Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan tayorlagan



Download 352 Kb.
bet6/10
Sana13.07.2022
Hajmi352 Kb.
#787945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi vitamin buzilishi

1.2. Vitaminlarning tasnifi. 
Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 ga yaqin turlari aniqlangan. Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:

  1. B1 vitamini – tiamin, antinevrit.

  2. B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini .

  3. B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.

  4. B12 vitamini – kobalamin, antianemik.

  5. PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.

  6. vitamini – folat kislota, antianemik.

  7. B3 vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.

  8. H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.

  9. C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.


II. Yog’da eruvchan vitaminlar:

  1. A vitamini – retinol, antikseroftalmik.

  2. D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.

  3. E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.

  4. K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.

Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan vitaminlarga o’xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhi tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalar vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga xolin, lipoat kislota, B15 vitamini (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linoleat kislotalari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) kabilar kiradi.
Fiziologik ta’siri bo’yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga b’olish mumkin:

  1. Organizmning umuniy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B1, B2, PP, A, C.

  2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.

  3. Antianemik vitaminlar: B12, folat kislota, C.

  4. Antiinfektsion vitaminlar: A,C.

  5. Ko’rishni boshqaruvchi vitaminlar: A, B2, C.

Ovqat tarkibidagi riboflavin oqsil bilan bog’langan FMN va FAD tarkibida bo’ladi.Hazm qilish fermentlari ishtirokida ulardan riboflavin ajraladi va ichaklarda oddiy diffuziya yo’li bilan so’riladi, so’rilgan riboflavindan shilliq qavatda va boshqa to’qimalarda FMN va FAD sintezlanadi.
Avitaminoz B2 belgilari: o’sishdan to’xtaydi, soch to’kiladi (alopesiya), til, lab shilliq qavatlari, og’iz burchaklari, teri epiteliysida keratit, katarakta, mushakda umumiy va yurak mushagida kuchsizlik kuzatiladi.
Biologik vazifasi: FMN va FAD holatida flavinli kofermentlar tarkibiga kiradi. Bu moddalar nafas olish zanjirida elektron va protonlarni tashish, piruvat, suktsinat, α-ketoglutarat, α-glitserofosfat va yog’ kislotalar oksidlanishida ishtirok etadi. Deyarli barcha hayvon to’qimalari va o’simliklarda saqlanadi.
Biologik vazifasi: NAD va NADFga bog’liq degidrogenazalarning kofermenti tarkibiga kiradi. Piridoksalfosfat aminotransferaza va dekarboksilazalarning kofermenti hisoblanadi. Shuningdek, piridoksalfosfat ba’zi aminokislotalarning (serin, treonin, triptofan) almashinuvida qatnashadi.
Vitamin B6 o’simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan. Uning asosiy manbalari bo’lib, non, no’xat, loviya, kartoshka, go’sht, buyrak, jigar va boshqalar hisoblanadi. Ichak mikroflorasi bu vitaminni yetarli miqdorda sintezlashi mumkin. Sutkalik me’yoii 2 mg .

B 12 vitamini


Vitamin B12 (kobalamin, antianemik vitamin) 1948-yiIda jigardan kristall holda ajratilgan. 1955-yilda D. Xodjkin uning strukturasini aniqlagan.Vitamin Bl2 so’rilishi uchun ichki omil (Kastl omili) kerak. Kobalaminlar so’rilishi quyidagicha kechadi: a) Vitamin B!2 va ichki omil bilan kompleks hosil bo’lishi; b) bu kompleksni Ca ionlari ishtirokida shilliq qavatning epiteliysi membrana retseptorlari bilan birikishi; d) endotsitoz yo’li bilan uni transporti; e) qopqa venasida kompleksni gidrolizlanishi. Jigar va buyrakda vitamin B12 faol shakli hosil bo’ladi va to’qimalarga tarqaladi.
Ferment sistemalarda erkin vitamin B12 emas, balki B12 kofermentlar prostetik guruh sifatida qatnashadilar: metilkobalamin (metil-B12) va dezoksiadenozilkobalamin (DA-B12). Vitamin B12 koferment sifatida transmetillanish va izomerlanish reaktsiyalarida qatnashadi. Metil-B12 gomotsisteinmetiltransferazaning kofermeriti hisoblanadi va N5-metiI-TGFK bilan birgalikda metil guruhni gomotsisteinga ko’chirilishi hamda metionin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu jarayonda kobalamin TGFK bilan sinergist ta’sir etadi.DA-B2 metilmalonil-KoA-mutaza fermentining kofermenti hisoblanadi va metilmalonil-KoA suktsil-KoA aylantiradi. Bu jarayon Krebs halqasida propionil-KoA qoldiqlarini yonishini ta’minlaydi. Propionil kislota qoldiqlari toq uglerod atomli yog’ kislotalar oksidlanishi, xolesterinni yon zanjirlarini oksidlanishi va ba’zi aminokislotalarning (metionin, izoleytsin, treonin, valin) uglerodli radikallarini hamda timinni oksidlanishida hosil bo’ladi. Kobalamin folat kislotasi kofermentli hosilalarini hosil bo’lishi va zahiralanishini ta’minlaydi. DNK sintezi va qon hujayralari yetilishi shu yo’sinda proliferatsiyasida ishtirok etadi. Vitamin B12 yetishmaganda mikrotsitar, megaloblastik anemiya rivojlanadi.
Nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va oshqozonning shira kislotaligi keskin pasayadi. Oshqozon shirasi tarkibidagi gastromukoprotein (transkorrin, Kastl omili) bilan vitamin B12 bog’lanib, yangi murakkab kompleks hosil qiladi va ichak orqali so’riladi.Mikroorganizmlar vitamin B12 ni sintezlaydi. Asosiy manbalar -go’sht, mol jigari, buyrak, baliq, sut, tuxum. Sutkalik me’yori - 0,003 mg.
Pantoten kislota (B3 vitamini)
Bu vitamin 1933-yilda R. Uilyams va hammualliflar tomonidan ochilgan. 1940-yilda strukturasi aniqlangan va kimyoviy sintez yo’li bilan tasdiqlangan. Alanin va 2,4-dioksin-3,3-dimetil moy kislotaning kompleks birikmasi hisoblanadi.
Pantotenat kislota ingichka ichakda oddiy diffuziya yo’li bilan so’riladi va qon bilan to’qimalarga o’tadi. Hujayrada undan koferment -4-fosfopantotein, defosfo-KoA va KoA sintezlanadi. Pantotenat kislotaning ahamiyati uning kofermentlarini biokimyoviy jarayonlardagi o’rni bilan belgilanadi. 4-fosfopantotein yog’ kislotalar sintezida ishtirok etuvchi atsil tashuvchi oqsil tarkibiga kiradi. Defosfo-KoA sitratliaza almashinuvi reaktsiyalarining kofermenti hisoblanadi. Uning ishtirokida atsetat va yog’ kislotalarining faollashuvi, yog’ kislotalarining oksidlanishi, xolesterin va boshqa steroid moddalarning, keton tanachalar sintezlari yuz beradi. Bu jarayonda sitratning hosil bo’lishi va suktsinil-KoA ni subsratli fosforillanishi, suktsinil-KoA ishtirokida kechadigan sintetik reaktsiyalar, atsetilxolin, atsetilglyukozaminlar sintezi, biogen aminlar va ksenobiotiklarni zararsizlantirilishi, piruvat hamda ketoglutaratni oksidlanishi kechadi.
Avitaminoz belgilari: asosiy belgi bo’lib pellagra hisoblanadi. Bunda teri (dermatit), oshqozon-ichak yo’li (diareya) va markaziy nerv sistemasida (demensiya) o’zgarishlar ketadi.Biologik vazifasi: Vitamin PP oksidlanishli-qaytarilish reaktsiyalarida qatnashuvchi ko’pgina degidrogenazalarning NAD va NADF kofermenti tarkibiga kiradi. Jumladan, ular proton va elektronlarni tashilishida, sintetik jarayonlarda va fermentlarda allosterik regulyator funktsiyalarni bajaradi.Tabiatda tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: o’simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan bo’lib, inson uchun asosiy manbai quyidagilar hisoblanadi: guruch, non, kartoshka, go’sht, jigar, buyrak, sabzi va boshqalar. Sutkalik me’yori 18 mg.C vitamini -- (askorbin kislota) kuchli kislota bo’lib, 2- va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsiyalanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi. Askorbin kislota oshqozon-ichak yo’llarida oddiy diffuziya bilan so’riladi. Qonda erkin va oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko’p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o’pkada joylashgan. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida vodorod donori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi. Askorbin kislota quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:
1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi);
2)3,4-digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo’lishi;

3) n-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha gidroksillanishi;



  1. buyrak usti bezining po’stloq qismida gormonlar biosintezida steroidlarni gidroksillanishi;

  1. karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi;

  2. ichakdan temirni so’rilishida Fe3+ ni Fe2+ ga aylanishi;

  3. temirni transferrindan ajralishi va to’qimalarga o’tishi;

  4. folat kislotani koferment shakliga o’tishi;

  5. kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi.

Avitaminoz С beigilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida qon-tomir devorlari va tayanch to’qimalar strukturasi o’zgaradi. Glikoproteinglikanlar hosil bo’lishi buziladi, gemorragik holatlar va suyak tog’ay to’qimalarida spetsifik ozgarishlar vujudga keladi. Tana vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og’riq kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo’rt, o’tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar degeneratsiyasiga sabab bo’ladi.Biologik vazifasi: oksidlanish-qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi. Prolin va lizinning gidroksillanish reaktsiyalari, buyrak usti bezi gormonlarj, triptofan sintezida ishtirok etadi.Vitamin С asosan o’simlik tabiatiga ega bo’lgan mahsulotlarda uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik iste’mol me’yori- 75 mg .


Download 352 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish