9. Insonlarni maqtang.
Atrofdagilarni baxtli qilsangiz, o‘zingizni ham yaxshiroq his qila boshlaysiz. Ayniqsa, siz g‘amho‘rlik qiladigan, siz uchun muhim bo‘lgan insonlarga yoqimli gaplar gapiring. Baxt yuqumli hisoblanadi. O‘z minnatdorligingizni ko‘rsating. Agar siz kimnidir qaysidir vazifani yaxshi bajarayotganini ko‘rsangiz, bunga e'tibor bering va unga buni ayting. Shunda uning ham sizning ham kayfiyatingiz ko‘tariladi.
10. Kuling.
Tez-tez va ko‘proq kuling. Siz kulayotganingizda, tanangiz endorfin, ya'ni baxt gormonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi, va hayotga munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi. Salbiy his-tuyg‘ular sizga muammolarni engishda yordam bera olmaydi, aksincha, sizga faqat halaqit beradi. Tabassum bilan siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz, va odamlar ham sizga javoban tabassum qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |