Bilimlar bazasi va ekspert tizimlar Reja



Download 197,47 Kb.
bet2/18
Sana30.12.2021
Hajmi197,47 Kb.
#88857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bilimlar bazasi va ekspert tizimlar

Ekspert tizimlar — bu malakali ekspertlar darajasida foydalanuvchilar qarorlarini tayyorlashning tor ixtisoslashtirilgan sohasida bilimlarni qayta ishlash tizimlaridir.

ETlarga maslahat berish, tahlil qilish, konsultatsiya berish, diagnoz qo'yishdek nozik masalalar yuklatilgan.

ETlarni sanoat korxonalarida qo'llash ish unumini va mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.

Bilimlarni to'plash va uzoq vaqt saqlash ETlarning eng muhim afzalligi hisoblanadi. ETlar axborotlarga nisbatan obyektivdir. Bu o'z navbatida o'tkazilayotgan tajriba sifatini oshiradi, juda ko'p bilimlarni talab qiladigan masalalarni hal etishda xatolikning yuzaga kelishini kamaytiradi.

ET larni yaratilishida bir qator qiyinchiliklar vujudga keladi. Bu awalambor foydalanuvchining ishlab chiqiladigan tizimga qanday talab qo'yilishini bilmaganligidan kelib chiqadi. Shuningdek psixologik tartibda, ya'ni bilimlar bazasini yaratishda ekspert «mashina mening o'rnimni egallashi mumkin» degan asnoda ish tutib, bilimlar bazasini keng bo'lishiga intilmasdan, balki bunga qarshilik qilishi mumkin. Lekin, bu qo'rqishlar asossizdir, chunki ET fikr yuritish qobiliyatiga ega emasdir. Bu esa ular bilimlarini oshirish mumkin emasligini ko'rsatadi. Keyingi vaqtlarda mustaqil o'qib, bilim olish imkoniyatiga ega bo'lgan tizimlar ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.

1-rasm. ESning umumiy strukturasi

Bu tizimda maqsadga erishish uchun qoidalar, faktlar, chiqarish mexanizmi va ixchamlashlardan foydalaniladi. Umuman, masalalarni yechish uchun, cheksiz fakt va qoidalar kerak bo'ladi. Agar, shunday tizim yaratilgan taqdirda ham uni bilimlar bilan to'ldirishga uzoq vaqt talab etilgan bo'lar edi. Lekin, shu paytgacha mana shunday informatsiyalarni o'zaro saqlovchi EHMlar mavjud emas, shuning uchun, vaqtincha masalani muhim muammoli qismini ko'rish bilan chegaralanamiz.

SUN'IY INTELLEKTNING DASTURLASHTIRISHGA TA'SIRI

Biror bir masalani yechishda inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan, shu masalaga taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani yechishni ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida olingan qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina o'zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni butun strukturasini o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi, dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi.

Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun etarli bilimlar mayjud.

BILIMLAR BAZASI

Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard Feyganbaum bilimlar asosida, Komp’yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.





Download 197,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish