Bolalar anatomiyasi va fizialogiasi



Download 87,85 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi87,85 Kb.
#632933
Bog'liq
Rahmonberdiyeva Gulasal 21.37


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH
TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHATA’LIM
YO’NALISHI
“BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIALOGIASI”
FANIDAN
TAQDIMOTI
Bajardi:
21.37 guruh talabasi Rahmonberdiyeva Gulasal
Yosh fiziologiyasi fani- turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Gigiyena grekcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidemologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani bolalar va o`smirlarni tashqi muhit sharoitida o`rganadi, bunga esa morfologik va fiziologik usullarni qo`llash orqali erishiladi.
Gigiyenaning asosiy vazifasi-bolaning har tomonlama barkamol bo'lib o'sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo'lishi, farovon hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat.
Gigiyena bir kishining shaxsiy ishi bo'libgina qolmay, davlat va jamoatchilik ishi ham ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Gigiyenaning muhim bo`limlaridan biri shaxsiy gigiyenadir. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam to'g'ri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat bo'lib yuradi va uzoq umr ko'radi. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilishi azaldan ma'lum.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma'lumotlariga tayanadi, pedagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyena fani ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Bu to`g`risida shunday deb yozilgan
Sog'lom turmush tarzi tushunchasi kishi xulq-atvorining hamma tomonlarini qamrab oladi. Har kimning ma'suliyatli vazifasi hisoblangan o'z-o'zini bilish tushunchasi buning bir qismi hisoblanadi. Bu har bir odam o'z organizmining tuzilishi va funksional xususiyatlarini yaxshi biladi degani. Shu xususiyatlarni asrash va rivojlantirish chora-tadbirlarini ko'radi, amal qiladi, kun tartibiga, sanitariya gigiyena talablariga rioya qiladi, o'z his-hayajonini boshqara biladi, qattiq hayajon va ruhiy zarbalarga bardosh beradi, ovqatlanishni nazorat qiladi, harakatchanlikni odat qiladi. Spirtli ichimliklar, kashandalik, giyohvandlikdan voz kechadi va hakozo.
Fiziologiya fanining mustaqil bir tarmog'i bo'lgan Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani biologiya fanlari bilan birgalikda rivojlanib keldi.
Fiziologik jarayonlarning yoshga qarab o'zgarishiga qadimgi davrlarda yashagan allomalar ham e'tibor berganlar
Bolalar va o`smirlar gigiyenasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o`rtalarida shakllana boshladi. Rus gigiyenist olimlari A.P.Dobroslavin va F.F.Erisman kabi olimlar va jamoat arboblarining yordamida gigiyena fani rivojlana boshladi. Bu olimlar bolalarning normal o`sishi va rivojlanishida gigyenik qoidalarga amal qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini targ`ibot qilishgan. Unda gigiyenaga oid ko`plab o`quv qo`llanmalari yaratildi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o`quvchilarning bo`yiga mos jihozlarning turlarini shuningdek, o`quvchilarni partada to`g`ri o`tirish yo`llari kabi gigiyenik tavsiyalar e`tirof etilgan. Shu jumladan, I.A.Semashko, V.I.Molchanov, P.N.Speranskiylar bolalar va o`smirlar gigiyenasi fani rivojiga katta hissa qo`shganlar
Bolalar va o`smirlar gigiyenasi sohasida ko`pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib brogan olimlardan S.Solixo`jayev, G`.Nuriddinova va M.Ismoilovlardir. Gigiyenist olim S.Solixo`jayev oliy o`quv yurti talabalari uchun bir necha darsliklar va o`quv qo`llanmalar yaratdi.
G`.Nuriddinova issiq iqlim sharoitida mehnat qilishning o`ziga xos xususiyatlarini o`rgangan.
Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo bo'lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog'langandir.
O 'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm oichamlarining ortishi, ya’ni bo'yning cho'zilishi, og'irlikning ortishi tushuniladi.
Bola ma’lum yoshgacha to'xtovsiz, ammo o'sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo'l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to'qima va hujaylarda ya’ni organlarda o'sish bir vaqtda, ayollarda o'rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi. Bunga, voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.
Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillan ishida namoyon bo'ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-to m ir, ovqat hazm qilish, tayanch-harak atlan ishi va boshqa tizmlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.
O'sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksizilgarilovchi jarayon ko'rinishida bo'ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki f ao liyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to'laqonli rivojlanganligini ko'rsatm aydi. Aynan shunday o'ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.
Organizm o'sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o'smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o'tadi. O'sish bu organizmning m iqdor ko'rsatk ichi rivojlanish esa sifat ko'rsatkichi bo'lib, bu ikki jarayon notekislik y a’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.
Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo'lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirm aydi. Ontogenezda birinchi navbatda , ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo'lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.
Geteroxroniyaga misollardan ayrimlarini k o'rib chiqamiz. Go‘dakni tug’ilgan momentda yashashini ta’minlash uchun, ontogenezning birinchi bosqichida hayot uchun muhim aham iyatga ega bo’lgan funksional tizimlari uning embriogenez jar ayonida oldindan yetiladi.
Download 87,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish