Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari


Ochik bozordagi operatsiyalar va xisob stavkasi



Download 25,76 Kb.
bet3/4
Sana17.07.2021
Hajmi25,76 Kb.
#121526
1   2   3   4
Bog'liq
Reja 1

3. Ochik bozordagi operatsiyalar va xisob stavkasi.
Ochik bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (kimmatli kogozlarni) tijorat banklari va axolidan sotib olish va ularga sotish bo`yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki axolidan bu kimmatli kogozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar mikdori xajmida ko`paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya`ni yukori kuvvatli pullar bo`lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko`payadi. Markaziy bank tijorat banklari va axoliga obligitsiyalarni sotish bilan zaxiralarni xamda tijorat banklarining kredit berish kobiliyatini kengaytiradi. Bu xolda pul taklifi kiskaradi.

Xozirda xamma mamlakatlarda pul mikdorini tartibga solishda ochik bozordagi operatsiyalarni, ya`ni davlat kimmatli kogozlarini taklif kilish usulidan keng foydalanilmokda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruxi bilan birgalikda amalga oshiradi.

Pul bozorida muomalada pul mikdori ortikchaligi mavjud deb faraz kilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortikcha pul massasini kamaytirishga xarakat kiladi. Buning uchun, o`zida mavjud bo`lgan o`zining kimmatli kogozlarini u ochik bozorda axoli va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid kila boshlaydilar. Davlat kimmatli kogozlarini (sotish yoki xarid kilish yo`li bilan) taklifi oshib borgan sari, unga bo`lgan baxo pasayadi, o`z navbatida, unga bo`lgan foiz (ya`ni, kimmatli kogozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to`lanadigan xak) oshadi, bu esa unga bo`lgan talabni oshiradi. Banklar va axoli kimmatli kogozlarni ko`prok xarid kila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zaxiralari kiskaradi, o`z navbatida, bu xol pul taklifining bank mul’tiplikatoriga teng nisbatda kiskarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki xam pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maksad kilib olgan.

Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muxim vositalardan biri – bu, xisob stavkasi siyosatidir. Xisob stavkasi yoki kayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko`zda tutilmagan zarurat tugilganda va moliyaviy axvoli mustaxkam bo`lgan xollardagina oladilar. Xisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan ko`shimcha zaxiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O`z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko`paytiradi. YAna shunday xollar mavjudki, Markaziy bank xisob stavkasini ko`tara borib, tijorat banklari tomonidan ko`shimcha zaxiralarni olish yo`lidagi to`siklarni biroz ko`targanday bo`ladi va kreditlar berish bo`yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo`l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo`lsa, unda tijorat banklari ko`prok kredit olishga xarakat kiladilar. Natijada banklarning ortikcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi mikdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda xisob stavkasi mikdori yukori bo`lsa, unda banklar kamrok kredit olishga, olganlarini esa kaytarib berishga xarakat kiladilar, pirovard natijada ortikcha bank zaxiralari kiskaradi, muomaladagi pul mikdori kamayadi.



Bu ko`rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iktisodiy vaziyatga karab turlicha maksadda bo`ladi. Masalan iktisodiyotda turgunlik elimentlari ko`ringach investitsiyalarni ko`llab kuvvatlash va umuman iktisodiy faollikni oshirish uchun AKSH Federal zaxira tizimi xisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha kiskartirdi. O`zbekiston Respublikasida kayta mmoliyalashtirish stavkasi 2001 yilda o`rtacha 26,8 %, 2003 yilda o`rtacha 27,1 %, 2004 yilda o`rtacha 18,8 foizni tashkil etgan bo`lsa 2004 yilning dekabr’ oyidan 16 foizgacha tushirildi. Amaliyotda, davlatlar xisob stavkasi siyosatini ochik bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiklashtirilgan xolda olib borishga xarakat kiladilar.


Download 25,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish