bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari 3


-bob. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish



Download 33,84 Kb.
bet5/6
Sana20.12.2022
Hajmi33,84 Kb.
#891882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundareja

4-bob. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish
13. Inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Inspeksiya boshlig‘i tibbiy xizmat, transport va moddiy ta’minoti bo‘yicha moliya vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
14. Inspeksiya xodimlari, hududiy boshqarmalarning boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va xodimlari Inspeksiya boshligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Inspeksiyaning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari belgilangan tartibda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Inspeksiya boshlig‘i:
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
hududiy boshqarmalar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniningtalablariga qat’iy rioya etadi;
Inspeksiya faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunigamuvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlaydi, tahlil qiladi, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etadi;
hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarni mehnat munosabatlariga oid (ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish bundan mustasno) buyruqlar, shu jumladan, xizmat safarlariga yuborish to‘g‘risida buyruqlar chiqaradi;
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan nazorat obyekti uchun ko‘rsatmalarni imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Inspeksiyaga xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish yuzasidan takliflar kiritadi;
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlari moliyaviy nazorat sohasida qayta tayyorlanishini va malakasi oshirilishini tashkil etadi;
Inspeksiyaga va uning hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalarni bajarishda boshqa vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi;
Inspeksiya xodimlari hamda Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlari va o‘rinbosarlari, xodimlarining funksional vazifalarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Inspeksiya hududiy boshqarmalari boshliqlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha moliya vaziriga taqdimnoma kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq Inspeksiya xodimlari hamda Inspeksiya hududiy boshqarmalari xodimlarini rag‘batlantiradi va ularga intizomiy jazolar qo‘llaydi.
Inspeksiya boshlig‘i unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Inspeksiya boshligining birinchi o‘rinbosari:
Inspeksiya boshlig‘i vaqtincha bo‘lmaganda, uning vazifalarini bajaradi;
o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ish rejalari ishlab chiqilishini va tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatida ijro intizomiga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Moliya vazirligining o‘z faoliyatiga taalluqli topshiriqlari, Inspeksiya buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha Inspeksiya boshlig‘iga takliflar kiritadi;
Inspeksiya faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan lavozim majburiyatlarini bajarish chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.
Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari:
o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ish rejalari ishlab chiqilishini va tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatida ijro intizomiga rioya qilinishini ta’minlaydi, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Moliya vazirligining o‘z faoliyatiga taalluqli topshiriqlari, Inspeksiya buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qiladi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha Inspeksiya boshlig‘iga takliflar kiritadi;
Inspeksiya faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan lavozim majburiyatlarini bajarish chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini ko‘radi.
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.
16. Hududiy boshqarmalar boshliqlari o‘zining vakolati doirasida:
xatlar, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan nazorat obyekti uchun ko‘rsatmalarni;
reja asosida o‘tkaziladigan moliyaviy nazoratni o‘tkazish huquqini beruvchi buyruqlarni;
Inspeksiyaning ruxsati bilan rejadan tashqari moliyaviy nazorat tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlarni;
tegishli hudud doirasida xodimlarni xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruqlarni imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq Inspeksiya boshlig‘iga hududiy boshqarmalarning xodimlarini rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazolar qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi.
Hududiy boshqarmalar boshliqlari ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
17. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari moliyaviy nazorat faoliyatini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri va Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan yillik nazorat rejasi asosida amalga oshiradi.
18. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda rejadan tashqari moliyaviy nazoratni amalga oshirishi mumkin.
19. Moliyaviy nazorat tadbiri o‘tkazish bilan band bo‘lgan Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarini bir vaqtning o‘zida boshqa moliyaviy nazorat tadbiri o‘tkazilishiga jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.
Mansabdor shaxslar bir nazorat obyektida ketma-ket taftish o‘tkazish uchun tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inspeksiyaning va uning hududiy boshqarmalarining Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavflarni baholash bo‘limi hamda Axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish shu’basi mutaxassislarini nazorat obyektlarida moliyaviy nazorat tadbirlari o‘tkazish uchun jalb etish taqiqlanadi.
Bir moliyaviy nazorat obyektida moliyaviy nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan moliyaviy qonunchilik buzilishi holatlari bo‘yicha mazkur moliyaviy nazorat obyektida avvalgi moliyaviy nazorat tadbirlari davriga mos keladigan qonunchilik buzilishi holatlariga dastlabki moliyaviy nazorat tadbirlarini o‘tkazgan mansabdor shaxs javobgar hisoblanadi.
Inspeksiyaning va uning hududiy boshqarmalarining moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan xodimlari nazorat obyektlarida tuzilgan ro‘yxat asosida olib qo‘yilgan hujjatlar saqlanishini ta’minlash hamda zarurat bo‘lganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash (tamg‘alash) uchun maxsus muhrga ega bo‘ladi.
20. Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlari (moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilmagan xodimlar bundan mustasno) attestatsiyasi har uch yilda o‘tkaziladi.


Download 33,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish