Biotexnologiya asoslari



Download 1,37 Mb.
bet66/67
Sana28.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#587159
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
kerekli kitob dissertasiyy uchun-конвертирован

GOLOSSARIY



    1. Mikrob biotexnologiyasi - bu o’ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo’lgan mikrob hujayralari, organelalari va fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo’jaligi va medisinada foydalanishning nazariy va amalliy tomonlarini yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya, fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo’lib, uning zaminida ko’zga kurinmas mikroorganizmlar faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish yotadi.




    1. Mikroorganizmlar dan sut kislotasi, butanol va aseton olish texnologiyalarini birinchilardan bo’lib, buyuk rus olimi V.N.SHaposhnikov (1884-1968) va uning shogirdlari N.D.Ierusalimskiy (1901-1967), M.N.Bexteryova limon kislotasi olish texnologiyasini esa S.P.Kosto’cheva (1877-1931) va I.S.Butkevich (1872-1942) yaratganlar.




    1. Biotexnologiya sanoatida produsent sifatida prokariotlar – (bir hujayrali, yadrosi mukammal bo’lmagan organizmlar) – bakteriyalar, aktinomisetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar (bir va ko’p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan o’ralgan) – achitqi va miselial zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv o’tlari hamda ularni har xil usullar (seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muxandisligi) orqali olingan mutantlaridan foydalaniladi.




    1. Biotexnologiyada gen muxandisligi sohasini o’rganishdan maqsad, tirik organizmlar irsiy belgilari xaqidagi axborot joylashgan DNK molekulasining tuzilishi va roli, gen molekulyar biologiyasi; genetik muxandislikning moddiy asoslari: transformasiya, transduksiya, ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlar, plazmidlar, viruslar, bakteriofaglar, restriktazalar, rekombinant DNK olish, genlarni klonlash, hujayra muxandisligi,

hujayra va to’qimalarni sun’iy sharoitda o’stirish texnologiyasi; genetik muxandislikning o’simliklar seleksiyasida qo’llanilishi; gen muxandisligiga asoslangan biotexnologiyaning agrar sanoatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi roli; gibridomalar olish texnologiyasi va uning qishloq xo’jaligida va chorvachilikda qo’llanilishi hamda genetik muxandislikning istiqbollari haqidagi aniq bilimlarni o’rganishdan iborat.



    1. Replikasiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNKning bitta zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza fermentlari yordamida amalga oshadi.




    1. Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni o’stirish uchun mo’ljallangan ozuqa muhitlari, o’simliklarni yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha makroelementlar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va boshqalar) va mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden va boshqalar) hamda vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularni sintetik analoglarini saqlashi kerak. Ba’zi ozuqa muhitlari aminokislotalar, kazsin gidrolizoti, EDTA (etilendiamintetrasirka kislota) yoki uni natriyli tuzi (bu tuz temirni hujayra kirishiga yordam beradi) va boshqa kerakli moddalar saqlaydi.




    1. O’simliklardan ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni yaxshi o’stirish uchun, o’stirishni ma’lum shartlariga roiya qilish kera. Ko’pchilik kallus to’qimalari yorug’likga ehtiyoji yo’q, chunki ularni xloroplastlari bo’lmasdan, geterotorf oziqlanadilr. Ba’zi – bir yashil rangdagi kallus to’qimalar bundan mustasno. Ba’zi bir holatlarda kallus to’qimalar avtotrof oziqlanishiga qobiliyatli emas, bularni doimiy yorug’lik sharoitida o’stiriladi, bu esa muvoffaqiyatli morfogenez uchun majburiy sharoitdir ko’proq kallus to’qimalar qorong’ilikka olinadi.

    2. O’simliklarni «moslashgan» va shish to’qimalrini umumiy xususiyati ularni gormonga ehtiyojsizligidir, boshqacha aytganda har ikkala to’qima ham gormon saqlamagan muhitda o’sa oladilar. Bu xususiyat ularning kalluli to’qimalardan farqli tomonidir. Ma’lumki, kallusli to’qimlarni tabaqalashmaganligi va proleferasiyasi uchun ozuqa muhiti tarkibida gormon saqlashi shart.

9.1977 yilda CHilton o’zini shogirdlari bilan koronchato’y gallni shishlari agrobakteriyalarni Ti plazmidasini ma’lum qismini o’simlikni yadro DNK siga kiritish natijasida paydo bo’lishini isbotladilar.

  1. F.Skug va E.Miller, 1957 yilda auksin va sitokinin tipidagi fitogarmonlarni balansidagi farq, bir tomondan hujayrani tabaqasizlangan va tashkil bo’lmagan proiferasiyaga, ikkinchi tomondan esa, u yoki bu tipdagi morfogenezni ikkilamchi tabaqalanishini kuchayishiga olib kelishini ta’kidlab o’tgan edilar.

  2. Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi.

  3. Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning ochilish tarixi SHotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq.


  4. Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish