Biz «Tizim platasi» deb nomlayotgan qurilmamiz o‘sha siz bilgan «ona plata» yoki «materinskaya plata» dir. Qurilmaga nisbatan «ona» iborasini ishlatish biroz noqulay bo‘lgani uchun biz uni «tizim platasi» deb nomladik



Download 73,8 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi73,8 Kb.
#279868
Bog'liq
ONA plata


ONA plata

Biz «Tizim platasi» deb nomlayotgan qurilmamiz o‘sha siz bilgan «ona plata» yoki «materinskaya plata» dir. Qurilmaga nisbatan «ona» iborasini ishlatish biroz noqulay bo‘lgani uchun biz uni «tizim platasi» deb nomladik. Inglizchada bu qurilma «Motherboard» yoki «Mainboard» deb ataladi. Tizim bloki ochib ko‘rilsa, uning yon devoriga vertikal ravishda mahkamlab qo‘yilgan kattaroq elektron sxemaga ko‘zingiz tushadi. Mana shu «tizim platasi» hisoblanadi. Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o‘tamiz. 1) Ozuqa bloki («blok pitaniya»). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter qurilmalariga ulab bo‘lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Ozuqa bloki aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig‘dirayotganimizda quvvati kattaroq bo‘lgan ozuqa bloki olish kerak bo‘ladi. 2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Jurnalimizda bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tgan edik, shunday bo‘lsa ham yana bir marta aytib o‘tamiz. Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi. Videokarta haqidagi maqolamizda aytib o‘tganimizdek, u kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 6) Modem. Agar kompyuterdan Internetga mavjud telefon tarmog‘i yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo‘lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o‘rtasidagi bo‘glanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi. 7) DVD (CD) ROM. DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo‘yish lozim. U lazer nuri yordamida diskka «o‘yib» yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga «o‘qib, tushuntirib beradi». 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalar tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi. Endi, ba’zi qurilmalar borki, ularsiz ham ish bitmaydi. Masalan, klaviatura – uning yordamida ma’lumot va buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha – u monitordagi belgilarni oson «tanlash» uchun yordam beradi. Monitor (displey, ekran) – uni eng asosiy qurilmalardan desak ham bo‘ladi. Axir kompyuterda bajarilayotgan ishlarni qayerdandir bilib turishimiz kerak-ku, shundaymi? Yoki o‘yin o‘ynaymiz, kino ko‘ramiz, matn teramiz. Monitor bo‘lmasa, bu ishlarni deyarli bajarib bo‘lmaydi (aslida, monitorsiz ham kompyuterda ishlash mumkin, faqat professional bo‘lish lozim ?). Demak, kompyuterning yaxshi va samarali faoliyati bir nechta qurilmalarning birgalikdagi ishlashidan hosil bo‘lar ekan. Xo‘sh, bu qurilmalar bir-biriga qanday ulanadi? Tasavvur qiling, sanab o‘tgan o‘nta qurilmamiz bir-biriga simlar yordamida, chuvalashtirib ulab qo‘yilgan bo‘lsa, bu juda qo‘pol ko‘ringan bo‘lardi. Informatika ustozingizdan so‘rab ko‘ring, avvalgi kompyuterlar qanday bo‘lgan ekan? Haqiqatan ham ilk kompyuterlar juda ham beso‘naqay (naq bitta xonadek keladigan) bo‘lgan. U qurilmalar bir-biri bilan tashqaridan ko‘rinib turadigan simlar va kabellar bilan ulab qo‘yilgan. Bugungi zamonaviy kompyuterlarda qurilmalar aynan tizim platasi orqali bir-biriga ulanadi. Yaxshilab nazar solinsa, ko‘rish mumkinki, plataning usti va tag tarafida son-sanoqsiz elektr «yo‘llar» chizilgan. Aynan mana shu chizilgan yo‘llar qurilmalarni bir-biri bilan bog‘lab beradi. Biz chiziq, yo‘l deb atayotganimiz aslida sim, kabel hisoblanadi. Faqat ular elektr sxema ko‘rinishida ixcham qilib plastmassa taglikka mis yoki kumush eritmasidan chizilgan bo‘ladi. Har bir qurilmaning o‘zi ulanadigan joyi bo‘ladi. Doimiy xotira (HDD) ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasining chekkasidagi portga ulanadi. CD yoki DVD disklarni o‘quvchi qurilmalar ham xuddi doimiy xotira singari ATA yoki SATA kabellar orqali tizim platasiga ulanadi. Tezkor xotira (DDR) «slot» deb ataladigan joyga kirgizib, qisib qo‘yiladi. Ba’zi tizim platalarida 2 ta, ba’zilarida 4 tagacha tezkor xotira qurilmasini joylashtirish mumkin bo‘lgan slotlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Protsessor (CPU) uchun alohida to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi, mayda teshikchalari bo‘lgan maxsus joy bor. Xarid qilingan protsessor o‘sha joyga o‘rnashtirilib, mahkamlab qo‘yiladi. BIOS ham tizim platasiga payvandlangan bo‘ladi. Agar modem yoki TV-karta kabi tashqi yordamchi qurilmalardan foydalanmoqchi bo‘lsak, ular uchun ham 3-4 ta maxsus slot (joy) o‘rnatilgan. Faqat bu slot DDR nikidan farq qiladi. Agar tashqi videokarta o‘rnatmoqchi bo‘lsak, xuddi DDR da bo‘lgani kabi, uning uchun ham maxsus slot bor. Shuningdek, tizim platasida klaviatura, sichqoncha, audio qurilmalar, USB-qurilmalarni ulash uchun port (ulanish joylari) o‘rnatilgan. Tizim platasi haqidagi umumiy xulosa shundayki, u barcha qurilmalarni bir-biriga ixcham va qulay tarzda ulab beradi. U misoli uyning poydevoriga o‘xshaydi. G‘isht yoki bloklar, plitalar shundayligicha yerning ustiga terib ketaverilmaydi-ku. Xuddi shu singari, tizim platasiga kerakli qurilmalar o‘rnatilib, kompyuter hosil qilinadi. Shuning uchun ham uni «asos (bosh)» plata deb ham ataydilar.


Download 73,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish