Boltayeva sayyoraning malakaviy ishi mavzu: tarix darslarida amir temurning obodonchilik ishlarining o


Amir Temurning obodonchilik sohasidagi ishlari



Download 371,15 Kb.
bet2/12
Sana31.12.2021
Hajmi371,15 Kb.
#250419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Boltayeva sayyoraning malakaviy ishi mavzu tarix darslarida ami

Amir Temurning obodonchilik sohasidagi ishlari. Bu sohada asosiy ishlar avvalo mamlakatni chingiziylardan qolgan vayronaliklar, xarobaliklarni tiklashga qaratildi. XIII asrning birinchi yarmida Samarqand bosqinchilar zulmi tufayli xarobalikka yuz tutgan bo’lib, qal’alar, masjidlar, madrasalar qarovsiz qolgan edi. O’sha zamonda arab sayyohi Samarqandni huvillab yotgan ahvolda ko’rgan, ,,aholining chorak qismi qolgan. Me’moriy obidalar vayronaga aylangan, ariqlar qo’shilib qolgan, shahar suvsiz, bog’lar qurib bitgan edi”1.

Amir Temur o’tkazgan bunyodkorlik va obodonchilik tufayli Samarqand gullab yashnagan shaharga aylandi. Samarqand bu boy davlatning poytaxtiga aylandi. Samarqand atrofida Misr, Damashq, Sultoniya, Bag’dod, Sheroz kabi qishloqlar bunyod etildi. Amir Temur taxtga chiqqach dastlab shaharning ichki va tashqi qal’asini bunyod etdi. Madrasalar, maqbaralar (Oqsaroy, Go’ri Amir) masjid (Bibixonim), davlat idoralari, hammomlar bunyod qildirdi. Ona yurti bo’lmish Shahrisabzda esa, devor bilan shaharni o’rab oldi. Oqsaroyni bunyod ettirib uning peshtoqiga ,,Kimki bizning shon-shuhratimizni ko’rmoqchi bo’lsa, biz barpo etgan imoratlarga nazar solsin”-degan hikmat naqsh qilib bitildi.

Bunyodkorlik ishlari nafaqat Movaraunnahr, Samarqandda balki boshqa viloyatlarda ham olib borilgan edi.

Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdirgan. Temurzodalar esa Shohruh Hirotda va Marvda madrasalar, bozor binolari, honaqoxlar ,,dorushshifo” kasalxonasi va boshqa ko’plab imoratlar qurib bitkazganlar.

Temur va Temuriylar davrida olib borilgan bunyodkorlik va me’morchilik sohasidagi ishlar eng avvalo jamiyat manfaatini ko’zlab qilingan. Tadqiqodchi Azamat Ziyo buni izohlar ekan, uning mohiyatini ochib, ,,birinchidan- to’htovsiz olib borilgan qurilish-obodonchilik ishlari kishilarni muntazam ish bilan ta’minlangani, ikkinchidan- jamiyatli va dabdabali binolar barpo qilish tadbiri olimlar, hunarmandlar ijodining yanada yuksalishiga katta turtki bo’lgan. Uchinchidan- davlat xazinasida yig’ilgan katta boylik, ayshu-ishrat, hukmdor mavqeini saqlash uchun behuda sovg’a-salomlar tarqatish kabi be’maniliklarga emas, ko’pchilikka foydali, asrlarga tatigulik hayrli ishlarga sarflangan”1ligini ko’rsatadi. Shunday qilib Temur va Temuriylar qoldirgan madaniy-ma’naviy meros, nafaqat o’tmishdan xotira sifatida, balki o’zbek xalqining madaniy boyligi, ma’naviy salohiyati, aqliy imkoniyatlaridan dalolat baruvchi beqiyos timsol o’rnida ham qadrli.

Amir Temur tashqi siyosati va diplomatiyasi. Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasi xalqaro munosabatlar tarixida eng yorqin sahifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, Sohibqiron 600 yil avvalroq hech qanday davlat qo’shinlari bilan o’zaro aloqa bog’lamasdan hamkorliksiz istiqboli bo’lmasligini teran va yaxshi anglagan edi. Yevropa va Osiyoni bog’lashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. ,,Bir tomondan Xitoy, Hindiston, Fransiya, Angilya yana Rus-Ispaniya, Italiya va Misr bilan aloqalar o’rnatgan”2.

Ta’kidlash joizki, XIV asr umuman dunyoda boshboshdoqlik, siyosiy tarqoqlik avjiga chiqqan yuz yillik edi. Yevropaga kelsak, ahvol bundan ham ayanchli edi. Yevropa xalqlari bu vaqtda markazlashgan davlatchilik yo’liga endigina kirib kelayotgan shahar madaniyati paydo bo’lganiga ham ko’p ham bo’lmagandi. Italiyada, Fransiya, Siena, Piza, Milan, Venetsiya kabi qator davlatchalar mavjud edi. Italiya siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyat sharoitida hayot kechirardi. Fransiya ahvoli biroz durustroq ko’rinsada, u ham markazlashgan hokimiyat ostida birlasha olmayotgandi. Angilya bilan boshlangan yuz yillik urush (1337-y) ichki vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborgan edi. Germaniyada ham har bir qirollik qonuniy o’z mustaqilligiga ega edi. Siyosiy tarqoqlik Ispaniyada ham hukm surgan.

Shunday qilib, Amir Temur hokimiyatni qo’lga olgach mamlakatni birlashtirdi. Sohibqiron o’z hukmronligining dastlabki o’n yili davomida mamlakatni sharqiy va shimoliy yo’nalishlardan keladigan havfdan asosan himoya qilishga muyassar bo’lgandi. Oldinda esa, janub va g’arbga yo’naltirilgan siyosat turardi. Amir Temur bu rejasini XIV asr 80-yillarida Xuroson, Seyiston, Qandahor, Shimoliy Eron viloyatlarini o’z hukmi ostida birlashtirdi. So’nggi yillarda o’z qo’shinlarini g’arb tomon burgan Sohibqiron o’z rejasiga erishgandi.

Tarixiy jang bo’lmish Anqara atrofidagi Amir Temur va Sulton Boyazid to’qnashuvi 1402-yilning 20-iyulida sodir bo’lib, unda Sohibqiron qo’shini to’la g’alaba qozondi. Shu tariqa dunyoda markazi Samarqand bo’lgan buyuk davlat uchun xavf tug’diradigan biron harbiy-siyosiy kuch qolmadi. Bu nafaqat o’z davri, balki oldingi va keyingi zamonlar uchun ham tashqi siyosatda erishilgan eng ulug’ g’alaba edi. Zero, o’zbek davlatchiligi keyingi asrlarda tashqi siyosat bobida halqaro maydonda o’z manfaatlarini himoya qilish vazifasini Amir Temurchalik amalga oshira olmadi. Shunday qilib, Temuriylar, ayniqsa, Amir Temur davrida o’zbek davlatchiligi tarixdagi eng yorqin sahifalar bitildi. ,,Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan tarixiy shaxs. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U o’z davlatini faqatgina kuchga tayangan holda emas, balki, aql-zakovat va huquqiy asos bilan idora etgan”1. Uning tashqi siyosatdagi asosiy shiori ,,dunyo savdo ahli ila obod bo’lajak” so’zlari edi.

,,Temur va Temuriylar davrida davlatimizning, umuman o’zbek xalqining ichki va tashqi siyosatdagi imkonlari, salohiyati to’la-to’kis namoyon bo’ldi. Mamlakatimiz jahonning siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi. Davlatimiz kuch-qudratiga Yevropadan Xitoyga qadar ulkan hududdagi davlatlar tan berdi”2. Shu bilan birga, so’nggi temuriylar, XVI asrda ulardan tortib olgan shayboniylar va kelgusida hokimiyatni boshqargan sulolalar oldin erishilgan muvaffaqiyatlar va davlatchiligimizdagi taraqqiyot darajasini saqlab qololmadilar.

Yana shuni ta’kidlash joizki, ,,Amir Temur davlati boshqa barcha feodal davlatlari kabi o’zining ojiz tomonlariga ham ega edi. Bu ojizlik emas, feodal mulkchilikning kuchayaborishi, eng asosiysi yeru-mulklarni taqsimlash, bo’lib berish ,,suyurg’ol” tizimi birinchi navbatda markaziy davlat apparatining ojizlanuviga olib keldi”1. Jumladan, Amir Temur nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig’ib mavqei va martabasiga qarab mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab berdi. Lekin bu davlat Sohibqironning kuchli irodasi va tadbirligi tufayli mahkam ushlab turilgan edi.

Viloyat hokimlari, shahzodalar o’z tasarrufidagi uluslarda doimo iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Shahrisabz suyurg’ol asosida qurilgan ulus tartibining g’oyatda kuchayishi oqibatida ayrim viloyatlarning ma’lum darajada mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan.

Temur hayotlik chog’idayoq, mamlakatning uzoq o’lkalaridagina emas, hatto uning markaziy viloyatlarida ham nizolar va urushlar bo’lib turgan. Demak, Temur saltanati viloyatlaridagi mahalliy hukmronliklarning birlashmasi bo’lib, haqiqiy markazlashish uchun hali yetarli darajada na iqtisodiy na siyosiy jihatdan, biz o’ylaganimizdek mustaqil poydevorga unchalik ham tayyor darajaga ega emas edi”2 -deb ko’rsatgan akademik A.Muhammadjonov.

Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar saltanati o’z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 1525-yilgi Panipat jangidan so’ng shimoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo’ladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik qilib, ko’p holda Temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga muvaffaq bo’lgan edi.




Download 371,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish