Barak obamaning inauguratsion nutqida qo’llanilgan metaforaning lingvokognitiv aspektlar



Download 63 Kb.
bet3/4
Sana30.06.2022
Hajmi63 Kb.
#721498
1   2   3   4
Bog'liq
BARAK OBAMANING INAUGURATSION NUTQI

STATES ARE LOCATIONS
STATES ARE LOCATIONS metaforasi bo’yicha Barak Obamaning inauguratsion nutqida faqat bitta ma’lumot mavjud:

  1. Barchaga yaxshi anglashilgandek, biz hozir inqirozning o’rtasida turibmiz. Millatimiz zo’ravonlik va nafratning keng qamrovli tarmog’iga qarshi kurash jarayonidadir.

  2. Biroq bulutlar va bo’ronlar orasida tez-tez qasamyod qilinadi.

3-metaforik iborada manba domen bo’lib o’rtasida” va ”millatimiz urush davrida” iboralari bo’lsa, maqsad domen esa “inqiroz” va “ zo’ravonlik va nafrat tarmogi” ifodalari hisoblanadi. Ushbu metaforik ifodadan foydalanish orqali shuni anglashimiz mumkinki, Amerika iqtisodiy inqirozi ma’lum bir holatda joylashgan, ya’ni qirg’oq yoki tashqi sohada emas, aynan o’rta holatda joylashib turibdi. Bunday tushuncha kognitiv tilshunoslikda “Spatial metaphor” deyiladi. Amerika fuqarolari inqirozni boshdan o’tkazishmoqda, bundan tashqari, uzoq masofadan turib hamma joyga zo’ravonlik va nafrat sochayotgan terroristlardan qo’rquvni ham.
Amerika prezidenti bu iboralari orqali davom etayotgan terroristic urushni ta’kidlar ekan, “Al-Qoida” terroristic tashkloti haqida hech qanday aniq izoh bermaydi.
4-metaforik iborada esa manba domen bo’lib, “to’planayotgan bulutlar” va “kuchayayotgan bo’ron” iboralari xizmat qilsa, maqsad domen esa “qasamyod” va Amerika prezidentlarining prezidentlik qasamyodi” ifodalari bo’ladi. “Qasamyod to’planayotgan bulutlar va kuchayayotgan bo’ron orasdida qabul qilinadi” metaforik ifodasidan anglash mumkinki, “admist” so’zining o’zi “qo’rquv yoki hayajonga sabab bo’luvchi biror narsaning o’rtasi degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, aytish mumkinki, “to’planayotgan bultlar” va “kuchayayotgan bo’ron” ifodalari Amerika xalqining yaqin kunlardagi yomon iqtisodiy vaziyatdan xavotiri, qo’rquvini ta’riflaydi.
STATE IS A MOTION OVER A LANDSCAPE
Ushbu metaforik ibora haqida Barak Obamaning dastlabki nutqida 1ta misol keltirilgan.

  1. Bu inqirzo ko’rsatkichlari, ma’lumot va statistikaga bog’liq. O’lchab bo’lmaydigan bir qo’rquv borki, u ham bo’lsa malakatimizda ishonchning so’ndirilishi, ya’ni Amerikaning tanazzulga yuz tutishidir. Shuning uchun ham keyingi avlod o’z e’tiborini pastroqqa qaratmog’i lozim.

Lakoffning konseptual metaforasiga ko’ra harakat uslubi – bu landshaftga qarab harakat qilish uslubi. “Mamlakatimiz bo’ylab ishonchning so’ndirilishi iborasi shuni anglatadiki, ishonchga yer yuzida duchkelishi mumkin bo’lgan mavhum narsa sifatida qaraladi. Ushbu nutqi orqali Obama bizga aytmoqchiki, Amerika xalqi hozirda o’zlarining psixologik holatiga ishonchsizlik holati bilan yuzlashmoqda va bu butun mamlakat bo’ylab tarqalmoqda. Bu o’z navbatida Amerika iqtisodiyotining muqarrar ravishda pasayishi va gegemonlikan tushishi haqida chuqur ildiz ortgan qo’rquv vujudga keladi. Ushbu qismda Obama Amerikaning hozirgi holatini va o’zining mamlakat taraqqiyoti yo’lidagi rejalarini tasvirlab bermoqchi bo’ladi.
POLITICS IS WAR/ FIGHT
Barak Obamaning dastlabki nutqida “POLITICS IS WAR” konseptual metaforasi ifodalangan 2ta ibora mavjud:
“ Bizning xalqimiz zo’ravonlik va nafratning keng qamrovli tarmog’iga qarshi urushda”.
Ushbu iqtibosda urush nuqtai nazaridan mamlakatning siyosiy ahvoli haqida gapirish mumkin. Jang yoki urush sohasida biz g’olib yoki mag’lub bo’lishimiz mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki siyosiy maydonda bir siyosatchi boshqa bir siyosatchini raqib sifatida ko’radi. U boshqa siyosatchining o’rniga “hujum qiladi” va o’zinikini esa aksincha himoya qiladi.Ba’zan u g’alaba qozonishi yoki yutqazishi mumkin. Bu yo'lda u turli rejalar yoki strategiyalardan foydalanadi. Agar u biror siyosiy o’rinni himoya qilish chorasini topa olmasa, u holda bu o’rinni tark etadi va yangi “hujum”ga tayyorlanadi. Siyosat sohasida siyosatchilarning qiladigan ishlari urush konseptiorqali tuziladi. Garchand urush maydonda bo’lmasa-da, so’z orqali “hujum qilish”, “himoya qilish” kabi operatsiyalar olib boriladi. POLITICS IS WAR/FIGHT metaforasida urush lug’atiga tegishli bo’lgan iboralar – pozitsiyaga hujum qilish, himoya qilib bo’lmaydigan, strategiya, yangi hujum chizig’i, g’alaba qozonish kabi so’zlar siyosat dunyosining jangovar jihatlari haqida so’zlashning tizimli usuli hisoblanadi. Bu iboralar siyosat sohasida qo’llanilganda ular nimani anglatishi barchamizga ma’lum. Jang konseptual tarmog’ining bir qismi siyosat tushunchasini tavsiflaydi va til ham shunga mos keladi. Tilimizdagi metafrorik iboralar metaforik tushunchalarimizga tizimli ravishda bog’langanligi sababli, biz metaforik lingvistik iboralardan metaforik konseptlar tabiatini va faoliyatimizning metaforik tabiatini tushunish uchun foydalanishimiz mumkin. Yuqoridagi iqtibosdan bilishimiz mumkinki, Barak Obama siyosatni konseptuallashtirish uchun urush konseptidan foydalanmoqda (“POLIITICS IS WAR”). Amaerika xalqi Obama global terrorizm tarmog’i deb nom bergan xavfli guruhga qarshi urushda.

ACTIONS ARE TRANSFER


Umuman olganda, Obamaning dastlabki nutqida ushbu konsptual metafora bilan bog’liq faqat bitta ibora mavjud:
“Bizning mustahkam ruhimizni yana bir bor tasdiqlash; eng yaxshi tariximizni tanlash; avloddan avlodga o’tib kelgan o’sha qimmatbaho sovg’a, ya’ni ezgu g’oyani keying avlodga yetkazish vaqti keldi: Xudo barchaga teng va ozod bo’lish, va baxtni o’z o’lchovi orqali yaratish imkoniyatini va’da qildi.
Ushbu iboradan aniqlanadiki, so’zlovchi bir avlod. Ular o’z harakatlarini fikrlarni (obyekt sifatida qaraladi) so’zlarga aylantirish va ularni so’zlardan fikrlarni anglab oluvchi keying avlodga yetkazish orqali bajaradilar.
Bu metafora bo’yicha ko’plab tadqiqotlar olib borgan Reddyning g’oyasidir. U ingliz tilidagi yuzdan ortiq turdagi iboralar ustida analizlar olib borgan. U aytadiki, bu holatda harakatlarga xuddi obyetdek qaraladi. Ya’ni biror narsani kimdir ikkinchi odamga berganidek, harakat va g’oya ham ana shunday avloddan avlodga o’tkaziladi.
POLITICS IS JOURNEY
Barak Obamaning dastlabki nutqida bu konseptual metafora bilan bog’liq 2ta mavjud:

  1. “Bu biz bugun davom etayotgan sayohat. Biz yer yuzidagi eng rivojlangan va kuchli xalq bo’lib qolamiz”.

  2. “ Bizning sayohatimiz qisqa yoki maqsadsiz bo’lmagan. Bu yo’l dovyurak bo’lmaganlar uchun- ya’ni ishdan ko’rda dam olishni yoki faqat boylik va shon-shuhratning zavqiga qiziquvchilar uchun yo’l bo’lmagan. Aksincha bizni bu obodlik va ozodlikka yetkazuvchi uzoq, mashaqqatli yo’lga boshlovchilar tavakkal qiluvchi, bajaruvchi va yaratuvchi bo’lishgan.

Birinchi iboradagi “This is the journey we continue today” so’zlari orqali shuni anglashimiz mumkinki, Amerika xalqi ma’lum bir maqsad sari ketayotgan yo’lovchilar.
Ikkinchi iborada ham “Our journey” so’zi Amerikaning siyosiy hayotiga ishora qilmoqda.
Ikkala konseptual ibora ham ko’rsatadiki, siyosiy hayot taqozo qiluvchi odamlar sayohatga birga ketayotgan yo’lovchilardir. Ularning bormoqchi bo’lgan manzillari, ya’ni maqsadlari bir. Siyosiy harakat va siyosiy munosabat esa “transport vositasi”va bu “yo’lovchilar”ga o’z maqsadlarga yetishishiga yordam beradi. Sayohat ham oson emas. Ba’zida muammolar paydo bo’ladi. Ba’zan esa shunday chalkash yo’llar duch keladiki, siyosatchilar sayohatni davom ettirish yoki ettirmaslik, qaysi yo’ldan borish haqida ko’p bosh qotirishadi. Ushbu metafora siyosat domenini sayohat domeni orqali tushunish imkonni berdi.
MORE IS UP, LESS IS DOWN
Umuman olganda, Barak Obamaning dastlabki nutqida o’zgarish bu harakatlanish ekanligini ifodalovchi bitta ibora mavjud:
“Iqtisodiyotimiz ba’zilarning ochko’zligi va mas’uliyatsizligi oqibatida juda zaiflashdi, biroq bu mag’lubiyat xalqimizni to’g’ri tanlov qilib yangi asrga tayyorlanishga undadi. Chunki uylar yo’qoldi, ishlardan voz kechildi va korxonalar yopildi”.
Ushbu metaforik iborada manba domen vazifasini o’tovchi qism “juda kuchsizlandi”, “yo’qoldi”, va “yopildi” so’zlari bo’lsa, maqsad domeni esa “iqtisodiyot, uylar, ishlar va biznes”dir. Ushbu gaplari orqali Obama Amerikaning hozirgi iqtisodiy hayotining fizik asosini ko’rsatmoqchi. Ya’ni agar kontenerdagi fizik obyekt miqdorida kamayish bo’lsa, konteynerga nisbatan odaraja pastlaydi. Bu konseptual metafora Amerikaning iqtisodiy darajasining pasayganligini bildiradi. Agar idishdagi mahsulot miqdori ko’paysa, bu o’z-o’zidan darajaning ham o’sishini bildiradi. Batafsil ma’lumotda keltirilgan zamonaviy nazariya shundan iboratki, MORE IS UP metaforasi kundalik tajribamizga asoslangan. Misol uchun, agar idishga suyuqlikni quysak, suyuqlik ko’paygani sari daraja ham yuqoriga ko’tarilad, kamaygan sari esa daraja ham pastlaydi. Biz konseptdan kundalik hayotimizda foydalanamiz.
ACHIEVING A PURPOSE IS AGRICULTURE
Barak Obamaning dastlabki nutqida ushbu konseptual metaforani ifodalovchi faqat bitta ibora mavjud:
“Butun dunyo bo’ylab mojaro urug’ini sepmoqchi bo’lgan yoki o’z jamiyatining illatlarini G’arbga yuklamoqchi bo’lgan rahbarlarga – bilingki, xalqingiz sizni nima vayron qilganingizga emas, nima qurishingiz mukinligiga qarab baholaydi”.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish