Bolalar serebral falaji (dsp) kasalligining bugungi kundagi dolzarbligi



Download 14,99 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi14,99 Kb.
#417708
Bog'liq
BOLALAR SEREBRAL FALAJI


BOLALAR SEREBRAL FALAJI (DSP) KASALLIGINING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI
Mardonova Zuhra Maruf qizi
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Pediatriya yo'nalishi 2-kurs 210-guruh talabasi
Ilmiy raxbar:Ergashova Shoxida O’lmasovna
Maqolada bolalar serebral falaji qanaday kasallik ekanligi, aholi orasiga solayotgan xavfi, kasallik sabablari va klassifikatsiyasi, kasallik belgilari va diagnostikasi, davolash usullari, realibitatsiyasi, oqibati va profilaktikasi ko’rib chiqiladi. Bunday bolalarni qayerda va qanday o’qitilishi muammolari hal qilinadi.
Tayanch iboralar:ekologiya, neontologiya, gipoksiya, infeksiya, yo’ldosh, asfiksiya, spastik diplegiya, gemiplegiya, rigidlik, dizartriya, dizfagiya, reablitatsiya.
Bolalar serebral falaji (DSP)-perinatal davrda bosh miyaning turli xil strukturalarida bo’ladigan o’zgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patologiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Kasalikning kechishi monoparalich, gemiparalich, tetraparalich va parezlar, mushak patologiyalari,harakat koordinatsiyasi buzilishi, giperkinez, nutqdagi turli kamchiliklar, bolaning motorik va ruhiy jihatdan orqada qolishi bilan xarakterlanadi.Ushbu kasallikda aqliy zaiflik, psixologik o’zgarishlar, epilipsiya, eshituv va ko’ruv qobiliyatidagi o’zgarishlar ham rivojlanishi mumkin. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri daomida reablitatsion markazlarda davolanishlari, medikamentoz muolajalar olishi,talab etilsa jarroxlik amaliyotini bajarilishi lozim bo’ladi.
Butun jahon miqyosida DSP bilan kasalligi har 1000 bolaning 1,7-7tasida kuzatiladi. Chala tug’ilgan bolalarda bu ko’rsatkich 10barobar yuqori (40-50%) bo’ladi.
Hozirgin kunda DSP rivojlanishi sababi sifatida bosh miyaning turli xil omillar ta’sirida zararlanishi, miyaning malum bir sohalarida nerv hujayralarining noto’g’ri shakllanishi yoki nobud bo’lishini keltirish mumkin. Ushbu omillarning ta’siri perinatal davrda yoki bola dunyoga kelganidan so’ng qisqa muddatlarda ta’sir etishi kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboradi. DSP rivojlanishining eng asosiy omili- bu gipoksiyadir.Gipoksiya ta’sirida bosh miyaning aynan harakat va koordinatsiyaga javob beradigan markazlari birinchilardan bo’lib zararlanadi. Buning natijasida bolalarda DSP belgilari – mushak tonuslari patologiyasi, parez va paralichlar yuzaga keladi.
Bosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 ta turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80%ini tashkil etadi. Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zaralanish ro’y beradigan bo’lsa, harakat buzilishi tananing qarama-qarshi tomonida yuz beradi. Ko’pgina hollarda po’stloq osti markazlari buzilishi bilan bog’liq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon bo’ladi va bunday holat bola hayojonlanganida qo’rqqanda yaqqol yuzaga chiqadi.
Miyachaning zararlanishi natijasida atonik – astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik belgilari statika va koordinatsiya , mushaklar atoniyasi ko’rinishida namoyon bo’ladi. DSPning eng og’ir korinishi ikki tomonlama gemiplegiyadir. Bunda bosh miya yarimsharlarining ikki tomonlama zararlanishi ro’y beradi. Bolalar mushaklari rigidligi hisobiga nafaqat yurish, tik oyoqda turish hattoki mustaqil ravishda boshlarini tutishga ham qynaladilar.
DSP turli xil ko’rinishda va turlicha og’irlik darajasida kechadi. Kasallikning klinik belgilari bosh miya strukturasining zararlangan sohasi va chuqurlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Ba’zida DSP belgilari bola dunyoga kelishi bilan namoyon bo’ladi. Ko’pincha kasallik bir necha oy o’tgach pediatr ko’rigida bolaning jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi bilan aniqlanadi.
DSPning asosiy klinik belgisi bolalarning harakat doirasidagi yangi harakatlarni bajara olmasligi va yangi qobiliyatlarni o’zlashtira olmasligidir. Serebral falaj kuzatiladigan bola boshini uzoq muddat tutib tura olmaydi, o’yinchoqlar uni qiziqtirmaydi, boshini bura olmaydi, qo’l va oyoqlarini erkin harakatlantira olmaydi, o’yinchoqlarini ushlay olmaydi. Bolani qo’lga olib oyoqlarini yerga tirasa oyoq kafti bilan to’liq turmaydi, oyoqlarining uchigina yerga tegib turadi.
DSP bir tomonlama yoki ikki tomonlama parezlar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Agar apirish markazi zararlangan bo’lsa bolada nutq buzilish belgilari (dizartriya) kuztiladi. Yutqin va hiqildoq faoliyatini boshqaradigan markazlar zararlanadigan bo’lsa yutinish bilan bog’liq muammolar (dizfagiya) yuzaga chiqadi.
DSPning barcha ko’rinishlarida mushaklar tonusi oshib ketadi. Oyoq-qo’llarda harakat chegaralanadi, bo’g’imlarda harakat yo’qoladi, natijada oyoq-qo’llari mushaklari atrofiyaga uchraydi va ular tanaga nisbatan nomutanosib holatga keladi. Bolalar serebral falaji bilan kasallangan bemorlarda o’ziga xos tana tuzilishidagi deformatsiyalar (skolioz, ko’krak qafasi deformatsiyalari) yuzaga chiqadi. Motorika buzilishi va skelet deformatsiyalari bolalarda surunkali og’riq sindromiga sabab bo’ladi. Og’riq bo’yin, yelka, belda paydo bo’ladi.
Giperkinetik shakldagi DSP da to’satdan yuzaga chiqadigan belgilar:boshning qayta qayta bir tomonga burilishi, bir xil harakatni takrorlash kabilar namoyon bo’ladi. Atonik-astatik DSPda esa yurish vaqtida muvozanatni saqlay olmaslik, mushaklarning kuchsizligi, yiqilib tushish va tremor holatlari kuzatiladi.
DSP kasalligi surunkali bo’lishiga qaramay kasallik kuchaymaydi, bola o’sgani sayin belgilar kamayadi. Bemorlar ikkilamchi kasalliklar natijasida qiynalishlari mumkin, masalan: epilepsiya, insult, juda og’ir kechuvchi somatik kasalliklar.
Bola tug’ilishi bilan ayrim ko’rsatkichlar bolada DSP rivojlanish ehtimoli borligidan darak beradi, ularga: Apgar shkalasi bo’yicha bal pastligi, harakat doirasidagi anomaliyalar, mushaklar tonusi buzilishi, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishdan ortda qolishi va boshqalar. Shu kabi holatlar bolada aniqlanadigan bo’lsa bollar nevrologi ko’rigidan o’tishi va bir qator tekshiruvlar olib borilishi kerak bo’ladi. Teksiruvlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-Elektroensefalografiya(EEG);
-Elektrotomografiya;
-Elektroneyrografiya;
-Transkranial magnit stimulatsiyasi.
Afsuski, hozirgi kunda bolalar serebral falaji davosi topilmagan kasalliklar qatoriga kiradi. Ammo, oʻz vaqtida boshlangan davo muolajalari taʼsirida bolalar ruhiy jihatdan ham jismoniy jihatdan oʻz tengdoshlariga yetib olishga erishish mumkin. Realibitatsion muolajalar yordamida bolalarda skelet deformatsiyalari, boʻgʻimlarda harakat cheklanishi hamda bolakaylarning oʻz oʻzlarini mustaqil boshqara olish darajasigacha erishish mumkin. Barcha muolajalar bola 8 yoshga kirguniga qadar olib borilgani maqsadga muvofiqdir.
DSP davo programmasi har bir bola uchun alohida tuzib chiqiladi. Bunda bosh miyaning zararlanish darajasi, sohasi, boladagi qoʻshimcha belgilari, uning koʻrish, eshitish qobilyati, aqliy-ruhiy holatlari inobatga olinadi. DSP bilan kasallangan bolalar muolajasida qiyinchilik tugʻdiradigan holat – bolalardagi karlik va koʻzi ojizlikdir. Ular bilan maxsus mutaxassislar mashgʻulotlar olib borishi kerak boʻladi. Bundan tashqari bosh miyani stimmulash kabi terapiyalar oʻtkazishda epilepsiya oʻchoqlariga ega boʻlgan bolalar bilan ishlashda ehtiyotkorlik talab etiladi.Bolalar serebral falajini davolashda asosiy realibitatsion muolaja LFK va massaj hisoblanadi. Barcha ota-onalar DSP bilan kasallangan bolalarini massaj qilishni va LFK muolajasini oʻtkazishni oʻrganib olishlari talab etiladi.
Bolalar serebral falajini davolashda medikamentoz davo faqatgina ayrim simptomlarni bartaraf etish uchungina qoʻllaniladi. Masalan epilepsiya holatlarida antikonvulsantlar, mushaklar tonusi oshgan vaqtda miorelaksantlar, ogʻriq sindromini bartaraf etishda – spazmolitik va ogʻriqsizlantiruvchi preparatlar buyuriladi. Bundan tashqari bolalarga nootrop, metaboliklar (ATF, aminokislotalar, glitsin), neostigmin, antidepressantlar, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, qon tomirlar devorini mustahkamlovchi preparatlar beriladi.Samarali natijalarga erishish uchun bolalar yil davomida bir marotaba maxsus DSP markazlarida muolajalar olib turadi. Hozirgi kunda shunday markazlarda zamonaviy uskunalardan DSP bolalarni davolashda foydalanilmoqda, masalan pnevmokombinizonlar yordamida mushaklar fiksatsiyalanadi va boʻgʻimlar mahkam ushlab turiladi. Maxsus kiyimlar yordamida bola harakatida koordinatsiyani tiklash amaliyotlari oʻtkazilishi mumkin. Bolalarda DSP natijasida rivojlangan dizartriya holatlarida ular bilan logopedlar oʻz mashgʻulotlarini olib boradilar.
Maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy saytida qayd etilishicha, Toshkent shahridagi 560-sonli va 431-sonli, shuningdek, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi 37-sonli, Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidagi 39-sonli bog‘chalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ularga psixik rivojlanish va tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bor o‘g‘il-qizlar qabul qilinadi.
Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi tizimida imkoniyati cheklangan, jismoniy yoki psixik rivojlanishda nuqsoni bor bolalar uchun 85ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyat ko‘rsatyapti. Mazkur muassasalarning:
- 50 tasi aqliy rivojlanishida nuqsoni bor;
- 17 tasi kar va zaif eshituvchi;
- 14 tasi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi;
- 3 tasi tayanch-harakat a’zolari shikastlangan;
- 1 tasi nutqida og‘ir nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan. Ushbu muassasalarda 18 533 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda.
Xulosa o'rnida aytishimiz kerakki DSP juda og'ir va asoratli kasallik bo'lib uni o'z vaqtida aniqlash va oldini olish hozirgi zamondagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. A.V.Alimov <> Toshkent-2012



  1. https://avitsenna.uz/bolalar-serebral-falaji-dsp-qanday-kasallik/

  2. www.SAVOL-JAVOB.COM https://www.savol-javob.com/dsp-qanday-kasallik/

  3. https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/dcp-tashxisli-bolalarqaerlarda-oqishi-mumkin

Download 14,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish