Bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 0,82 Mb.
bet2/8
Sana24.02.2022
Hajmi0,82 Mb.
#196466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi-конвертирован (1)

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ilmiy adabiyotlarning tarixshunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-30 yillari davri tarixshunosligi shu kunga qadar maxsus
o`rganish obyekti sifatida alohida tadqiq etilmagan. Xiva xonligi tarixi va tarixshunosligiga XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning 20-30 yillariga oid mahalliy tarixchilardan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy “Zubdat ut- tavorix” “Shohid ul-iqbol”5 va Muhammad Yusuf Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”6, Sayyid Homid To‘ra Kamyob “Tavorix ul- xavonin”7 nomli birlamchi manbalarda muarrixlarning o`zi tarix jarayonida yuz bergan voqeotlarni ko`rib, eshitib yozganligi bilan qimmatlidir.
Sovet davrida bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlar P.P. Ivanov va M.Y. Yo‘ldoshevga tegishli bo‘lib, tadqiqotchilar Xiva xonlari arxivi hujjatlaridagi ma'lumotlarni o‘rganganlar va nashr etganlar8. Ushbu tadqiqotlarning so‘z boshisida tarixshunoslik tahlili berilgan. Bundan tashqari, asarga hujjatlar, ularga berilgan izohlar va ko‘rsatkichlar ham kiritilgan.
B.V.Lunin tomonidan esa, rus sharqshunosligida O‘rta Osiyo xonliklarining o‘rganilishi, rossiyalik tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar natijalari va tahliliy fikrlari taqdim etilgan9.
XX asrning 70-yillariga kelib, Xiva xonligining XIX asr ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid masalalar umumlashma tadqiqotlarda, ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Xususan, “Qadimgi Xorazm” deb nomlangan monografiyaning kirish qismida mavzu tarixshunosligining umumiy sharhi, shu jumladan, Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining o‘rganilish darajasi


5Огаҳий Муҳаммад Ризо. Зубдат ут-таворих (Тарихлар сараси) // Нашрга тайёрловчи Н. Жабборов. – Т.: O’zbekiston, 2009. – 240 б.;Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // Нашрга тайёрловчи Н. Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – 336 б
6Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий // Мерос тўплами. – Т.: Камалак, 1991. – Б. 256.;Юлдашев М.Ю. Ценный источникпо истории Хорезма (О рукописи Баяни «История Хорезма») // Известия АН УзССР. Серия Общественные науки. – Т, 1958. – № 6. – С. 71-72.
7Кaмёб Сайид Ҳомид Тўра. Таворих ул-хавонин. – Т.: Академия, 2002. – Б. 7.
8Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов систорическим введением // Новые источники для истории народов Средней Азии. – Л.: Изд-ие Государственной Публичной Библиотеки, 1940. – С. 8-31; Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат
ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. Т. II. – Б. 5-29.
9Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Т.: Наука, 1965. – С. 5-25;
Ўша муаллиф. История Узбекистана в источниках. Узбекистан в сообщениях путешественников и учёных (20 – 80-е годы XIX в.). – Т.: Фан, 1990. – С. 3-4; Ўша муаллиф. Известия путешественников, географов и учёных (XVI – первой половины XIX в.). – Т.: Фан, 1998. – С. 3-11.
yoritilgan10.
Shunga ko‘ra, sovet tarixshunosligida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish imasalasi XX asrning 20-30 yillarida “mutlaq jaholatdir”, 30
– 40 yillarda “qisman jaholatdir”, 50-yillarning boshlarida “Rossiyaga qo‘shib olinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, deb talqin qilingan11. Ushbu muammo bilan shug‘ullangan olimlar “bosib olish” atamasini rad etgan holda, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” atamasini qo‘llay boshlaganlar12.
60–80- yillarning birinchi yarmiga kelib,tadqiqotlarning muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalarini o‘rganish kabi vazifalarni qo‘ygan va ular bir qator tadqiqotlarda hal qilingan bo‘lsa13, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipining tiklana borishi bilan, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimi mohiyatini aniqlash kabi masalalarni o‘rganishga e'tibor kuchaygan14.
Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi.Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul- iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga asosiy e'tiborini qaratgan15. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xorijiy
10История Хорезма. С древнейших времен до наших дней. – Т.: Фан, 1976. – С. 5-28.
11Блиев М.М. О некоторых проблемах присоединения народов Кавказа к России // История СССР.
– № 6. – М, 1991. – С. 67-84.
12Ниғматов Т.Н. XIX асрнинг 20 – 50 йилларида Хива хонлиги билан Россия ўртасидаги
муносабатларга оид босилиб чиққан асосий манбаларга характеристика.: Тарих фан. номз. дисс.

  • Т, 1955. – Б. 47-174; Халфин Н.А. Присоединение Средней Азии к России (60 – 90 годы XIX в.). – М.: Наука, 1965. – С. 3-51; Садыков А.С. Экономические связи Хивы с Россией. – Т.: Наука, 1965. – С. 5-14.

13Гордиенко А.А. Создание народно-советского государства и права и их революционно-преобразующая роль в Хорезме и Бухаре. – Т.: САГУ, 1959. – С. 3-7; Аминов А.М.Экономическое развитие Средней Азии (колониальный период). – Т.: Уздавнашр, 1959. – С.5-20; Ғуломов Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш
тарихи (қадим замонлардан ҳозиргача). – Т.:ЎзССР ФА, 1959. – Б. 7-18; Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце XIX – начале XX века. – М.:Наука, 1969. – Б. 3-6; Садыков А.С. Россия и Хива в конце XIX –
начале XX века. – Т.:Наука, 1972. – Б. 3-8.
14Абдурахимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака тизими. – Т.: Академия,2002. – Б. 20- 21.
15Munis Sh. M.M. Firdaws al-iqbal: History of Khorezm / Edited by Yury Bregel / E.J. Brill. – Leiden-New York-Kobenhain-Koln, 1988. – 1280 p. (60 betlik kirish qismi bor).
tadqiqotchilarning ham undan foydalanishiga imkon yaratdi.Jumladan, ingliz tarixshunosligida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni ko‘paydi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort16, Uiler17, Allworth18, Rambaud19, Qrauset20 va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan.
Mustaqillikdan keyin nashr qilingan bir qator to‘plamlardan Xiva xonligi tarixshunosligiga oid maqolalar o‘rin olgan. Jumladan, “O‘zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari” to‘plamida O.G. Pugovkina, U.A. Abdurasulov, M.U. Qayumovlar tomonidan Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixining tarixshunoslikdagi talqini, Rossiya tarixshunosligida Xivaga yurishning yoritilish masalalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan21.
E.E. Karimovning Xiva qozilik hujjatlari va xon yorliqlari tavsifini o‘zida mujassamlashtirgan asariga doir muhim ma'lumotlar mavjud22. Jumladan, Q. Munirov asarida Xiva xonligining XVII – XX asr boshidagi tarixi,Ogahiy, Kamyob, Bayoniyning tarixiy asarlari mazmuni tahlil qilingan va bu asarlarning O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan.G‘.A. Ahmadjonovning tadqiqotlari mazmuni Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati tarixi va tarixshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu tadqiqotlar o‘rganilayotgan muammoni tahlil etishda nazariy asos bo‘la oladi23.


16Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.80.
17 Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45.
18 Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford. 1990.-P.15
19 Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambridge 1988.
–P. 45-49.
20Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.60-687..
21 Пуговкина О.Г. Освещение Хивинского похода в российской историографии Средней Азии (70-е годы XIX – начало XX века) // Ўзбекистонда тарих фани: ютуқлар ва ривожланиш муаммолари. – Т, 2006. I қисм. – Б. 24-29; Абдурасулов У.А. Аграрные отношения в Хивинском ханстве в историографии 30 – 80- х г. XX века // Ўша асарда. – Б. 30-35; Қаюмов М. XIX аср охири – XX аср бошидаги Хива хонлиги
тарихи масалалари // Ўша асарда. – Б. 35-39.
22 Каримов Э.Э. Регесты казийских документов и ханских ярлыков Хивинских ханов XVII – начала XX в.
– Т.: Фан, 2007. – 224 с.
23 Ахмеджанов Г.А. Советская историография присоединения Средней Азии к России. – Ташкент, 1989. – 156 с.; Ўша муаллиф. Российская империя в Центральной Азии (история и историография олониальной политики царизма в Туркестане). – Т.: Фан, 1995. – 230 с.; Ўша муаллиф. Россия империяси Марказий
Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va harakatlarga oid O.Qo‘shjonov va N. Polvonov monografiyasining birinchi bobida Xiva xonligi tarixining so‘nggi davri manbashunosligi va tarixshunosligi xususida so‘z yuritilgan24.
XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan,O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida o‘rganilishiga qaratsa25, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan26.
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillari davri siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining ayrim masalalariga oid asarlar va tadqiqotlar mavjudligiga qaramasdan, Xiva xonligining davlatchilik muammosi tarixshunoslik nuqtai nazaridan hozirga qadar yaxlit tarzda jamlab tahlil etilmagan va tarixshunoslik fanida o‘z yechimini kutayotgan muammolar sirasini tashkil qiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish