Bakteriyalar



Download 18,79 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi18,79 Kb.
#374947
Bog'liq
Bakteriyalar


Bakteriyalar (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan yadroga ega bo’lmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. B.da hujayra pardasi, ko’p miqdorda dezoksiribonuklein kislota (DNK), sodda yadro bor. Mitoxondriy va xloroplastlar odatda, bo’lmaydi, yadroning xromosomalari va qobig’i ko’zga ko’rinmaydi. B. ko’ndalangiga bo’linish (baʼzan cho’zilish yoki kurtaklanish) yo’li bilan ko’payadi. B.ning ko’p turi tayoqcha shaklida bo’ladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki ilon izi shaklli mikroorganizmlar ham B.ga kiradi. B.ning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. B. tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va b.joylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh bo’lmay, har xil yo’llar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi B., (mas, ipsimon B., azotobakter va b.) ko’k-yashil suvo’tlarga yaqin, ayrim B. esa nursimon zamburug’lar — aktinomitsetlar bilan urug’dosh; spiroxetalar va b. baʼzi B. bir hujayrali sodda hayvonlarga o’xshaydi. B.ning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yo’g’onligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uz. 2 — 5 mkm bo’ladi. Baʼzan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHHHr diametri 20 mkm; juda mayda B. ham bor. Ayrim B., shu qadar maydaki, hatto bakterial filtrdan ham o’tib ketadi. Sharsimon B. kokklar deb ataladi. Agar kokklar ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan ko’paysa va bo’lingandan keyin bir-biriga qo’shilganligicha qolib zanjir hosil qilsa, streptokokklar deyiladi. Hujayralar uchta o’zaro tik yo’nalishda bo’linsa, hujayralar xaltachasi (paketi)ni hosil qiladi, bunday shakl sarsinalar uchun xos. Kokklar har xil yo’nalishda bo’linsa, hujayralarning uzum boshining g’ujumi shaklidagi to’plami hosil bo’ladi, bunday shakl stafilokokklarga taalluqli. Sporalar hosil qiladigan tayoqchasimon B. batsillalar deyiladi. Tayoqchasimon B.ning uchlari tekis "qirqilgan" yoki do’ngroq bo’lishi mumkin. Bular alohida yoki, baʼzan, zanjir shaklida joylashadi. Uzun ip hosil qiladigan ipsimon bakteriyalar, asosan, suvda yashaydi. Vergul shaklidagi B. vibrionlar, yo’g’on spiralsimon buralganlari spirallar, bir nechta bir xildagi ingichka buramalilari spiroxetalar deyiladi. Elektron mikroskopda qaralganda B.ning hujayra pardasi bir necha (odatda, uch) qavat ekanligi ko’rinadi. Uning tarkibiga muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va b. birikmalar kiradi. Hujayra pardasi ostida iitoplazmatik membrana bor, shu membrana moddalar almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Sitoplazmada ribosomalar bo’lib, ular tarkibiga RNK kiradi. B. hujayrasida DNK iplari bor, ular qobiqsiz yadro, yaʼni nukletoid hosil qiladi. B. yuqori t-raga, odatda, chidamsiz, quritish, oftob, har xil kimyoviy moddalar B.ni o’ldiradi (q. Dezinfeksiya, Sterillash). B. sovuqqa juda chidamli, shu tufayli tuproqda qishlab chiqa oladi. B.ning ko’pi oval yoki yumaloq shaklli sporalar hosil qiladi. B. sporalari yuqori t-ra va zaharli moddalar taʼsiriga juda bardoshli. Sporalar qulay muhitga tushganda ulardan tayoqchasimon yoki vegetativ hujayralar paydo bo’ladi. B.ning rivojlanish sikli har xil. Mas, mikobakteriyalar bo’linish yo’li bilan ham, kurtaklanish yo’li bilan ham ko’payadi. Miksobakteriyalarning vegetativ hujayralari qisqaradi va kichrayib, yumaloq yoki oval shaklli mikrotsistalar hosil qiladi. Ko’pchilik B. organik moddalarni, baʼzilari anorganik moddalarni oksidlash yo’li bilan energiya oladi. Faqat kislorodli muhitda yashay oladigan B. aeroblar, kislorodsiz muhitda yashaydigan B. anaeroblar deyiladi. Aerob nafas olish vaqtida organik birikmalar oksidlanib, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob sharoitda organik birikmalarning parchalanishi va bunda energiya ajralib chiqishi bijg’ish deyiladi.

Tabiatda va xalq xo’jaligida B.ning ahamiyati juda katta. B. tirik xujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. O’simlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va b.ni o’zlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar o’ziga zarur azotli birikmalarni o’simlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va o’simlik oqsillari B. taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak o’simliklar uchun oziq bo’ladi, ular shu tuzlardan foydalanib, o’z tanasida oqsil hosil qiladi. B. boshqa biogen elementlarni ham minerallashtiradi. Ular organik fosfor birikmalarini parchalab, suv havzalari va tuproqda fosforning mineral birikmalarini ko’paytiradi. B. taʼsirida oltingugurtning organik birikmalari ham minerallarga aylanadi. B. genetika, biofizika, kosmik biologiya va b. sohalarga oid umumiy masalalarni hal qilish uchun eng yaxshi obʼyektdir. B. kulturasidan aminokislotalar, vitaminlar va antibiotiklarni miqdor jihatidan aniqlashda foydalaniladi. Tuproq unumdorligi B.ning hayot faoliyatiga bog’liq. Pektin moddalarni bijg’itadigan B. yordamida zig’ir, kanop va b. tolali o’simliklar ivitiladi. Sutdan qatiq, sariyog’, pishloq va b. mahsulotlar tayyorlashda ham B.ning har xil turlaridan foydalaniladi.

Sanoatda B.ning tegishli turlari yordamida kraxmalli yoki boshqacha xom ashyodan sut (laktat) kislota, atseton, etil spirt, butil spirt va b. spirtlar, dekstrin, diatsetil, antibiotiklar, vitaminlar, aminokislota va b. olinadi.

B.dan ferment preparatlari tayyorlashda ayniqsa ko’p foydalaniladi. Shu bilan birga, B.ning ko’pgina turlariga qarshi kurash olib borishga ham to’g’ri keladi, chunki ular don-dun va b. masalliqlarni, har xil xom ashyo, material va buyumlarni buzadi. Odam va hayvonlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar (mas, ich terlama, vabo, sil, kuydirgi, manqa va b.)ni B. paydo qiladi.



Odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atadigan B. patogen B. deb ataladi. Fitopatogen B. yovvoyi o’simliklarda ham, ekinlarda ham ko’pgina kasalliklarni vujudga keltiradi. Kasallik qo’zg’atadigan B.ga qarshi aseptika va antiseptika choralari ko’riladi, shuningdek, bakteriostatik va bakteritsid moddalar ishlatiladi.
Download 18,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish