Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish Reja



Download 87,51 Kb.
bet1/4
Sana19.11.2022
Hajmi87,51 Kb.
#869010
  1   2   3   4
Bog'liq
Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish


Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish
Reja

  1. Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish maqsad vazifalari

  2. Biznes sub’ektlari faoliyati samaradorligi oshirish iqtisodiy mohitayi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag’larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo’lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. CHunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to’lovlari ham zimdan oshib boradi. SHuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo’lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakat uchun xos bo’lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag’ sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashish ilmiy-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo’lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo’lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro’ga ega bo’lmasa va mablag’ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag’ning o’zini qoplash muddatiga qarab ish ko’riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag’ bilan ta’minlanish va uni o’zlashtirish tartibini ko’rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o’zlashtirish uchun 120 ming so’mlik xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so’m daromad olishni ko’zda tutmoqda. SHu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalash-tirilgan. Xo’sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Boshlang’ich
Xarajatlarni investitsiyalar = 120000 = 3,4yil (1)
= qoplash muddati
Har yilgi pul daromadlari 35000
Mazkur hisob-kitobdan ko’rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya ajratishning ushbu varianti qulaydir.
Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo’ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo’lib, keyinchalik o’sib borishi mumkin (agar loyiha biror bir aniq maqsadni ko’zlagan bo’lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot haridorgir bo’lsa). Bunday holatda xarajat-larni qoplash muddati ancha boshqacha bo’ladi.
Faraz kilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo’lib, yillar bo’yicha ko’zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo’lsin:
birinchi yilda – 25 ming so’m; ikkinchi yilda – 35 ming so’m; uchinchi yilda – 48 ming so’m; to’rtinchi yilda – 54 ming so’m.
Bulardan ko’rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so’mni tashkil etadi. Demak, investitsiyaning to’liq qoplanishi uchun to’rtinchi yili davomida atigi 12 ming so’m talab etiladi. Bu summani to’rtinchi yilda ko’zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so’m) ga teng bo’lib, shu yil uchun xarajatlarni qoplanish muddatiga – 0,22 yilga ega bo’lamiz. SHunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli soddaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo’l qo’yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiyaning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. SHu boisdan, bunday hisobkitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la oladi. CHunki, ular, ko’pincha, kutilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o’ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o’zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to’liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko’rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. SHu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo’lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so’mning bugungi va kechagi qiymati o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Pullarning yoki sarflangan mablag’larning bugungi va kechagi qiymatlari o’rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsientlariga ko’paytiriladi. Diskont koeffitsientlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Download 87,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish