Biosfera- hayot qobig



Download 330,65 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2021
Hajmi330,65 Kb.
#72610
  1   2   3   4
Bog'liq
BIOSFERA


BIOSFERA- HAYOT QOBIG’I 1.1. Biosfera haqida tushuncha

Ma’lumki, sayyoramizning yuzasi gazsimon (atmosfera), suyuk, (gidrosfera) va qattiq (litosfera) qobiqlardan iboratdir. Barcha jonli organizmlar o’zini o’rab turgan muhit sharoitlari bilan doimiy ravishda munosabatda bo’ladi Gidrosfera qatlami yer yuzining 70 foizini tashkil qilib, bunga turli suv havzalari: okeanlar, dengizlar, ko’llar, daryolar kiradi.Atmosfera qatlami uchta qobiqqa bo’linadi, pastki qatlam — havoda meuallaq holda bo’ladigan suv bug’larini o’z ichiga oluvchi troposfera, ustki qatlam — 100 km yuqoriga ko’tariladigan stratosfera, undan ham yuqorida esa siyrak holdagi gaz qatlami — monosfera joylashgan bo’lib, u ionlashgan atomlar yig’indisidan iboratdir. Qattiq qobiq bo’lmish litosferaning qalinligi 10—40 km qatlamdan tashkil topgan. YUqorida qayd qilingan uchta qobikdan tashqari, yer yana alohida qobiq — biosfera bilan ham o’ralgan bo’lib, u tirik organizmlar ishg’ol qilgan barcha maydonlarni o’z ichiga oladi. Biosfera haqidagi tushunchalar birinchi bor gollandiyalik olim B. Bareniuye, fransuz tabiatshunos olimi J. Byuffon (1707— 1788) asarlarida o’z ifodasini topdi.







Fransuz kimyogari J. B. Dyuma (1800—
1884), J. Busengo (1802—1887), nemis
kimyogari YU. Libix (1803—1873) va boshqa
bir qancha olimlar yer sharidagi gazlarning
almashishida o’simliklarning ahamiyatini

aniqladilar. Bundan tashqari o’simliklarning
oziqlanishida tuproq eritmalarining roli

nihoyatda katta ekanligiga e’tibor berdilar.



1- rasm. Yer geografiyasi

J. Busengo . tomonidan Janubiy Amerikaning tropik o’rmonlarida o’tkazilgan
kuzatishlar natijasida o’simliklarning hosil bo’lishida va umuman jonli
organizmlarning paydo bo’lishida havoning tarkibi va namlik muhim ahamiyatga
ega ekanligi aniqlandi. V. V. Dokuchayev o’z asarlarida tuproqning hosil
bo’lishiga faqat iqlim sharoitlari ta’sir ko’rsatib qolmasdan, shu bilan birlikda
o’simlik va hayvon jamoalari muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd
qiladi. Lekiy biosfera hamda uning yer yuzida boradigan jarayonlardagi roli
haqidagi nazariya birinchi bor yirik rus olimi — tabiatshunos Vladimir

Ivanovich Vernadekiy tomonidan asoslab berildi. U okean suvlarini va


atmosferaning kimyoviy tarkibini o’rgandi, V. I. Vernadskiy mineralogiya,

kristallografiya, geokimyo va biokimyo fanlarining asoslarini yaratdi. Jumladan biosferada kimyoviy elementlarning tarqalishida va almashishida organizmlarning qanday rol’ o’ynashini to’la tushuntirishga muvaffaq bo’ldi. Biosfera haqidagi ta’limotning vujudga kelishida fizika, kimyo, geologiya va biologiya fanlari erishgan yutuqlar katta rol’ o’ynadi.

Chunki atmosfera, gidrosfera va litosferadagi fiziq, hodisalarni o’rganish bilan fizika fani, yerdagi organik va anorganik olam tarkibini o’rganish bilan kimyo fani shug’ullanadi. Agar geologik qonuniyatlar tekshirilmaganda sayyoramizning qachon vujudga kelganini va tog’ jinslarining tarkibini ham bilmas edik. Shu o’rinda O’rta Osiyoning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniyni eslamasdan o’tib bo’lmaydi.

Beruniy mineralogiyaga bagishlangan asarida tabiatdagi geologik jarayonlarni tushuntirgan va shu bilan biosferadagi geologik qonuniyatlarni asoslashga imkon yaratgan. Jonli tabiat va organik hayot qonunlarini biologiya fani o’rganadi. Biologiya fani hujayradan tortib katta biotsenozlargacha, hamma jonli tabiat namoyandalari tarkibini tekshiradi. Jonli va jonsiz tabiat orasidagi bog’lanishlarni yanada chuqurroq o’rganish biosfera tushunchasining vujudga kelishiga sababchi bo’ldi. Hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, biosfera — bu yerning o’ziga xos qobig’i bo’lib, butun jonli organizmlarni o’z ichiga oladi. Biosfera — 50° dan +50° gacha haroratli termodinamik qobiqdan iboratdir.

Biosfera yerda tirik organizmlar vujudga kelishi bilan bir vaqtda paydo bo’lgan va ularning evolyutsion rivojlanish jarayonida shakllana borgan. Biosfera butun quruqlik yuzasini — dengiz sathidan tog’ tizmalarining cho’qqilarigacha ishrol qilib turadi. O’simlik va hayvonlarning ayrim turlarini yer yuzasining eng baland cho’qqilarida ham ko’rish mumkin. Masalan, sakkiz kilometr balandlikdagi tog’da tog’ qarg’asi uchratilgan.

Biosfera uchala mineral qobiq ichkarisiga ham kirib boradi, lekin bir xil darajada emas. Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 25—27 kilometr balandlikdadir, bu zonalarda faqat zamburuglar va bakteriyalarning sporalarni uchratish mumkin. Lekin undan yuqorida, stratosferada ozon qavatlari chegarasiga qadar ham tirik organizmlar bor bo’lishi mumkin. Bu qavatlar 20—50 kilometr balandlikda yerni qurshab turuvchi ozon ekranini hosil qiladi. Tirik organizmga halokatli ta’sir etuvchi kosmik nurlanish hamda quyoshning ul’trabinafsha nurlari ana shu ekranga urilib qaytadi. Havoga ko’tariluvchi organizmlarning eng ko’p massasi yer yuzidan taxminan 50—70 metrgacha balandlikda to’plantan.




Download 330,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish