab.

Haydagil qayiqni hayiqmay,

Bolakay, qolmagil dovdirab.Lirik qahramon bolakayni “qayiq yastangan beqaygʻu” insonlardan yiroq boʻlishga undaydi. Ularni shunday taʼriflaydi:

Yuklarin birovga ortgan u,

Oʻzi ham birovga yuklanib.

Bunday insonlarning taqdiri ayanchli boʻlishini uqtiradi:

Umrbod emasdir bu ayshi,

Koʻrarkan oqimning tezobin,

Qachondir bellari qayishib

Tortar u eshkakchi azobin.

Sheʼr yakunida qahramon bolakayni oldinga dadil qadam tashlashga undaydi, unga tasalli, dalda beradi:

Eshkak tort, qulochni kengroq yoz,

Eshkakchim, mardim, biz yoʻldamiz.

Qoʻrqma, goh qiynalib qolsa jon

Shamol madorni ketkazib.

Yuqorida keltirilgan misralarda ham lirik obrazning hayot, umr haqidagi qarashlari, hissiy emotsional kayfiyati, koʻngil kechinmalari poetik obrazlarning ishtirokida yanada taʼsirchan ifodaga ega boʻlgan. Bu tasvirlarda oʻxshatish (tashbeh) sanʼatining qoʻllanishi sheʼr poetikasida muhim oʻrin egallagan. Poetik obrazlar lirik qahramonning hissiyoti va fikrini umumlashtirishga xizmat qilgan. Bu vositalar haqiqiy poeziya yaratilishida oʻz oʻrniga ega. Buning natijasida inson qalbining nozik tomonlari tadqiq etiladi. Zero, “Chinakam lirika boshqa har qanday poeziya kabi inson yuragining chinakam mazmunini ifoda qilib berishi kerak”.

Shoiraning “Menga ayt” nomli sheʼrida lirik qahramon sirdoshga muhtoj insonlarga murojaat qilgan. Ularning oyga, quyoshga, togʻga, choʻqqiga, jilgʻaga, toshga sir aytishini maslahat bermaydi.

Jilgʻaga sir aytsang, toqating bitib

Chuldirab, shoʻx qah-qah otib ketadi.

Tosh, xarsang oralab, panalab oʻtib

Kimgadir siringni sotib ketadi.

Misralar soʻnggida lirik qahramon insonga murojaat qiladi. Butun sirlaringni “Menga ayt…” deydi. Buning sababini shunday izohlaydi:

Menga ayt, mening bir qalʼam bor tinch, keng,

Bu – yurak, men uni chuqur oʻyaman.

Ushbu sheʼrlarda lirik qahramonning oʻy-fikrlari turli poetik obrazlar vositasida aniqroq bayon etiladi. Har bir obraz lirik qahramon kechinmalarining izhori uchun xizmat qiladi. Bundan koʻrinadiki, lirik kechinma va poetik obrazlar oʻzaro insonning hissiyot ifodasi uchun ham munosabatga kirishar ekan. “Koʻpincha shoir qalbidagi orzu-istaklar bilan real hayot voqeligi orasidagi ziddiyat yoxud uygʻunlik ham turli mazmundagi kechinma – hislar ifodalangan sheʼrlar tugʻilishiga sabab boʻlishi mumkin”.



Epik va lirik asarlarni o'rganishda qo'llaniladigan suhbat usuli dramatik asarlar uchun ham samarali. Aksariyat metodistlar uni asosan harakatning rivojlanishini tahlil qilishda, ziddiyatni aniqlashda, muammoli-dramatik va dramatik asarlarning mafkuraviy ma'nosida ishlatishni tavsiya qiladi. Bunga qo'shilmaslik mumkin emas, chunki suhbat asarning matnini keng jalb qilishga, mustaqil ish natijasida talabalar olgan faktlardan foydalanishga imkon beradi. Asar matni bo'yicha talabalarning mustaqil ishi dramatik asarlarni tahlil qilishda alohida ahamiyatga ega. Qahramonlarning nutqi va harakatlarini tahlil qilish o'quvchilarga ularning xarakterining mohiyatini tushunishga yordam beradi va tasavvurida ularning tashqi qiyofasi haqida aniq tasavvur hosil qiladi. Bunda talabalarning muayyan hodisa yoki manzarani tahlil qilishi dramatik ish qaysidir ma'noda u aktyorning rol bo'yicha ishiga o'xshaydi. Spektaklda, dramaturg tomonidan muayyan sharoitlarda joylashtirilgan odam, o'z mantig'iga muvofiq harakat qiladi, qahramonlar, xuddi "muallifning xohishisiz", voqealarni "halokatli finalga" olib boradi. Tolstoy yozganidek, "har bir ibora bilan qahramon o'z taqdirining narvonlarini bir pog'ona yuqoriga ko'taradi". Shuning uchun dramatik asarlarni o'qiyotganda, ba'zi o'quvchilarda qahramonlarning vizual tasvirlari umuman yo'q, boshqalarda esa fikrlar xiralashadi, kontur va ular doimo aralashtirib turadigan ranglar, uchinchisida (qoida tariqasida, juda kam), tasavvurda paydo bo'ladigan tasvirlar har qanday shaxsning vizual tasviriga asoslangan. Shunday qilib, talabalar ko'pincha qahramon qiyofasini spektaklda yoki filmda o'ynagan aktyorning tashqi ma'lumotlariga ko'ra qayta yaratadilar. " Adabiyotni o'rganish jarayonida talabalar olgan dramatik janrni idrok etish tajribasi dramatik asarni idrok etish uchun eng muhim yordamchidir.


Download 72,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish