Bizning yagona uyimiz



Download 15,02 Kb.
Sana25.04.2022
Hajmi15,02 Kb.
#581151
Bog'liq
ona yer


ONA YER”– BIZNING YAGONA UYIMIZ”
Deyarli hamma xalqlar zaminni “Ona Yer” deb ataydi. Hatto qadimgi rimliklar ham sayyoramizni aynan shu ma’nod Tellus Mater deb aytgan. Bu esa, shubhasiz, insoniyat va ona zamin bir-biri bilan uzviy bog‘liq, odamzot va Yer ajralmasligining ifodasi deyish mumkin. Hatto muqaddas dinimizda ham odam tuproqdan yaralgani ta’kidlanadi va u oxir-oqibatda yana tuproqqa qaytadi.
Avvallari “Yer kuni” ko‘plab mamlakatlarda bahorgi tengkunlik sanasida (21-mart) nishonlanar edi. 1970-yildan e’tiboran esa ushbu sana 22-aprelda nishonlanadigan bo‘ldi. O‘shanda AQSh parlamenti senatori Geylord Nelson boshchiligida garvardlik bir necha faol talaba yoshlar ishtirokida dastlabki “Yer kuni” aksiyasi o‘tkazilgan edi. 1971-yildan e’tiboran esa ushbu senator tashabbusi bilan AQShda mazkur sana bayram sifatida har yili nishonlanadigan bo‘ldi va u mamlakat aholisi orasida tez ommalashdi. Keyinchalik sana boshqa mamlakatlarda ham norasmiy bo‘lsa-da, bayram sifatida e’tirof etila boshlandi.
BMTning 2009-yil 22-aprelda qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan 22-aprel sanasi dunyoda “Ona Yer kuni” sifatida xalqaro bayram kuni deb e’tirof etildi. BMT nazdida ushbu bayram sanasi ona sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzot va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishni maqsad qilgan.
Ayniqsa, butun sivilizatsiya uchun taalluqli xatarlarni yuzaga chiqayotgan hozirgi bir necha global muammolar sharoitida, xususan, iqlim o‘zgarishlari, pandemiya, o‘rmonlarning qisqarishi va cho‘llanish jarayonining tezlashuvi, muzliklarning erishi, noyob jonivorlarning qirilib ketayotgani va brakonyerlik avj olayotgani singari ko‘ndalang turgan masalalar qarshisida odamlarning ona sayyorani himoya qilish yo‘lida birdamligi g‘oyat muhimdir. Alaloqibat, bu insoniyatning o‘zini-o‘zi himoya qilishi bo‘lib chiqadi, chunki bizning ona zamindan boshqa boradigan joyimiz, o‘zga boshpanamiz yo‘q! Yer – bizning yagona uyimiz va biz undagi muammolardan qochib-qutilib boshqa hech qayoqqa yetib bora olmaymiz. Shunday ekan, har bir shaxs, shu sayyorada yashovchi har bir odam zamin uchun nimadir qilishga harakat qilishi lozim. Tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan narsalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.
Download 15,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish