Barkamol oila – jamiyat bo’g’ini



Download 18,2 Kb.
Sana13.07.2021
Hajmi18,2 Kb.
#118132
Bog'liq
Barkamol oila - jamiyat bo'g'ini


Barkamol oila – jamiyat bo’g’ini

Oila - jamiyatning asosiy bo‘lagi, kichik vatan, ilk tarbiya o‘chog‘i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. O‘z oilasini mustahkamlash, farzandlarini vatanparvar, davlat va jamiyat uchun sidqidildan xizmat etuvchi shaxs sifatida tarbiyalash har bir fuqaroning burchidir. Oila kelajak avlodni voyaga yetkazadigan eng go‘zal maskan bo‘lgani sababli jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy muhitning sog‘lomligida muhim o‘rin egallaydi. Shaxsning kelajagi oiladagi muhitga, oila boshliqlari bo‘lmish ota-onaning o‘z burch va mas’uliyatlariga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq. Oilada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash uchun uning har bir a’zosi, avvalo er va xotin o‘z mas’uliyatini to‘liq his qilishi va bajarishi lozim bo‘ladi.

Ma’lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikning huquqiy, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, xotin-qizlarning turmush tarzini yaxshilash, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratishning huquqiy kafolatlari tizimli ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimizning 2019 yil 22 apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi. Aytish joizki, bugungi kunga qadar yurtimizda oila qurishning eng kichik yoshi yigitlar uchun 18, qizlar uchun 17 yosh edi.

Ta’kidlash lozimki, qiz balog‘at yoshiga to‘lib, jismonan va ma’nan kamolotga yetib, shundan so‘ng turmush qursa, sog‘lom bola dunyoga keladi. Farzand har bir oilaning quvonchi va ertangi kundan umidi. Bu esa mustahkam oilalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilishi ham bejiz emas. Xotin-qizlar sog‘lig‘ini asrash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Yuqorida qayd etilgan qaror bilan 2019 yilning 1 sentyabridan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, har tomonlama puxta, kelajakni o‘ylab qabul qilingani bilan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘zgarishlar esa, ona va bola salomatligini mustahkamlash uchun yanada yaxshi sharoit yaratadi.

Mamlakatimizda ayol-qizlar, onalar va bolalar sog‘lig‘iga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, farzandning sog‘lig‘i onaning sog‘lig‘iga bog‘liq. Agar ona sog‘lom bo‘lsa, farzandi ham sog‘lom tug‘iladi. Sog‘lom oila jamiyatimizning tayanchidir.

Sohibqiron Amir Temur bunday deydi: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim.

O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning ta’sirida bunyodga kelgan farzand nasl-nasabining buzilishiga ta’sir etgay, debon shu pokiza yo‘lni tutdim”. Bundan ko‘rinadiki, xalqimiz azal-azaldan sog‘lom oilani bunyod etish tarafdori bo‘lgan.

Bugungi kunda jamiyatimizda oila va oilaviy munosabatlarga har qachongidan ham ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan globallashgan bugungi dunyoda ma’nan yetuk, mafkuraviy immuniteti kuchli insonni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Bola tarbiyasining asosi esa oiladan boshlanadi. Chunki, har qanday millatning o‘ziga xos madaniyatini shakllantirish va kuchaytirishda, shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyos. Sababi, insonning eng toza va pokiza tuyg‘ulari, dastlabki hayotiy tushunchalari ilk bor oilada shakllanadi.

Farzand tarbiyasida oiladagilarning bir-birini yaxshi tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi, o‘zaro yaxshi muomalada bo‘lishi eng muhim omillardan biridir.

Bolalarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun ota-onalarga olimlar tomonidan bir qator vazifalarni bajarish tavsiya etiladi. Jumladan:

- oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, farzandlarda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish;

- bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- farzandlarning chuqur dunyoviy bilim olishlarini ta’minlash;

- oilada bir-birini doimiy qo‘llab-quvvatlash, turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishga o‘rgatish;

- ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash;

- ota-ona farzandlarining hatti-harakatlari uchun javobgar ekanliklarini his etish;

- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ular ongiga ma’naviy meros, axloq-odob an’analarini bugungi kun bilan uyg‘un holda singdirib borish.

Oila insonning aqliy va ruhiy rivojlanishini, tarbiyasini belgilab beradi. Agar oilada ota-onaning farzandiga bergan tarbiyasi inson uchun eng qimmatli boylik bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya jamiyat uchun o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasizdir.



Demak, barkamol avlodning ma’naviy va jismoniy yuksalishida mustahkam va barqaror oila zarur. Jamiyatning yomonlik va buzg‘unchiliklardan xoli bo‘lishi avvalo oilaning tinchligi, totuvligi va ahilligiga bog‘liq.

Hayot kundan-kunga rivojlanib, yaxshilanib borayotgan bugungi kunda yurtga munosib oila bo‘lish, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiya qilish jamiyatimizdagi har bir oilaning vazifasidir.
Download 18,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish