Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


-MAVZU. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKTSIYALARI



Download 7,38 Mb.
bet93/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

14-MAVZU. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKTSIYALARI


Reja:
1. Markaziy banklarning vujudga kelishi
2. Markaziy bankning funktsiyalari
3. Markaziy bankning pul – kredit siyosati


1. Markaziy banklarning vujudga kelishi
Mamlakat bank tizimining asosiy bo’g’ini Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi, ayrim davlat tashkilotlari bundan mustasno. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning bajaradigan vazifalari va funktsiyalari deyarli bir xil bo’lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida ushbu banklar “markaziy bank”, “xalq banki”, “emission banki”, “milliy banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida yuritiladi.
Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi, Angliyada Angliya banki, Yevropada Yevropa Markaziy banki, O’zbekistonda Markaziy bank, Qozog’istonda Milliy bank va hokazo. Markaziy banklarning vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy muassasa sifatida vujudga keldi.
Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog’oz pullarni emissiya qilgan. Har bir tijorat banki muomalaga o’zining “banknota”larini (bank bileti) chiqarishgan. Oldingi bo’limdan ma’lumki, banknota – bu ushbu bankning unda ko’rsatilgan mablag’larini xoxlagan vaqtda real pulga almashtirib berilishini kafolatlovchi majburiyati hisoblanadi. U bankning “vekseli” hisoblangan. Uning tijorat veksellaridan farqi, banknotalarni xoxlagan vaqtda real pullarga almashtirish mumkin bo’lgan. Kapitalizmning dastlabki davrlarida mijozlarning kreditga bo’lgan ehtiyojining ortib borishi banklar tomonidan chiqarilgan banknotalar bilan qoplangan. Banknotalar muomalada pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajargan. Banklar o’zlarining real pul zaxiralaridan bir necha barobar ko’p miqdorda banknotalarni muomalaga chiqarishgan.
Albatta, bu ma’lum davr davomida mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish, hisob – kitoblarni amalga oshirish va muomala jarayonini tashkil etishda o’zining ijobiy natijasini berib kelgan. Biroq, vaqt o’tishi bilan tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan qog’oz pullarning hajmi va turi juda ko’payib ketgan. Bu o’z navbatida pullarning qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot holatiga tushib qolishi iqtisodiyotda pul muomasalasini buzilishiga va boshqa qator salbiy holatlarni vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Bularning barchasi mamlakatda pul emissiyasini markazlashgan holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish zruriyatini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida, tijorat banklari bazasida Markaziy banklarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi, Markaziy banklarning vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini markazlashgan holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish imkoniyatini berdi.
Masalan, AQShda 1836 va 1860 yillarda 2500 dan ortiq shtat banklari tashkil etilib, ularning 100 dan ortig’i birinchi o’n yil ichida yopilib ketgan. Shu davrda banklar mustaqil ravishda muomalaga pul chiqarish huquqiga ega bo’lib, muomalada ularning 5500 dan ortiq turli pul belgilari amal qilgan. Banklarning stixiyali ravishda pul muomalasini tashkil etishi, umumiy nazoratning mavjud emasligi ularni inqirozga yuz tutishiga, aholining ishonchini pasayishiga, muomaladagi pullarning qadrsizlanishiga sabab bo’lgan, shuningdek, pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajarmaslik holatlari tez – tez sodir bo’lib turgan. Bu kompaniya va firmalarning moliyaviy yo’qotishlariga sabab bo’lgan. Jumladan, 1862 yilda banklarning inqirozga yuz tutishi natijasida AQShning yirik kompaniya va firmalari 100 mlrd AQSh dollaridan ortiq zarar ko’rgan. Bularning barchasi AQSh hukumati tomonidan tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, natijada 1913 yilda AQSh Federal zaxira tizimi tashkil etilib, ushbu bankka yagona emissiya huquqi va tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash vazifasi yuklatilgan40.
Iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki Markaziy bank 1650 yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tashkil etilganligi qayd qilingan41. Ushbu bank oltin tangalar asosida depozit sertifikatlarini muomalaga chiqargan, mazkur depozit sertifikatlari butun shvetsiya hududida to’lov vositasini bajargan bo’lib, taqdim qiluvchiga oltin tanga berilishi bilan kafolatlangan. Dastlabki emission bank 1694 yilda Angliya banki sifatida tashkil etilgan bo’lib, ushbu bank muomalaga pullarni emissiya qilish va banklarning tijorat veksellarini ro’yxatga olish bilan shug’ullangan42.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdo va hisob – kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga qo’shimcha vazifalarni yuklash zaruriyatini keltirib chiqardi. Endi Markaziy banklar emission bank vazifasini bajarishdan tashqari mamlakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda pul – kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Davlat mamlakat milliy valyutasini muomalaga chiqarish, uni tartibga solish, kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish, hisob – kitoblarni tashkil etish bilan bog’liq qator qonunlarni qabul qildi. Shu tarzda davlat kredit muassaslari faoliyatini tashkil etish va pul muomalasini amalga oshirish bo’yicha barcha ishlarni to’liq o’z qo’liga oldi.
Markaziy banklarning tashkil topish shakliga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular davlat kapitali asosida tashkil topgan markaziy banklar (Buyuk Britaniya, Evropa ittifoqi, Rossiya), aktsiyadorlik shaklidagi markaziy banklar (AQSh, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy banklar (Yaponiya, Belgiya) ko’rinishida vujudga kelgan.
Ayrim markaziy banklar dastlab aktsiyadorlik shaklida tashkil topib, keyinchalik davlat tomonidan milliylashtirilgan. Ta’kidlash joizki, markaziy banklar qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular o’z vazifalarini davlat bilan o’zaro kelishuv va uning siyosatiga hamoxang tarzda olib boradi. Ayniqsa, ularning o’zaro yaqinligi mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning rivojlanishining zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi.
Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, mamlakatda pul – kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan mustaqil bo’lishi muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklarning pul – kredit siyosatiga bevosita aralashsa, ularga pul – kredit siyosatini amalga oshirish bo’yicha zarur darajadagi mustaqillikni bermasa mamlakat milliy valyutasi va pul muomalasi barqarorligini ta’minlashda qator muammolar vujudga keladi. Shu jihatdan, Markaziy banklar iqtisodiy va huquqiy jihatdan mustaqil hisoblanadi, ularning davlatga bog’liqligi yoki mustaqilligi turli mamlakatlarda turlichadir. Odatda mamlakat parlamentiga hisobdor bo’lgan Markaziy banklar ko’proq mustaqil hisoblanadi (AQSh, Rossiya, O’zbekiston), mamlakat Moliya vazirligiga hisobdor bo’lgan Markaziy banklar mustaqilligi nisbatan pastroq hisoblanadi, dunyoda bunday banklar ko’pchilikni tashkil etadi.
Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishda u yoki bu darajada davlatdan mustaqil bo’lgani bilan o’zining pul – kredit siyosati orqali hukumatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish rejasini, siyosatini qo’llab – quvvatlashga bevosita va bilvosita mas’ul hisoblanadi. Shunday ekan, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul – kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi siyosatini amalga oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi lozim bo’ladi.



Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish