Bankdagi hisoblashuv valuta maxsus schyotdagi pul mablag'larining hisoblashuv hisobi



Download 462,3 Kb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi462,3 Kb.
#844946
  1   2   3
Bog'liq
DIPLOM ISHI


BANKDAGI HISOBLASHUV VALUTA MAXSUS SCHYOTDAGI PUL MABLAG'LARINING HISOBLASHUV HISOBI
Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o'zining pul mablag'larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankisJa hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotIar quyidagi hujjatlami taqdim etishlari kerak: 1. Schyot ochish uchun ariza. 2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlaming yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to'g'risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko'chirmasi. 3. Yuqori organ yoki ta'sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko'chirma. 4. Davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi hujjat. 5. Soliq organidan ro'yxatdan o'tib idensifikatsiya nomeri berilganJigi to'g'risidagi ma'lumot. 6. Irnzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pUl mablag'larining harakati, holati haqidagi ma'lumotlami umurnlashtirib boradiY Hisob-kitob schyotining debetida pUl mablag'larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o'tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko'chirmasiga asosan amalga oshiriladi. I Pulning tushurni va o'tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;

  1. To'lov topshiriqnomasi.

  2. To'lov talabnomasi.

  3. Inkassa topshiriqnomalari.

  4. Pul cheki.

  5. Pul badallari haqidagi e'lon

To'lov topshiriqnomasi korxonaning o'ziga xizmat ko'rsatuvchi bankka o'z schyotidan muayyan sumrnani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o'tkazish to'g'risidagi topshirig'i hisoblanadi) Bunda to'lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriqnoma taqdim etadi. Topshiriqnomalar yozilgan kun - 1 kun davomida amal qiladi.Tomonlaming kelishuviga ko'ra topshiriqnomalarga asoslangan to'lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo'lishi murnkin. Muddatli to'lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi: - bo'nak to'lovi, ya'ni tovarlami yuklab jo'natish yoki xizmatlar ko'rsatishdan oldin; - tovar yuklab jo'natilganidan so'ng, ya'ni tovami to'g'ridan to'g'ri akseptlash yo'li bilan; - yirik bitirnlarda qisman to'lovlar. To'lov taIabnomasi hisob-kitob hujjati bo'lib, mol yetkazib beruvchi (Yl,lk jo'natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to'lovchiga muayyan sumrnani bank orqali to'lash to'g'risidagi talabini o'z ichiga oladi . To'lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to'lovlami ta'rninlash zaruratidan kelib chiqib be1gilanadi. To'lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalami oluvchi unga xizmat ko'rsatuvchi bankka inkassa uchun to'lovchidan muayyan sumrnani bank orqali to'lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi. To'lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o'rtasida yuklab jo'natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to'lovlar bo'yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko'zda tutilgan hollarda qo'llanadi, talabnomada mazkur to'lov shaklini belgilagan tegishli me'yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to'lanadi.
To'lovchi unga xizmatko'rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so'ng 3 kun davornida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to'g'risida aytish huquqiga ega. Zarurat tug'ilganda korxonaning so'roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi murnkin . . /Inkassa topshiriqnomalariga binoan to'lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag'larni ular roziligisiz hisobdan o'chirishning quyidagi hollarida qo'llanadi: budjetga to'lovlar bo'yicha boqimandalar, jarimalami undirishda va mablag'lami hisobdan o'chirishning so'zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilaming farmoyishlari bo'yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo'yicha. Mablag'larni schyotlardan so'zsiz tartibda hisobdan o'chirish undiruvchilarning to' lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi. .,' Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to'lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik xarajatlari uchun naqd pullami bank cheki asosida korxonaning his obkitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko'rsatilgan naqd pul summasini berish to'g'risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikJi ruchkada to'ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining norni, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko'rsatiladi. 'PuI badallari haqidagi e'lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi., Ushbu hujjat bir nusxada to'ldiriladi va unda to'lanadigan pulning hosil bo'lish manbayi ko'rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo'yicha pu) mablag'larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o'taydi.





Korxonaning hisob-kitob schyotidagi Q'zbekiston Respublikasi milliy valutasidagi pul schyotidan foydalaniladi. 5110-schyot debeti bo'yicha tushumlar tarziga bog'liq ravishda turli schyotlar kreditidan hisob-kitob mablag'larining miqdori va harakatini hisobga olish uchun 5110-«Hisobkitob schyoti» aktiv pul varag'iga mablag'laming tushishi bo'yicha xo'jalik muomalalari, 5110-schyot krediti bo'yicha esa xarajatning nima maqsadda qilingan\igiga ko'ra hisob-kitob varag'i turli schyotlar debetiga mablag'lami hisobdan chiqarish bo'yicha xo'jalik muomalalari aks ettiriladi. 511O-«Hisob-kitob» schyotining debet aylanmasi 2-vedomostdan, kredit aylanmasi 2-jumal orderda aks ettiriladi. 511O-«Hisob-kitob» schyoti bo'yicha muomalalar tekshirilgan bank ko'chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjadariga asosan aks ettiriladi. 511O-schyotining qoldig'i hisob-kitob schyotidan berilgan ko'chirmada ko'rsatilgan qoldiqqa teng kelishi kerak. Quyida 2-jumal order va 2-vedomostning qisqartirilgan holdagi to'ldirilgan shaklini keltirib o'tarniz.




2-jumal order va 2-vedomostni yuritish bir oyga mo'ljallangani uchun bankdan olingan har bir ko'chirma ma'luomtlari bir qatorga yoziladi. Demak. 2-jumal order va 2-vedomostda band qilingan qatorlar soni shu davr ichida bankdan olingan ko'chinnalar soniga teng bo'lishi kerak. Bu esa buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag'larining tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishi, tasdiqlangan moliyaviy to'lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag' o'tkazilishi ustidan nazorat qilish irnkonini beradi.



Download 462,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish