Bosh miya nervlari



Download 237,7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.11.2022
Hajmi237,7 Kb.
#871645
Bog'liq
Bosh miya nervlari - Vikipediya



Bosh miya nervlari
Bosh miya nervlari
— 
bosh miya
asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft
nerv
. Ular bosh miyani tashqi muhit va 
ichki aʼzolar
bilan bogʻlab turadi. I. 
Hid bil u v nervi

burun boʻshligʻining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. 
Koʻruv nervlari
— koʻz
soqqasining nurlarni qabul qiluvchi toʻr pardasiga tarqalgan. Koʻzni harakatlantiruvch i (III),
gʻaltak (IV) va uzoqlashtiruvchi (VI) nervlar koʻz soqqasining yordamchi muskullariga boradi.
V. U ch shoxli nerv yuz, koʻz, burun va ogʻiz boʻshliqlarigatarqaladi. VII. 
Yuz nervi
 — yuzdagi
mimika (imoishora), jagʻ osti muskullari, burun boʻshligʻi, tanglay va til shilliq pardasini
taʼminlaydi. VIII. Vestibulyareshituv nervi ichki quloqda tarmoqlanadi. IX. Tilhalqum (yutqin)
nervi — til va halqumda tarmoqlanadi. X.Adashgan (sayyor) nerv — yurakka, nafas va qorin
boʻshligʻi aʼzolariga tarqaladi. XI. 
Qoʻshimcha nerv
— yelka va boʻyin muskullariga boradi. XII.
Til osti nervi — til va til osti muskullariga tarqaladi. Bosh miya nervlari n. sezuvchi,
harakatlantiruvchi va aralash boʻladi. I, II, VIII nervlar sezuvchi, IV, VI, VII, XI, XII nervlar
harakatlantiruvchi va III, V, IX, X nervlar aralash nervlardir.


V, VII, VIII nervlar
Uch shoxli nervning (n. trigeminus) tuzilishi va vazifasi Uch shoxli nerv faoliyatiga nisbatan
aralash nerv bo‘lib, uning tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bor. Sezuvchi qismi
uchta neyrondan iborat. Birinchi neyron chakka suyagi piramidasining uch shoxli nerv
botiqligida miyaning qattiq pardasi hosil qilgan bo‘shliqda joylashgan yarim oy shaklidagi
Gasser tuguni hujayralari. Bu hujayralarning aksonlari uch shoxli nervning sezuvchi ildizini
hosil qilib, Varoliy ko‘prigi, o‘rta miya, uzunchoq miya va orqa miyadagi sezuvchi o‘zaklarga
yo‘naladi. Ularning dendritlari esa nervning uchta shoxini: 1-shox, ko‘z nervi (n. ophtalmicus),
2-shox, yuqori jag‘ (n. maxillaris) va 3-shox, pastki jag‘ nervini (n. mandibularis) hosil qilib
periferiyaga yo‘naladi. 1) Ko‘z nervi tugundan boshlanib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali
ko‘z kosasiga kiradi va quyidagi shoxlarga bo‘linadi: a) Ko‘z yosh nervi (n. lacrimalis) bu nerv
ko‘z shilliq pardasining tashqi tomonini, yuqorigi qovoqni va ko‘zning ichki burchagi terisini
innervatsiya qiladi. b) Burun-kiprik nervi (n. nasociliaris) ko‘zning, burunning shilliq pardalarini,
peshona, ponasimon bo‘shliqlarni, g‘alvirsimon suyakning orqa qismini, burun terisini va bosh
miya qattiq pardasini innervatsiya qiladi. c) peshona nervi peshona terisini, ustki qovoq,
ko‘zning medial burchagi terisini va kon’yunktivani innervatsiya qiladi. 2. Yuqori jag‘ nervi uch
shoxli tugundan boshlanib oldinga yo‘naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay
chuqurchasiga chiqib quyidagi shoxlarga bo‘linadi: a) yonoq nervi (n. zugomoticus), chakka
va yonoq sohasining terisini innervatsiya qiladi. b) ponasimon – tanglay nervlari
(n.sphenopalatini) g‘alvirsimon suyakning orqa qismini, ponasimon bo‘shliqni, burunni,
hiqildoqni, yumshoq va qattiq tanglay va tanglay murtagi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.
c) ko‘z kosasining pastki nervi (m. infraorbitalis) o‘z nomidagi teshik chiqib pastki qovoq
terisini va shilliq pardasini, ko‘z kosasi osti terisini, tishlarni, hamda gaymor bo‘shlig‘i shilliq
pardasini innervatsiya qiladi. d) yuqorigi milk nervlari (n. gingivalis superiores). Bu nervning
shoxchalari tish chigalini hosil qiladi va yuqori jag‘ning milkini, tishlarini, gaymor bo‘shlig‘i va
lunj shilliq pardasi retseptorlarini hosil qiladi.
53-rasm. Uch shoxli nerv. 1. Uch shoxli nerv 2. Ko‘z nervi 3. Burun kiprik nervi 4. Ko‘z yosh bezi
nervi 5. Peshona nervi 6. Kiprik tuguni 7. Yuqori jag‘ nervi 8. Yuqorigi alveolyar shoxchasi 9.
Lunj nervi 10. Dahan nervi 11. Til nervi 12. Pastki jag‘osti tuguni 13. Pastki alveolyar nerv 14.
Quloq tuguni 3. Pastki jag‘ nervi (n. mandibularis) yuqorida ko‘rsatilgan ko‘z va yuqori jag‘
nervlaridan farqli ravishda aralash nervdir. Uning tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi va
ta’m biluvchi nerv tolalari bor. Bu nerv kalla suyagidan oval teshik (foramen ovalae) orqali
chiqib, pastki jag‘ kanaliga kiradi (canalis mandibularis), uning oxirgi shoxi engak nervi (n.
mentalis) nomi bilan, engak teshigidan (foramen mentale) chiqadi. Pastki jag‘ nervining
sezuvchi tolalari tashqi eshituv yo‘li terisini, nog‘ora pardani, quloq suprasining oldidagi terini,
pastki jag‘ni, engak, og‘iz burchagi terisini, pastki labni, og‘iz bo‘shlig‘ini va milk shilliq


pardalarida retseptorlarini hosil qiladi. Pastki jag‘ nervining qattiq parda shoxchasi bosh miya
qattiq pardasini innervatsiya qiladi. 4. Pastki jag‘ nervining tilning sezuvchi nervi shoxi
tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldingi 2/3 qismi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasidan og‘riq va
harorat sezgisini qabul qiladi. Uning tarkibiga yuz nervi shoxi nog‘ora toridan qo‘shilgan
parasimpatik tolalar til osti va jag‘ osti bezlarini innervatsiya qiladi. Gasser tuguni hujayralari
aksonlari qo‘shilib, uch shoxli nervning ildizini (corni n. trigemeni) hosil qiladi va Varoliy
ko‘prigining oldingi – yon yuzasini o‘rta qismidan kiradi. So‘ng pastga va yuqoriga yo‘naluvchi
tolalarga bo‘linadi. Pastki yo‘naluvchi tolalari uzunchoq miya orqali orqa miyaning IV-bo‘yin
segmentigacha yetib boradi va sezuvchi o‘zakda (nucleus sensorius) tugaydi. Bu o‘zakda
og‘riq va haroratni sezuvchi tolalari tugaydi. Yuqoriga ko‘tariluvchi tolalar Varoliy ko‘prigida
joylashgan, sezuvchi o‘zakda – (nucl. terminalis) tugaydi. Bu o‘zakda asosan chuqur va taktil
sezgi tolalari tugaydi. Uch shoxli nervning bu ikkala sezuvchi o‘zagida II neyronning hujayralari
joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari qarama-qarshi tomondan keluvchi aksonlar bilan
kesishma hosil qilgach, yuqoriga ko‘tariladi va ichki qovuzloqqa (lemniscus medialis)
qo‘shiladi. U miya oyoqchasidan o‘tib, ko‘ruv bo‘rtig‘ini tashqi o‘zagida (nucleus lateralis)
tugaydi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining bu o‘zagida III neyron hujayralari joylashgan bo‘lib, ularning
aksonlari ichki kapsula orqa oyoqchasini orqa tomonidan o‘tib, markaz orqa pushtaning
pastki qismida tugallanadi. Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi qismini I neyroni markaz
oldi pushtaning pastki 1/3 qismidan boshlanib, ichki kapsulaning tizzasidan va miya
oyoqchasidan o‘tadi. Bu neyron qisman kesishma hosil qiladi va harakatlantiruvchi o‘zakda
(nucleus motorius) tugaydi. Bu o‘zakda harakatlantiruvchi qismning II neyroni hujayralari
joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari uch shoxli nervning harakatlantiruvchi ildizini (ramus
motorius) hosil qilib, ko‘prikning o‘rta qismidan chiqadi. So‘ngra uch shoxli nervning III-shoxi –
pastki jag‘ nervi bilan birgalikda kalladan chiqib, chaynov mushaklarini: chakka mushagi
(m.temporalis), chaynov mushagi (m.masseter), lateral va medial qanotsimon mushaklar
(m.pterugoidei lateralis et medialis), shuningdek tanglay chodirini taranglovchi, nog‘ora
pardani taranglovchi, jag‘-til osti va ikki qorinli mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya
qiladi. BOLALAR VA KATTALARDA TEKSHIRISH USULLARI 1. Sezgi qismini tekshirish.
Birinchi navbatda bemorning shikoyati so‘raladi. Bu nerv shikastlanganda jarohatlangan
tarmoq sohasida qattiq chidab bo‘lmaydigan huruj bilan og‘riq paydo bo‘ladi. Bu uch shoxli
nervning nevralgiyasida uchraydi. Bemorning shikoyatlari so‘rab bilingandan keyin obyektiv
tekshirishga o‘tiladi: 1). Uch shoxli nerv tarmoqlarining tashqariga chiqish teshiklarini bosib
tekshirish (Valle nuqtalari). Buning uchun foramen supraorbitale, infraorbitale et mentale
sohalari bosib ko‘riladi. Uch shoxli nervning nevrit yoki nevralgiyasida zararlangan shoxning
suyakdan chiqadigan sohalari bosilganda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. 2). Og‘riq, harorat va
taktil sezgilarni tekshirish. Bular sezgi tizimida ko‘rsatilgan usullar yordamida yuz terisi va
boshning sochli qismining oldingi uchdan bir sohada tekshiriladi. 3). Ta’m bilishni tekshirish.
Ta’m bilish sezgisi tilni oldingi 2/3 qismida tekshiriladi. Buning uchun mazasi har xil bo‘lgan


(shirin, sho‘r, nordon va achchiq) moddalardan foydalaniladi. Bu moddalarning biridan pipetka
orqali tilning ustiga 1-2 tomchi tomiziladi. Tekshiriluvchi kishi tilini orqaga tortmasdan,
oldindan shu moddalarni nomi yozilgan kog‘ozdan, sezgan ta’mini ko‘rsatib berishi lozim.
Ta’m bilish tilni o‘ng va chap yarmida alohida-alohida tekshirib ko‘riladi. Yosh bolalarda ta’m
bilishni tekshirilayotgan vaqtda bolaning yuzini burishtirishiga qarab bilish mumkin. 2.
Harakat qismini tekshirish. 1). Tekshiriluvchidan og‘zini ketma-ket ochib-yopish so‘raladi. Bu
paytda pastki jag‘ning harakatiga e’tibor berish kerak. Normal holatda og‘iz osonlik bilan
ochiladi va bunda pastki jag‘ o‘ng yoki chap tomonga og‘may, o‘rtada turadi. 2). M. masseter,
temporalis va pterigoideus medialis et lateralis ning tinch holatda va chaynash vaqtidagi
tarangligini paypaslash yordamida tekshiriladi. 3). Chaynov mushaklarini quvvatini tekshirish
uchun tekshiriluvchi og‘zini ochib turib, qarshilik qilgan holatda tekshiruvchi kuch bilan bemor
og‘zini yopishga harakat qiladi. Odamda chaynov mushaklarining quvvati 5 ballik sistema
yordamida aniqlanadi. ZARARLANISH BELGILARI Uch shoxli nervni shikastlanishida shu
nervning nevriti, nevralgiyasi yoki nevralgo-nevriti uchrashi mumkin. Uch shoxli nervning
zararlanishida og‘riq, temperatura va taktil anesteziyasi, gipesteziyasi yoki giperesteziyasi
paydo bo‘lishi mumkin. Agar n.ophtalmicus zararlansa, yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda
konyuktival va korneal reflekslar susayadi yoki yo‘qoladi. Basharti n.mandibularis
shikastlansa og‘riq bo‘lishi, sezgilarni pasayishi yoki yo‘qolishi bilan bir qatorda tilning oldingi
2/3 qismida ta’m bilish susayadi (gipoegeyziya) yoki yo‘qoladi (ageyziya). Shuningdek
chaynov mushaklari falajlanadi. Chaynov mushaklarining atrofiyaga uchrash, chaynov
vazifasini buzilishi, pastki jag‘ning o‘ng yoki chap tomonga og‘ishi (deviatsiya) chaynov
mushaklarini quvvatini susayishi, ya’ni mushaklarning falaji bilan kechadi. Gasser tuguni yoki
uch shoxli nervning ildizi Varoliy ko‘prigi oldida zararlangan taqdirda uchchala shox sohasida
og‘riq, temperatura, taktil sezgilar yo‘qoladi yoki susayadi. Bundan tashqari chaynov
mushaklari falajlanadi. Agar Gasser tuguni neyrovirus ta’sirida shikastlansa, bemorning burun
va lab atrofida toshmalar toshadi (herpes zoster labialis et nasalis). Patologik jarayon uch
shoxli nervning sezuvchi o‘zagini zararlantirgan bo‘lsa, yuzning shu tomondagi yarmida og‘riq
va harorat sezgilari yo‘qolib, taktil sezgi biroz pasayadi (dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi).
Uch shoxli nerv o‘zagining tamoman zararlanishi kam uchraydi. Ko‘pincha u qisman
zararlanadi. Agar sezgi o‘zagining pastki 1/3 qismi shikastlansa, yuzning tashqi qismida
yarim halqa shaklida segmentar shakldagi dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi yuz beradi. Uch
shoxli nervning sezgi o‘zagini markazi shikastlansa yuzning o‘rta qismida yarim oy shaklida
dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Sezgi o‘zagining tepa 1/3 qismi zararlansa
yuzning ichki qismida, og‘iz va burun atrofida dissotsiyalashgan sezgi o‘zgarishi yuz beradi.
Bu sezgi sohalarini Zelder sohalari deyiladi. Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi o‘zagi yoki
uning tolalarining zararlanishi natijasida chaynov mushaklari zararlanadi. Agar uch shoxli
nervning harakatlantiruvchi qismini I neyroni zararlansa chaynov mushaklarining
shikastlanish belgilari ko‘rilmaydi, chunki yuqorida aytilgandek I neyronlar harakatlantiruvchi


o‘zak yuqorisida qisman kesishma hosil qiladi. Ba’zi bir kasalliklarda (meningit, qoqshol)
natijasida uch shoxli nervning harakatlantiruvchi qismi ta’sirlansa, chaynov mushaklarini tonik
qisqarishi (trizm) ro‘y beradi.
VII JUFT YUZ NERVI–n. facialis. Tuzilishi, vazifasi, tekshirish usuli, zararlanishi. Yuz nervi
parasimpatik va ta’m bilish tolalari bo‘lgan oraliq nerv bilan birga yo‘naladi. Shuning uchun yuz
nervi aralash nervlar qatoriga kiradi. 54-rasm. Yuz nervi. 1. Katta tosh nervi 2. Chuqur tosh
nervi 3. Qanotsimon kanal nervi 4. Quloq tuguni 5. Qanot-tanglay tuguni 6. Tizzasimon tugun
7. Yuz nervi 8. Yuz nervining harakat tolasi 9. Oraliq nerv 10. Yuz nervini harakat o‘zagi 11.
Yuqori so‘lak o‘zagi 12. Ta’m bilish o‘zagi 13. Jag‘ osti tuguni 14. Nogo‘ra parda tori 15. Uyqu-
nog‘ora nervi 16. Nog‘ora nervi 17. Orqa quloq suprasi nervi
Yuz nervining harakatlantiruvchi qismi 2 ta neyrondan iborat. Birinchi markaziy neyron
markaz oldi pushtaning pastki qismidan boshlanib, uning aksonlari po‘stloq-o‘zak yo‘lini hosil
qiladi. Bu po‘stloq-o‘zak yo‘li ichki kapsulaning tizzasidan, miya oyoqlarining asosidan o‘tib,
qisman kesishma hosil qiladi va Varoliy ko‘prigining kamroq qismida joylashgan yuz nervining
harakat o‘zagida tugaydi. Yuz nervining o‘zagi yuqori va pastki qismlaridan iborat. Kesishma
hosil qilgan po‘stloq-o‘zak yo‘li qarama-qarshi tomondagi yuqori va pastki o‘zaklarda tugaydi,
kesishma hosil qilmagan qismi esa o‘z tomonidagi yuqori o‘zakda tugaydi. Shunday qilib, yuz
nervi o‘zagining yuqorigi qismi 2 tomondagi bosh miyaning markaz oldi pushtasi bilan pastki
qismi esa faqat qarama-qarshi markaz oldi pushta bilan bog‘lanadi. Yuz nervining II periferik
neyroni harakatlantiruvchi o‘zakning yuqori va pastki qismlaridan boshlanib, orqa tomonga
yo‘naladi va uzoqlashtiruvchi nervning o‘zagini aylanib o‘tadi. Ana shu II neyronni aylanib
o‘tgan qismini ichki tizza deyiladi. Keyin yuz nervi pastga tushib, ko‘prik-miyacha burchagidan
tashqariga chiqadi va chakka suyagi piramidasining ichki eshituv yo‘li orqali yuz nervi
kanaliga (canalis n.facialis) kiradi. Bu kanalning boshlanish joyida yuz nervi tashqi tizzani
hosil qiladi. Kanalning ichida yuz nervidan nog‘ora pardani taranglovchi mushakka
(m.stapedius) boradigan tola ajraladi. Yuz nervining asosiy qismi kanaldan o‘tib, foramen
stylomastoideum orqali tashqariga chiqadi. So‘ngra quloq oldi bezi ichidan o‘tib, bir necha
tarmoqlarga bo‘linib «katta g‘oz» panjasini hosil qiladi. «G‘oz panjasi» ning oxirgi tolalari
yuqori va pastki qismlarga bo‘linadi va barcha mimika mushaklarini, shuningdek
m.digastricus ning orqa qorinchasini m.stylohyoideus, m.stapedius, m.platisma innervatsiya
qiladi. Yuqorigi o‘zakdan keluvchi tolalar yuqorigi, pastki o‘zakdan keluvchi tolalar esa pastki
mimika mushaklarni innervatsiya qiladi. Shunday qilib yuqori mimika mushaklar 2
tomonlama, pastki mimika mushaklar bir, ya’ni qarama-qarshi bosh miya yarimshari bilan
bog‘langandir. Yuz nervining ta’m biluvchi tolalarining hujayralari yuz nervi kanalining tashqi
tizza qismida yotuvchi ganglion geniculi da joylashadi. Bu hujayraning periferik tolalari uch
shoxli nervning uchinchi shoxi – n.mandibularis bilan qo‘shilib, tilning oldingi 2/3 qismini
innervatsiya qiladi. Ganglion geniculi ning aksonlari esa oraliq nervni (n.intermedius) hosil


qiladi va ko‘prik-miyacha burchagidan uzunchoq miyaga kirib, yakka tutam o‘zagida
(nucl.tractus solitarii) tugaydi. Yuz nervining sekretor tolalarining hujayralari yuz nervi
o‘zagining orqa tomonida joylashgan nucl. salivatorius superior da yotadi. Uning aksonlari
oraliq nerv tarkibida yuz nervining kanaliga kiradi. Yuz nervining foramen stylomastoideum
dan chiqish oldida undan sekretor tolalari ajraladi. Bu tolalar nog‘ora tori (chorda tympani)
tarkibida til nerviga qo‘shiladi va so‘lak bezlarini innervatsiya qiladi. Yuz nervining tashqi
tizzasi tarkibida sekretor tolalarini tutgan katta tosh nervi (n.petrosus major) yuz nervi
kanalidan chiqib, ko‘z yoshi bezini innervatsiya qiladi. BOLALAR VA KATTALARDA
TEKSHIRISH USULLARI Yuz nervini tekshirishga kirishishdan oldin yuz ajinlarini har ikki
tomonda simmetrik va ko‘z yorig‘i kattaligi ikkala tomonda baravar ekanligi aniqlanadi. Keyin
quyidagi imo-ishoraga oid ya’ni mimik tekshirishlar o‘tkaziladi: 1. Peshonani tirishtirish. 2.
Qoshni chimirish. 3. Ko‘zni qattiq yumish. 4. Tishni ko‘rsatish. 5. Lunjga havo to‘ldirish. 6.
Xushtak chalish. Normada hamma imo-ishora tekshirishlar yuzning ikkala tomonida
simmetrik holda bajariladi. Yosh bolalar va chaqaloqlarda yuz nervini ovqatlanishi vaqtida,
kulganida yoki yig‘laganida e’tibor bilan qarab tekshiriladi. ZARARLANISH BELGILARI Yuz
nervining zararlanish sohasiga qarab markaziy va periferik falajlarni tafovut etiladi. Yuz
nervining I neyroni qaysi sohada shikastlanmasin qarama qarshi tomondagi pastki mimika
mushaklari markaziy falajga uchraydi. Yuz nervining II neyroni qaysi sohada shikastlanmasin,
shikastlangan tomondagi yuqori va pastki mimika mushaklari periferik falajga uchraydi. Yuz
nervining periferik falajida quyidagi belgilar bo‘ladi: yuz assimetrik holatda, kasallangan
tomonda yuz ajinlari tekislanadi, ko‘z yorig‘i kattalashadi, lablar sog‘lom tomonga tortib
ketadi, falajlangan tomonda og‘iz burchagi pastga qiyshayadi. Mimik tekshiruv o‘tkazilganda
peshona terisida ajin paydo bo‘lmaydi, qosh tepaga ko‘tarilmaydi, qosh chimirilmaydi, ko‘z
yumilmaydi (lagoftal’m quyon ko‘z), ko‘z yoshlanadi, og‘iz burchagi osilib qoladi, lunjga havo
to‘ldirish, hushtak chalish mumkin bo‘lmaydi, ovqat chaynash qiyinlashadi. Shu bilan bir
qatorda Bella, Negro, «kiprik», «tennis raketasi» belgilari ko‘riladi. Falajlangan mimika
mushaklarida atrofiya kuzatiladi va elektr qo‘zg‘aluvchanlik buziladi. Yuz nervining
falajlanganligi yoki parezi aniqlangandan keyin, patologik jarayon shu nervning qaysi sohada
ekanligini bilishi kerak: 1). Agar yuz nervining o‘zagi shikastlansa Miyyar Gubler sinromi
mavjud bo‘ladi. Bunda shikastlangan o‘zak tomonida mimika mushaklarini periferik falaji,
qarama-qarshi tomonda esa gemisindrom yuz beradi. Falajlangan yuz mushaklarida fibrillyar
tortish ko‘riladi. Ko‘p holda yuz nervining falajlangan tomonida uzoqlashtiruvchi nerv yoki uni
o‘zagi zararlangan bo‘lishi mumkin. Bunda yuqorigidagi belgilarga, ichkariga qaragan g‘ilaylik,
diplopiya belgilari qo‘shiladi. (Fovilni alterlanuvchi falaji). 2). Agar yuz nervi ko‘prik-miyacha
burchagida shikastlangan bo‘lsa, yuz mushaklarini periferik falajiga eshituv va dahliz
nervlarining zararlanish belgilari qo‘shiladi. Quloq yaxshi eshitmaydi, yoki kar bo‘lish, bosh
aylanishi (vestibulyar ataksiya) mumkin. 3). Agar yuz nervi fallopiy kanalini yuqori qismida
shikastlansa, mimika mushaklar falaji bilan bir qatorda ko‘z yoshini kamayishi yoki to‘xtashi,


giperakuziya (qattiq eshitish), ta’mni pasayishi, og‘izni qurishi ko‘riladi. 4). Agar yuz nervi
kanalda n.petrosus superfacialis major chiqqandan keyin shikastlansa, belgilar yuqorida qayd
qilingandek bo‘ladi, faqat ko‘z yoshlanadi. 5). Agar yuz nervi kanalda chorda tympani
ajralmasdan turib zararlansa, mimika mushaklari falaji, ko‘z yoshlanishi, ta’m bilishni
susayishi kuzatiladi. 6). Agar yuz nervi fallopiyev kanalidan chiqish joyida zararlansa, faqat
mimika mushaklari falajlanib, ko‘z yoshlanadi. Yuqoridagi boshqa belgilar bo‘lmaydi. VIII
JUFT DAHLIZ-CHIG‘ANOQ NERVI (n.vestibulocohlearis). Tuzilishi, vazifasi, tekshirish usullari,
zararlanishi. Bu nerv o‘ziga xos ikkita sezuvchi nervdan iborat. 1. Eshituv yoki chig‘anoq nervi
– n. sochlearis et acusticus. 2. Vestibulyar yoki daxliz nervi – n. vestibularis n. cochlearis –
to‘rt neyron zanjiridan tashkil topgan. Birinchi neyronning bipollyar hujayralari spiral
tugunchada (ganglion spirale) joylashgan. Bu hujayralarning periferik tolalari spiral a’zoning
macula acustici sidagi neu epithelium da tarmoqlanib tugallanadi. Aksonlari esa nervus
cochlearis ni hosil qilib, n.vestibularis bilan birga ichki eshituv yo‘li orqali miya so‘g‘oni tomon
yo‘naladi va ko‘prik-miyacha burchagidan miya ko‘prigiga kiradi. Dahliz chig‘anoq nervi. 1.
Spiral tuguncha 2. Chig‘anoq nervi 3. Dahliz chig‘anoq nervi 4. Dahliz nervi o‘zagi 5. Chig‘anoq
nervi o‘zagi 6. Katta tosh nervi 7. Yuz nervining tizzasimon tuguni 8. Nog‘ora parda tori 9.
Bachadoncha 10. Orqa yarim aylana kanalning ampulasi 11. Qopcha 12. Vestibulyar
tuguncha 13. Dahliz nervi Eshituv nervi ko‘prikka kirib, undagi ikkita o‘zakda, ya’ni oldingi va
orqa o‘zakda nucl. ventralis et dorsalis tugaydi. Bu o‘zaklarda II neyron hujayralari joylashgan.
Nucl. ventralis dagi II neyron hujayralarining aksonlari ko‘prik asosida trapesiyasimon tanani
(corpus trapezoideum) hosil qilib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. Ikkinchi neyron
aksonlarining bir qismi trapesiyasimon tanadan o‘tayotgan o‘z tomondagi yoki qarama-qarshi
tomondagi trapesiyasimon tana va ustki olivalarning hujayralarida tugaydi. Dorzal o‘zak
hujayralaridan boshlanuvchi II neyron hujayralarining aksonlari esa rombsimon chuqurcha
yuzasiga chiqib, eshituv xoshiyalarini (striae acusticae) hosil qiladi. Striae acusticae
rombsimon chuqurchani o‘rtasiga (raphe) keyin ko‘prik ichiga kirib, ko‘prikning asosi tomon
yo‘naladi, so‘ngra trapesiyasimon tanada tugaydi va u yerdan III neyron boshlanib qarama-
qarshi tomonga qarab davom etadi. III neyron trapesiyasimon tana o‘zagidan boshlanib,
tashqi qovuzloq tarkibida yuqoriga ko‘tariladi. Qarama-qarshi tomondagi ventral va dorzal
o‘zak hujayralari aksonlarining ham tashqi qovuzloqni hosil qilishda ishtirok etadi. Demak, bir
tomondagi III neyron hujayralar aksonlari har ikkala tomondagi eshituv analizatorining o‘zagi
tomon yo‘naladi. O‘rta miyaning pastki tepachalarida eshituv nervining reflektor tolalari
tugallanadi, ular start refleksining afferent yo‘li hamdir. Shunday qilib, hosil bo‘lgan lemniscus
lateralis (III neyron) yuqoriga ko‘tarilib, po‘stloq osti eshituv markazlari bo‘lgan ichki
tizzasimon tana o‘zagida (corpus geniculatum medialis) va pastki tepachalarda tugaydi.
Tashqi qovuzloq eshituv aksonlarining bir qismi nucl. lemniscus lateralis da tugaydi. To‘rt
tepalikdan boshlangan tractus tectospinalis kesishma hosil qilgandan keyin miya so‘g‘onidan
o‘tib, orqa miyani oldingi tizimchasi orqali yo‘naladi va orqa miya segmentlarining oldingi shox


hujayralarida tugaydi. Bu yo‘l eshituv va ko‘ruv analizatorlarini orqa miya bilan bog‘laydigan
reflektor yo‘l hisoblanadi. Corporae geniculatum mediale o‘zagida oxirgi–IV neyron hujayralari
joylashgan bo‘lib, ularning aksonlari bosh miya po‘stlog‘ining chakka qismining yuqori
pushtasidagi eshituv analizatorining o‘zagida tugaydi. N.vestibularis ning I neyron hujayralari
ichki quloqdagi gang. Scarpae da joylashgan. Bu hujayralarning dendritlari yarim halqasimon
kanallarida va otolitdagi retseptorlarda tugallanadi. Aksonlari esa radix n.vestibularis ni hosil
qilib n.cochlearis bilan birgalikda ko‘prikni ichiga kiradi. Vestibulyar nerv ko‘prikdagi yuqori,
pastki, ichki va tashqi o‘zaklarda (Bexterev, Roller, Shvalbe, Deyters) tugaydi. Bulardan II
neyron boshlanadi. Yuqori va ichki o‘zaklardan boshlanuvchi aksonlar miyacha cho‘qqi o‘zagi
– nucl.fastigli (tractus vestibulocerebellaris), hamda o‘rtadagi bo‘ylama tutam – fasciculus
longitudinalis ga boradi. Fasciculis longitadinalis medialis vestibulyar apparatni
n.oculomotorius, n.troshlearis, n.abducens va boshqa bosh miya nervlarning o‘zaklari bilan
bog‘laydi. Tashqi o‘zak esa harakat hujayralaridan iborat bo‘lib, uning aksonlari tractus
vestibulo-spinalis ni hosil qiladi (Levental yo‘li). Bu yo‘l yordamida vestibulyar apparat orqa
miyaning oldingi shoxiga impulslar yuborib turadi, hamda harakat muvozanatini saqlashda
ishtirok etadi. Shunday qilib, biz vestibulyar apparatning periferiya bilan aloqalarini ko‘rib
chiqdik. Vestibulyar nervning pastki o‘zagida joylashgan II neyron hujayralarining aksonlari
qarama-qarshi tomondagi thalamus opticus da tugaydi. Undan boshlangan III neyron hujayra
aksonlari miya po‘stlog‘iga tomon yo‘nalib, tepa bo‘lagini pastki va chakka bo‘lagining
yuqorisida tugaydi. BOLALAR VA KATTALARDA TEKSHIRISH USULLARI Eshituv nervi –
n.cochlearis ni tekshirish: Eshituv o‘tkirligini bemorga shivirlab gapirib tekshiriladi. Normal
holatda shivirlab aytilgan so‘zlarni tekshiriluvchi 5-6 m masofadan aniq eshita oladi.
Tekshirish o‘ng va chap quloqda alohida-alohida o‘tkaziladi. Bir quloq tekshirilayotganda,
ikkinchi quloq mahkam berkitilgan bo‘lishi va bemor tekshiruvchi tomonga qulog‘ini tutib, o‘zi
esa qarab turmasligi kerak. Kamerton yordamida Veber, Rinne va Shvabax tajribalari
o‘tkaziladi. Veber tajribasi yordamida quloqning suyaklar orqali tovush qabul qilish qobiliyati
aniqlanadi. Buning uchun tebrantirilgan kamerton oyoqchasini bosh suyagining tepa qismiga
qo‘yiladi. Normal holatda har ikki tomondagi suyaklarning tovush o‘tkazish qobiliyati bir xil
bo‘lganligi sababli, kamerton tovushi har ikki tomonda ham baravar eshitiladi. Bunga Veber
tajribasining lateralizatsiya qilinmasligi deyiladi. Agarda eshituv nervi bir tomonda
zararlangan bo‘lsa, Veber tajribasida kamerton tovushi sog‘lom quloqda aniqroq eshitiladi,
ya’ni ikkinchi quloqqa lateralizatsiya qilinadi. Rinne tajribasi tovushning havo va suyaklar
orqali o‘tishini solishtirib tekshirishga asosolangandir. Buning uchun tebratilgan kamertonni
processus mastoideus ga qo‘yiladi. Tovushning suyak orqali eshitilishi tugagandan keyin, shu
kamertonni quloqqa yaqinlashtiradi. Normal holatda tekshiriluvchi tovushni suyak orqali
eshitmay qolgandan keyin havo orqali eshitaveradi. Bu Rinnening ijobiy tajribasi deyiladi. Agar
o‘rta quloq zararlangan bo‘lsa, bemor tovushni havo orqali eshita olmaydi. Buni esa Rinnening
salbiy tajribasi deyiladi. Shvabax tajribasi yordamida tovushning suyak orqali o‘tish darajasi


aniqlanadi. Buning uchun tebratilgan kamertonni avval bemorning processus mastoideus ga
qo‘yiladi. Kamertonning vibratsiyasi eshitmay qolishi bilanoq tekshiruvchi vrach kamertonni
o‘zining processus mastoideus ga qo‘yadi. Agar vrach kamerton vibratsiyasini bemordan
keyin ham eshitaversa, bu ham tekshiriluvchidan suyak orqali tovush o‘tkazish qisqarganligini
ko‘rsatadi. Bunday holda suyak orqali tovush o‘tkazishning necha sekundga qisqarganini
aniqlash kerak. Tovush o‘tkazishning qisqarishiga ko‘pincha nervus cochlearis ning
zararlanishi sabab bo‘ladi. VIII juft nervning chaqaloq va yosh bolalarda tekshirish vaqtida har
xil shiqillaydigan o‘yinchoqlarni tovushiga bergan reaksiyasiga qarab xulosa qilinadi. Bolalar
tovush kelgan tomonga qarab boshini buradilar. Eshituv nervi zararlansa, quloq og‘irroq
bo‘lishi yoki kar bo‘lib qolishi mumkin. Yaxshi eshitmaslikka gipoakuziya, kar bo‘lib qolishga
anakuziya yoki surditlas deyiladi. Patologik jarayon ta’sirida eshituv markazi zararlansa,
quloqda har xil tovushlar, g‘uvillash, chiyillash va boshqa shu kabi subyektiv sezgilar paydo
bo‘ladi. Vestibulyar nervini tekshirish uchun avval bemor shikoyatlari so‘raladi. (Bosh
aylanishi, ko‘ngil aynashi va qusish hollari). So‘ng Romberg holatida va Barani kreslosida va
kalorimetrik sinovlar orqali tekshirib ko‘riladi. Vestibulyar nervning zararlanishi bemorda bosh
aylanishi, ko‘ngil aynash, qusish, nistagm va ataksiya singari holatlarning vujudga kelishi bilan
harakterlanadi. Ichki quloq labirint qismining zararlanishi ham yuqoridagi kabi hurujlarni
keltirib chiqaradi. Bunday paytda labirint huruji yoki Mener sindromi yuz beradi, kasallik
alomatlari og‘irroq o‘tadi va har xil vegetativ o‘zgarishlar bilan kechadi. Nistagm – ko‘z
olmalarining ritmik ravishda qimirlab turishidir. Ko‘pincha, yon tomonlarga qaraganda
gorizontal nistagm paydo bo‘ladi. Agar nistagm yuqoriga qaraganda paydo bo‘lsa, vertikal
nistagm deyiladi. Patologik jarayon natijasida vestibulyar nerv ta’sirlansa, shu kasallangan
tomonga qaraganda nistagm sodir bo‘ladi. Basharti vestibulyar nervning faoliyati pasaygan
bo‘lsa, qarama qarshi tomonga qaraganda nistagm paydo bo‘ladi. Vestibulyar ataksiya.
Vestibulyar nerv muvozanatni saqlab turishda ishtirok etadi. U ta’sirlansa yoki faoliyati
pasaysa kishining muvozanat saqlashi qiyinlashadi, natijada ataksiya paydo bo‘ladi. Bemor
zararlangan vestibulyar apparat tomonga gandiraklab yuradi va ijobiy Romberg belgisi kelib
chiqadi. IX juft – til-yutqin nervi (n.glossopharyngeus) X juft adashgan nerv (n.vagus) XI juft
qo‘shimcha nerv (n.accessorius), til osti (n.hypoglossus), tuzilishi, vazifasi, tekshirish usullari,
zararlanishi. Til-yutqin va adashgan nervlari aralash nervlar qatoriga kiradi, chunki bu nervlar
tarkibida harakatlantiruvchi, sezuvchi va sekretor tolalar bo‘ladi. Bu ikkala nervlarning tuzilishi,
vazifasi, tekshirish usuli va zararlanish belgilari o‘xshash bo‘lganligi uchun, ularni birgalikda
ko‘rib chiqiladi. HARAKATLANTIRUVCHI QISMI Til-yutqin va adashgan nervlarning harakat
qismi 2 ta: markaziy va periferik neyrondan iborat. I neyron markaz oldi pushtadan boshlanib,
uning aksonlari po‘stloq-o‘zak yo‘lini hosil qiladi. Po‘stloq-o‘zak yo‘li ichki kapsulaning
tizzasidan, miya oyoqlaridan, Varoliy ko‘prigidan o‘tib, qisman kesishma hosil qiladi va
uzunchoq miyada joylashgan ikki yoqlama o‘zakda (nucl.ambigius) tugaydi. Bu o‘zak IX va X
neyronlar uchun umumiydir. Ikki yoqlama o‘zakning aksonlari til-yutqin va adashgan nervlarni


harakatlantiruvchi qismini hosil qilib, uzunchoq miyaning olivasi bilan arqonsimon tana
o‘rtasidan chiqadi va o‘z yo‘nalishida bo‘yintiriq teshigi (foramen jugularae) orqali kalladan
chiqadi. Adashgan nervning harakatlantiruvchi tolalari halqum, yumshoq tanglay, hiqildoq,
ovoz mushaklarini innervatsiya qiladi. Til-yutqin nervining harakatlantiruvchi tolalari alohida
m.stylopharyngeus ni innervatsiya qiladi.
Koʻrish nervi
Hid bilish nervi
Qoʻshimcha nerv
Yuz nervi
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Nerv sistemasiga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Bosh_miya_nervlari&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Yana q.
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 3 oy avval Megamed1
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bosh_miya_nervlari&oldid=2
743393
" dan olindi 

Download 237,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish