Beda tunlami



Download 28,5 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi28,5 Kb.
#570859
Bog'liq
Beda tunlami


Beda tunlami
Chloridia dipsacea L.
Zarari. Beda tunlamining qurtlari ba'zan gul va g'unchalarni yeb bedani qattiq shikastlaydi,
katta yoshdagi qurtlar esa bedaning urug'larini ham yeydi. Markaziy Osiyoda bu tunlam xashaki
bedaga unchalik katta zarar yetkazmaydi.
Beda tunlamining qurtlari hammaxo'r bo'lib, ko'pgina dukkakli va barcha moyli o'simliklar bilan
oziqlanadi; moyli o'simliklardan zig'ir va soyaning urug'larini yeb, ularga ayniqsa katta zarar
yetkazadi. Bundan tashqari, zig'ir va soyaning barg va gullarini, aksari hollarda pomidor
mevalarini ham shikastlaydi.
Tarqalishi. Markaziy Osiyo, Qozog'iston, Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz orti va Yevropada uchraydi.
Ta'rifi. Kapalagining qanotlari yozilganda ikki uchi orasi 28—37 mm keladi. Oldingi qanotlari
sarg'ish ko'kish, ba'zan sarg'ish kul rang tusda bo'lib, o'rta qismidan serbar, qoramtir, ko'ndalang
yo'l o'tadi; qanotlarining uchlarida ko'zga ravshan ko'rinib turmaydigan dog'chalar bor. Keyingi
qanotlari och rangli bo'lib,ularning keyingi cheti bo'ylab serbar, qoramtir yo'l o'tadi, bu
yo'lning o'rtasida oq, qanotlarining o'rtasida bitta katta qoramtir dog' bor. Tuxumi tubi
kesilgan sharga o'xshaydi; tuxumining diametri 0,64 mm g yaqin. Tuxumning sirtida uning uchiga
borib bir-birlari bilan tutashadigan 36 ta radius bor, rangi ko'kish sariq.
Q urtining uzunligi 4 sm ga yetadi; rangi yashil yoki qo'ng'irroq bo'lib, orqasi bo'ylab qoramtir
yo'llar o'tadi; sirtida qora qilchali qoramtir bo'rtmalar bor; kallasi bir qancha qora nuqta va
dog'chalar bilan qoplangan, rangi sariq.
G'umbagining uzunligi 1,5—2 sm keladi; tusi jigar rang; ketki qismida juda bukilib turadigan
ikkita tikan bor.
Hayot kechirishi. Bu zararkunanda o'zi kuzda oziqlangan dalalardagi tuproqning yuza qavatida
g'umbaklik stadiyada qishlaydi.
Aprel—mayda g'umbaklardan voyaga yetgan kapalaklar chiqadi va tezda tuxum qo'yishga kirishadi.
Birinchi bo'g'in kapalaklarning uchishi iyungacha davom qiladi. Tuxumlarini o'zi oziqlanadigan, 70
turdan ziyodroq o'simliklarning barglari va gullariga bitta-bittadan qo'yadi.
Tuxumlar qo'yilganidan 3—4—9 kundan keyin ulardan qurtlar chiqadi. Bu qurtlar dastlab o'simlik
barglarini kemirib, so'ngra meva organlariga o'tadi, yoki barglarda qolib oziqlana beradi,
qurtlarning kemirishi natijasida bunday barglar ilma-teshik bo'lib qoladi. Qurtlar 5 marta
po'st tashlaydi.
Qurtlik stadiyasi 20—25 kun davom etadi, so'ngra qurtlar tuproq orasiga 2—4 sm chuqurlikka
kirib g'umbakka aylanadi. G'umbaklik stadiyasi 12—15 kun davom etadi. Zararkunanda yiliga 2—3
bo'g'in beradi, oxirgi bo'g'in g'umbaklari qishlab qoladi.
Kurash choralari. Bedapoyalar disklanadi, shunda tuproqdagi ko'pgina g'umbaklar nobud bo'ladi. Shu
bilan birga zararkunandaning makoni bo'lgan begona o'tlar yo'qotib turiladi.
O'rta Volga bo'yidagi bedapoyalarda o'tkazilgan tajribalarda bedapoyalarga (har gektariga 20—25
kg hisobidan) geksaxloran dustini changlash yaxshi natija berishi aniqlandi. Geksaxloran
bo'lmasa, uning o'rniga gektariga 10—12 kg hisobidan kal`tsiy arsenat ishlatiladi.
Changlash usulini faqat urug'lik bedapoyalardagina qo'llashga yo'l qo'yiladi. Xashaki bedapoyaga bu
zararkunanda ko'plab tushganida beda muddatidan oldin o'riladi va daladan tashqariga chiqarilib
quritiladi; so'ngra bedapoya fitonomusga qarshi kurashdagi singari kimyoviy usulda dorilanib,
sug'oriladi.
Nihoyat, beda tunlamining qurtlarini mexanik vositalar bilan ushlab yo'qotish ham tavsiya
etiladi.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish