Bojxona rejimlari haqida tushuncha va ularni qo’llanilishi



Download 25,1 Kb.
bet4/6
Sana11.08.2021
Hajmi25,1 Kb.
#145016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bojxona rejimlari haqida tushuncha va ularni qo’llanilishi

Erkin bojxona zonasi va erkin ombor. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O’zbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qo’llaniladigan shartlarga ko’ra joylashtiriladi va ishlatiladi.

Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin.

Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yo’l qo’yiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno.

Bojxona kodeksining va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qo’yishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin.

Erkin bojxona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etishga bojxona organi bilan kelishgan holda yo’l qo’yiladi.

Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qo’llaniladi.

Tovarning kelib chiqishi to’grisidagi sertifikat bo’lmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qo’llanish maqsadlarida O’zbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.

Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga mo’ljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki to’langan summalarni qaytarish nazarda tutilgan bo’lsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to’langan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim bo’lgan tovarlar erkin bojxona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojxona hududiga qaytarilganda yoxud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari to’lanadi.



Boj olinmaydigan savdo do’koni. Boj olinmaydigan savdo do’koni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari Bojxona kodeksiga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.

Boj olinmaydigan savdo do’koni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va O’zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo do’koni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin.

Boj olinmaydigan savdo do’koni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo do’konlarida realizatsiya qilinadi.



Tovarlarni qayta ishlash. Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi:

− tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yo’qoladigan o’ziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;

yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan hodda montaj qilish, yig’ish yoki qismlarga ajratish;

− tovarlarni ta’mirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;

− tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni engillashtiradigan boshqa tovarlardan to’liq yoki qisman foydalanish.

Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:

− tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin bo’lsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;

− qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan bo’lsa;

− tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar etkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi bo’lsa;

− alohida xususiyatga ega bo’lgan tovarlar ro’yxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi bo’lsa;

− bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga doir boshqa talablar bajarilgan bo’lsa.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan bo’lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoxud buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar bo’lsa, shuningdek Bojxona kodeksi talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi ko’rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy ko’rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo’lgan muddatni ko’rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.

Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos bo’lgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan bo’lsa, hujjatlarni takroriy ko’rib chiqish ariza va barcha zarur xujjatlar olingan kundan e’tiboran o’n kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.




Download 25,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish