Bir komponentli sistemalar va ularda fazabiy muvozanat. Klauzius-klayperon tenglamasi



Download 276,95 Kb.
bet1/8
Sana01.07.2022
Hajmi276,95 Kb.
#726316
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SAMIDDINOV AVZAL




BIR KOMPONENTLI SISTEMALAR VA ULARDA FAZABIY MUVOZANAT. KLAUZIUS-KLAYPERON TENGLAMASI.


REJA:
1. Bir komponentli sistemalar va ularda fazaviy muvozanat.
2.Klauzius – Klayperon tenglamasi.
3. Fazalaviy o`zgarishlarning temperaturaga bog`likligi.
4. Suvning xolat diagrammasi.


KIRISH
Ma'lumki, birdan ortiq fazasi bo’lgan sistema - geterogen sistema deb ataladi. Xo’sh, “faza” deganda nima nazarda tutiladi? Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlari bilan ajralgan, ulardan o’z termodinamik xossalari va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladigan sistemaning bir jinsli qismiga faza deyiladi.
Suyuq va qattiq fazalar kondensirlangan fazalar deb ataladi. Birdan ortiq fazalardan tashkil topgan sistemadagi muvozanatni geterogen yoki fazaviy (fazalararo) muvozanat deb ataladi. Bu holatda sistema fazalar soni, tarkibi va termodinamik xossalari bilan harakterlanadi.
Sistemadan ajratib olinishi va alohida mavjud bo’la olishi mumkin bo’lgan sistemaning tarkibiy qismiga komponent deyiladi. Masalan KNO3 ning suvdagi eritmasi misolida komponentlar soni 2 ga teng. Chunki KNO3 molekulasi eritmada faqat kaliy va nitrat ionlari ko’rinishida bo’lgani bilan alohida K+ va alohida NO-3 ionlarini ajratib olib bo’lmaydi.
Agar muvozanat holdagi sistemada komponentlar orasida kimyoviy reaktsiya borsa, komponentlar sonini topish uchun tarkibiy qismlar sonidan kimyoviy reaktsiyalar soni ayiriladi.
Misol CaCO3, CaO, CO2 sistemasida quyidagicha reaktsiya beradi:
CaCO3 ↔ CaO + CO2
Bu sistemada uchta komponent mavjud bo’lsa ham komponentlar soni 2 ga teng.
Har qanday fazaning tarkibini - aniqlash uchun lozim bo’lgan tarkibiy qismlarning eng kichik soni erkli komponentlar soni deyiladi. Umuman, erkli komponentlar soni muvozanat sistemasini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlar sonidan shu qismlarni bog’lovchi tenglamalar sonini ayirmasiga teng. Yuqoridagi misolda 3-1=2 ga teng. Sistemaning termodinamik xossalari - temperatura, bosim, hajm, kontsentratsiya bilan harakterlanadi.
Sistemaning termodinamik xossasini aniqlash uchun zarur bo’lgan parametrlarning eng kichik soni - erkinlik darajalar soni deyiladi.
Masalan, sistema gaz holatdagi bir komponentdan iborat bo’lsin.Gazlar holat tenglamasini (PV=nRT) nazarda tutib, bu sistemaning termodinamik holatini aniqlash uchun kamida ikki parametr qiymati ma'lum bo’lishi kerak. Demak, bu misolda erkinlik darajasi 2 ga teng.
. Ma'lum bir suyuqlik o’zining bug’i bilan muvozanatda turgan bo’lsin (T=const) .
Ma'lumki, suyuqlikning bug’ bosimi faqat temperaturaga bog’liq va u o’zgarmas temperaturada o’zgarmas kattalikdir. Ya'ni ma'lum temperaturada ma'lum bosim bo’ladi. Ikki parametr ma'lum bo’lgandan so’ng uchinchi parametr (holat tenglamasi bo’yicha) ham ma'lum bo’ladi. Demak bu sistemaning erkinlik darajasi birga teng ekan.
Erkinlik darajalar sonining yana bir ta'rifi mavjud. Erkinlik darajalar soni fazalar sonini o’zgartirmasdan turib ma'lum chegarada o’zgartirilishi mumkin bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar (parametrlar) soniga teng.
Buni yuqoridagi misollarda ko’rish mumkin.

Download 276,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish