Borliq falsafasi



Download 223,04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.09.2022
Hajmi223,04 Kb.
#849668
Bog'liq
Borliq falsafasi



Borliq falsafasi
Borliq falsafasi


Reja.




1. Borliq kategoriyasi.Borliq turlari.
2. Materiya kategoriyasi.Dunyoning moddiy birligi.
3. Materiyaning mavjudlik shakillari.Harakat va
rivojlanish.
4. Fazo va vaqt materiyaning yashash shakli.



Dunyoning mavjudligi, ya’ni borligi to‘g‘risida baxs
yuritgan faylasuflar bu masalaga turlicha
yondoshganlar: ularning ba’zilari, dunyo avval ham
bo‘lgan, hozir ham mavjud, bundan keyin ham mavjud
bo‘ladi deyishsa; boshqalari, dunyo avval mavjud
bo‘lmagan, ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va
xodisalarni yaratunchi Xudodir.




Ilk borliq, ya’ni birinchi mavjud-Tangri Olloh barcha
mavjudod borlig‘ining birinchi sababidir deyiladi.
«Ilk bor bo‘lgan, (Ya’ni Tangri)-deydi Farobiy, o‘zining
asl mohiyati bilan boshqa barcha narsrlardan
farqlidir» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shahri»,
131 bet). Chunki, u modda ham emasdir, sub’ekt ham
emasdir, uning sur’ati ham bo‘lmaydi, uning bir o‘zi bu
borliqda yakayu-yagonadir, u shu jihatdan ham
birinchidir



Borliq tushunchasi falsafiy kategoriya sifatida
bilishning yuqori bosqichi-abstrakt tafakkurgagina
xos bo‘lib, fikrlash jarayonida kishilar bu tushuncha
orqali dunyodagi alohida narsalar, ularning konkrekt
belgilari va xossalari haqida emas balki, dunyodagi
barcha narsalar, voqea xodisalar, jarayonlar
o‘rtasidagi eng umumiy jixat-ularning realligi haqida
fikr yuritadilar. Borliq tushunchasi yordamida kishilar
dunyoning ob’ektiv mavjudligi, uning cheksizligi,
abadiyligi va bir butunligi haqida ilmiy va falsafiy
tasavvurga ega bo‘ladilar.






Borliqning asosiy shakillarini tabiiy borliq yoki tabiat
borlig‘i, inson borlig‘i, ma’naviy borlig‘i tashkil etadi.
Tabiiy borliq o‘zaro bog‘liq, lekin bir-biridan farq
qiluvchi quyidagi ikki ko‘rinishdan iboratdir:
1 .Tabiatdagi narsa va xodisalarning, jism va
jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i;
2.Tabiyatdagi narsa va xodisalar asosida inson
tomonidan yaratilgan narsalarning tabiiy borligi.



Borliqning o‘ziga xos shakillaridan yana biri – bu
inson borlig‘idir. Inson borlig‘ida, avvalo, insonning
tabiat taraqqiyotining maxsuli sifatida tabiiy
borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga,
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida unda
ijtimoiy va ma’naviy borliqning ham barcha
shakillariga xos tomonlarning yig‘indisi
majassamlashgandir.



Inson borlig‘i jamiyat taraqqiyotining birdan bir
manbaidir. Ijtimoiy borliq xodisalarning barcha
turlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ijtimoiy
etnik, oilaviy va x.k. munosabatlardan tarkib topgan,
doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan jonli
organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy
oqibatidir.



Jamiyatning moddiy texnika bazasi, iqtisodiy asoslari,
siyosiy tashkilotlari: davlat va xokimiyat idoralari,
armiya, politsiya, sud, prokuratura, siyosiy partiyalar,
turli-tuman jamoat tashkilotlari maorif sistemasi,
madaniyat, fan va texnika, ilmiy tadqiqot institutlari
va laboratoriyalari, ommaviy axborot muassasalari,
aloqa bo‘limlari va x.k. ijtimoiy borliqning har xil
ko‘rinishlarini tashkil etadi.



Borliq faqat moddiy shakilda emas, ma’naviy, ruxiy
shaklda ham namoyon bo‘ladi. Ma’naviy borliq inson
tomonidan yaratilgan rang-barang madaniyat va
san’at asarlari, til, ilmiy kashfiyotlar, g‘oyalar, Etika-
odob qoidalari, falsafiy, estetik, badiiy, siyosiy,
tafakkurlash madaniyati, ruhiy kechinmalar, diniy
tasavvurlar, tushunchalar va x.k. majmui kiradi

Download 223,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish