Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari


Tijorat banklarining bank kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablar



Download 68,72 Kb.
bet4/12
Sana30.05.2023
Hajmi68,72 Kb.
#946392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bazel 3 va uning joriy etish shart-sharoitlari

Tijorat banklarining bank kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablar.

Mamlakatimizda 2017-yilning 1-oktabridan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 mlrd. so’mni tashkil etishi lozim. Faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari 2019-yilning 1-yanvariga qadar ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim.6


Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam bo’lmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitalining milliy valyutadagi ekvivalenti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari bo’yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi bo’yicha aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish to’g’risidagi talablarni qo’yishga haqli:

  • xavfsiz bo’lmagan va nosog’lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo’lgan qoniqarsiz moliyaviy holat;

  • bank foydasining qoniqarsiz prognozi;

  • yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.

Har bir bankning regulyativ kapitali uning monandligini aniqlash maqsadida 2693-sonli Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsienti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS.
K1 – koeffitsient ko’rsatkichi;
RK – regulyativ kapital;
TAUS - tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi.
K1 ning minimal darajasi 0,1 (100%) ga teng
Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning
umumiy summasiga nisbati 12,5 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
2015-yil 1-sentabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch-yildagi yalpi daromadining o’rtacha summasi X 15 foiz);
Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + boshqa daromadlar.
Agar yalpi daromad qaysidir-yilda nolga teng yoki salbiy ko’rinishda bo’lganda, o’rtacha ko’rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
BT = (100/belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko’rsatkichlari yig’indisining mutloq ko’rsatkichining eng kattasi olinadi.
2019-yil 1-yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart.7 Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo’shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi.
I darajali kapitalning monandlik koeffitsienti:
K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo’lishini hisobga olgan holda va Bazel III me’yorlariga muvofiq K2 koeffitsienti 2017-yilning
1-yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019-yilning 1-yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo’lmasligi lozim.

Download 68,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish