Bilolda ta ruchka va ta qalam bor. Qalam ruchkadan nechta ko’p?



Download 40,77 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi40,77 Kb.
#301534
Bog'liq
masala 1


  1. Bilolda 3 ta ruchka va 8 ta qalam bor. Qalam ruchkadan nechta ko’p?

  2. Bilolda 3ta ruchka 8 ta qalam bor. Ruchka qalamdan nechta kam?

  3. Sofiya 5 yoshda, ukasi esa 3 yoshda. Sofiya ukasidan necha yosh katta?

  4. Birinchi uy 4 qavatli, ikkinchisi esa 9. Birinchi uy ikkinchi uydan necha qavat past?

  5. Yusufda 4 ta olma, Ibrohimda 3 ta ko’p olma bor. Ibrohimda nechta olma bor?

  6. Hayvonot bog’ida 7 ta ayiq bor. Bu fillardan 2 ta kam. Hayvonot bog’iga nechta fil bor?

  7. Hosil bayrami uchun Yunus 5 ta, Ismoil ta ko’p o’yinchoq tayyorladi. Ismoil nechta o’yinchoq tayyorladi?

  8. Xonada 9 ta o’g’il bola bor, qizlar esa 3 ta kam. Xonada nechta qiz bor?

  9. Kitob javonda 8 ta kitob bor. Bu stoldagi kitoblardan 4 ta ko’p. stolda nechta kitob bor?

  10. Xadichaning daftarida 6 ta besh va 1 ta to’rt baho bor. Xadichaning daftarida nechta baho bor?

  11. Xadichaning daftarida 6 ta besh va 1 ta to’rt baho bor. Besh baholari to’rt bahosidan nechta ko’p?

  12. Hovlida 6 ta qiz va undan 2 ta kam o’g’il bolalar o’ynayapti. Hovlida nechta o’g’il bolalar bor?

  13. Fotimada 6 ta marka bor. Bu Solihdagi markalardan 2 ta ko’p. Solihda nechta marka bor?

  14. Akvariumda 9 ta baliq bor. Bulardan 2 tasi sazan, 4 tasi qilich-baliq, qolganlari laqqa baliq. Nechta laqqa baliq bor?

  15. Soliha bayramga 4 ta qiz va 5ta o’g’il bolani taklif qildi. Soliha bayramga nechta Bolani taklif qilgan?

  16. Qutichada 9 o’yinchoq bor. Bulardan 7 tasi olindi. Qutida nechta o’yinchoq qoldi?

  17. Xonadan 4 ta stul, keyin yana 3 ta stul olib chiqildi. Xonadan jami nechta stul olib chiqildi?

  18. Sayfulloh 8 ta qo’ziqorin terdi, bulardan 5 tasi yeyishga yaroqli. Nechtasi yeyishga yaroqsiz qo’ziqorin bor?

  19. 9 ta o’g’il bola va 7 qiz konkida uchishdi. Konkida qizlar o’g’il bolalardan nechta kam?

  20. Kuzda 3 qatordan 9 qop kartoshka kovlab olishdi. Birinchi qatordan 3 qop, ikkinchi qatordan 4 qop kartoshka kovlashdi. Uchinchi qatordan necha qop kartoshka kovlab olishdi?

  21. Saidaning 4 ta kitobi bor edi. Onasi unga kecha 2 ta, bugun 3 ta kitob olib berdi. Saidada nechta kitob bo’ldi?

  22. Tarvuzning massasi 6 kg, qovun undan 2 kg kam. Qovun necha kilogramm?

  23. Mushukning og’irligi5 kg. bu kuchukning og’irliigidan 2 kg kam. Kuchuk necha kilogramm?

  24. Bolalar bo’tqasi tayyorlash uchun 8 qoshiq yorma va 2 qoshiq shakar solindi. Shakar yormadan necha qoshiq kam solindi?

  25. Zohid tomorqani sug’orish uchun 3 chelak, Mohir 5 chelak, Farida esa 1 chelak suv keltirishdi. Ular birgalikda necha chelak suv keltirishdi?

  26. Idishga dastlab 2 l sut, keyin yana 3 l sut quyishdi. Idishga jami necha litr sut quyishdi?

  27. Shohdan dastlab 3 ta qush, keyin yana 5 ta qush uchib ketdi. Hammasi bo’lib nechta qush shohdan uchib ketgan?

  28. Ertalab oyna yonida 8 ta muz sumalagi osilib turgan edi. Kunduzi 4 tasi eridi. Kechqurun oyna oldida nechta muz sumalagi qolgan?

  29. Aerodromda 7 ta samolyot turgan edi. Dastlab 2 ta, keyin yana 3 ta samolyot havoga ko’tarildi. Nechta samolyot havoga ko’tarilgan?

  30. Aerodromda 7 ta samolyot turgan edi. Dastlab 2 ta, keyin yana 3 ta samolyot havoga ko’tarildi. Maydonda nechta samolyot qolgan?

  31. Umarning bosh barmog’I uzunligi 5 sm, o’rta barmog’I uzunligi 7 sm. Umarning o’rta barmog’I uzunligi bosh barmog’idan necha sm uzun?

  32. Bir choynakka 2 litr, ikkinchi choynakka 3 litr suv quyish mumkin. Ikki choynakka hammasi qancha suv quyish mumkin?

  33. Savatchadan dastlab 4 ta, keyin yana 2 ta qo’ziqorin olindi. Savatchadan nechta qo’ziqorin olindi?

  34. Madina 6 taqalam sotib oldi. Ulardan 1 tasi yashil, 3 tasi qizil, qolganlari ko’k. madina nechta ko’k qalam sotib oldi?

  35. Jonli burchakda 3 ta tipratikan, 1 ilon va 2 ta atirgul bor. Jonli burchakda nechta jonivor bor?

  36. Nodira kecha 3 ta olma, bugun esa 2 ta olma ko’p yedi. Nodira bugun nechta olma yegan?

  37. Madina 6 ta, Soliha 4 ta kam xatcho’p tayyorladi. Soliha nechta xatcho’p tayyorladi?

  38. Sirk arenasida 2 ta janglyor, ulardan 5 ta ko’p akrobat bor. Sirk arenasida nechta acrobat bor?

  39. 2 ta o’g’il bola va ulardan 4 ta ko’p qiz konkida uchishdi. Nechta qiz konkida uchishdi?

  40. Mohira 5 ta romashka va undan 2 ta kam rayhon rasmini chizdi. Mohira nechta rayhon rasmini chizdi?



  1. Nodira kecha 3 ta olma, bugun esa 2 ta ko’p olma yedi. Nodira 2 kunda nechta olma yegan?

  2. Madina 6 ta, Soliha 4 ta kam xatcho’p tayyorladi. Soliha va Madina jami nechta xatcho’p tayyorladi?

  3. Sirk arenasida 2 ta janglyor, ulardan 5 ta ko’p akrobat bor. Sirk arenasida nechta artist bor?

  4. 2 ta o’g’il bola va ulardan 4 ta ko’p qiz konkida uchishdi. Nechta bola konkida uchishdi?

  5. Mohira 5 ta romashka va undan 2 ta kam rayhon rasmini chizdi. Mohira nechta gul rasmini chizdi?

  6. Bir javonda 5 ta kitob, boshqasida 1 ta kitob kam. Ikki javonda jami nechta kitob bor?

  7. Mohir kecha 3 ta, bugun esa 1 ta ko’p baliq tutdi. Shu ikki kunda Mohir nechta baliq tutgan?

  8. 9 ta kuchukni sayrga olib chiqishdi. Bulardan 2 tasi oq, 3 tasi qora, qolganlari ola-chipor. Nechta ola- chipor kuchuk bor?

  9. Tipratikon bir nechta qo’ziqorin olib ketyapti. 5 ta qo’ziqorinni yo’lda tushirib qoldirdi. Unda 3 ta qo’ziqorin qoldi. Tipratikonda nechta qo’ziqorin bo’lgan?

  10. O’rdak 2 ta dutorchi, 4 ta doirakash va bitta g’ijjakchida iborat ansambl tashkillashtirdi. Ansablning nechta a’zosi bor?

  11. Avtobusda 7 yo’lovchi bor. Bekatda 2 ta yo’lovchi avtobusdan tushdi va 2 ta yo’lovchi avtobusga chiqdi. Avtobusda necha yo’lovchi bo’ldi?

  12. Bahodirda 2 ta katak va 8 ta to’g’ri chiziq daftar bor. 5 ta daftarni singlisiga berdi. Unda nechta daftar qoldi?

  13. Hovlida 4 ta o’g’il bola va 6 ta qiz o’ynayapti. Ulardan uchtasi uyiga kirib ketdi. Hovlida nechta bola qolgan?

  14. Ayiq dastlab 4 ta, keyin 5 ta baliq tutdi. U 2 ta katta baliq tutdi. Nechta kichik baliq tutgan?

  15. Lutfullo 30 ta katak daftar, 20 ta to’g’ri chiziq daftar sotib oldi. Lutfullo jami nechta daftar sotib oldi?

  16. Bitta olmaxon qishga 40 ta, boshqasi esa 50 ta yong’oq tayyorladi. Birinchi olmaxon nechta kam yong’oq tayyorladi?

  17. Maktab oshxonasi javonida 90 ta likobcha bor. Birinchi sinfga 20 ta, ikkinchi sinfga 30 ta likobcha berishdi. Javonda nechta likobcha qolgan?

  18. Maktab zalini bezatish uchun 80 ta shar sotib olishdi. Ulardan 20 tasi yashil, 30 tasi qizil, qolganlari ko’k. nechta ko’k shar sotib olishgan?

  19. Sport musobaqasida 40 ta o’g’il bola, 30 ta qiz qatnashdi. Jami nechta bola sport musobaqasida qatnashgan?

  20. Zavod bir kunda 80 ta avtomobil ishlab chiqaradi. Ulardan 20 tasi yuk mashinasi, qolganlari yengil avtomobil. Bir kunda nechta yengil avtomobil ishlab chiqaradi?

  21. Lola 40 ta qo’ziqorin terdi, ulardan 10 tasi yeyishga yaroqsiz. Lola nechta yeyishga yaroqli qo’ziqorin terdi?

  22. Ipdan 3 dm li bo’lak qirqib olindi. 4 dm li bo’lagi qoldi. Ip necha dm bo’lgan?

  23. Irodaning 7 dm li, Nozimaning 9 dm li lentasi bor. Kimni lentasi uzun va necha dm uzun?

  24. Mehnat darsiga Oysha 9 dm, Komila 80 sm lenta olib kelishdi. Kim ko’proq lenta olib kelgan?

  25. Sofiya 5 dm qizil va 4 dm ko’k lenta sotib oldi. 30 sm ni ishlatdi. Unda necha sm lenta qoldi?

  26. Zaynab 3 ta uchburhcak, 4 ta kvadrat va 3 ta doira chizdi. 5 ta shaklni bo’yadi. Bo’yalmagan nechta shakl qoldi?

  27. Uy bekasida 19 ta qand bo’lagi bor edi. 3 ta bo’lakni choyga, 5 ta bo’lakni sharbatga soldi. Uy bekasida nechta qand bo’lagi qoldi?

  28. 7 kg malina va 3 kg maymunjon sotib olishdi. Murabbo uchun 8 kilogrammini ajratishdi. Necha kg o’rmon mevalari qoldi?

  29. 10 ta g’altak oq, 3 ta g’altak ko’k va 2 ta g’altak qizil ip sotib olishdi. Sviterga 11 ta g’altak ip ishlatishdi. Nechta g’altak ip qoldi?

  30. Yozgi maktabda 47 olmaxon qatnashdi. Ulardan 12 tasi birinchi sinfda, qolganlari ikkinchi sinfda. Nechta olmaxon ikkinchi sinfda o’qiydi?

  31. Ko’lga 12 ta oqqush, 34 ta g’oz va 40 ta o’rdak yig’ilishdi. Ko’lga jami nechta qush yig’ilishdi?

  32. Nozimaning onasi 27 yoshda, otasi undan 2 yosh katta. Otasi necha yoshda?

  33. Bilolning bobosi 64 yoshda, buvisi undan 12 yosh kichik. Buvi necha yoshda?

  34. Zohid 11 yoshda, opasi 15 yoshda. Zohid opasidan necha yosh kichik?

  35. Bir qop kartoshka 32 kg, boshqasi 14 kg ko’p. ikkinchi qop[ necha kg?

  36. Podada 45 ta oq sigir bor, bu qora sigirlardan 23 taga ko’p. Podada jami nechta sigir bor?

  37. Akbarda 28 ta katak va 20 ta to’g’ri chiziq daftar bor. Akbarda nechta daftar bor?

  38. Vazirada 48 ta chig’anoq bor edi. U 23 tasidan munchoq yasadi, 15 tasini opasiga sovg’a qildi. Unda nechta chig’anoq qoldi?

  39. Kutubxonaning bir javonida 32 ta, ikkinchisida 25ta, uchinchisida 30 ta kitob bor. Bolalarga 42 kitob berildi. Javonda nechta kitob qoldi?



  1. Kamola kuzda 11 ta chinor va 4 dub daraxti bargidan gerbariy tayyorladi. Kamola jami nechta gerbariy tayyorladi?

  2. Shaklli zanjirda 12 ta aylana, 6 ta kvadrat va 9 ta to’g’ri to’rtburchak bor. Ulardan 24 tasi kichik shakllar, qolganlari katta. Jami nechta katta shakllar bor?

  3. Bayramga 25 ta qizil, 20 tadan ko’k, yashil va sariq shar sotib olindi.

  4. Maktabga 22 ta kichik va 15 ta katta partalar olib kelindi. Ulardan 17 tasini birinchi sinfga, qolganlarini ikkinchi sinfga joylashtirishdi. Nechta partani ikkinchi sinfga joylashtirishdi?

  5. Shaxmat taxtasida 11 ta figura bor, ulardan 4 tasi oq. Ikkinchi shaxmat taaxtasida 15 ta figura bor bulardan 6 tasi oq. Ikki shaxmat taxtasida nechta figura bor?

  6. Shaxmat taxtasida 11 ta figura bor, ulardan 4 tasi oq. Ikkinchi shaxmat taaxtasida 15 ta figura bor bulardan 6 tasi oq. Ikki shaxmat taxtasida nechta oq figura bor?

  7. Shaxmat taxtasida 11 ta figura bor, ulardan 4 tasi oq. Ikkinchi shaxmat taaxtasida 15 ta figura bor bulardan 6 tasi oq. Ikki shaxmat taxtasida nechta qora figura bor?

  8. Bochkada 75 l suv bor. Tomorqani sug’organdan keyin 32 l suv qoldi. Necha litr suv tomorqa sug’orish uchun ishlatilgan?

  9. Birinchi olmadan 21 kg olma, ikkinchi olmadan 14 kg kam olma terildi. Ikki olma daraxtidan jami necha kg olma terildi?

  10. Tikuvchi 8 ta g’altak ipni ishlatdi, unda 4 tadan oq, qora va rangli ip qoldi. Tikuvchida nechta ip bo’lgan?

  11. Sinfda 17 o’quvchi qo’shiq to’garagiga, qolganlari rasm to’garagiga qatnashadi. Agar rasm to’garagiga qo’shiq to’garagidan 5 o’quvhci kam qatnashgan bo’lsa, sinfda nechta o’quvchi bor?

  12. Madina onasi bilan kartoshka artchdi. Madina 6 ta kartoshka, onasi undan 2 ta ko’op kartoshka archdi. Ular birgalikda nechta kartoshka tozalashgan?

  13. Bir likobchaga 9 ta, boshqasida 7 ta somsa bor. Maryam bu likobchalardan 2 ta, Ilyos esa 3 ta somsa oldi. Likobchalarda nechta somsa qodi?

  14. Chumchuq 12 kunda, baliqchi qush 9 kun ko’p, oq laylak esa chumchuq va baliqchi qush birgalikda necha kun bo’lsa, shuncha vaqtda jo’jalarini ochib chiqadi. Oq laylak necha kunda jo’ja ochib chiqadi?

  15. Asalari 18 kunda ulg’ayadi va bu kunlar davomida u mehnat qiladi. Dastlabki 3 kunda kuch yig’ib inini tozalaydi. Keying 4 kunda katta g’umbaklarni oziqlantiradi. Keyin 5 kun kichik g’umbaklarni oziqlantiradi, qolgan kunlar in quraqi. Necha kun davomida asalari in quradi?

  16. Amina 7 yosh. 5 yildan keyin Amina necha yoshga to’ladi?

  17. Ahmad 8 yoshda. 3 yil oldin u necha yoshda bo’lgan?

  18. Ikki yil oldin Botir 6 yosh edi. 4 yildan keyin Botir necha yosh bo’ladi?

  19. Solih va Mohir bog’da olma terishga yordam berishdi. Solih 28 kg olma, Mohir 15 kg ko’p olma terdi. Solih va Mohir birgalikda necha kg olma terishdi?

  20. Sinfda 6 qiz va 7 o’g’il bola bor. 5 ta o’quvchi uyiga ketdi. Nechta o’quvchi sinfda qoldi?

  21. Chelakda 11 l suv bor. 2 litr suvni bankaga, 5 litr suvni kastrulkaga quyishdi. Chelakda necha litr suv qoldi?

  22. Savatdan tushlik uchun 8 ta, kechki ovqat uchun 4 ta bodring olishdi. Shundan keyin savatda 7 ta bodring qoldi. Savatda tushlikkacha nechta bodring bo’lgan?

  23. Atelyega 37 ta yubka, yubkadan 2 ta kam ko’ylakka buyurtma berishdi. Atelye buyurtma bo’yicha jami nechta yubka va ko’ylak tikishi kerak?

  24. Do’konda 29 ta qo’g’irchoq sotishdi. Bu sotilgan ayiqlardan 2 ta kam. Do’konda shu vaqtda nechta qo’g’irchoq va ayiq sotilgan?

  25. Oshxonada 40 kg non yeyildi. Nonushtaga 12 kg, tushlikka nonushtadan 3 kg ko’p non yeyildi, qolgani kechki ovqatga qoldi. Kechki ovqatga necha kg non qolgan?

  26. Ikki savatda 50 kg olma bor. Birinchi savatda 32 kg. ikkinchi savatda birincha savatdagidan necha kg kam olma bor?

  27. Iroda ota onasi bilan qo’ziqorin terishga borishdi. Ular qo’ziqorinlarni sanashganda, Iroda 20 ta, onasi Irodadan 18 ta ko’p, otasi onasidan 7 ta kam qo’ziqorin tergani ma’lum bo’ldi. Ular birgalikda nechta qo’ziqorin terishgan?

  28. Bir pachkada 200 ta qog’oz, ikkinchisida birinchisidan 300 ta qog’oz ko’p. ikki pachkada jami nechta qog’oz bor?

  29. Uchta avtobusda 68 ta o’quvchi ketishdi. Birinchi avtobusda 25 ta, ikkinchisida birinchisidan 3 ta ko’p o’quvchi ketishdi. Uchinchi avtobusda nechta o’quvchi ketishgan?

  30. Qayin daraxti 12 m, zaytun daraxti 8 m. Qayin daraxti zaytun daraxtidan necha metr baland?

  31. Ko’ylakka 5 m, kostyumga undan 3 m ko’p mato kerak bo’ladi. Ko’ylak va kostyumga jami necha metr mato ketadi?

  32. Ilyos bir son o’yladi. Shu songa 400 ni qo’shdi va 900 hosil bo’ldi. Ilyos qanday son o’ylagan?

  33. Ozoda bir son o’yladi. Shu sondan 600 ni ayirganda 200 hosil bo’ldi. Ozoda qanday son o’ylagan?

  34. Bahodir bir son o’yladi. O’ylagan sonini 700 dan ayirganda, 300 hosil bo’ldi. Bahodir qanday son o’ylagan?

  35. Tipratikon uyigacha 80 m yurish kerak. U birinchi 26 m, yana 9 m ko’p yurdi, keyin dam olish qaror qildi. Uyiga yetib boorish uchun necha metr masofa qolgan?

  36. Ota pingving 42 kg, uning o’g’li 23 kg kam. Ular birgalikda necha kg tashkil etadi?

  37. Ayiqning ikki bochkasida 75 l asal bor. Birinchi bochkasida 28 l asal bo’lsa, ikkinchi bochkada birinchi bochkadan necha litr ko’p asal bor?

  38. Qaldirg’och birinchi kuni 27 ta, ikkinchi kuni birinchi kundan 8 ta kam, uchinchi kuni birinchi va ikkinchi kunda nechta bo’lsa shuncha hashorat tutdi. Shu uch kunda qaldirg’och nechta hashorat tutgan?

  39. Mehnat darsiga 30 ta qizil, 25 tadan sariq va yashil sotib oldi. Birinchi haftada 22 ta, ikkinchi haftada birinchi haftadagidan 16 ta ko’p qog’oz ishlatildi. Nechta qog’oz qolgan?

  40. Qarag’ay daraxti 32 m, qayin daraxti qarag’aydan 14 m qisqa, eman daraxti esa qayin daraxtidan 3 m uzun. Eman daraxti balandligi necha m?

  41. Botir 15 ta yeyishga yaroqli va 8 ta yeyishga yaroqsiz qo’ziqorin yig’di. Doniyor 6 ta yeyishga yaroqli va undan 5 ta ko’p yeyishga yaroqsiz qo’ziqorin yig’di. Botir va Doniyor nechta qo’ziqorin yig’ishdi?

  42. Solih 34 kg, Doniyor undan 6 kg ko’p bodring yig’di. Ular birgalikda necha kg bodring yig’ishdi?

  43. Bizning maktabda 248 ta o’g’il bola va 211 ta qiz bola bor. Bizning maktabda jami nechta o’quvchi bor?

  44. Bizning maktabda 248 ta o’g’il bola va 211 ta qiz bola bor. Bizning maktabda o’g’il bolalar qiz bolalardan nechta ko’p?

  45. Oromgohga 198 kg olma, 145 kg kam apelsin olib kelishdi. Oromgohga jami necha kg mevalar olib kelishgan?

  46. Hiyobonda 217 ta eman, 326 ta tol, 78 ta terak o’sadi. Hiyobonda eman, tol va teraklar jami nechta?

  47. Do’konga 256 kg olma, 48 kg nok, 170 kg olcha keltirishdi. Do’konga olma, nok va olchadan necha kg keltirishdi?

  48. Toshbaqa uy qurish uchun 524 ta oq, 316 ta qizil g’isht keltirdi. Toshbaqa nechta g’isht keltirgan?

  49. Toshbaqa uy qurish uchun 524 ta oq, 316 ta qizil g’isht keltirdi. Qizil g’ishtlar oq g’ishtlardan nechtaga kam?

  50. Tramvayda 25 yo’lovchi keldi. Bekatda 8 tasi tushdi, 4 tasi chiqdi. Tramvayda nechta yo’lovchi bo’ldi?



  1. Uyada 372 ta ari bor. Uyadan 19 ari uchib ketdi, 29 ta uchib keldi. Uyada nechta ari bo’ldi?

  2. Buvijonda 72 ta rediska bor edi. U 9 ta bir xil bog’lam bog’ladi. Har bir bog’lamda nechtadan rediska bor?

  3. 32 sm li kesma chizildi. Uni teng 8 bo’lakka bo’lindi. Har bir bo’lak uzunligi necha sm?

  4. Nodirada 50 so’m bor edi. U 8 ta 2 so’mlik pulni sharbat uchun sarfladi. Unda qasncha pul qoldi?

  5. Vagonda 2 tadan joyli 9 ta kupe bor. 14 ta joy band. Nechta bo’sh joy qoldi?

  6. Hiyobonga 7 ta eman va 2 qator 5 tadan tol ko’chati ekilgan. Hiyobonga jami nechta eman va tol ekilgan?

  7. 2 krujka choyga 18 so’m to’landi. 1 krujka choy necha so’m turadi?

  8. 18 buterbrod likobchalarga har biriga 6 tadan joylashtirilishi kerak. Nechta tarelka kerak bo’ladi?

  9. Tikuvchi 2 ta yostiqjildga 6 tadan tugma tikdi va yana 8 ta tugma qoldi. Jami nechta tugma bo’lgan?

  10. Kitobda 50 sahifa bor. Vazira 5 kun 3 sahifadan o’qidi. Vazira yana necha varoq kitob o’qishi kerak?

  11. Abdurahmon bir son o’yladi, u sonni 4 taga orttirdi, 5 ni ayirdi. Natijani 3 ga ko’paytirdi va 2 ga bo’ldi. Natijada 9 soni hosil bo’ldi. Abdurahmon qanday son o’ylagan?

  12. Adiba bir son o’yladi, uni 2 ga ko’paytirdi, 5 ni qo’shdi, natijani 7 ga bo’ldi va 3 hosil bo’ldi. Adiba qanday son o’ylagan?

  13. Kitob 50 ta sahifadan iborat. Olim 4 kun 8 sahifadan o’qidi. Kitobda nechta sahifa o’qilmay qoldi?

  14. Faridaning 50 ta markasi bor. Albomga 4 ta sahifaga 8 tadan markani yelimladi. Nechta marka qoldi?

  15. Sinfda 8 ta qiz bor. O’g’il bolalar ulardan 2 marta ko’p. sinfda nechta o’quvchi bor?

  16. Bir qayiqda 8 ta, ikkinchisi qayiqda 2 marta kam qayiqchi bor. Ikkita qayiqda jami nechta qayiqchi bor?

  17. Amina bir oyda 6 ta, Farida esa 2marta ko’p kitob o’qidi. Farida bir oyda nechta kitob o’qigan?

  18. Saida bayramga 6 ta otkritka yubordi. Bu onasiga yuborgan otkritkalardan 2 marta kam. Onasiga nechta otkritka yuborgan?

  19. Gulzorda 9 ta oq, 3 marta kam qizil atirgullar gulladi. Gulzorda nechta qizil atirgul gullagan?

  20. Guldastada 9 ta romashka bor. Romashka rayhondan 3 marta ko’p. guldastada nechta rayhon bor?

  21. Idishga 16 l, chelakka undan 2 marta kam suv quyish mumkin. Chelakka necha litr suv quyish mumkin?

  22. Qovoqning massasi 2 kg. qovoq tarvuzdan 4 marta yengil.tarvuz necha kg ni tashkil etadi?

  23. Ertalab 17 l, kechqurun 15 l sut sog’ib olishdi. Hamma sutni 4 litrli bankalarga quyishdi. Nechta banka kerak bo’ladi?

  24. Sinfda 17 qiz va 15 ta o’g’il bola bor. Har birida 4 tadan o’quvchi bo’lgan guruhlarga bo’linishdi. Nechta guruh tashkil etilgan?

  25. Ismoil turnikka 12 ta, Fazliddin 2 marta kam tortildi. Fazliddin necha marta tortilgan?

  26. Kuchuklarning ko’rgazmasiga 24 ta pudel turi, balonka turi esa 4 marta kam. Nechta balonka turli kuchuk ko’rgazmaga keltirilgan?

  27. Iroda maktabga 15 minutda, Lola esa 5 minut ko’proq vaqtda bordi. Lola maktabgacha necha minutda boradi?

  28. Tohir 6 chelak, otasi 3 marta ko’p kartoshka qazib oldi. Otasi nechta chelak kartoshka qazib oldi?

  29. Solih 8 yosh. Bu otasidan 4 marta kam. Otasi necha yoshda?

  30. Onasi 26 yosh. U qizidan 26 yosh katta. Qizi necha yoshda?

  31. Hovlida 4 ta o’g’il bola va 8 ta qiz bola o’ynayapti. Ular 2 guruhga bo’linishdi. Har bir guruhda nechtadan qatnashchi bor?

  32. Bolalar bog’chasi uchun 32 ta qizil va undan 4 marta kam yashil stul sotib olishdi. Bolalar bog’chasi uchun jami nechta stul sotib olishdi?

  33. Qishga 6 banka malinali, malinalidan 2 marta ko’p olchali, olchalidan 4 ta kam qulupnayli murabbo tayyorlandi. Hammasi bo’lib nechta banka malinali, olchali va qulupnayli murabbo tayyorlandi?

  34. Ilyos 27 ta markani albomning 3 ta varog’iga teng qilib joylashtirdi. Har bir varoqda nechtadan marka bor?

  35. Fotima dugonalariga 27 ta markani 3 tadan sovg’a qildi. Nechta dugonasi sovg’a oldi?

  36. 5 likobchaning har birida 2 tadan qizil, 4 tadan sariq olma bor. Likobchalarda nechta jami olma bor?

  37. 40 ta gul sotib olishdi. Ulardan 5 ta so’lib qoldi va qolgani9dan har birida 7 tadan gul bo’lgan guldastalar tayyorlashdi. Har bir guldastada nechtadan gul bor?

  38. Ona 20 ta konfetni 3 qiz va 2 o’g’liga teng bo’lib berdi. Har bir farzandini nechtadan konfet olgan?

  39. Ota 4 ta tarvuz sotib oldi. Bir tarvuzning massasi 6 kg, ikkinchi tarvuzning massasi 2 kg ko’p. Uchinchi tarvuz massasi ikkinchisidan 2 marta kam va to’rtinchi tarvuzdan 3 kg kam. Tarvuzlarning jami massasi necha kg?

  40. 8 ta katta va 12 ta kichik yo’lovchilar avtomobilga 5 tadan joylashadi. Nechta avtomobil kerak bo’ladi?

  41. Zalga 6 ta qatorga 9 tadan, keyin yana shunday 5 ta qator stullar qo’yildi. Bu stullar 100 kishi uchun yetarlimi?

  42. Qutida 5 ta sariq va 2 ta ko’k sharcha bor. Huddi shunday 6 ta qutida nechta sharcha bor?

  43. 49 ta sharchani 3 ta qiz va 4 ta o’g’il bolaga teng bo’lib berishdi. Harbiri nechtadan sharcha oladi?

  44. Bir qutida 9 ta sharcha bor. Bu ikkinchi qutidagidan 7 ta kam. Ikki qutida nechta sharcha bor?

  45. Qushbozorda 70 ta sariq, yashil va havorang to’tiqush bor. 6 ta sariq va undan 5 marta ko’p yashil to’tiqush bor. Qushbozorda nechta havorang to’tiqush bor?

  46. Qushbozorda 70 ta sariq, yashil va havorang to’tiqush bor. 6 ta sariq va undan 5 marta ko’p yashil to’tiqush bor. Havorang to’tiqushlar yashil to’tiqushlardan nechta ko’p?

  47. Avtosalonga 68 ta Malibu avtomobili keltirildi. 16 ta oq avtomobil, oq avtomobildan 2 marta ko’p qizil avtomobil, oq avtomobildan 18 ta ko’p ko’k avtomobil, qolganlari esa kulrang avtomobillar. Nechta kulrang avtomobil bor?

  48. Umar bir son o’yladi, unga 3 ni ko’paytirdi, keyin 33 ni qo’shdi, yig’indini 9 ga bo’ldi va keyin 6 ni ayirdi. Natijada 0 hosil bo’ldi. Umar qanday qanday son o’ylagan?

  49. O’g’il 9 yoshda, otasi undan 5 marta katta. O’g’il otasidan necha yosh kichik?

  50. Idishda 56 l, chelakda 48 l kam suv bor. Idishga chelakdan necha marta ko’p suv bor?

  51. 48 m matodan 8 ta bir xil kostyum, 28 m matodan 7 ta bir xil ko’ylak tiktirildi. Ko’ylakka kostyumdan necha m kam mato ishlatilgan?

  52. Birinchi to’pda 36 m, ikkinchisida 4 marta kam mato bor. Birinchi to’pda ikkinchisidan necha m ko’p mato bor?

  53. Sumkada 3 kg, savatda esa 15 kg ko’p uzum bor. Sumkada savatdan necha marta ko’p uzum bor?

  54. Kitobda 56 ta sahifa bor. Solih har kuni 8 sahifadan o’qidi. Bu kitobni necha kunda o’qib bo’ldi?

  55. Birinchi kitobda 9 ta rasm bor. Bu ikkinchi kitobdagidan 3 marta kam. Ikkinchi kitobda nechta sahifa bor?

  56. Bir kitobda 9 ta rasm bor. Ikkinchisida 4 marta ko’p. bu ikki kitobda nechta rasm bor?

  57. Bir kitobda 40 ta, ikkinchisida 5 marta kam rasm bor. Bu ikki kitobda nechta rasm bor?

  58. Birinchi kitobda 30 ta, ikkinchi kitobda 24 ta kam rasm bor. Ikkinchi kitobda birinchisidan necha marta kam kitob bor?

  59. Bir to’plamda 10 qog’oz bor. Shundan 7 ta to’plamda nechta qog’oz bor?

  60. 30 ta qulupnay ko’chatini har bir qatorga 10 tadan ekishdi. Bunda nechta qator hosil bo’ldi?

  61. Bidonga 5 l, bochkaga 100 marta ko’p suv sig’adi. Bochkaga necha litr suv sig’adi?

  62. Ayiqning massasi 400 kg, ayiq bolasining massasi 10 marta kam. Ayiqcha necha kg ni tashkil qiladi?

  63. Teatrda 980 ta joy bor. Kunduzgi tomosha uchun 534 ta parter, 76 ta amfiteatr va 218 ta balkonga bilet sotildi. Bu tomosha uchun yana nechta bilet qoldi?

  64. Bir ko’chada 8 ta bir qavatli, bir qavatlidan 3 marta ko’p ikki qavatli, uch qavatli uylar bir qavatli va ikki qavatli uylardan 15 ta kam. Agar shulardan boshqa uylar bo’lmasa ko’chada nechta uy bor?

  65. Onasi 15 olma sotib oldi va 3 bolasiga teng bo’lib berdi. Har biri nechtadan olma oldi?

  66. 8 bola juft bo’lib safga turishdi. Nechta juftlik hosil bo’ldi?

  67. 6 ta somsani likobchalarga teng qo’yishdi. Har bir likobchaga ikkitadan somsa qo’yilgan bo’lsa, nechta tarelka kerak bo’ladi?

  68. 15 ta tugmani 5 ta bir hil ko’ylakka tikishdi. Har bir ko’ylakka nechtadan tugma tikilgan?

  69. Akmal tog’a Toshkentga ota onasi uchun 14 kg olma, 7 kg yong’oq va 4 kg turshak yuborishga qaror qildi. Bitta posilkaga 5 kg solish mumkin. Akmal tog’aga nechta posilka kerak bo’ladi?

  70. Bir savdogar Hindistonga sayohat qildi. Bir shaharda 34 kg, ikkinchi shaharda birinchisidan 2 marta ko’p, uchinchisida dastlabki ikki shaharda olingandan 12 kg kam ziravor sotib oldi. Savdogar jami necha kg ziravor sotib oldi?

  71. Ola qarg’a 27 yil, qaldirg’och qarg’adan 3 marta kam, qarg’a qaldirg’ochdan 45 yil ko’p yashaydi. Qarg’a necha yil yashaydi?

  72. Aprelda 23 o’quv kuni bor. Ikkinchi sinflarda dars jadvali bo’yicha har kuni 5 soatdan dars bo’lsa, aprel oyida ikkinchi sinflarda necha soat dars bor?

  73. Kamol bir son o’yladi, uni 8 ga ko’paytirdi, 4 ni ayirdi, 6 ga bo’ldi, keyin yana 7 ga ko’paytirdi, 18 ni qo’shganda natijada 60 hosil bo’ldi. Kamol qanday son o’yladi?

  74. Saida ikki ukasi uchun somsa pishirdi. 8 ta qutiga 4 tadan joylashtirdi va unda 3 ta somsa qoldi. Saida jami nechta somsa pishirdi?

  75. Qayin daraxti 125, eman daraxti 8 marta ko’p yil umr ko’radi. Eman necha yil umr ko’radi?

  76. To’tiqush o’rtacha 150 yil, kerevitka 5 marta kam yashaydi. To’tiqush kerevitkadan necha yil ko’p yashaydi?

  77. Fil 50 yil yashaydi. Fil toshbaqasi fildan 250 yil ko’p yashaydi. Fil toshbaqadan necha marta kam yashaydi?

  78. Sayohatchilar saylga chiqishdi. Birinchi kuni 12 km, ikkinchi kuni birinchi kundan 4 km ko’p, uchinchi kuni dastlabki ikki kunlik yo’ldan 4 marta kam yurdi. Sayohatchilar uch kunda necha km yurishdi?

  79. Chang’ichi 132 km yurishi kerak. U 35 km dan 3 kun yurdi. U yana qancha yo’l yurishi kerak?

  80. Idishda 80 litr suv bor. Idishdan har biriga 15 litrdan 2 ta chelakka quyishdi. Qolganini 5 ta kichik chelakka teng taqsimlashdi. Kichik chelakni har biriga necha litrdan suv quyishdi?

  81. Kitob 80 sahifadan iborat. Mohir 2 kun 15 sahifadan, qolganini har kuni bir xil sahifadan 5 kun o’qidi. U oxirgi kunlari necha sahifadan o’qigan?

  82. Bitta ko’ylakka 4 m mato kerak. 12 m matodan nechta shunday ko’ylak tikish mumkin?

  83. Bitta ko’ylakka 4 m mato kerak. 16 m matodan nechta shunday ko’ylak tikish mumkin?

  84. Bitta ko’ylakka 4 m mato kerak. 20 m matodan nechta shunday ko’ylak tikish mumkin?

  85. Mushuk uch kunda 57 ta sichqon tutdi. Birinchi kuni 12 ta, ikkinchi kuni birinchi kundan 3 marta ko’p sichqon tutdi. Mushuk birinchi kuni uchinchi kundan nechta sichqon tutgan?

  86. 2022 yilda 365 kun bor. Bir maktabda 120 kun ta’til, bayram kunlari va dam olish kunlari 73 kunni tashkil qiladi. 2022 yilda o’quvchilar necha kun o’qishadi?

  87. Do’konga birinchi kuni dastlab 618 kg, keyin yana 382 kg sabzavotlar keltirildi. Kartoshka 520 kg, sabzi kartoshkadan 236 kg kam, qolgani karam. Do’konga necha kg karam keltirildi?

  88. Azizda 23 so’m 95 tiyin, Mohirda 1 so’m 40 tiyin ko’p pul bor?

  89. Saidaning 10 so’m 28 tiyin, Lolaning puli 2 so’m 19 tiyin kam. 18 so’m 35 tiyinli muzqaymoqqa ularning puli yetadimi?

  90. Uchta gitaraning 18 ta simi bor. Bitta gitarada nechta sim bor?

  91. Sayohatchi soatiga 5 km dan yurib, 20 km yo’lni bosib o’tdi. U necha soat yo’l yurgan?

  92. Uyning oldida 6 ta avtomobil bor. Yana 3 ta avtomobil keldi. Ularning g’ildiraklari nechta?

  93. Bir to’plamda 50 ta kitob bor. Huddi shunday 3 ta to’polamda 5 ta to’plamdagidan nechta kitob kam?

  94. Bitiruv kechasaiga 400 ta gul sotib olishdi. Ulardan 80 ta lola, narsis loladan 3 marta ko’p, pion narsisdan 6 marta kam, qolganlari atirgul. Har birida 5 tadan atirgul bo’lgan nechta guldasta tayyorlash mumkin?

  95. Yil oxirida fotograf o’quvchilarni rasmga oldi. Birinchi kuni u 42 ta, ikkinchi kuni birinchi kundan 16 ta ko’p, uchinchi kuni dastlabki ikki kundan 2 marta kam rasmga oldi. Uch kunda nechta o’quvchi rasmga tushgan?

Download 40,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish