Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


I-BOB. LOYIHANI BOSHQARISH ASOSLARI VA KONSEPSIYASI



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

I-BOB. LOYIHANI BOSHQARISH ASOSLARI VA KONSEPSIYASI 
 
1.1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi 
 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, 
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va 
import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor 
sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar 
siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi 
tamoyillarga asoslanildi: 

belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat 
sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash; 

ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) 
aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin 
tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida 
etarli darajada qo’llab-quvvatlash; 

chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb 
qilish; 

potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat 
sohasiga qayta taqsimlash; 

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan 
yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga 
quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash 
hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur 
qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib 
chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash; 

aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini 
qondirishga mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni 


10 
investitsiyalar bilan ta’minlash; 

investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib 
turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan 
investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi. 
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng 
tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi 
mazkur atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni 
oshiradi. 
Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan 
aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning 
xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda 
qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda 
mazkur sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad, 
foyda, iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning 
oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi 
barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab 
chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z 
navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir 
qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga 
qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi. 
Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish 
mumkin: 
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar 
(maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim 
vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish 
instituti, AQSh); 
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir, 
masalan, katta korxona (tolkoviy slovar Webster). 


11 
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va 
mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni 
sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin: 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish