Biosferaning tuzilishi Reja: Biosfera haqida tushuncha. Tirik organizmlar biosferaning asosiy qismi



Download 46,15 Kb.
bet2/4
Sana19.05.2022
Hajmi46,15 Kb.
#604931
1   2   3   4
Bog'liq
2-амалий машғулот

Biosfera tarkibi


Tirik organizmlarning asosiy qismi ana shu qobiqlar: atmosfera, gidrosfera va litosfera tutashgan joyda to’plangan.
Biosfera – Yer geologik qobig’ining tirik organizmlar va ular faoliyati natijasida hosil bo’lgan moddalar tarqalgan qismi.
Biosfera chegaralari. Yer planetasida tirik organizmlar tarqalgan chegara Biosfera chegarasi hisoblanadi.
Atmosfera – Yerning gazsimon qobig’igi, tarkibi asosan azot (78.09), kislorod (20.95), oz miqdorda argon (0.93%), karbonat angidrid (0.03%) va boshqa gazlar aralashmasidan iborat. Atmosfera litosfera va gidrosferada sodir bo’lib turadigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta t’asir ko’rsatadi. Yerda sodir bo’lib turadigan biologik jarayonlarda atmosfera kislorodi va karbonat angridining ta’siri ayniqsa katta. Kislorod nafas olish va organik moddalarning parchalanib, qayta minerallashishi va yonish jarayonlarida ishtirok etadi va atmosferaning yuqori qatlamida ozon ekrani hosil qilib, planetamizda tirik organizmlarni kosmik nurlardan himoya qiladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez orqali organik moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Kislorod o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayonida hosil bo’ladi. Karbonat angidrid, azot va suv bug’lari ko’p miqdorda vulqonlar otilishi jarayonida atmosferaga ajralib chiqadi. Karbonat angidrid, azot va suv tirik organizmlarda sodir bo’ladigan moddalar aylanishi hamda tabiatda chirish va yonish jarayonida hosil bo’ladi.
Gidrosfera - Yerning suyuq qobig’i; - Biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan eng muhim omil hisoblanadi. Suvning asosiy qismi (95%) dunyo okeanida saqlanadi. Okeanlar yer yuzasining 70% ini tashkil etadi. Ulardagi suv zahirasi 1300 mln. kub km-ni, ko’l va daryolarda esa 0,182 mln kub km-ni tashkil etadi.
Suvda ko’p miqdorda kislorod va karbonat angidrid gazlari yerigan bo’ladi. Suvda yerigan karbonat angidrid miqdori atmosferadagiga nisbatdan 60 marta ko’p bo’ladi. Kislorod suvdagi organizmlarning nafas olishi uchun zarur. Karbonat angidrid gazi esa suv o’tlarning fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Suvda yerigan kislorod va karbonat angidrid miqdori suv haroratiga va undagi tirik organizmlar tarkibiga bog’liq. Odatda bir muncha sovuq suvlar kislorodga boy bo’ladi.
Gidrosfera litosfera rivojlanayotgan geologik davrda undan ko’p miqdorda suv bug’lari ajralib chiqishi natijasida hosil bo’lgan.
Litosfera-Yerning tog’ jinslari va tuproqdan iborat qattiq geologik qobig’i, organizmlarning asosiy qismi litosferaning sirtqi g’ovak qatlami-tuproqda hayot kechiradi. Tuproqning qalinligi bir necha metrdan oshmaydi. Tuproq tog’ jinslari emirilishi natijasida hosil bo’ladigan mineral moddalar hamda organizmlar hayot faoliyatida hosil bo’ladigan organik moddalardan iborat. Tuproqning hosil bo’lishi va unumdorligi tirik organizmlarning faoliyati bilan bevosita bog’liq.

Download 46,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish