Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar



Download 8,53 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi8,53 Kb.
#898686
Bog'liq
Biosferaning barqarorligi


Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar.
Biosferaning barqarorligi va yaxlitligini ta’minlovchi moddalarning biologik davriy aylanishi butun Yer shari jami biomassasining hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. Quyosh energiyasi va yashil o‘simliklardagi xlorofill moddasi Yerda hayot mavjudligi hamda biologik davriy aylanishning asosi hisoblanadi. Quyosh energiyasi oqimi va tirik organizmlarning hayot faoliyati elementlarning davriy aylanishini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yashil o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni, o‘simliklarning ildiz tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy elementlarning organik moddalar sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elementlar to‘planadi va qayta taqsimlanadi.
Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni o‘zlashtirib, quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulot – organik birikmalarni sintezlaydi.
Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga oziqlanadi va hazm qilish jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini ikkilamchi mahsulotga aylantiradi. Nafas olish jarayoni uchun zarur kisloroddan foydalanib, tashqi muhitga karbonat angidrid va hazm bo‘lmagan moddalarni ajratadi.
O‘simlik va hayvonlar hayoti tugagach, nobud bo‘ladi va organik qoldiqlar (detrit) hosil qiladi. Organik qoldiqlar zamburug‘lar va bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklar hosil qilgan birlamchi va hayvonlar hosil qilgan ikkilamchi mahsulotlarini mineral moddalargacha parchalaydi. Ularning bu faoliyatida biosferaga karbonat angidrid gazi ham ajraladi.
Organik moddalar esa dastlabki anorganik moddalarga – biogenlarga aylanadi. Shunday qilib, hosil bo‘lgan anorganik moddalar tuproq va suvda to‘planib, fotosintez jarayonida takroran foydalaniladi. Bu jarayon biosferada to‘xtovsiz davom etadi va biosferaning barqarorligini ta’minlaydi.
Download 8,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish