Binolarni tekshirish va loyihalashga tayyorlash



Download 285,31 Kb.
bet2/2
Sana02.08.2021
Hajmi285,31 Kb.
#136545
1   2
Bog'liq
Rekonsturuksiya 1- ma'vzu

KMK 2.01.03-97

5. Binolarni qayta tiklash va kuchaytirish.

5.1. Foydalanishda bo‘lgan binolarning zizilabarloshligini ta’minlash yoki oshirishda er qimirlash yoki boshqa tabiiy ofatlar natijasida shikastlangan binolarni qayta tiklashda, qurilish maydonchasining seysmikligi yoki binoning hisobiy seysmikligi o‘zgarishi munosabati bilan uni kuchaytirishda, ob’ektni ta’mirlashda yoki uning mas’ullik darajasi o‘zgarganida mazkur qismning talablariga rioya qilish zarur.

5.2. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlashda quyidagi ikki hol uchrashi mumkin:

  • qayta tiklash (vosstanovlenie)- bu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, deformatsiyalangan konstruksiyalarning va ular orasidagi bog‘lagichlarning yuk ko‘tarish qobiliyati dastlabki miqdorga (zilzilada shikastlanishidan ilgari holatiga) qadar qayta tiklanadi;
  • kuchaytirish (usilenie) - bu shunday tadbirlarki, ularning amalga oshirilishi natijasida konstruksiyalar va ular orasidagi bog‘lagichlarning yuk ko‘tarish qobiliyati normativ hujjatlar talabi darajasiga qadar ortadi.

  • 5.3. Qayta tiklash yoki kuchaytirish haqidagi qaror binoning hizmat muddati, fizik va ma’naviy eskirishi, ekspluatatsion vazifasi va ta’mirlash-qayta tiklash ishlarini bajarishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.

5.4. Ob’ektlarning shikastlanish darajasiga balo berishda zilzilalar kuchiga baho beradigan hujjat GOST 6949-52 ning izohli qismiga hamda unga qo‘shimcha ravishda chiqarilgan normativ-uslubiy materiallarga amal qilish zarur.

5.5. Binoning yuk ko‘taruvchi va o‘zini ko‘taruvchi konstruksiyalarida siljish, egilish, beton emirilishi, QMQ da belgilanganidan ortiqcha yorilish sodir bo‘lsa, bunday konstruksiya shikastlangan hisoblanadi.

5.6. Binolarni qayta tiklash ishlari, odatda, tegishli tartibda tasdiqlangan, tipovoy texnik echimlar bo‘yicha bajariladi. Binolarni ko‘paytirish ishlari, mazkur ob’ekt uchun ishlab chiqilgan va tekshiruvdan o‘tgan, loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

5.7. Agar 2 qism bo‘yicha aniqlanadigan va bino qad ko‘targan maydonchaning seysmikligiga mos bo‘lgan seysmik yukning qiymati, binoning ekspluatitsion vazifasi o‘zgartirilgan taqdirda yoki qurilish maydonchasining seysmologik xossasi o‘zgarishi natijasida, binoning hisobiy yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortib ketsa, mavjud binoningi zilzilabardoshligi oshirilishi lozim.

5.8. Binolarning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha tuziladigan loyiha-smeta hujjatlari, ilgari ishlangan texnik echimlar, tekshiruv hisoblari hamda konstruksiya materiali haqiqiy mustahkamligini aniqlashni o‘z ichiga oladigan, texnik nazorat materiallariga asoslanmog‘i lozim.

5.9. Seysmik ta’sirlarni hisobga olgan holda bino va inshootlarni alohida jamlamalar (osobыe sochetaniya) ta’siriga tekshirish hisoblari 2-qismga muvofiq ravishda bajarilishi zarur.

Bunda ikkinchi chegaraviy holatlar (CHX-2) ko‘rib o‘tilmaydi.

5.10. Ta’mirlash qayta tiklash loyihalarini tuzishda, ob’ektning texnik holatiga qarab, quyidagi kuchaytirish usullaridan foydalanish zarur:


  • binoning mavjud konstruktiv tarxini o‘zgartirmasdan, bino elementlari va ular orasidagi bog‘lagichlarni qayta tiklash kuchaytirish;
  • binoning mavjud konstruktiv tarxiga, uning fazoviy ishini yaxshilovchi va zilzila ta’siriga ishonchliligini oshiruvchi, kichik o‘zgartirishlar kiritish: bikr konstruktiv tarxga ega bo‘lgan binolarda qo‘shimcha ravishda bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar tiklash, antiseysmik choklar o‘tkazish va h.k.;
  • binoning konstruktiv tarxi va dinamik tavsiflarini o‘zgartirish: muntazam bikrlik diafragmalari kiritish, bog‘lagichlar o‘rnatish va h.k.

5.11. Ta’mirlash - qayta tiklash ishlarini loyihalashda va uni amalga oshirishda qabul qilingan konstruktiv tarxlar, materiallar va konstruksiyalar quyidagilarni ta’minlashi zarur:

- mavjud konstruksiyalarning haqiqiy mustahkamligini hisobga olib, ularning yuk ko‘tarish qobiliyatidan to‘liq foydalanish;

- kuchaytiruvchi konstruksiya bilan kuchaytirilayotgan elementning birgalikda ishlashini to‘liq ta’minlash;

- elementlarda va ularning birikmalarida plastik deformatsiyalarning rivojlanishiga imkon berish.



5.12. Eski binolarning zilzilabardoshligini oshirishda mazkur hujjatning asosiy qoidalarini e’tiborga olish zarur. Normativ talablar darajasiga moslashtirib bo‘lmaydigan konstruktiv tadbirlar xarakteri va hajmi, maxsus asosnomalar hamda, agar zarur bo‘lsa, fazoviy hisoblash modellari, real yoki sintezlangan ekselerogramma, deformatsiyaning chiziqsiz diagrammasini qo‘llagan holda, oshirilgan seysmik kuchlar ta’siriga hisoblash natijalariga qarab belgilanishi lozim.
Download 285,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish