Birinchi ustozim


«Albatta, Alloh taolo uning farishtalari



Download 205,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana29.05.2022
Hajmi205,42 Kb.
#614550
1   2
Bog'liq
Muxlisa

«Albatta, Alloh taolo uning farishtalari
samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari 
insonlarga yaxshilik o‘rgatuvchi kishi haqiga salovat-duo aytib turadilar”, 
deb 
marhamat qilganlar. 
Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O‘tgan 
ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning 
qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala 
qilganlar.
Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat 
qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni 


uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. 
Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga 
qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan 
nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha 
kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman». 
Ustozlar haqida gap borganda hazrat Alisher Navoiyning bu baytlaridan 
oshirib bir so‘z 
aytmoq mushkuldir: 
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
Shunday ekan o‘quvchi yoshlar, talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab, doimo 
ularga hurmat-
ehtirom ko‘rsatishimiz lozim. Talabalik odoblariga rioya qilgan shogird 
haqiqiy ma’noda ustozlarini hurmat qilgan bo‘ladi va olayotgan ilmu hunari samarali 
bo‘lib, 
vujudiga 
singadi 
va 
kelajakda 
manfaatli 
bo‘ladi.
Hayotning go'zalligi, farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi 
muallim mehnati bilandir. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "har 
bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi 
tarbiyasiga bog'liqdir", deb yozgan edi. "Ustoz otangdek ulug", degan hikmatda 
olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko'klarga ko'tarib 
maqtaymiz. Ammo otaday ulug' deb nisbat beriluvchi inson bor, bu 

ustozdir! 
Haqiqatan, ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib-o'sishing, kamolatga 
erishishing, ilm-ma'rifat cho'qqilarini zabt etishinga ko'maklashadi. O'z umrini, 
qalb qo'rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sening yo'lingga sarf etadi. 
Yutug'ingni ko'rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g'am-anduh
Bir sharif tingladim yop-
yorug‘ kunda, 
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos. 
Biron bir dunyoviy da’vo yo‘q menda, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz. 
Menga ta’sir qildi jami so‘zingiz, 
Demak jami 
so‘zga sobit o‘zingiz. 
ko‘rmagan bo‘lsamda bir bor yuzingiz, 
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz. 
Hayratda qotdim men zulmat surindi, 
Zimiston kechada bir nur ko‘rindi. 
Menga xitob bo‘ldi: Do‘stim yur, endi, 


Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 
Amal maydonida g‘arib emassiz, 
Sho‘rlik ahvolimni aslo sevmassiz. 
Ehtimol siz meni shogird demassiz, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 
Zayd ibn Sobitdek endi qalb to‘htar, 
Mo‘minning nigohi kofirga o‘qdir. 
O‘rtada boshqa bir robita yo‘qdir, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 
Odamlar bir-birin mansab deb quchsa, 
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa, 
Jamiki muhabbat izidan ko‘chsa, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 
Yovlaringizga goh yig‘lab kularman, 
Alarning oxirin taxmin qilarman, 
Yusuf payg‘ambarning sabrin tilarman, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 
Duoda qo‘limiz, Xudoyim tengsiz, 
Jannat deb atasin maskanlaringiz, 
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz, 
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz. 
Yulinib olingach haq oramizdan, 
duodan boshqa yordam yo‘q bizdan, 
Asli o‘rganganman shuni ham sizdan, 
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz. 



Download 205,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish