Bilet-1 Sizga qanday infektsiya manbalari va ularning tarqalishi ma'lum? Javobingizni asoslang


Qoqshol nima? Uning etiologiyasi, klinik ko'rinishi va davolash usullari qanday?



Download 91,39 Kb.
bet6/20
Sana07.12.2022
Hajmi91,39 Kb.
#880731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Xirurgiya bilet 1-7

3.Qoqshol nima? Uning etiologiyasi, klinik ko'rinishi va davolash usullari qanday?
Qoqshol spesifik o 'tk ir yuqumli kasallik bo'lib, sporali anaerob tayoqcha B. tetani qo'zg'atadi. Bu tayoqcha ikkita toksin - tetanospazmin va tetanogemolizin ishlab chiqaradi. Tetanospazmin asab sistemasiga ta’sir qilib, targ'il m ushaklarda tonik va klonik tirishishlar paydo qilsa, tetanogemolizin esa eritrotsitlarni eritadi. Toksinlar ta ’sirida xastalik belgilari yuzaga keladi. B. tetani saprofit sifatida uy hayvonlari (qo'y, qoramol va b.), shuningdek odam ichagida yashaydi, fekaliy orqali tuproqka tushadi. Shuning uchun har qanday ifloslangan jarohat qoqshol uchun yaxshi sharoitdir. Tinchlik davrida 80 foiz qoqshol kasalligi bilan qishloqlarda kasallanish ko'p bo'lib, ularning yarmini 14 yoshga yetmagan bolalar tashkil qiladi. Inkubatsion davri o'rtacha (7-12 kun) ikki hafta bo'ladi, ammo uzoq vaqt o'tgandan so'ng ham uchrashi mumkin. 4-5 oydan keyin qoqshol paydo bo'lgani to'g'risida m a’lumotlar bor. Bunday holatlarning yarmiga qo'shimcha shikastlanish sababchi bo'ladi, u odatda juda og'ir kechadi. Shuni ham eslatib o'tish kerakki, inkubatsion davr qanchalik qisqa bo'lsa, ko'ngilsiz voqea shunchalik ko'p bo'ladi. Ko'pincha bunday holat tana va oyoq shikastlanganda kuzatiladi. Inkubatsion davr uch sabab bilan farqlanadi: 1. Tayoqchaning dozasi va virulentligi. 2. To'qimalarningg jarohatlanish kuchi va lokalizatsiyasi. 3. Bemorning immunobiologik holati. Tasnifi: Q oqshol q o'zg'atuvchisining tushish joyiga qarab jaro h atd an , infeksiyadan kuyishdan, elektrdan shikastlanishdan, sovqotishdan va operatsiyadan so'ng; bachadon va tug'ruq yo'llari shilliq qavatidan boshlanishiga qarab, chaqaloqlar qoqsholi, tuqqandan so'nggi qoqshol farqlanadi. Chala homilani tashlaganda ham ushbu kasallik paydo bo'lishi mumkin. Kasallikning tarqalish formalari quyidagilardir: 188-rasm. Qoqsholda ro‘y beradigan opistotonus A. Umumiy (tarqalgan): 1. Birlamchi. 2. Pastga tushuvchi. 3. Yuqoriga ko'tariluvchi (tirishish jarohatdan yuqoriga tarqaladi). Trizm belgisi paydo bo‘ladi. B. Mahalliy (cheklangan): 1. Q o‘l va oyoq. 2. Bosh (t. Cephaliens) Miya nervlariga ta ’sir qilib, mushaklarni shikastlantiradi. IX-XI juft nervlar shikastlansa tam bilish y o ‘qoladi, og‘ir hollarda halqum mushaklari tirishib, tovush yo'lini (asfikatsiya) qisadi. Ba’zida klinik m anzarasi qutirishni eslatadi, shuning uchun bu kasallik «tetanus hydrophobieus» ham deyiladi. 3. Tana qoqsholi (ichki organlar ham kiradi). 4. Cheklangan (qo'l, tana va b.). Mahalliy qoqshol cheklangan mushaklar ta ’sirida jarohat atrofida ro'yobga keladi, klinik m anzarasi yengil b o 'la d i. Bu form asida tetanotoksin chala to'plangan bo'lib, uning asosiy qismi orqa miyaning m a’lum segmentida joylashgan bo'ladi. Shuning uchun tanada lokal sindrom yuzaga keladi. Klinik forma to 'rt bosqichda kechadi: 1.O 'tk ir (t. Vehemens). 2.Surunkali (t.lentus). 3. Klinik belgilari yorqin (t. Completus). 4.Klinik belgilari noaniq (t. Incompletus). Shuningdek, yengil, o‘rtacha va og‘ir, yashin tezligidagi formalari ham farqlanadi. Klinik manzarasi. Boshlanishida bosh og‘rig‘i, charchoq, uyqusirash belgilari namoyon bo‘lib, bemor terlaydi va jarohat atrofida og'riq paydo bo'ladi. Tonik va klonik tirishishlar paydo bo'lishi asosiy belgilardan bo‘lib, chaynash mushaklari charchab trizm yuzaga keltiradi. Bu esa og'izni ochishni qiyinlashtiradi. Mimik mushaklar tirishib, yuzda o'ziga xos «sardonik kulgi» («risus sardoncus») istehzoli kulish (187-rasrn) paydo bo'ladi. Tirishish o'qtin-o'qtin bo'lganligi uchun bemorni charchatadi, yengil yelvizak, tovush ham yangi tirishish holatini keltirib chiqarishi mumkin. Agar tirishish halqum va nafas mushaklarida bo'lsa, asfiksiyaga olib keladi, yengil hollarda esa o'pka ventilyatsiyasini buzib, zotiljamga sharoit yaratadi. H arorat 42°C ga ko'tariladi, tomir urishi 120 dan oshishi mumkin. Yashin tezligidagi qoqshol 1-2 kunda o'limga olib kelishi mumkin. Qoqshol yaxshi kechganda belgilari asta-sekin kamayib bemor 14-60 kunda tuzaladi. Shuningdek, kasallikning kechki residiv formalari ham qayd qilingan. Asoratlari. 20-30 foiz bemorlarda paydo bo'ladi va 2 ga bo'linadi: erta va kech. Atelektazli yoki gipostatik zotiljam farqlanadi. Shuningdek, asfiksiya, jarohatda yiringli-septik holatlar ham kuzatiladi. Tashxisi. Jarohatda tortuvchi og'riq, yengil mushak tirishishi, harakatga bog'liq bo'lmagan terlash, orqa sohasida og'riq, bakteriologik tekshirish murakkab analizlarga kiradi. Differensial tashxisi. K asallikni strixnindan zaharlanish, ensefalit, meningit, tetaniya, quturish, miozit, bosh miya asosining sinishi, isteriya kabilardan farqlash lozim. Profilaktikasi. 1. Spesifik, aktiv-passiv, antitoksik profilaktika deganda organizmning qoqshol toksiniga qarshi himoya kuchini oshirish tushuniladi; Buning uchun qoqsholga qarshi anatoksin bilan aktiv im m unizatsiya qilinadi (0,5 ml dan ikki hafta 30-40 kun oralig'ida, so'ngra revaksinatsiya 6-12 oy 0,5 ml) va mushak ichiga 1500-3000 AB (antitoksik birlik) qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Bu muolajalar har bir tasodifiy jarohatdan so'ng qilinishi kerak. Zardob yuborishdan oldin bilakka teri ichiga 1:100 nisbatda eritilgan 0,1 ml zardob yuborib sinama qilinadi. Agar reaksiya bo'lm asa, teri ostiga 0,1 ml qoqsholga qarshi zardob yuboriladi va 50-70 daqiqa o'tgach qolgan (0,8ml) zardob teri ostiga yuboriladi. Agar zardobning sinama ampulasi bo'lmasa, qoqsholga qarshi zardob teri ichiga 0,1 ml, 30 daqiqadan keyin 0,2 ml va 1-1,5 soatdan so'ng qolgan miqdori (0,7 ml) teri ostiga yuboriladi. 2. Nospesifik profilaktikaga mikroblar, qoqsholga qarshi zardob, qoqsholga qarshi odam immunoglobulini bo‘lmasa qon mushak ichiga qilinadi. Yot jismlarni jarohatdan olib tashlash, ya’ni birlamchi xirurgik ishlashni yaxshi bajarish kiradi. Davolash. Kompleks davolash usuli quyidagi maqsadni o‘z ichiga oladi: 1. Qoqshol toksini miqdorini kamaytirish va uni neytrallash. 2. Tonik va klonik tirishishlarni kamaytirish, ulami yo'qotish. 3. Bemorning umumiy ahvolini, yurak o‘pka faoliyatini yaxshilash. 4. Ikkilamchi asoratlar (zotiljam, sepsis va b.)ning oldini olish. Agar qoqshol tashxisi qo‘yilsa, 10 foiz 10 ml tiopental-natriy yoki boshqa umumiy og‘riqsizlantirish yo‘li bilan quyidagilarni bajarish yaxshi natija beradi: 1. Jarohatni xirurgik ishlash. 2. 100000-150000 AB qoqsholga qarshi zardobni mushak ichiga yuborish va 20-30 ml 25 foiz magneziy sulfat qo‘llash. Chaqaloqlarga - 10000-20000 AB, o‘smirlarga - 20000-80000 AB miqdor belgilangan. Zardob yuborishdan oldin albatta uni qizitish kerak. Bir kursga 200000- 300000 AB zardob lozim bo'ladi. Og‘ir hollarda zardobni tomir ichiga, endolyumbal yoki suboksipital yuborish mumkin. 3. N arkotik va neyroleptiklar, m ushak relak santlari qilinadi. Tirishishga qarshi diazepam tomir ichiga 10-15 ml (kuniga 150-200 ml) geksenal ishlatiladi. Aminazin sedativ ta’sirga ega bo‘lib, hushni butunlay yo‘qotmaydi, antigistamin, gangliobloqator sifatida tirishishga qarshi yaxshi natija beradi (25 foiz eritmasi 4 ml 4-5 m arta kuniga). Shuningdek, resimon modda kondelfm (0,1 g 6-8 marta kuniga), diplatsin moddalari qilinadi. Nafas sistemasida og‘ir o'zgarishlar sezilsa, mushak relaksantlari yordamida (tubokkrarin) sun’iy nafas oldirish uskunasiga ulanib, bemorda sun’iy ventilyatsiya o‘tkaziladi. 4. Yurak faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar kamfora, kordiamin, korglyukon, glyukozaning 40 foizli eritmasi yuboriladi. 5. Infeksiyaning oldini olish tadbirlari (antibiotiklar, sulfanilamidlar va b.) qunt bilan bajarilishi lozim. Bemor qorong‘ilashtirilgan, shovqindan uzoq xonaga yotqiziladi, zond bilan ovqatlantiriladi, ho‘qna qilinadi, qovug‘ini kateterizatsiya qilish rezina naylar bilan amalga oshiriladi. Qoqsholdan o‘lim hozirgi vaqtda ham 70-100 foizni tashkil etmoqda, uning oldini olish va muvaffaqiyatli davolash esa erta tashxis qo‘yishga bog'liqdir

4.Daraxtdan yiqilib, qattiq narsaga urilish natijasida chap oyoqning uchdan bir qismining tashqi yuzasida notekis qirralar bilan 5x8 sm o'lchamdagi notekis shakldagi yara paydo bo'ldi. Yaraning pastki qismida mo'rt qon ketish bilan mushaklarning parchalari. Bunday yara qanday yaralarga tegishli va yara jarayonida qanday asoratlar bo'lishi mumkin? Uni qanaqa davolaysiz?


Varalarning quyidagi asoratlari kuzatiladi: ikkilamchi qon ketishi, infeksiya tushishi, penentratsiya yoki perforatsiya (ko‘z shox pardasi, me’da, yo‘g‘on ichak yaralari), yuz, ko‘z qovog'i, qizilo'ngach, me’dada kattakon chandiqlar paydo bo‘lishi shular jumlasidandir. Shuningdek, yaralar, m alignizatsiya (xavfli tuzilm a) b o ‘lishi mumkin. Bitgan yaralarning qaytalanishga moyilligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Davosi kompleks olib boriladi, lekin birinchi navbatda asosiy kasallik yoki etiologik omillar (venalarning varikoz kengayishi, zaxm, qand kasalligi) bartaraf etilishi zarur. Tashqi yaralarga konservativ davo yaxshi kor qiladi. Buning uchun bemorga o‘rnidan turmay yotish buyuriladi, oyoq immobilizatsiya 195-rasm. Yaraning morfologik xossalari: a-zaxm, b-epitelioma, d-sil, e-xavfli o'sma (rak) qilinadi, teri yaxshilab parvarish qilinadi, davolash vannalari, fizioterapiya (ultrabinafsha nur, sollyuks) muolajalari tayinlanadi. Dastlabki davrda gipertonik eritmali bog‘lamdan, proteolitik fermentlardan, iruksoldan foydalaniladi. Y ara tozalangach indiferrent malhamli b o g ‘lam lar qo‘llaniladi. Ortiqcha granulyatsiya kumush nitratning (lyapis) 10 foizli eritmasi bilan kuydiriladi. Rux yelimli bog'lam bilan bog'lab q o ‘yiladi (rux yelimi yoki rux-jelatina tarkibining 3 qismi rux oksididan, 3 qismi jelatinadan, 5 qismi glitserindan va 9 qismi suvdan iborat). Rux yelimi ishlatilishidan oldin qizdiriladi va cho‘tkacha bilan oyoqqa suriladi, keyin bint bilan bog'lab qo‘yiladi. Umumiy davolash. Organizmdagi im munobiologik va reparativ jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgan bo‘ladi. T o‘q tutadigan va vitam inlarga boy taom lar, davolash fizkulturasi tayinlanadi, qon komponentlari qo‘yiladi. Jarrohlik yo‘li bilan davolash yarani granulyatsiyaning patologik o‘zgarishlaridan va yon-atrofdagi chandiqlardan saqlab qolishni nazarda tutadi. T o‘qim alar nuqsoni sezilarli darajada paydo bo'lganda yara atrofidagi to‘qimalar bilan birga sog'lom to‘qimagacha olib tashlanadi va hosil bo‘lgan yangi jarohat regionar teri plastikasi hisobiga yopiladi yoki erkin teri transplantati ishlatiladi. Ba’zan organ yoki uning bir qismi yara bilan birga rezeksiya qilinadi (me’da yoki qizilo‘ngachni rezeksiya qilish, barm oqni kesib tashlash). Ayrim hollarda regionar simpatik gangliyaga ta ’sir k o ‘rsatiladi: trofik yaralarda simpatik gangliyalar novokain bilan blokada qilinadi. Varikoz yaralarda teri osti kengroq ekssiziya qilinadi va perforant (teshilgan) venalar bog'lanadi, b a’zan varikoz tugunlarda tromb hosil qilinadi (66 foizli glyukoza eritmasi, varikotsid, trombovar).
5.Bemor, 62 yoshda, hipotermiyadan so'ng bo'yinning orqa qismida 4×6 sm hajmdagi og'riqli infiltrat paydo bo'ldi, terisi giperemik, tarang. Markazda bir nechta yiringli-nekrotik novdalar joylashgan bo'lib, ularning ba'zilari yiringdan ajralib turadi. Bemorda qanday kasallik mavjud? Qanday umumiy va maxalliy davolash kerak? Jarrohlik aralashuvining xususiyatlarini chizib ko'rsating.


Download 91,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish