Bayram muborak



Download 40 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi40 Kb.
#795018
Bog'liq
Akramova Malohat Joʻtanovna.


BAYRAM MUBORAK
(MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIGIGA BAGʻISHLANADI)

Akramova Malohat Joʻtanovna,
Farg‘ona viloyati, Buvayda tuman 23-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi


Oʻtib borar yillar karvoni.
Mustaqil yurt toʻying muborak.
Qutlugʻ boʻlsin yurtning davroni.
Oʻzbekiston bayram muborak.
Odim qadam tashlading elim.
Yuksaklarni zabt etganing rost.
Lol qoldirding butun dunyoni.
Oʻzbekiston bayram muborak.
Har bir ishda qoʻlimiz baland.
Yurt bayrogʻin baland tutamiz.
Koʻksi toʻla oltin medallar.
Farzandlarga bayram muborak.
Har sohada dongdor, mirishkor.
Mehnatkashim bayram muborak.
Yurtimda toʻy, bayram tomosho.
Mustaqil yurt toʻying muborak.
Xalqim seni qutlayman bu kun.
Yurtim toʻyi toʻyga ulansin.
Vatanim tinch , qoʻrgʻonim obod.
Oʻzbek xalqi bayram muborak

MENING BAXTIM.

Vatanim men seni sevaman jondan
Koʻzga surma qilay tuproqlaringni.
Har bir qarichingni muqaddas bilay,
Binafsha gul ,rayhon ,oʻtloqlaringni.
Shukrlar aytaman senda tugʻildim.
Oʻzga yurtda emas,Oʻzbekistonda.
Seningdek vatanni koʻrmadim aslo
Tinchlik xukm surgan jannatmakonda.
Yurtimning tinchligi mening baxtimdir
Shukrona keltiray tonglarim uchun.
Senga xizmat qilish mening axdimdir.
Jonni fido aylay Vatanim uchun

VATAN.


Qalb toʻridan ardoqlayman seni vatan
Yuksalayver humo qushing koʻkka uchsin.
Ming shukurkum farzandlaring bir jonu-tan
Kelajakda oʻgʻil qizing koʻkni quchsin.
Ariqlarda oqqan suvning doim zilol.
Osmonimda kulib turgan oying - hilol
Xatto Vatan madhing kuylar usta- kulol.
Qalb toʻridan ardoqlayman seni Vatan.
Sportchilar qoʻlda bayroq gʻolib kunda.
Askarlarini el tinchligini oʻylar tunda.
Dehqonlarning tinmay mehnat qilar bunda.
Nonvoylaring issiq nonlar yopar kunda.
Osmonimda parvoz etar qaldirgʻoch ham.
Seni qancha ta'riflamay baribir kam.
Farzandlaring seni jondan sevar har dam
Qalb toʻridan ardoqlayman seni Vatan

SHUKRONA


Gullarga kon jannatmakonim
Gul diyorim,hur gulistonim.
Madhing kuylay ota makonim.
Gulla, yashna,. Oʻzbekistonim.
Gul bog‘laring tengsiz goʻzalsan,
Quchogʻingda ulgʻaydim, oʻsdim.
Tabiatini koʻzni qilar lol.
Bunday makon yana qayda bor.
Ming shukurkum Vatanim obod.
Chegaralar doim mustahkam.
Vatanimni qoʻriqlar bunda.
Vatan uchun koʻksi qalqon jon.
Shukur deyman tinch qoʻrgʻonimiz.
Har bir ishda bor imkonimiz.
Yurtga qalqon boʻlsin jonimiz.
Bunday makon yana qayda bor.
Imkoniyatlar eshigini ochar.
Bizlar uchun baxt nurin sochar.
Bunda yoshu- qari tinch yashar.
Oʻzbekiston mening Vatanim.
Dorilomon kunlarga shukur.
Tinch yurtimda koʻzlar tegmasin.
Tinchlik uchun fido boʻlsin jon,
Bunday makon yana qayda bor.

DIYORIMSAN



Qushlar sayrar samolarda
Bu tinchlikdan dalolatdir
Tinch yurtimda koʻz tegmasin.
Seni kuylash saodatdir.
Kuylay yonib xumoringman
Seni sevgan fidoingman.
Qalqoningman va oringman
Sevgan yurtim diyorimsan.
Vatan baxtim, iqbolimsan,
Chaman ichra gultojimsan.
Dunyo bersa alishmasman.
Makkamsan sen Madinamsan.


BOLALIGIM.

Ortda qoldi bolaligim.
Koʻzmunchoqdek tumor- tumor.
Shox va shodon bolaligim.
Sogʻinaman xumor- xumor.
Qaytgim kelar bolalikka
Koʻchalarda chopgim kelar.
Yalngayoq oʻtgan kunlar.
Sogʻinaman takror-takror.
Chopib oʻynab yurganlarim,
Bogʻda sayr qilganlarim.
Doʻstlar bilan yurganlarim.
Sogʻinaman yuz bor, ming bor.
Hayr endi bolaligim.
Keksalikka yoʻl olaman.
Ortimdadir qaytmas kunlar.
Bolaligim sogʻinaman.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish