Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

Odamning, olamning husnin olqishlay 
Ularga sevgimning vaznin bag`ishlay.


Ushbu satrlar M.Shayxzodaning ijodkor sifatidagi mustahkam e‟tiqodini anglatib 
turibdi. Bu yo‟ldan shoir umrining oxirgigacha toyilmadi. U she'riyatda 
haybarakallachilikdan, "ura- ura" dan, madhiyabozlikdan o`zini tortdi. Xalqning 
ruhiga madad berguvchi, uni olg`a mardona qadam tashlashga ruhlantirguvchi 
asarlar yaratdi. Shu ma‟noda Shayxzodaning har bir she'ri davrning siyosiy 
hayotidan chetda qolgan emas. Bu haqda shoirning o`zi ham shunday yozgan: 
Men dunyoda bo`lmadim ishq shoiri, 
Birida "yasha-yasha" birida "go`zal-pari" 
Ikki daftar yozayotgan shoir-poir emasman 
She'rda ko`z bo’yovchilik o’chirilsin dillardan. 
Biz frontda badiiy so`z rotasiga askarmiz, 
Yengil batareyadan otash bilan so`zlarmiz! 
Shoirning "Kurash nechun?", "Berlinda sud bo`lgusi", "Kapitan Gastello",
"Qasos", "Yo`q, men o‟lgan emasman!" singari o‟nlab she'rlari urush yillarida 
yozilgan. Shoir she'riyatiga xos jo‟shqinlik va boy his-tuyg`ularning bevosita 
ifodasi bu she'rlarda aniq ko‟zga tashlanadi. Urushdan keyingi yillarda Shayxzoda 
asosan, mehnat va tinchlik mavzusida she'rlar yozdi.
M.Shayxzoda o`zbek adabiyotiga o`zining bir necha ballada va dostonlari 
bilan ham hissa qo‟shdi. Shoirning "Muhammad to‟pchi"(1943) balladasi urush 
yillarida katta jasorat va qahramonlik ko`rsatgan o`zbek yigiti Muhammadjon
Ibrohimovga bag`ishlanadi. U frontda to‟potar mergan sifatada dushman 
tanklarini yanchadi, qanchadan-qancha qishloqlarni ozod qiladi. 
Shayxzodadan 14 ta doston qolgan. Shundan 2 tasi zamonasozlik ruhida 
yaratilgan. 
Ijodkor 
birinchilardan 
bo`lib 
O`zbekiston 
jumhurraisi
Y.Oxunboboyev obrazini yaratishga erishgan. 1943-yilda uning "Oqsoqol" deb
atalgan portret-dostoni e‟lon qilindi. Bundan oldinroq yaratilgan "Kulba"
balladasi, ayrim she'rlarida ham shoir ota obrazini yaratishga uringan edi. Keyin 
dostonga qo‟l urdi. Doston "xolis, sershafqat, po‟latday mahkam inson" sha‟niga 
bitilgan madhiyadir. 
M.Shayxzoda nomini mashhur qilgan dostonlaridan biri "Toshkentnoma"dir. 
1957-yilda yozilgan bu asar shoirga xos poetik ijodining eng yaxshi namunasi
cho‟qqisi bo`lib qoldi. Bu lirik doston bag`ishlovdan tashqari 18 bobdan iborat. 
Toshkent misolida o`zbek xalqining baxti,kamoli tarannum etiladi. 
Doston yaxlit syujet liniyasiga ega emas, unda lirik qahramon shoirning lirik 
chekinishlari ko`proq. 
Doston o`zbek she'riyatidagi rang-barang imkoniyatlardan foydalanib, 
Toshkent sha‟niga qo‟yilgan muazzam haykal bo`lib qoldi. Bu haykal tobora 
bo‟y cho‟zmoqda: 
Men o`zbek she'rining to’qqiz vaznida 
Sening dostoningni ohangga soldim. 
Kuyladim o’n sakkiz bobda – qo’shiqda 
Va "Toshkentnoma"ga qo’ydim so’ng nuqta. 
Maqsud Shayxzodaning dramaturgiyadagi ilk qadami 20-yillarda 
boshlangan. Bu haqda uning o`zi shunday yozadi: "1923-yilda yozgan "28-aprel 
inqilobi" pesam sahnaga qo‟yildi". Demak, Shayxzoda 15 yasharligida drama 


yaratgan. Shundan keyin oradan 20 yillar o`tib yana bu janrga murojaat qildi va
1944-yilda "Jaloliddin Manguberdi" nomli tarixiy-romantik tragediyasini yaratdi. 
Unda O‟rta Osiyo xalqlarining XIII asrda mo‟g‟ul bosqinchilariga qarshi olib 
borgan kurashi tasvirlangan. Asarda Jaloliddin Manguberdi xalq qahramoni 
sifatida gavdalanadi. Uning vatanparvarligi, uning kuchli irodasi, mardligi, 
jangdagi jasorati va donoligi aks ettirilgan. 
Voqealar Xorazm va uning atroflarida bo`lib o`tadi. Dramada Jaloliddindan 
tashqari otasi Xorazmshoh, singlisi Sultonbegim, Xo`jand hokimi, xalq 
lashkarboshisi Temur Malik, Samarqand hokimi, Xorazmshohning kuyovi sotqin 
Amir Badriddin, tarixchi Muhammad Nasaviy kabilarning xarakteri ham 
yaratilgan. Yurtini jon-dilidan sevgan valiahd Jaloliddin mug‟ullar Xorazmga
hujum qilganlarida otasidan qo‟shinni ixtiyoriga berishni so‟raydi. Ammo sotqin 
Amir Badriddinning qutqusiga uchgan qo‟rqoq Xorazmshoh uni shohlikni qo‟lga 
olmoqchi deb o‟ylab, o‟g`lini valiahdlikdan mahrum etadi. Jaloliddin uchun esa 
tojdan ko‟ra Vatan a‟lodir, u Vatanga sodiq qoldi, Vatan uchun jon fido qildi. 
"Mirzo Ulug‟bek” (1960) tragediyasi tarixiy-biografik janrda yaratilgan bo‟lib, 
XX asr o‟zbek adabiyoti tarixida alohida o‟rin tutadi.Professor Ozod Sharafiddinov 
iborasi bilan aytganda bu asar: “... uch cho‟qqining biri... “Mirzo Ulug‟bek” 
tragediyasini hech bir ikkilanmagan holda jahon adabiyotining eng yorqin 
namunalari bilan bir qatorga qo‟ysa bo‟ladi...”
6

Tragediya o`zbek xalqi tarixining yorug` yulduzi, adolatli podshoh, buyuk
munajjim, ma‟rifaparvar olim Muhammad Tarag`ay ibn Shohruh - Ulug`bekka
bag`ishlangan. Ulug`bek 15 yoshidan boshlab 40 yil saltanatni boshqardi, o`z qo‟l 
ostidagi mamlakatda nisbatan osoyishtalik va adolatni barqaror etdi. O`zbek xalqi 
tarixida Ulug`bek faqat "xaloyiqning ahvolini" yaxshilashni burchi deb bilgan
fuqaroparvar podshohgina emas, ayni paytda "shohlikni ma‟rifatga dastyor" 
qilishni orzu etgan mutafakkir hamdir. Mana shu istagini amalga oshirishda 
Ulug`bek o`z zamonasi bilan to‟qnash keldi. U o`z qo‟li bilan rasadxona qurdirdi. 
1002 ta yulduzning joylashish o`rnini belgilab chiqdi, zij tuzdi, o‟nlab iqtidorli va 
fidoyi shogirdlar tayyorladi. Ma‟lum bo`lishicha, Ulug`bek tayyorlagan jadval 
G.Galileyning jadvalidan sekundlarga farq qilar ekan, xolos. Ulug`bek o`zi olim 
bo`lganligidan ilmning qudratiga yuqori baho beradi. 
Shayxzoda adabiyotshunos olim hamdir. 1958-yilda “Alisher Navoiyning 
lirik qahramoni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‟plab 
ilmiy maqola va risolalar yozgan, Alisher Navoiyni “
g’azal mulkining sultoni
” deb 
ham Shayxzoda ta‟riflagan. Ijodkor tarjimalari ham talaygina. Mustaqillik yillarida 
ijodkorga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berildi. 2008-yil Maqsud Shayxzoda 
tavalludininh 100 yilligi keng nishonlandi. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
Shayxzodaning tarjimai holi haqida so`zlab bering. 
2.
Adib qanday qilib ijod olamiga kirib keldi? 
6

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish