Bank hisobi va audit



Download 11,58 Mb.
bet227/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Uchinchi funktsiyasi, xo’jalik sub’ektlari pul hisob – kitoblarini amalga oshirishda vositachi hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko’rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki (vositachiligi) natijasida ushbu o’tkazmalar jo’natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul o’tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni amalga oshirishda vositachilik funktsiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.

Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funktsiyasi orqali Markaziy bank iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi o’zaro muvozanatlikni ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois ham Markaziy bank o’zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun zarur bo’lgan to’lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.



Kredit mablag’larni muomalaga chiqarish banklarning to’rtinchi funktsiyasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funktsiyani barcha banklar bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funktsiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi.

Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o’zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.



Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning beshinchi funktsiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga o’zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o’rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar yoki o’zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda, banklarning funktsiyalari ularning mohiyatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funktsiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.




Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish