«Bir million dasturchi»: uzoq kutilgan yirik loyihaning tafsilotlari ma'lum bo‘ldi Joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida One Million Uzbek Coders «Bir million dasturchi»



Download 14,04 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi14,04 Kb.
#337216
Bog'liq
Bir million dasturchi


«Bir million dasturchi»: uzoq kutilgan yirik loyihaning tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Joriy yilning 21 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida One Million Uzbek Coders («Bir million dasturchi») loyihasi ishga tushiriladi. Marosimda ishtirok etadigan mehmonlar orasida Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda mamlakatdagi vazirlik va idoralar rahbarlari bor.

Loyiha maxsus onlayn portal orqali aholiga masofaviy ta'lim olish imkoniyatini beradi. Barcha loyiha ishga tushirilgandan so‘ng ishtirok etish uchun ariza topshirishi mumkin. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad - raqamli texnologiyalar yo‘nalishida mutaxassislar avlodini tayyorlash, dasturlash bo‘yicha ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berishdir.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan to‘rtta mutaxassislikni o‘z ichiga oladi: ma'lumotlarni tahlil qilish, Android - ishlab chiqish, FrontEnd - ishlab chiqish va FullStack - ishlab chiqish. Umumiy kurs 120 soatlik ta'lim uchun mo‘ljallangan. Har bir bosqich yakunida ishtirokchilar laboratoriya ishlarini tayyorlashadi hamda ularga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar grantlar uchun raqobatlasha olishadi va Udacity platformasidagi 100dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Buning uchun yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirish va eng yuqori ball to‘plagan 150ta talaba ro‘yxatiga kirish kerak. Nanodegree diplomlari Google, AT&T, Autodesk, Salesforce va boshqa ko‘plab IT gigantlari tomonidan tan olinadi.

Birinchi marotaba dasturchilarni masofaviy o‘qitish loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarida One Million Arab Coders nomi bilan start olgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida bir qator sohalarda, shu jumladan, axborot texnologiyalari sohasida ham hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati loyihani O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, konsepsiya adaptatsiyasi rejasini ishlab chiqdi va One Million Uzbek Coders deb nomlangan loyihani yo‘lga qo‘ydi.



Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubay Future Foundation jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Download 14,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish