Biz korrupsiyaga qarshimiz! Korrupsiya nima, uni jamiyatimiz va hayot faoliyatimizdagi ta’siri qanday, kelajak rejalarimizga to’siq bo’ladimi, uni oldini olish mumkinmi?



Download 20,41 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi20,41 Kb.
#711177
Bog'liq
63-18 M guruh qizlari maqolasi


BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
Korrupsiya nima, uni jamiyatimiz va hayot faoliyatimizdagi ta’siri qanday, kelajak rejalarimizga to’siq bo’ladimi, uni oldini olish mumkinmi?
Xalqimizda “Erroziya – temirning yemirilishi bo’lsa, Korrupsiya – jamiyatni yemiradi” degan gap bor. Avvalo korrupsiyaga ta’rif beradigan bo’lsak, korrupsiya bu shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof tarzda taqdim etishdir. Bundan ko’rinadiki korrupsiya ham qonunga xilof, ham o’z manfaatlarini ustun qilib o’zgalarni kamsitishdek jirkanch illatdir. Farovon hayotimizni buzg’unchi g’oyalarga to’ldiradigan bu holat haqiqatdan ham, jamiyatimizga chuqur xavf tug’diradi. Korrupsiyani yurtimizda avj olishiga insonlarning huquqiy savodxonliklarining past darajadaligi, yoshlarga bu to’g’risida yetarlicha tushuncha berilmaganligi, atrofimizda bu holatlarni ko’p sodir bo’lishiga befarqlik, aholining turmush darajalarining pastligi kabi bir qator omillar sabab bo’lmoqda desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Korrupsiya jamiyatimizning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi, davlatning Konstitutsiyaviy asoslari hamda jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi, demokratik institutlar va qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. Korrupsiya uyushgan jinoyatchilikni, terrorizmni va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa tahdidlarning o’sishiga yordam beradi. Bejiz emaski, muhtaram yurtboshimiz ushbu muammoga doimo katta ahamiyat berib kelmoqdalar va mamlakatimiz hayotiga tahlika solayotgan turli xavf-xatarlar haqida gap yuritib birinchi galda amaldorlar orasidagi korrupsiya, poraxo’rlik, tamagirlik kabi jinoyatni ichidan yemiradigan, yaramas illatlarni yo’q qilishga alohida e’tibor berish zarurligini bir necha bor ta’kidlab o’tganlar. Shu yo’nalishda Prezidentimiz tomonidan 2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida” gi qonuni imzolandi. Qonundan ko’zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “Korrupsiya”, “Korrupsion huquqbuzarlik” va “Manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining o’zaro hamkorligi korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlik muqarrarligi bo’yicha choralar ustuvorligi keltirib o’tilgan.
Aytish joizki, hozirgi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan eng birlamchi masalalardan biri ham bu korrupsiya muammosidir. Shu bois

unga qarshi kurash xalqaro miqyosga ko’tarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Binobarin, ushbu illat nafaqat islohotlar yo’liga jiddiy to’siq bo’lishi, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma’lum.


Shu sohada olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasi o’laroq, Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Transparency International dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya darajasini aks ettiruvchi reytingini e’lon qildi. Qayd etilishicha, reytingda umuman ballga ega bo’lmagan mamlakat korrupsiya domiga to’liq sho’ng’iganini, 100 ballga ega mamlakatda korrupsiyaning deyarli yo’qligini anglatadi. Ammo, bu yilgi reytingda ham hech bir davlat yuqori ballni to’play olmagan.
2018-yilgi reytingning o’rtacha ko’rsatkichi 43 ballni tashkil etgan, ro’yhatdagi 180 mamlakatning 2/3 qismidan ko’prog’ining to’plagan balli 50 dan pastligi ta’kidlanadi. Bu esa, ushbu mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiya darajasi yuqori ekanidan dalolatdir, deya qayd etishgan reyting tuzuvchilari.
Reytingda 88 ball bilan Daniya yana yetakchilikni qo’lga kiritdi, o’tgan yili u Yangi Zelandiyaga ( 87 ) o’rnini bo’shatib bergan edi. Top-10 reytingdan Finlandiya, Singapur, Shvetsiya va Shvetsariya ( 85 balldan ), Norvegiya ( 84), Niderlandiya ( 82 ), Kanada va Lyuksemburg ( 81 dan ) ham joy oldi. Eng yomom ko’rsatkichni Somali ( 10 ), Suriya, Janubiy Sudan ( 13 balldan ), Yaman va Shimoliy Koreya ( 14 dan ) egalladi.
O’zbekiston 100 ballik indeks bo’yicha o’tgan yilga nisbatan bir ball ko’proq natija qayd etdi- 23 ball. Biroq mamlakat reytingi bir bandga pastlab, 180 davlat va hududlar orasida 158-o’rinni egalladi.
Dunyodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatori O’zbekiston ham o’zining bu xususdagi mavqeyini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Buning yorqin dalili mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga oliy o’quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo’rlikni oldini olishga ham astoydil kirishilgan. Ammo...
Poraxo’rlikka qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, “O’qishga kiritib qo’yaman, testni hal qilib beraman”- degan va shu orqali mo’may pul ishlab olish ilinjidagi firibgarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Afsuski, “Farzandim diplom olsa bo’ldi, u yog’i bir gap bo’lar” qabilida ish tutadigan farzandining qobiliyati, bilimi va salohiyati yetarlimi yoki yo’q bunga ikkinchi darajali masala sifatida qaraydigan ota-onalar ham yo’q emas. Ochig’i ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi korrupsiyaning eng og’riqli nuqtasi bo’lib keldi. Yuqoridagi reyting natijasidan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizning yetakchi davlatlar orasidagi o’rnini qoniqarli darajada deb ayta olmaymiz.
Demak, bu degani yana ham korrupsiyaga qarshi kurashni rivojlantirish kerak deganidir. Buning uchun nima qilish zarur?
Avvalambor, inson faoliyati aralashadigan sohalarni kamaytirishimiz, eskilik sarqiti bo’lgan qog’ozbozlik ya’ni byurokratiyadan mutlaqo voz kechishimiz darkor. Bu borada biz misol tariqasida “Yo’l patrul xizmati” hodimlari faoliyatlari o’rniga kamera tizimini tashkil etilganligini yaqqol ko’rsatishimiz mumkin. Keyingi navbatda poraxo’rlik eng ko’p tarqalgan OTM lardagi baholash tizimini elektron tizimga o’tkazishimiz kerak. Kelajak yosh avlodga yoshligidan bu jirkanch illat haqida uqtirishimiz, korrupsiyaga qarshi kurashni o’rgatishimiz, odamlarning huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirishimiz kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, korrupsiyadan voz kechmas ekanmiz
, jamiyat tanazzulga yuz tutib boraveradi. Bu borada biz yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, kelajak avlod bunday yovuz illatlarsiz yashashiga zamin yaratishimiz kerak.
Download 20,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish