Badiiy obraz xususiyatlari



Download 43,51 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi43,51 Kb.
#609772
Bog'liq
Badiiy obraz xususiyatlari


Badiiy obraz xususiyatlari
Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz qahramon tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'no­da badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Keng ma'noda ishlatiladigan badiiy obraz tushunchasi haqida ushbu kitobning kirish qis­midagi «Badiiy so'z qudrati» maqolasida atroflicha to'xtalin­gan. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilar­ning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o'qib chiqdingiz. Buning natijasi o'laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o'rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta'sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo'ysundirilgan bo'ladi. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz ­timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyi­ladi
Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi.
Obrazda obʼyektiv anglash bilan subʼyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz voqelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, alohida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmas, muqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farqli ravishda obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

Obrazli tafakkur va badiiy to`qima


San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi.
Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning fojiyali taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ... -, ... -yillarda tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik 62 yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda ’’yolg'iz ayol’’ toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, balki, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi.
Badiiy to’qima bu (ruschadan kalka xudojestvenniy vimisel) yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyorlardi mahsuli voqelikdagi real asosi yoki to’liq o’xshashi mavjud bo’lmagan badiiy obrazlar hayotiy holatlar voqealar shular kabilarni yaratishda namayon bo’luvshi ijodning muhim komponenti. Badiiy to’qima bu yozuvchining hayolida nomoyon bo’ladi. Biz buni ko’proq tarixiy asarlarda koramiz. Qoraqolpoq adabiyotida bunday asarlarn ayniqsa bunday asarlarda yozuvchi voqealarni jonli va tasirli bo’lib shiqishda ba’diiy to’qimadan foydalandi. Mashur va dramaturg M. Nizanov asarlarida obrazlarni talqin etishda badiiy to’qimadan yaxshi foydalangan.
Epik, lirik va dramatik obrazlar
An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o‘zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va, uning fikricha, tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin, deb bilgan. Ko‘ramizki, bu o‘rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama ajratilmoqda. Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya’ni, konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi ob’ekt (voqelik) va sub’ekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga oldi, ya’ni: eposda ob’ektivlik, lirikada sub’ektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «ob’ektiv poeziya» (poeziya bu o‘rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi o‘zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «sub’ektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor 41 shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, ob’ektivlik va sub’ektivlik degan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «ob’ektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi nazdidagina «ob’ektivlik» illyuziyasini xosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham sub’ektiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o‘ziga xos jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo‘l bilan yozilishi. Xo‘sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo‘q, chunki, she’riy yo‘l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko‘rinadi. Ya’ni, biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo‘shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni to‘ldiradi: lirikada sub’ektning noplastik obrazi, buning ziddi o‘laroq dramada ob’ektning plastik obrazi, eposda esa ob’ekt va sub’ektning qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «sub’ektning noplastik obrazi» yaratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o‘qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga kelganligini, uning hiskechinmalariga turtki bo‘lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin.
Biroq lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni, ob’ektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz. Dramada biz ob’ektning plastik obrazini ko‘ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo‘ladilar, ularni jonli inson sifatida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, dramada sub’ekt obrazi yo‘q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so‘z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o‘y-qarashlarini va harakatlarini har vaqt sezib turamiz, biroq, muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko‘z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning ob’ektivlashtirilgan tasviri yo‘q).
Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko‘proq xos bo‘lgan (ya’ni, belgilovchi bo‘lmagan) xususiyatlar haqida ham to‘xtalish mumkin.
Badiiy adabiyotda tipiklik muammosi
Borliqdagi hamma narsa ko'zga aniq tashlanib turgani bilan hayotning mohiyatini ochmaydi. hayot haqiqatini ochish, undagi yetakchi tendensiyalarni pay-qash uchun san'atkor tadqiqot olib boradi, borliqdagi voqealarni ta'lil qilib hayotdagi jarayonlarning mohyaitiga kirib boradi. Chunki alohida narsa va hodisalar hali hayotning qonuniyatlarini ochmaydi. Hayot haqiqatini, uning qonuniyatlarini ochish uchun san'atkor hayot xodisalarini umumlashtirishi, muhimini nomuhimidan ajratish kerak bo'ladi. Xayotni badiiy ifodqilar ekan, yozuvchi voqeahodisalardan eng muhimlarini tanlaydi. Ko`pchilik odamlar narsalarga xos bo'lgan yetakchi jihatlarni ayrim odamlarda, narsalarda mujassamlaydi. Xullas, yozuvchi hayotdagi voqealarni umumlashtiradi, quyuqlashtiradi, yaxlitlashtiradi va tiniqlashtiradi. Ana shu tipiklashtirish deyiladi. Tipik holat va obrazlar voqelikni haqqoniy tasvirlashga imkon beradi. Faqat tipik holat va obrazlargina kitobxonga hayot to`g`risid
tasavvur beradi xolos. Asarning qimmati ham yozuvchining tipiklashtira olish mahorati, tipiklashtirilganlik darajasi bilan belgilanadi. Umumlashtirish, quyuqlashtirish, tiniqlashtirish badiiy asardagi hamma komponentlarda voqealar, manzaralar tasviri, narsa va predmetlar hamda hayvonlarni tasvirlashda kayfiyat va holatlarni berishda ham amalga oshiriladi. Ayniqsa asarda tasvirlangan inson obrazlarini tipiklashtirish muhim ahamiyatga egadir. 

  Ma'lumki hayotda odamlar biror millat jins, sinf, tabaqa yoki gurux toifa yoki kasb - kor xalq yoki millatga mansub bo'ladilar. Napoleon-imperator va lashkarboshi Zaynab Omonova kolxozchi va zveno boshlii Dukchieshon va kurashchi Ra'no va Kumushbibi ayol va x.k. Yozuvchi o'z asarida biror shaxsni tasvirlar ekan. unda shaxs mansub bo'lgan butun bir-biror shaxsni tasvirlar ekan unda mansub bo`lgan butun bir toifaga xos xususiyatlarni shu qadar mujassamlaydiki, natijada u kitobxonda butun bir millat sinf yoki gurux thrisida tasavvur beradi. Badiiy asardagi barcha personajlarda ma'lum darajada ana shunday xarakterli xususiyatlar mujassamlangan bo'ladi. Umumiy xususiyatlarni eng ko'p va kuchli mujassamlangan inson obrazlari tip deyiladi. 
Bitta asarda nechta tip bo'lishi mumkin. Bu avvalo yozuvchining mahoratiga, ikkinchidan, asarda tasvirlanayotgan vokealar xarakteriga bog'liq. Shunday qilib, o'zida bir sinf sotsial guruh, toifa, kasb, jins va millat kishilariga xos xususiyatlarni tip deyiladi. 
Asarda tasvirlangan inson obrazlarida faqat umumiy xususiyatlargina mujassamlangan bo'lsa, u holda obraz jonli hayotiy bo'lmaydi, mavhum bo'lib qoladi va xayol tarisida aniq tasavvur qoldirmaydi. Badiiy asardagi har bir personaj shaxs o'ziga xos qiliqlari, hattiharakatlari, qiyofasiga ega bo'lgandagina esimizda qoladi. Chunki har bir inson o'ziga xos bir dunyo bo'lib, boshqalarga o`xshamaydi. Shunday ekan badiiy asarda tasvirlangan har qanday tipik obraz ham o'z qiliklari, hattiharakatlari, qiyofasi bilan anio' esda koldiradigan individual shaxs bo'lishi kerak. Shunday qilib, badiiy asardagi inson obrazlarida umumiy xususiyatlar takrorlanmas individual xususiyatlar orqali ifodalanadi. Faqat tipiklik bilan individualliklarning birligigina jonli va yoro'in yaratish imkonini beradi. Individualliksiz tipiklik bo'lmaydi. Individuallik personajlarning nutqida, qiliklarida, qiyofasi, portretida, avtor tomonidan yoki boshqalar tilidan qilingan ta'rif tavsiflarda, personajning faoliyati voqealar rivojidigi rolida bo'ladi. Shunday qilib o'ziga xos xususiyatlari aniqlashtiriib turgan personajlar xarakter bo'ladi. Xarakter qahramonning qilgan ishlari iroda yo`nalishining qaysi tomonga karatilganligi hamdir. Shunday o'ilib, o'zining individual xususiyatlari bilan ajralib turadigan shaxslar xarakter bo'ladi. O'zida o'zi mansub bo'lgan toifa xususiyatlarini mujassamlangan personajlar esa tip bo'ladi. har qanday tip albatta xarakterdir. Lekin har qanday xarakter tip bo'lavermaydi. Masalan: Mirzakarimboy bilan Yo`lchi ayni paytda ham xarakter ham tipdir. Biroq, Yormat bilan Nuri faqat xarakterdir. Mirzakarimboy o'zining keksaysa ham bao'uvvatligi pastakkina ekanligi, yuzibilan boshqalardan ajralib turadiki bu uning xarakteri ekanligini ko`rsatadi. Shu bilan birga Mirzakarimboy ziqna, pishiq, boylikka o`ch. U xatto qarindoshurug`laridan ham foyda chiqarib olishni ko'zlaydi. Yulchiga ham arzon ishchikuchi sifatida o'araydi. Bu undagi mulkdor burjuaziyaga xos bo'lgan tipik tomonlardir. Yulchi esa hsha davrdagi xonavayron bo'lgan batraklar vakili. Biroq u barvasta, ochiqko`ngil, sodda. 
Tipiklashtirish prinsiplari: 
1. To`qima obrazlarda tipiklashtirishda yozuvchi birgina personajda u mansub bo'lgan butun sinf, toifa, millat yoki kasb kishilarga hos xususiyatlarni mujassamlaydi. 
Masalan: Yulchi, Mirzakarimboy, Luqmonchi, Otako'zi Umarov. 
2. Tarixiy shaxslar obrazlarini tipiklashtirishda boshqacharoq yol tutiladi. Tarixiy shaxs obrazini tipiklashtirishda ularga boshqalarning xususiyatlarini yopishtirib bo'lmaydi. Tarixiy shaxs obrazini tipiklashtirish yozuvchi o`sha shaxs xarakteri uchun xos bo'lgan xususiyatlarnigina bhrttiradi. Masalan: "O'tgan kunlar" romanidagi Xudoyorxon, Musulmono'ul. 
3. Buyuk shaxslar obrazlarini yaratishda tipiklashtirish. Bunday shaxsiylarni tarixni o'zi tipik o'ilib yaratgan. Bunday shaxslar obrazlarini yaratishda yozuvchi ular xarakterining biror tomoninigina ochishga harakat qiladi. Bitta yozuvchi birgina asarda tarixiy shaxs xarakterining barcha tomonlarini ocha olmaydi. Masalan: "Navoiy" romanida Oybek Navoiy obrazini insonparvar va gumanist sifatidagi tomonlarinigina ochgan holos. 
4. Avtobiografik asarlari tipiklashtirish: Avtobiografik asarlarda faqatgina hujjatlarga to`g`ri keladigan voqealar va avtobiografik qahramon xarakteri uchun xos bo'lgan xususiyatlargina tipiklashtiriladi, degan qarashlar to`g`ri emas. Avtobiografik asarlarda ham yozuvchi garchi o'zining xotiralari hujjatlarga to`g`ri keladigan voqealarni ifodalasada, baribir unda ham qahramonni o'z davrining avlodi hususiyatlarini aynan o'zi deb qabul qilaverish to`g`ri bo'lmaydi.
Masalan: Oybekning "Bolalik" D.Qahhorning "O`tmish ertaklari", N.Safarovning "Navro'z" asarlaridagi Musa, Abdulla, Nazirjon obrazlarini oling. 
5. Lirik tipiklashtirish : Lirikada ham tipiklashtirish bo'ladi. Bitta she'rda bir necha kechinma, bir nechta tuygu va kechinma ifodalangan choda ham ulardan bittasi bhrttiriladi. Yoki lirikada lirik ka'ramon kechinmalarining eng yuksak nuo'talari ifoda etiladi. Ana shu yul bilan lirikada tipiklashtirish amalga oshiriladi. Lirikada shoir o'zining lirik "meni" tuyularni ifoda o'iladi. Shuning uchun shoir shaxsining tuyulari bosho'alar uchun ham umumiy bo'lmaydi degan fikr thri emas. Shoir davrning ilyor farzandi bo'lib uning shaxsiy kechinmalarida zamondoshlarning tuyu kechinmalari mujassamlanadi. 
Tiplarning turlari: 
1. Ma'naviy-axlokiy tiplar 
2. Tarixiy tiplar 
3. Sinfiy tiplar 
4. Milliy tiplar. 
5. Ideal tiplar 
Ma'naviy-axlokiy tiplarda insonga xos biror fazilat yoki illat mujassamlanadi. Balpzakning "Gorio ota" romanidagi Gorio obrazida otalik tuyusi mujassamlangan. Gorio o'zi makaron fabrikasining egasi va un jallob, lekin yozuvchini, Gorioning kapitilisfabrikantligi o'iziktirmaydi, uning insonligi o'izlariga bo'lgan cheksiz mu'abbati o'izio'tiradi. tarixiy tiplar bu o'zila muayyan tarixiy davrning xususiyatlarini mujassamlashtirgan tiplar bo'lib ular hsha davr xususiyatlarining tashuvchisi bo'ladilar. Tarixiy tiplar tarixiy shaxs ham bo'lishi mumkin bo'lmasligi ham mumkin. Masalan: "Sudxhrning hlimi" povestidagi O'ori ishkamba kapitilizmning dastlabki bosqichi vakini hisoblanadi. 
5.
Badiiy asarda mavzu va g'oya.
Mavzu (gr. ular so'zma-so'z tom ma'noda nimanidir anglatadi) - bu bilim
ob'ekti. Mavzu- bular asarda aks ettirilgan hayot hodisalari.
Qadimgi davrlarda badiiy asarning yaxlitligi qahramonning birligi bilan belgilanadideb ishonishgan. Ammo hatto Aristotel bu qarashning noto'g'ri ekanligiga e'tibor, Gerkules haqidagi hikoyalar bir xil odamga bag'ishlangan bo'lsa-da, har xilhikoyalar bo'lib qolishini ta'kidladi va ko'plab qahramonlar haqida hikoya qiluvchi to'liq ish bo'lishni to'xtatmaydi.Asarning butun xarakterini qahramon emas, balki unda yuzaga kelgan muammoningbirligi, oshkor etilayotgan g'oyaning birligi beradi.
Badiiy asarlarda tasvir mavzusi inson hayotining turli xil hodisalari, tabiat hayoti,
hayvonot va o'simlik dunyosi, shuningdek moddiy madaniyat (binolar, mebel
jihozlari, shahar manzaralari va boshqalar) bo'lishi mumkin.
Ammo badiiy adabiyotdagi bilimning asosiy mavzusi inson hayotining o'ziga xos
xususiyatlari. Bular odamlarning tashqi ko'rinishida, munosabatlarida, faoliyatida vachki, ma'naviy hayotidagi ijtimoiy belgilar.
Badiiy asar g'oyasi - Bu badiiy asarning semantik, obrazli, hissiy tarkibini
umumlashtiruvchi asosiy g'oya.Asarning badiiy g'oyasi - bu muallif tomonidan hissiy tajriba va hayot mahoratimahsuli sifatida san'at asarining mazmunli va semantik yaxlitligi. Bu fikrni boshqasan'at va mantiqiy formulalar yordamida qayta tiklab bo'lmaydi; bu asarning butun badiiy tuzilishi, uning barcha rasmiy qismlarining birligi va o'zaro ta'siri bilanifodalanadi. Shartli ravishda (va torroq ma'noda) g'oya asosiy g'oya, mafkuraviyxulosa va asarni yaxlit tushunishdan kelib chiqadigan "hayot darsi" sifatida ajralibturadi.Adabiyotdagi fikr - bu asarda aks etgan fikrdir. Adabiyotda juda ko'p g'oyalar mavjud.Mavjud mantiqiy fikrlar va mavhum fikrlar . Mantiqiy g'oyalar - bu xayoliyvositalarsiz osongina uzatiladigan tushunchalar, biz ularni aql bilan idrok eta olamiz.Mantiqiy fikrlar hujjatli adabiyotga xosdir. Badiiy roman va hikoyalar uchun falsafiy va ijtimoiy xulosalar, g'oyalar, sabab va ta'sirlarni tahlil qilish, ya'ni mavhumelementlar xarakterlidir.
6.
Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi.
Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida "dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi.
Har qanday adabiy ijod badiiy yaxlitlikdir. Bunday yaxlit narsa nafaqat bitta asar (she'r, hikoya, roman ...), balki adabiy tsikl, ya'ni she'riy yoki nasr asarlari umumiy qahramon, umumiy g'oyalar, muammolar va boshqalar, hattoki umumiy harakat joyi bilan birlashtirilgan (masalan, N. Gogolning "Dikanka yaqinidagi fermadagi oqshomlar", A. Pushkinning "Belkin ertagi" tsikllari tsikli ; M. Lermontovning "Bizning qahramon vaqtimiz" romani - shuningdek, umumiy qahramon - Pechorin tomonidan birlashtirilgan alohida qissa hikoyalari tsikli). Har qanday badiiy yaxlitlik mohiyatan o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan yagona ijodiy organizmdir. Inson tanasida bo'lgani kabi, unda hamma narsa mustaqil organlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir, adabiy asarda barcha elementlar ham mustaqil va o'zaro bog'liqdir. Ushbu elementlarning tizimi va ularning o'zaro bog'liqligi tamoyillari deyiladi.
Tarkibi(lot. Compositio dan, kompozitsiya, kompozitsiya) - badiiy asarning qurilishi, tuzilishi: muallifning niyatiga muvofiq badiiy yaxlitlik yaratadigan asarning elementlari va tasviriy uslublarini tanlash va ketma-ketligi.
TO kompozitsiyaning elementlari adabiy asarlarga epigraflar, bag'ishlovlar, prologlar, epiloglar, qismlar, boblar, aktlar, hodisalar, sahnalar, "nashriyotchilar" ning so'zlari va so'zlari (muallifning syujetdan tashqari obrazlari tasavvurida yaratilgan), dialoglar, monologlar, epizodlar, kiritilgan hikoyalar va epizodlar, xatlar, qo'shiqlar (masalan, Goncharovning "Oblomov" romanidagi Oblomovning orzusi, Tatyananing Onegin va Oneginning Pushkinning "Evgeniy Onegin" romanidagi Tatyana bilan maktubi, Gorkiyning "Quyida ko'tarilgan va botgan" qo'shig'i); barcha badiiy tavsiflar - portretlar, manzaralar, interyerlar ham kompozitsion elementlardir.
7.
Badiiy ijod so'z tanlashdan boshlanar ekan, har bir ijodkor uchun so'z mas'uliyatini g'oyat teran his qilish, oddiy so'zlarni ham mukammal badiiy vositaga aylantirish, ular zimmasiga salmoqli ma'no yuklay olish nihoyatda zarur. Chunki, bunday so'z asarning qaysi qismida bo'lishiga qarab aniq badiiy niyatni ifodalashga, so'zni polisemik (ko'p ma'noli) va stilistik (uslubiy) xususiyatini aks ettirishga, ma'lum vazifa bajarishga xizmat qiladi. Zero, so'z estetik ta'sir vositasi bo'lib, muallif tildagi ma'no rang-barangliklari, shakliy turfaliklardan teran anglay olishga intiladi. Bugungi kunda badiiy asarni, uning poetik tilini o'rganishda falsafiy qonuniyatlar til tizimiga yana ham keng masshtabda olib kirilib, ularning negizida qator tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Badiiy adabiyot tili umumxalq tili madaniyatida o'ziga xos hodisa sifatida yuzaga kelgan, badiiylikka bo'ysundirilgan tildir. Har bir yozuvchining tili bir necha ming so'zdan tashkil topadi. U ana shu so'zlar boyligidan nutq uchun so'zlar tanlaydi, badiiy obraz yaratishda u yoki bu badiiy vositaga murojaat etadi. Shu ma'noda yozuvchining uslubi uning tilida o'z aksini topadi. Shuning uchun ham adabiy til yozuvchi uslubiga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan, badiiy asar tili yozuvchining nutq vositalarini tanlash tamoyili, obrazlar tizimi kabilar bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy asar tilida faqat xalq nutq madaniyatining - jamiyat tili va uning mdividuallashtirilgan va umumlashtirilgan ifodasigina emas, balki xalq madaniyati uchun zarur bo'lgan nutq shakllarining ifodasi ham o'z aksini topadi. Badiiy tilning tarbiyaviy-estetik ahamiyati ham ana shundadir.Badiiy asar tilining bunday estetik vazifasi badiiy obrazda mujassamlashgan estetik g'oya bilan belgilanadi. Chunki badiiy obrazdagi bu go'zallik badiiy asar tiliga o'tadi. Inson madaniyatining yuksak darajasi, ahamiyati va mohiyati uning xarakterini ifodalaydigan nutqida namoyon bo'ladi. Shu zaylda badiiy adabiyot tilida gapira bilish ko'nikmasini hosil qiladi, tilning nafosatini his qilishga va bu nafosatni xalqda tarbiyalashga imkon beradi. Badiiy tilning shunday estetik vazifasi uning tarbiyaviy, ijtimoiy ahamiyatini ham belgilaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida jonli nutqning barcha hodisalari umumlashtiriladi va o'zining estetik bahosiga ega bo'ladi. Ma'lumki, fanda tilni 1) umumxalq tili; 2) adabiy til; 3) badiiy til shaklida tasvirlash e'tirof etilgan. Keyingi davrdagi ayrim ilmiy qarashlarda badiiy tilni "til badiiyati" atamasiga almashtirish, uni xalq tili imkoniyatlaridan biri deb hisoblashga moyillik ko'rinmoqda. Bu bahsli masala bo'lib, uzil-kesil hal qilingan emas. Nazarimizda, "badiiy til" atamasi ilmda chuqur singishgan bo'lib, "til badiiyati" tushunchasiga nisbatan keng qamrovli, ko'pchilikka tushunarlidir. Ikkinchidan, badiiy tilning semantik doirasida uning funksional xususiyatlari umumiylikni anglatsa, "til badiiyati"da, ko'pincha, konkret asarlarga nisbatan qo'llanilishi, muayyan masalalarning biror jihatdan o'rganishga yo'naltirilishi ustuvor bo'ladi. Hozirgacha mavjud adabiyot nazariyasiga oid barcha tadqiqotlar, darslik, qo'llanma va lug'atlarda "til badiiyati"ga qaraganda "badiiy til" atamasi ko'p qo'llanilmoqda va ma'qullanmoqda.
Atoqli adabiyotshunos O.Sharofiddinov asar tiliga e'tiborsizlikning xunuk oqibatlari haqida shunday xulosaga keladi: "Tilga bepisand munosabat uch jihatdan katta zarar keltirishi mumkin: birinchidan, oxir-pirovardida, umuman adabiy tilimizning rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi; ikkinchidan, adabiyotimizning badiiy saviyasini tushirib yuboradi; uchinchidan, kitobxonning estetik didiga yomon ta'sir ko'rsatadi!" . So'z -adabiy asarni vujudga keltiruvchi material. U o'z holicha muayyan ma'noga ega bo'lsa ham, boshqa so'zlar bilan aloqasiz ijtimoiy-estetik ahamiyat kasb eta olmaydi. Shu bois so'z tanlash va qo'llash, uni ma'lum maqsadga qarata yo'naltirish, asar muvaffaqiyatini

8.
Personaj (lot. persona — shaxs) — sanʼat va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P.lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvirlanishi va umumlashtirilishi darajasiga koʻra asosiy P.lar, yordamchi P.lar, epizodik P.larga boʻlinadi. Badiiy asar voqealarining boshidan oxirigacha faol qatnashgan va yozuvchining asosiy gʻoyaviyestetik niyatini tashuvchi shaxslar asosiy P.lar hisoblanadi. Ular asarning bosh qahramoni deb ataladi. Barcha voqealarda toʻla qatnashmasada, yozuvchining gʻoyaviy niyatini toʻlaroq ochishga xizmat qiladigan faol obrazlar yordamchi P.lardir. Asarning makrostrukturasida yanada kamroq qatnashadigan shaxslar epizodik P. boʻlib qolaveradi. Epizodik P.lar asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlarni ishonarli yoritishga xizmat qiladilar.


Yozuvchi munosabatiga qarab P.lar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi. Badiiy asarda bunday qaramaqarshi qahramonlarning ifo-dalanishi adabiyotning azaliy muammosi boʻlmish hayotning yaxshilik va yomonlikdan iborat ekanligiga ishoradir. P.lar orqali hayot hodisalari turli darajada ifodalanadi. Chukur va mukammal tasvirlangan, umumlashtiruvchi kuchga ega boʻlgan tip darajasiga kutariladi. Tip badiiy asarda ishtirok etuvchi P.larning eng oliy choʻqqisini egallaydi. Tipga kura, kamroq umumlashma quvvatiga ega P.lar obraz yoki harakter deb yuritiladi.

9.
Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha. Tildan


foydalanishda normadan "ogish" tushunchasi va uning turlari.
Lеksik sathdagi normadan ogish: "soz tanlash" asosida tasviriylik
va ifodaviylikni kuchaytirish. Trop(kochim) sеmantik sathdagi
normadan ogish sifatida. Tropning asosiy turlari.
Badiiy tilning eng muhim spеtsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik
va emotsionallikni korsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani
jonli tasvirlash, his-tuygu va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat
qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari"
dеb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidеk, badiiy tasvir va ifoda vositalari
badiiy tilning bеlgilovchi xususiyati emas, balki bеlgilovchi xususiyat
bolmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi
unsurlardir. Aytish kеrakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik
vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan
ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi
tasvir, bunisi ifoda vositasi dеyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy
adabiyot soz vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi.
Ya'ni, kop hollarda bitta vositaning ozi ham tasvir, ham ifodaga
xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qollaniluvchi ayrim vositalar (mas.,
tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish
vazifasini bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga kеladi, dеdik. Yozuvchi
umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan ogadi
(ya'ni, til unsurlarini odatdagidan ozga shakl, ma'no, tartib,
munosabat va sh.k.larda qollaydi) va shu "ogish"dan ma'lum badiiy-
estеtik maqsadni kozda tutadi. Bu xil ogishlar tilning turli sathlarida
— fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi
mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-
estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan ogishi
natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va tolaqonli bo`lishiga,
ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Fonеtik sathdagi normadan ogish muayyan badiiy-estеtik maqsadni kozlagan holda sozlardagi nutq tovushlarining
odatdagidan chozib, orttirib yoki tushirib talaffuz etilishi, bir tovush
ornida boshqasining talaffuz qilinishi kabi shakllarda kuzatiladi.Sozdagi tovushning chozib talaffuz etilishi ma'noni kuchaytirishga,bеlgini orttirib ifodalash, ruhiy holat yoki muayyan munosabatnianiqroq ifodalashga xizmat qila oladi. Masalan,R.Musurmonning“Mеnitushunsaydi odamlar” nomli shе'rida lirik qahramon ozini kitobgamеngzaydi-da, shunday tilak qiladi:
Har kun darsxonada gozal toliba
Qoldirmay oqisa varoqlarimni.
Har kun oshxonada gozal sohiba
Bildirmay tograsa yuraklarini —
Titiliii-ib kеtsaydim...
Katiliii-ib kеtsaydim...
Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha. Tildan
foydalanishda normadan "ogish" tushunchasi va uning turlari.
Lеksik sathdagi normadan ogish: "soz tanlash" asosida tasviriylik
va ifodaviylikni kuchaytirish. Trop(kochim) sеmantik sathdagi
normadan ogish sifatida. Tropning asosiy turlari.
Badiiy tilning eng muhim spеtsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik
va emotsionallikni korsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani
jonli tasvirlash, his-tuygu va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat
qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari"
dеb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidеk, badiiy tasvir va ifoda vositalari
badiiy tilning bеlgilovchi xususiyati emas, balki bеlgilovchi xususiyat
bolmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi
unsurlardir. Aytish kеrakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik
vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan
ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi
tasvir, bunisi ifoda vositasi dеyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy
adabiyot soz vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi.
Ya'ni, kop hollarda bitta vositaning ozi ham tasvir, ham ifodaga
xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qollaniluvchi ayrim vositalar (mas.,
tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish
vazifasini bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga kеladi, dеdik. Yozuvchi
umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan ogadi
(ya'ni, til unsurlarini odatdagidan ozga shakl, ma'no, tartib,
munosabat va sh.k.larda qollaydi) va shu "ogish"dan ma'lum badiiy-
estеtik maqsadni kozda tutadi. Bu xil ogishlar tilning turli sathlarida
— fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi
mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-
estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan ogishi
natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va tolaqonli bo`lishiga,
ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Fonеtik sathdagi normadan ogish muayyan badiiy-estеtik
maqsadni kozlagan holda sozlardagi nutq tovushlarining
odatdagidan chozib, orttirib yoki tushirib talaffuz etilishi, bir tovush
ornida boshqasining talaffuz qilinishi kabi shakllarda kuzatiladi.
Sozdagi tovushning chozib talaffuz etilishi ma'noni kuchaytirishga,
bеlgini orttirib ifodalash, ruhiy holat yoki muayyan munosabatni
aniqroq ifodalashga xizmat qila oladi. Masalan, R.Musurmonning “Mеni
tushunsaydi odamlar” nomli shе'rida lirik qahramon ozini kitobga
mеngzaydi-da, shunday tilak qiladi:
Har kun darsxonada gozal toliba
Qoldirmay oqisa varoqlarimni.
Har kun oshxonada gozal sohiba
Bildirmay tograsa yuraklarini —
Titiliii-ib kеtsaydim...
Katiliii-ib kеtsaydim...
Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha. Tildan
foydalanishda normadan "ogish" tushunchasi va uning turlari.
Lеksik sathdagi normadan ogish: "soz tanlash" asosida tasviriylik
va ifodaviylikni kuchaytirish. Trop(kochim) sеmantik sathdagi
normadan ogish sifatida. Tropning asosiy turlari.
Badiiy tilning eng muhim spеtsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik
va emotsionallikni korsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani
jonli tasvirlash, his-tuygu va kеchinmalarni yorqin ifodalashga xizmat
qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari"
dеb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidеk, badiiy tasvir va ifoda vositalari
badiiy tilning bеlgilovchi xususiyati emas, balki bеlgilovchi xususiyat
bolmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi
unsurlardir. Aytish kеrakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik
vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan
ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi
tasvir, bunisi ifoda vositasi dеyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy
adabiyot soz vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi.
Ya'ni, kop hollarda bitta vositaning ozi ham tasvir, ham ifodaga
xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qollaniluvchi ayrim vositalar (mas.,
tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish
vazifasini bajaradi.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga kеladi, dеdik. Yozuvchi
umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan ogadi
(ya'ni, til unsurlarini odatdagidan ozga shakl, ma'no, tartib,
munosabat va sh.k.larda qollaydi) va shu "ogish"dan ma'lum badiiy-
estеtik maqsadni kozda tutadi. Bu xil ogishlar tilning turli sathlarida
— fonеtik, lеksik, morfologik, sеmantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi
mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-
estеtik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan ogishi
natijasida yuzaga kеladi, ular tasvirning jonli va tolaqonli bo`lishiga,
ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Fonеtik sathdagi normadan ogish muayyan badiiy-estеtik
maqsadni kozlagan holda sozlardagi nutq tovushlarining
odatdagidan chozib, orttirib yoki tushirib talaffuz etilishi, bir tovush
ornida boshqasining talaffuz qilinishi kabi shakllarda kuzatiladi.
Sozdagi tovushning chozib talaffuz etilishi ma'noni kuchaytirishga,
bеlgini orttirib ifodalash, ruhiy holat yoki muayyan munosabatni
aniqroq ifodalashga xizmat qila oladi. Masalan, R.Musurmonning “Mеni
tushunsaydi odamlar” nomli shе'rida lirik qahramon ozini kitobga
mеngzaydi-da, shunday tilak qiladi:
Har kun darsxonada gozal toliba
Qoldirmay oqisa varoqlarimni.
Har kun oshxonada gozal sohiba
Bildirmay tograsa yuraklarini —
Titiliii-ib kеtsaydim...
Katiliii-ib kеtsaydim...
Songgi ikki satrdagi “i” tovushining ota choziq talaffuz etilishi
normaga mutlaqo zid bolsa-da, u lirik qahramon konglidagi istakni
orttirib, kuchaytirib ifodalashga xizmat qiladi.

10.
San’atda badiiylik mezonlari hikoya, qissa, roman, ballada, poema, lirik she’riyat, rassomlik, me’morchilik, musiqa, haykaltaroshlik asarlari uchun turlicha ekanligi tabiiy hol. Ammo, bu san’atlarning barchasi uchun umumiy, zaruriy, yurak va qon tomiriga o‘xshash muhim qonuniyatlar borki, bular avvalo adabiyot nazariyasi, keng ma’noda estetika fanida maxsus o‘rganiladi. Shu mezonlarning asosiylari: she’r uchun his-tuyg‘ular go‘zalligi, nafisligi, nozik kechinmalar, hikoya uchun – yaxlit bir voqeada inson xarakteri va muhim bir g‘oyani tasvirlash, qissada shu narsalarning kengroq ifodalanishi, romanda davr va jamiyat hayotida yuz berayotgan global jarayonlarni bir yoki bir necha odamlarning taqdiri, xarakterlari orqali ochish, tragediyada zamon oqimiga qarshi yakka o‘zi qarshi tura olgan shaxsning va atrofdagilarining kuchli xarakterlarini ko‘rsatish, komediyada jamiyatdagi illatlarni kulgi, hajv vositasida fosh qilish, rassomlik va haykaltaroshlikda – muhim ijtimoiy va estetik ahamiyatli manzara, holatlarni birgina nozik lahzada aks ettirish muhim hisoblanadi. Bu san’atlardan eng ta’sirchani, eng ko‘p (hatto cheksiz) imkoniyatlarga ega bo‘lgani she’riyat, musiqa va badiiy prozadir. Servantes “Don – Kixot” romanida bahodirlik, ritsarlik davrlari o‘tib ketganligini, endi miskin, bechoralarni zolimlardan himoya qiluvchi bahodir ritsar kulgili holatga tushib qolganini tasvirlar ekan, uning asosiy poetik g‘oyasi – Don Kixot kabi sofdil va sodda odamlar ustidan kulish emas, aksincha, yangi davrda ko‘pchilik ayyor, munofiq, ta’magir, ochko‘z, yulg‘ich bo‘lib, aslzoda xonimlar idealligini yo‘qotib, oddiy masxarabozlarga aylanib qolganidan qayg‘urish edi, deb o‘ylayman. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Sarob” romanlariga yuksak baho bergan Oybek, Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Ahmad Aliyev, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Hamdam va boshqalar o‘z talqinlarida badiiylikning o‘lmas mezonlaridan kelib chiqqanlar. Sho‘rolar siyosatiga qul bo‘lgan Sotti Husayn esa bu romanlarni proletar diktaturasining poetikaga zid mezonlari bilan tanqid qilgan edi. Badiiy asarni baholashda bunday qarash asoratlari hozir ham uchrab turadi. Bu haqda Dilmurod Quronov “Adabiy jarayonda Mom sindromi” asarida yaxshi yozgan. Ba’zi tanqidchilar esa tahlil o‘rniga ijodkorga aql o‘rgatadilar.


Sh.O: Tabiiyki, mustaqillik yillarida yozuvchilar istiqlol bergan erkinlikdan yaxshi foydalanmoqdalar. Ammo bozor iqtisodiyoti tamo-yillari ma’naviy hayotni ham shiddat bilan o‘z domiga torta boshladi. Shunday sharoitda ayrim ijodkorlar hatto umidsizlikka ham tushib qolishdi. “Adabiyot o‘ladimi?” degan mavzuda jiddiy bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqiradi degandek, bu davrda jahon adabiyoti ham o‘ziga xos bir sinov davrini boshidan kechirmoqda edi. Amerikada yashab ijod qilayotgan mashhur rus adibi Vasiliy Aksyonov shunday degan edi: “Amerikada mavjud bozor iqtisodiyoti nafis adabiyotning ildiziga bolta urayapti. Uning o‘rnini “ko‘cha adabiyoti ” – fahsh, nayrangbozlik, oldi-qochdi “adabiyoti” egallab olyapti...” Darvoqe, o‘zimizda ham Aksyonov tilga olgan “adabiyot namunalari” urchib ketgani sir emas. (“Adabiyot bozorga moslashadimi?” degan maqolamda bu haqda baholi qudrat yozgan edim.)
Yuqorida eslatilgan munozara garchi “Inson bor ekan, adabiyot o‘lmaydi, adabiyotning bosh muammosi – odam” degan umidbaxsh xulosa bilan yakunlangan bo‘lsa-da, hozirgi globalizm davrida adabiyotning taqdiri borasidagi xavotirlar hali barham topmagan. Atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov “Drujba narodov” jurnalida 2009 yili chop etilgan suhbatida bu haqda taassuf bilan shunday degan edi: “... Adabiyot hozir qiyin bir davrni boshidan kechirmoqda. Nogoh u keraksiz narsadek bo‘lib qoldi: endi tashvish – qiziqishlar bo‘lakcha, ehtiroslar bo‘lakcha, sobiq kitobxonlarimizning xayoli boshqa narsalar bilan andarmon, yangi kitobxonlar esa chinakam mutolaaning ongu shuurlarga beradigan beqiyos nash’u namosidan hoynahoy bexabardirlar. Shu bois bundan keyin nima qilmoq kerakligini hammamiz birgalikda o‘ylashimiz kerak”.
Yana o‘sha ko‘hna, an’anaviy savol – nima qilmoq kerak?..
M.M: Vasiliy Aksyonov va Chingiz Aytmatovning tashvishlari o‘rinli, albatta. Xususan, o‘tgan asrlarda Shekspir, Servantes, Hayne, Bayron, Balzak, Dyuma, Ch. Dikkens, U. Folkner, Jek London, Mark Tven, Stendal, Flober, Mopassan, Turgenev, Nekrasov, Dostoyevskiy, Lev Tolstoy, A. Chexov kabi daho adib va shoirlarni yetishtirgan Yevropada hozir o‘shalarga teng keluvchi san’atkorni topish juda qiyin. Menimcha, G‘arbda bu orqaga ketishning asosiy sabablari – butun yer yuzida, global ravishda moddiy boylik, foyda ketidan quvib, ruhiy olam, ma’naviyatning pasayib ketishi, gumanizm va xalqchillik yetishmasligi, iste’dod sohiblarini, ijodkorlarni qadrlamaslikdir. (Balzak, Dyuma, J.Sand asarlari uchun olgan qalam haqlari bog‘lar, qasrlar qurish uchun yetar edi, Bayron esa poemalari uchun olgan qalam haqiga jahon bo‘ylab sayohat qilar, Italiya va Gretsiya milliy ozodlik kurashchilariga katta yordam berar edi.) Hozirgi G‘arb adiblaridan AQShda Rey Bredberi, Frantsiyada Le-Klezio o‘tgan mumtoz ijodkorlar martabasiga yeta olgan. Le-Klezio butun dunyodagi yetim bolalarining go‘zal ruhiy olamini Andersen va Dikkens kabi yuksak badiiyat bilan himoya qilgani uchun xalqaro Nobel mukofotiga munosib topildi.
Ammo umidni yo‘qotmaylik, badiiy adabiyot pasayishi, yuksalishi mumkin, lekin hech qachon o‘lmaydi. Dalilimiz shundaki, inson badaniga, jismiga ozuqa qanday muhim bo‘lsa, ruh uchun ozuqa yanada muhimroqdir. Inson ruhi oziqlanmasa, ekzistentsiyachi adiblar A.Kamyu, Jan Pol Sartr aytganiday, insonlar faqat tiriklik, jon saqlash, mavjudlik uchungina yashasa, hayvonlarga o‘xshab qoladilar.
Ancha yillar avval ham yuqoridagidek savol tug‘ilganida kibernetika sohasida atoqli olim, akademik Vosil Qobulov “Guliston” muxbiri bilan suhbatda bunday degan edi: “Nafosat, san’at, badiiy adabiyot odamzod ongining kamol topishida asosiy manbadir. Qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, olamni to‘la-to‘kis bilishni istagan har bir odam badiiy adabiyotni jon-dilidan sevishi kerak. Ilm-fan ahli ham nafosatga, badiiy adabiyotga qanchalik ixlos qo‘ysa, uning ma’naviy olami, iqtidori shunchalik yuksaladi”.
Sh.O: Odamlarning adabiyotdan yiroqlashgani sababi zamona zayli bilan yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa murakkab muammolar bilan ham bog‘liq, albatta. Goho kitob chiqarish qiyinligi haqida nolishlar quloqqa chalinib qoladi. Ammo kitob do‘konlari, katta ko‘chalar chetidagi yo‘lkalarga yoyib qo‘yilgan turfa xil kitoblarni ko‘rib ko‘zlar qamashadi. Ayrim sermahsul mualliflarning birdaniga besh-olti nomdagi kitobi sotuvga qo‘yilgan. Ular qanday chop etilmoqda degan savolning javobi esa oddiy – bozor iqtisodiyoti “mahalliy klassiklar”ga katta imkoniyat yaratib berdi. Masalaning ma’naviy, tarbiyaviy tomoni ko‘proq tashvishlantiradi. Oldindan xaridorgir bo‘lishi mo‘ljallab yozilgan bunday sayoz, yuzaki kitoblarni o‘qiyotgan kitobxonning saviyasi nima bo‘ladi? Didi buzilgan kitobxon adabiyot degani shunaqa bo‘lar ekan-da, degan tushunchaga borib qolmaydimi? Kitobxonni qo‘ya turaylik, ilgari jiddiy asarlar yozib yurgan, endilikda bozorga moslashayotgan ayrim yozuvchilar adabiyot degani qiziq voqeani qiziqarli hikoya qilib berishdan iborat degan jo‘ngina, yanglish xulosaga kelib qolishgani ham sir emas. Axir qachongacha biz andishali xalqmiz deya kamchiliklarimizni xaspo‘shlaymiz? Bundan kimga foyda-yu kimga ziyon? Siz bir zamonlar dadil, parodoksal fikrlaringiz bilan mashhur edingiz. Mustaqillikdan ilgari, marksizm-leninizmga til tekkizib bo‘lmaydigan zamonda estetika sohasida Marks-ni tanqid qilib chiquvdingiz. O‘sha voqea atrofida qanchalar shov-shuv bo‘lgan edi. Nega endi ayni haqiqatni bor ovoz bilan aytish mumkin bo‘lgan dorilomon kunlarda sukut saqlamoqdamiz? Men bu bilan bizda tanqid butunlay so‘nib qolgan demoqchi emasman. Nazarimda, tanqidchilikning hozirgi ahvolidan baribir qoniqish hosil qilish qiyin.
M.M: Badiiy, estetik didning pasayishi haqidagi fikringiz to‘g‘ri. Didsizlik kitobxonning ma’naviy qashshoqligidan kelib chiqadi. Menimcha, didsizlik paydo bo‘lishining bir qancha sabablari bor.
1. Oilada ota-onalar farzandlarini boqish, kiyintirish, boshqa maishiy muammolar bilan mashg‘ul bo‘lib, bolalarini boy milliy ma’naviy merosimiz – ajoyib ertaklar olami bilan, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlari bilan tanishtirmaydilar. Chunki ko‘pchilik ota-onalar bularni o‘zlari ham bilmaydilar. Buning o‘rniga ular nohaq yo‘l bilan bo‘lsa ham tezroq boylik topishni o‘rgatadilar.
2. Bolalarning cheksiz go‘zallik, nafosat, jo‘shqinlik manbai bo‘lgan tabiatdan uzoqlashuvi. Bolalar, o‘smirlarning qishloqdagi mehnatdan qochib, shaharga oqib kelishi. Bularning oldini olish uchun davlatimiz viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlarini kuchaytirishga ko‘p mablag‘lar sarfladi. Joylarda turli sohalarda kollejlar, litseylar qurildi. Ammo ustozlarning o‘zini tarbiyalash qiyin muammo. Yosh avlodni umuminsoniy orzu-ideallar bilan yashashga o‘rgatish kerak. Bu esa badiiy adabiyotning vazifas

11.
Lirika (lira) — badiiy adabiyotdagi 3 asosiy adabiy tur (epos, drama, lirika)ning biri. L.da mavjud obʼyektiv voqelikdan koʻra ijodkor shaxsining his-tuygʻulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning "men"i orqali oʻtadi. L.da, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, L.da subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda L. emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy "personaj" ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. L. ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. L. qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. L. Gʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz L.si xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra 18—19-asr larda I.V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar L. sohasida samarali ijod qildilar.


20-asrda L. shakl va mazmun-mohiyati jihatidan boyidi. Pablo Neruda (Chili), Nozim Hikmat (Turkiya), Garsiya Lorka (Ispaniya), A. Blok (Rossiya) singari shoirlar ijodi koʻpchilikning eʼtiborini qozondi. 20-asr oʻzbek adabiyotida esa badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishida L. muhim rol oʻynadi. Choʻlpon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Halima Xudoyberdiyeva, Omon Matjon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim sheʼrlarida oʻzbekona lirik tafakkur imkoniyatlarining rang-barangligi aks etdi. L. jahon adabiyotida oʻzining ichki janrlariga koʻra turli hajmiy koʻri-nishga ega boʻlgan va yuksak musiqiylik kasb etgan. L.dagi musiqiylik, ohangdorlik barcha zamonlarda bosh xususiyat sanalgan. 20-asr dunyo adabiyotida va, qisman, oʻzbek adabiyotida nisbatan musiqiylikdan xoli lirik asarlar ham bitildi: ularni musiqa asbobi bilan ijro etish qiyin. Biroq bu turdagi modern L.da shoirning qalb ohangi, ijodkor uslubiga, janr pafosiga xos ichki — sirli musiqadorlik mavjud. L.dagi xarakter ham, konflikt ham subʼyekt isteʼdodi, mahoratidan kelib chiqadi. Xususan, L.da konflikt soʻzlarda, misralarda, tasviriy ifodada yaqqol aks etadi. L.da badiiy tasvir vositalari (lafziy va maʼnaviy sanʼatlar) keng qoʻllanadi.
Poetik "men" va biografik "men" L.ning odatiy, oʻzaro ajralmas unsuri sanaladi. Ammo har qanday biografik maʼlumot poetik matn ichida oʻz mazmun-mohiyatini oʻzgartirib, ijtimoiy-madaniy yoki maʼnaviy-estetik mohiyat kasb etishi mumkin. Adabiyotshunos olimlarning shoir Abdulhamid Choʻlpon qalamiga mansub "Aldanish" sarlavhali sheʼrini turlicha talkin etishlari buning isbotidir. Lirik asar aksar holatlarda har qanday insonga tushunarli, uning dardiga, zavqiga mos boʻladi. Ammo jahon adabiyotida "sanʼat sanʼat uchun" qoidasiga muvofiq ravishda "sof sanʼat", "sof L." tushunchalari ham vujudga kelgan. "Sof L." xususiyati shuki, bunda "men" sof sanʼat tili, ramzlar tili orqali yuksak badiiy-estetik maqomda ifoda etiladi. Shoir oʻzi uchun yozadi; oʻquvchini koʻzlamaydi; individual ruhiy holat misralarga koʻchadi. Adabiyotshunoslar L.ni mavzusiga qarab shartli ravishda ishq-muhabbat, falsafiy, peyzaj, publitsistik va boshqa L.larga ajratadilar. Shuningdek, L. gʻazal, ruboiy, tuyuq, muhammas, qasida, marsiya, sonet singari koʻplab adabiy janrlarga boʻlinib ketadi. Ayni choqda, L.ni davr eʼtibori bilan mumtoz L. va zamonaviy L.tarzida tasniflash ham mumkin.

12.
Janr (dan.) Frantsuzcha janr 'kind, sort') - bu har qanday shakl yoki turdagi aloqa vaqt o'tishi bilan ishlab chiqilgan ijtimoiy kelishilgan konvensiyalar bilan har qanday rejimda (yozma, og'zaki, raqamli, badiiy va boshqalar).[iqtibos kerak] Janr eng mashhur sifatida a nomi bilan tanilgan toifasi ning adabiyot, musiqayoki ba'zi bir uslubiy mezonlarga asoslangan holda yozma yoki og'zaki, audio yoki vizual, boshqa san'at yoki ko'ngilochar turlari, ammo janrlar estetik, ritorik, kommunikativ yoki funktsional bo'lishi mumkin. Janrlar vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan konventsiyalar asosida shakllanadi, chunki madaniyatlar yangi janrlarni ixtiro qiladi va eskilaridan foydalanishni to'xtatadi. Ko'pincha, ushbu konventsiyalarni qarz olish va qayta birlashtirish orqali asarlar bir nechta janrlarga mos keladi. Mustaqil matnlar, asarlar yoki aloqa qismlari individual uslublarga ega bo'lishi mumkin, ammo janrlar bu kelishilgan yoki ijtimoiy xulosaga kelgan konvensiyalar asosida ushbu matnlarning birlashmasi. Ba'zi janrlar qat'iy, qat'iy rioya qilingan ko'rsatmalarga ega bo'lishi mumkin, boshqalari esa katta moslashuvchanlikni namoyon qilishi mumkin.


Har bir adabiy asar ko'rib chiqilayotgan xususiyatlar bilan birga o'z janri jihatidan ham tavsiflanishi kerak. Qoidaga ko'ra, kitobxonlar ma'lum bir asar janrini yozuvchilar tomonidan bilim, tajriba, instinkt va sezgi asosida berilgan belgilarga ko'ra baholaydilar. Tadqiqotchilar muallif g‘oyalarini hisobga olib, adabiyotshunoslikda ishlab chiqilgan ilmiy mezonlar asosida asarning janr xususiyatini aniqlashga intiladi.
Jahon adabiyotining asosiy janrlari rivojlanishining uzoq tarixini o'rganish asosida janr xususiyatlarining "turli yozuvchilarning ijodiga xos bo'lgan umumiy, takrorlanuvchi fazilatlar" ekanligi aniqlandi. boshqa vaqt va turli milliy adabiyotlarga mansub edi. Shuning uchun romanlar Stendal, Balzak, Dikkens, Tolstoy, Dostoevskiy, Galsvorti asarlari deb ataladi. Gorkiy, Mann, Leonov, Pasternak va boshqa yozuvchilar, tragediyalar - Esxil, Sofokl, Evripid, Shekspir, Kornel, Sumarokov, Knyajnin va boshqalarning ijodi. Ammo bu belgilar ishning qaysi sohasida joylashgan?Ba'zan miqdoriy parametrlarni, ya'ni matnning hajmini, hajmini yoki tasvirlangan materialni hisobga olish etarli bo'lib tuyuladi. Bunday tushuncha bilan epik janr ichida uch guruh janrlari ajratiladi - kichik (hikoya, qissa, eskiz), o'rta (hikoya) va katta (roman va epik). Biroq, dramatik asarlarda bu mezon ishlamaydi, chunki ularning barchasi hajmi jihatidan taxminan bir xil. Ma'lum bo'lishicha, material yoki matn miqdori janrning eng muhim xususiyatlaridan biri va ehtimol emas. Ko'rinib turibdiki, janr farqlarining kelib chiqishi unda yotadiasarlarning mazmuni, bu ularning miqdoriy va tarkibiy xususiyatlarini asosan oldindan belgilab beradi. Keling, ko'rib chiqaylik, asar mazmunida uning janriga xosligi aniq nimadan dalolat beradi? Shu bilan birga, biz allaqachon qabul qilingan tamoyilga amal qilamiz - ayrim asarlarning janr xususiyatlarini ko'rib chiqishda umumiyfazilatlarni hisobga olish, ya'ni asar uchta avloddan biriga tegishli - epik, lirik yoki dramatik.

13.
Har qanday adabiy asar o'quvchiga etkaziladigan ma'lum bir hissiy kayfiyatni o'z ichiga oladi. Ba'zi bir asarlar o'quvchini xafa qiladi, boshqalari uni kuldiradi, boshqalari esa mag'rurlik his qiladi, go'yo u o'qigan kitobning qahramoni emas, balki kitobda tasvirlangan amallarni qilgan. O'qish paytida paydo bo'lgan his-tuyg'ular o'quvchini adabiy asar badiiy olamida sodir bo'ladigan barcha voqealarni alohida nuqtai nazardan baholashga, uning qiziqishini, personajlar taqdiridagi shaxsiy ishtirokini, hamdardligini belgilashga majbur qiladi. Adabiy asarlarning bu xususiyati asar pafosi deb ataladi.


"Pafos" atamasi mafkuraviy va hissiy baholash sohasini, yozuvchining o'zi tomonidan qayta ishlab chiqarilgan va tushunilgan ob'ektiv haqiqat bilan baholash munosabatlari sohasini qamrab oladi. Pafosda yozuvchining u yoki bu ijtimoiy-madaniy vaziyatdagi qiymat yo'nalishi eng katta darajada mujassamlangan "1, - ta'kidladi A.B.Esin.
Pafos - bu asarning asosiy hissiy ohanglari, asosiy emotsional kayfiyati, shuningdek, muallif tomonidan ma'lum bir belgi, voqea, hodisani hissiy va baholovchi yoritishi.... Ushbu ta'rifdan pafos muallifning pozitsiyasi va asarning g'oyaviy ovozi bilan bevosita bog'liqligi darhol aniq bo'ladi. Pafos yozuvchiga o'zi yaratgan badiiy dunyoni jonlantirishga yordam beradi va o'quvchini adabiy asar badiiy olamida sodir bo'layotgan personajlar va hodisalarni u yoki bu hissiy idrokiga moslashtiradi.
Asarning umumiy kayfiyati, hissiy "atmosferasi" o'quvchining idrokini tashkil qiladi, uning e'tiborini muallif o'z xarakterlari va voqealarini tasvirlash paytida qo'ygan aksanlariga qaratadi.
Pathos muallifning tasvirlangan voqealarni baholashi va qahramonlarni tasvirlashning kompleks kombinatsiyasi natijasida paydo bo'ladi. Uni aniqlash uchun muallifning pozitsiyasi va asarda tasdiqlangan axloqiy qadriyatlar tizimi juda muhimdir, demak pafos nafaqat hissiyotlar, balki muallifning fikrlari, ratsional konstruktsiyalari bilan ham shakllanadi. Pafosdagi ratsional va emotsional ajralmas birlashtirilib, bir-birini belgilaydi va qo'llab-quvvatlaydi. M.M.Baxtin bunga e'tiborni qaratdi: «Hukmsiz tushunishni iloji yo'q. Tushunish va baholashni ajratish mumkin emas: ular bir vaqtning o'zida va yagona integral aktni tashkil qiladi "
Pafos bilan yozilgan asarda adib o'z nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi. Aksincha, o'zi ilgari surgan va o'tkazmoqchi bo'lgan hayotiy-estetik fikrni kuchli hayajon hamda jo'shqin ehtiros bilan yoqlaydi. Shu tariqa, pafos bilan yozilgan asarning o'quvchisi ko'pincha yozuvchi qarashlarining tarafdoriga aylanadi. Chunki asarning pafosi uni xolis kuzatuvchi emas, balki astoydil tarafdor bo'lishga undaydi.Pafos badiiy asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma'no-mohiyatini ham belgilab beradi. Chunonchi, "Asrga tatigulik kun" romanida oddiy temiryo'lchi Edigey va Nayman onaning o'ylari, so'zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tasvirlangani uchun ham kitobxonni o'ziga rom etadi. Ayni paytda, jungjanglar, Jo'lomon va Sobitjonning xatti-harakatlari, gaplari, tutumlari adib tomonidan jo'shqinlik bilan inkor etilgani sababli o'quvchi bu timsollarni qabul qilolmay qoladi. Shu tariqa asarning pafosi uning o'quvchisiga o'z nuqtayi nazarini aniq belgilay olishda yordam beradi.
Asar pafosi, ayniqsa, Nayman ona timsoli tasvirida yaqqol bo'y ko'rsatgan. Manqurt haqidagi afsonada insonning asosiy bel-gisi bo'lmish o'zlikdan ayirish, xotirasidan mahrum qilish cheksiz nafrat bilan tasvirlanganki, o'quvchi beixtiyor Ch. Aytmatovning qizg'in tarafdoriga aylanganini bilmay ham qoladi.
14.
Realizm — voqelikni, mavjud borliqni badiiy adabiyot va sanʼat (tasviriy sanʼat, teatr, musiqa va boshqalar)ning ifoda vositalari orqali oʻziga oʻxshash shakllarda haqqoniy aks ettirish. Adabiyot da R. — hayotni voqelikdagi voqea va hodisalarga muvofiq ravishda obrazlar orqali aks ettirish metodi. R. adabiyotning oʻzini va tashqi olamni bilish vositasi sifatidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda voqelikni barcha ziddiyatlari bilan qamrab olishga intiladi, yozuvchiga hayotning barcha tomonlarini cheklanmagan holda aks ettirish imkoniyatini beradi. R. metodiga asoslangan adabiyotda hayot haqiqatini tasvirlash tamoyili ustuvor ahamiyatga ega. Binobarin, R. adabiyoti jahon adabiyoti taraqqiyotidagi eng yuksak bosqich hisoblanadi.
R. keng maʼnoda Gomer va Dante, Shekspir va Rasin, Firdavsiy va Navoiy ijodiga ham xos xususiyat, zero, hayotiylik va samimiylik bu mumtoz ijodkorlarning asarlarida katta mahorat bilan ifoda etilgan. Ammo R. adabiy metod yoki adabiy yoʻnalish sifatida yozuvchidan voqelikni hayotiy va haqqoniy aks ettirish tamoyiliga izchil rioya etishni, inson va tashqi olamni ongli ravishda oʻrganish va bilishni taqozo etadi. Shu maʼnoda jahon adabiyoti 19-asrga kelibgina oʻz taraqqiyotining R. metodiga asoslangan yangi bosqichiga erishdi.
R.ning metod sifatida paydo boʻlish vaqti masalasida adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar hayotni realistik tasvirlash usullari qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgani va bu usullarning turli bosqichlarni bosib oʻtganini nazarda tutib, antik R, Uygʻonish davri R.i, maʼrifatparvarlik R.i va sotsialistik R. tushunchalarining mavjudligi haqidagi qarashlarni olgʻa surib keladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra, R. ijodiy metod sifatida 18-asrda oilaviymaishiy va ijtimoiymaishiy romanlar yaratilishi bilan bir vaqtda maydonga kelgan. R.ning 19-asr 30-yillarida Yevropa adabiyotida shakllana boshlaganligi haqidagi fikr aksar adabiyotshunoslar tomonidan qabul qilingan boʻlib, bu fikr Yevropa xalqlari adabiyotlarida voqelikni haqqoniy tasvirlash tamoyili yuksak ijtimoiytahliliy shakllarda keng va teran ifodalanganligi bilan tasdiqlanadi.
«Renessans» so'zi fransuzcha bo'lib (frans. Renaissanse), o'rta asrlar madaniyati, adabiyoti va san'atidagi buyuk o'zgarishlar davrini anglatadi. Antik madaniyat barham topgandan so'ng o'n asrdan ortiq vaqt o'tgach, g'arb tafakkurida yana bir ulkan ko'tarilish, yangilanish ro'y berdi, shu sababli ham bu davrni Uyg'onish davri deb ataydilar. Uyg'onish davri XIV asrning ikkinchi choragida boshlanib, XVII asrgacha davom etdi. Renessans ilm-fan, madaniyat va san'atda o'zini namoyon qildi. Uyg'onish davrining buyuk namoyandalari inson shaxsini ulug'laydilar, uning qadr-qimmati, his-tuyg'ularini qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini yuqori qo'yadilar. Uyg'onish davri vakillarini gumanistlar ham deb ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, ijodda ular yaratgan cho'qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan qadimgi qo'lyozmalarni qidirib topganlar, yunon va Rim shoirlari asarlarini, Gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy Yevropada tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari o'qitilgan.
Ayni paytda uyg'onish davri ijodkorlari yaratgan asarlarda antik adabiyot an'analari realistik elementlar bilan uyg'unlashadi. Bu zamin kishisi hayotidan olingan vaziyatlar, hayotiy obrazlar, insoniy kechinmalarning tabiiyligi kabilarda ko'zga tashlanadi. Uyg'onishning boshlanishi Italiyada namoyon bo'ldi, uning ilk yirik vakili Dante hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she'rlari, Bokachcho hikoyalarida bu davrga xos asosiy belgilar — mavhum ramziy obrazlar o'rnini realistik obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar ko'zga tashlandi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga yoyildi, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Jordano Bruno, Kopernik, Rable va Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug' yozuvchilarni yuzaga keltirdi.
Renessans G'arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari madaniyatidagi o'rta asrlardan yangi davrga o'tish bosqichini anglatadi. Nemis faylasufi Gegel «Falsafa tarixi»da Uyg'onish davrini «tong yog'dusi” deb atagan edi.
Yevropa Uyg'onish harakatining vatani Italiya hisoblanadi. Italyan gumanistlari diniy sujetlarga murojaat qildilar, ularni real voqelik bilan bog'lashga intildilar. Bu esa shakl bobidagi yangilanishlarga yo'l ochdi, o'rta asr adabiyotidagi allegorizm, majoziylik realistik usullar bilan uyg'unlasha boshladi. Inson va uni o'rab turgan muhit, kishining cheksiz imkoniyatlari va qizg'in ehtiroslarini aks ettirishga alohida e'tibor berildi. Petrarkaning she'rlari, Bokachchoning hikoyalari insonning hissiyotlarini tushunish, ularni hurmat qilish, hayotsevarlik ruhi bilan yo'g'rilgan.

15.
Tanqidiy realizm - 19-asrning 20—30y.larida jahon adabiyoti va sanʼatida shakllangan badiiy metod, realizmnint bir koʻrinishi. Klassitsizm adabiyoti vakillarining oʻz davrini oʻtagan va eskirgan tasvir usullariga qarshi, oʻtgan asrlardagi ilgʻor adabiyotlarning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish va yangilash maqsadida maydonga kelgan. Hayot hodisalarini badiiy mujassamlashtirishda bu hodisalarning ijtimoiytarixiy ildizlarini ochish Tanqidiy realizmning asosiy maqsadidir. Tanqidiy realizm yozuvchidan insonni har tomondan cheklovchi, ezuvchi, buzuvchi va maʼnaviy inqirozga olib keluvchi hayotning ijtimoiy asoslarini tanqidiy aks ettirishni talab etadi. Tanqidiy realizm adabiyoti va sanʼatida tarixiylik prinsipi hayotiy voqealar, kishilarning xarakterlari va ularni qurshagan sharoitning muayyan davr uchun muhim vokealar, xarakterlar va sharoitlar sifatida tasvir etilishida zuxur beradi. Tanqidiy realizm asarlaridagi personajlar "ortiqcha kishilar", "otalar" va "bolalar" yoki yangilik va eskilik tarafdorlari boʻladimi — ular oʻz davrining mahsulidir. Ammo tarix harakati, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni Tanqidiy realizmning aksar asarlarida kishilar subʼyektiv faoliyatining natijasi sifatida talqin etiladi. Shuning uchun ham bu asarlarda faqat kishilarning ruhiy olami, ishonch va eʼtiqodi ulardagi ijobiy (ezgu) ibtidoning manbai boʻlib xizmat qiladi. Tanqidiy realizm insoniyatni baxtli va nurli hayotga olib boruvchi yoʻlni koʻrsatmaydi, balki kishilarning shunday xayot sari intilishlarida ularga duch kelgan toʻsiqlar, illatlar, sharoitni koʻrsatadi. Shuning uchun ham badiiy tasvirning bu usuli Tanqidiy realizm deb ataladi.


Sovet adabiyotshunosligi Tanqidiy realizmning shakllanishini proletar harakatining paydo boʻlishi bilan bogʻlab, mazkur badiiy metod vakillarini kapitalizmga qarshi ongli ravishda kurashgan yozuvchilar sifatida talqin etib keldi. Tanqidiy realizm vakillari esa shu jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik va shu jamiyatda yashovchi ayrim kishilar hayotidagi maʼnaviy buzilish hollarini xalqqa badiiy tasvir orqali koʻrsatish va jamiyatni shu yoʻl bilan davolashni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻygan edilar. Tanqidiy realizmning Gʻarbiy Yevropadagi Balzak, Dikkens, Tekkerey, Flober singari vakillari voqelikni inqilobiy oʻzgartirish gʻoyasidan mutlaqo uzoq boʻlishgan. Shuning uchun ham ular ijodidagi ayrim kishilarga xos illat va qusurlar tasviri, sovet adabiyotshunosligi talqin etib kelganidek, kapitalistik jamiyatni fosh etish pafosi darajasiga olib chiqilmagan.
Tanqidiy realizmning 20-asrda yaratgan asarlarida 2 tamoyil koʻzga tashlanadi. Birinchisi — kishilarning kundalik hayotini, ularning baxtli hayot yoʻlidagi intilishlarini tasvirlash. Remark, Steynbek singari yozuvchilarning shu yoʻnalishdagi asarlaridan, Fellini, Antonioni singari mashhur italyan kinorejissyorlarining filmlaridan chiqadigan xulosa shuki, inson hayotini yaxshilash, taqdirni oʻzgartirish mumkin emas. Ikkinchisi — xalq ozodlik harakatlari, shu jumladan, 20-asrdagi inqilobiy harakatlarni badiiy idrok etish va shu hol tufayli ijtimoiy taraqqiyot istiqboliga umid bilan qarash. Rollan, London, Drayzer singari yozuvchilarning ayrim asarlarida ana shu ikkinchi tamoyil ustuvorlik qiladi va xuddi shu tamoyil ular ijodini sotsialistik realizm bilan yaqinlashtiradi.
Sovet adabiyotshunosligi L.N. Tolstoy, F.M.Dostoyevskiy, A.P.Chexov kabi yozuvchilarning 1917 y. gacha boʻlgan rus vokeligi tasvirlangan asarlarinigina Tanqidiy realizmning namunalari sifatida baholab, 1917-yildan keyingi davr voqealariga bagʻishlangan rus yozuvchilarining asarlarini esa sotsialistik realizm metodiga nisbat berib keldi. Holbuki, xuddi shu davr rus adabiyotida Tanqidiy realizm yetakchi metod sifatida rivojlandi va hattoki sovet davri rus adabiyotida Tanqidiy realizm metodi tamoyillari asosida koʻpgina asarlar yaratildi. M.Bulgakovning "Tarki dunyo" ("Beg"), M.Sholoxovning "Tinch okar Don", A.Pasternakning "Doktor Jivago", A.Soljenitsinning "GULAG arxipelagi" singari asarlari Tanqidiy realizm metodiga asoslanganligi bilan farklanib turadi
Download 43,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish