Bill Geyts, Ilon Mask va boshqa milliarderlar nimadan qo‘rqishadi?



Download 50,27 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi50,27 Kb.
#763120
Bog'liq
milliarderlar nimadan qo‘rqishadi orig


Bill Geyts, Ilon Mask va boshqa milliarderlar nimadan qo‘rqishadi?
Sayyoradagi eng boy odamlar ham kuchli qo‘rquv va fobiyalardan himoyalanmagan. Forbes Life nashri Bill Geyts, Ilon Mask, Larri Peyj va boshqa milliarderlar nimadan qo‘rqishini oshkor etdi.
Ilon Mask
Ilon Mask koinotni orzu qilishi va Marsga qo‘nish orzusida bo‘lishiga qaramay, uning qo‘rquvi ham bor. Tesla yaratuvchisi sun’iy intellektdan qo‘rqadi. U sun’iy intellekt potensial yovuzlik ekanligi haqidagi g‘oyasini yildan-yilga takrorlaydi. 2018 yilda Mask sun’iy intellekt insonni "spam manbasi" sifatida yo‘q qilishga qodirligini aytdi. Va ikki yil o‘tgach, taniqli texnologiya jurnalisti Kara Swisher bilan suhbatda u "sun’iy intellekt bizni yo‘q qilish uchun bizdan nafratlanishi shart emas" deb ta’kidladi.
Piter Til, Sergey Brin va Larri Ellison
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatidan uchta milliarder o‘limdan qo‘rqishadi va doimo yosh ko‘rinish, abadiy yashash uchun yechim izlaydilar. PayPal asoschisi Piter Tilning aytishicha, u 120 yoshgacha yashashni rejalashtirmoqda va har kuni qarilikka qarshi gormonlarini qabul qiladi. U qarishga qarshi texnologiyalar ustida ishlaydigan Metuselah fondiga 6 million dollardan ortiq xayriya qilgan.
Piter Til, shuningdek, qarishni to‘xtatish uchun ishlaydigan SENS tadqiqot fondini va bir nechta biotexnologik firmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Milliarder buni "o‘lmaslik loyihasi" deb ataydi. Unga Oracle asoschilaridan biri Larri Ellison ham homiylik qiladi.
Google asoschilaridan biri Sergey Brin 2008 yilda o‘zida Parkinson kasalligiga chalinish ehtimoli 50% ni beruvchi nuqsonli gen borligini aniqladi, shuning uchun bo‘lsa kerak, u umr ko‘rish davomiyligi bilan bog‘liq loyihalarga sarmoya kiritadi.
Bill Geyts
2015 yilda Bill Geyts uning eng katta qo‘rquvi millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan epidemiya ekanligini aytdi. U yaqin kelajakda yadro urushi ehtimolini minimal deb baholashini, ammo halokatli virus insoniyatni 50 foizlik ehtimol bilan bosib olishi mumkinligini qayd etdi. Bill Geytsning so‘zlari bashoratli bo‘lib chiqdi: 2020 yilda dunyo koronavirus pandemiyasi bilan qoplandi. Microsoft asoschisining yana bir qo‘rquvi uning o‘z miyasi bilan bog‘liq: Geyts bir kun kelib miyasi faoliyati buzilishidan qo‘rqadi.
Richard Brenson va Uorren Baffet
Virgin Group asoschisi Richard Brenson butun dunyo bo‘ylab 60 000 ga yaqin kishini ish bilan ta’minlovchi 100 dan ortiq kompaniya yaratgan. U eng ommaga tanish milliarderlardan biri sifatida tanilgan. Shunga qaramay, Brenson Business Insider nashriga u "tabiiy uyatchan" va omma oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqishini tan olgan.
Omma oldida nutq so‘zlash qo‘rquvi yana bir milliarderni ta’qib qiladi, bu – Uorren Baffet. U fobiya bilan kurashishga muvaffaq bo‘lmaganida, hech qachon bunday muvaffaqiyatga erisha olmasligi mumkin edi.
Manba: forbes.com
Download 50,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish