Bolalar adabiyoti va ifodali o`qish



Download 26,62 Kb.
bet1/2
Sana13.03.2023
Hajmi26,62 Kb.
#918482
  1   2
Bog'liq
тестлар


Bolalar adabiyoti va ifodali o`qish” fanidan nazorat test savollari.
1.Xalq og`zaki ijodi nechta adabiy turdan iborat?
A. 4 ta. B. 3 ta. C. 2 ta. D. 5 ta.
2. Maxsus turga mansub janrlar…
A. maqol, matal, topishmoq. B. ertak, afsona, maqol.
C. doston, ertak,topishmoq. D. hikoya, doston, masal.
3. “Devonu lug`otit – turk” asarida “etuk” tarzida ishlatilgan janr hozirgi adabiyotimizda qanday nomlanadi?
A.Maqol. B. Ertak. C.Topishmoq. D. Afsona.
4. Xalq og`zaki ijodining qaysi janrida fikr aniq, ifoda lo`nda, xulosa tugal bo`ladi?
A. Ertaklarda. B. Maqollarda. C. Topishmoqlarda. D. Masallarda.
5. Maqol, matal, topishmoq janrlari xalq og`zaki ijodining qaysi turiga mansub?
A. Epik turiga. B.Lirik turiga. C. Maxsus turga D. Dramatik turga.
6. “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”
kabi darsliklar muallifi kim?
A. A. Navoiy. B. A. Avloniy. C. G`.G`ulom. D.S. Sheroziy.
7. A.Navoiyning “Mahbub ul- qulub” asari nechta qismdan iborat?
A. 6 ta. B. 4 ta. C. 3 ta. D.5 ta.
8. “Mahbub ul – qulub” asarining 3- qismi qanday nomlangan?
A. “Xaloyiq ahvoli va af`oli va atvorining kayfiyatida”
B. “Turli foydali maslahatlar va maqollar”.
C. Axloqiy masalalarga bag`ishlangan.
D. To`g`ri javob yo`q.
9. Folklor janrini toping.
A. qissa. B. hikoya. C. maqol. D. roman.
10. “ Maqol” so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma`noni bildiradi?
A. Sof turkiy tilda “naql”. B. Arabcha “so`z”.
C. Arabcha “misol keltirish”. D. To`g`ri javob yo`q.
11. Qaysi javobda A.Navoiyning “Xamsa” asari dostonlari ketma – ketligi to`g`ri tartibda berilgan?
A. “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Hayrat ul – abror”, “Sab`ayi sayyor”, “Saddi Iskandariy”.
B. “Hayrat ul –abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab`ayi sayyor”, “Saddi Iskandariy”.
C. “Saddi Iskandariy”, “Hayrat ul- abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab`ayi sayyor”.
D. “Hayrat ul – abror”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy”, “Sab`ai sayyor”.
12. 1912- yilda Namangan viloyatining Samsoqtepa qishlog`ida dehqon oilasida tug`ilgan. Birinchi to`plami 1933-yilda “Qo`shiqlar” nomi bilan bosilib chiqqan.Shuningdek, “To`p”, “Kichkina chavandoz”, “Kapalak” she`rlari muallifi…
A. Z. Diyor. B. G`. G`ulom. C. P. Mo`min. D. X. To`xtaboyev.
13. “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi”, “Mungli ko`zlar”, “Besh bolali yigitcha” asarlari muallifi…
A. G`.G`ulom. B. X. To`xtaboyev. C. F. Musajon. D. A. Obidjon.
14. “Sariq devni minib” asarida sehrli qalpoqcha nimadan yasalgan yoki tayyorlangan?
A. Charmdan. B. Oq jundan. C. Oq oddiy matodan. D. Oddiy temirdan.
15. Shu payt uyning pollari ostidanmi, qalin devorlari orasidanmi, shipdanmi- qayoqdanligini aniq anglay olmadimku, lekin sariq jinlarning jarang – jurung o`yinga tushayotgani, childirma chalayotgani eshitildi, qo`qqanimdan dodlab yuborayozdim. Xayriyatki, oldimda folbin xolam, bolali ayol o`tirishibdi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A. “Sariq devni minib”.
B. “Mungli ko`zlar”.
C. “Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi”.
D. “ Besh bolali yigitcha”.
16. Topishmoq mumtoz adabiyotda qanday nom bilan atalgan?
A. Jumboq. B. Topmacha. C. Chiston. D. So`z.
17. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari muallifi kim va u qanday xarakterdagi asar?
A. Behbudiy , tarixiy asar. B. Cho`lpon, didaktik risola.
C. A.Avloniy ,axloqiy- ta`limiy asar.D. G`.G`ulom, axloqiy – ta`limiy asar.
18. “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz” kabi pyesalari muallafi kim?
A. A.Avloniy. B. A. Navoiy. C. G`. G`ulom. D. X. To`xtaboyev.
19. Inson ovozi baland-pastligi, yo`g`on-ingichkaligiga qarab bir necha turga bo`linadi. Shunga ko`ra ayollarning ortacha ovozi…
A. Bas deb ataladi. B. Metsso- sopravo deb ataladi.
C. Tenor deb ataladi. D. Bariton deb ataladi.
20. Nutq so`zlash jarayonida ovozning balandlashib va pasayib turishi nima deyiladi?
A. Intonatsiya. B. Modulatsiya. C. Tenor. D. Ovoz kuchi.
21. Daniyaning jahonga mashhur ertakchishi. 1805-yilda Odens shahrida tug`ilgan. Fransiya, Shveysariya, Gretsiya va Italiya kabi mamlakatlarga sayohat qilgan. 1828- yilda Kopengagen universitetiga o`qishga kirgan. Ushbu ma`lumotlar qaysi ijodkor haqida?
A. Sharl Perro. B. H. K. Andersen. C. D. Defo. D. J. Svift.
22. “Havorang soqol”, “ Eshak terisi”, “Qizil Shapkacha”, “Uyqudagi malika” ertaklari muallifi kim?
A. Sharl Perro. B. H.K.Andersen. C. D. Defo. D. J. Svift.
23. Aka-uka Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
A. “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Bolalar va oilaviy ertaklar”.
B. “Bremen musiqachilari”, “Havorang soqol”, “Botir tikuvchi”.
C. “Bulbul”, “Oltin xo`roz haqida ertak”, “Qizil Shapkacha”.
D. “Gulliverning sayohatlari”, “Bulbul”, “Tilla g`oz”.
24. “Pashsha – xarxasha”, “Telefon”, “O`g`irlangan quyosh”, “Doktor Voyjonim” asarlari muallifi…
A. K.I.Chukovskiy. B. A.S. Pushkin. C. S. Y. Marshak. D. Sharl Perro.
25. “Sher ila Durroj” hikoyati qaysi dostonda keltirilgan?
A. “Layli va Majnun”dosnida. B. “Hayrat ul – abror” dostonida.
C. “Farhod va Shirin” dostonida. D. “Saddi Iskandariy”.
26. Haq yo`linda kim sanga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu misralar kimning muallifi kim va misralarda kimlarning halol xizmatlari ta`kidlangan?

  1. A. Navoiy, murabbiylarning. B. G`.G`ulom, o`qituvchilarning.

C.A.Avloniy, ustozlarning. D. Lutfiy, qalam ahllarining.
27. “Folklor” atamasining lug`aviy ma`nosi …
A. Xalq donoligi. B. Og`zaki adabiyot. C. Xalq ijodi. D. B va C javoblar to`g`ri.
28. “Folklor” atamasi ilk bor kim tomonidan qo`llangan, ushbu atamaning lug`aviy ma`nosi qanday?
A. V. Toms tomonidan qo`llangan, “ xalq donoligi” ma`nosini anglatadi.
B. D. Klemens tomonidan qo`llangan, “ xalq ijodi” ma`nosini anglatadi.
C. N.M.Yadrinsev tomonidan qo`llangan, “ xalq ijodiyoti” ma`nosini anglatadi.
D. To`g`ri javob berilmagan.
29. Xalq og`zaki ijodining dramatik turiga mansub janrlar to`gri ko`rsatilgan qatorni toping.
A. hikoya, qissa. B. afsona, ertak.
C. qo`g`irchoq o`yin, xalq teatrlari. D. maqol, topishmoqlar.
30. O`zi bir qarich, soqoli ming qarich. Topishmoqning javobini toping.
A. Oshqovoq. B. Ip va igna. C. Uzum. D. Topishmoqning javobi berilmagan.
31.-Do`stim, qaydan kelursan? – dedi, u.
…-Qirdan kelurman. Biroz bol yig`dim. Uy yasamoq uchun mum ham hozirlab keldim,- dedi. Ushbu parcha qaysi asardan olingan, asar muallifi kim?
A. A. Navoiyning “Lison ut- tayr” asaridan.
B. A. Avloniyning “Bolari va Pashsha” asaridan.
C. A .Navoiyning “Sher ila Durroj” hikoyatidan.
D. M. Sh. Gulxaniyning “ Zarbulmasal” asaridan.
32. Xalq og`zaki ijodining qaysi janri bola tilining ravon, burro bo`lishida, tinimsiz mashq qilish natijasida esa bolaning nutqi o`sishida asosiy manba hisoblanadi?
A. Maqollarda. B. Ertaklarda. C.Topishmoqlarda. D. Tez aytishlarda.
33. Xalq og`zaki ijodining lirik turiga mansub janrlar…
A. Mif, afsona, maqol. B. Latifa, afsona, ertak.
C. Doston, topishmoq,tez aytish. D. Marosim folklori, qo`shiqlar, bolalar folklorining ko`pgina turlari.
34. Qaysi janrdagi asarlarning boshlanmasi va tugallanishi an`anaviy bir xillikka ega?
A. Ertaklarning. B. Afsonalarning. C. Hikoyalarning. D. A va B javoblar to`g`ri.
35. “Susambil” ertagida eshakka yo`lda nimalar hamroh bo`ladi?
A. Ho`kiz, xo`roz, kalamush,asalari,sichqonlar.
B. Ho`kiz, sher, tulki, ayiq.
C. Ho`kiz, xo`roz, ikkita kalamush, arilar.
D. Ho`kiz, yo`lbars, bo`ri, yumronqoziq.
36. So`zda Navoiy ne desang chin degil,
Rost navo nag`mag`a tahsil degil. Ushbu bayt Alisher Navoiyning qaysi asarida berilgan?
A.“ Sher bilan Durroj” hikoyatida. B. “Hotami Toyi” hikoyatida.
C. “Ikki vafoli yor” hikoyatida. D. “Mahbub ul –qulub” asarida.
37. “Zarbulmasal” asari kimning qalamiga mansub?
A. A. Avloniy. B. M.Sh. Gulxaniy. C. A. Navoiy. D.Oybek.
38. O`zbekiston xalq shoiri … Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog`ida 1947- yilda tug`ilgan. “Dahshatli Meshpolvon”, “ Meshpolvonning janglari”, “Oltiariq hangomalari” va boshqa shu kabi bir qancha asarlar muallifi…
A. X.To`xtaboyev. B. T. Adashboyev. C. A.Obidjon. D. Sh.Sa`dulla.
39. “Ahmoq sichqoncha haqida ertak “ asari muallifi kim?
A. K.I.Chukovskiy. B. A.S.Pushkin.
C. S.Y. Marshak. D.H. K. Andersen.
40. 1907-yilda “Shuhrat” gazetasi kimning boshchiligida tashkil etilgan?
A. A.Avloniy. B. G`.G`ulom. C. H. Olimjon. D. Oybek.


Download 26,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish