Bosh va bo‘yin patologiyalari. Og‘iz bo‘shlig‘i, yuqori nafas yo‘llari,quloq,bo‘yin va so‘lak bezlari kasalliklari



Download 31,55 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi31,55 Kb.
#316832
Bog'liq
4 mavzu


Bosh va bo‘yin patologiyalari.Og‘iz bo‘shlig‘i, yuqori nafas yo‘llari,quloq,bo‘yin va so‘lak bezlari kasalliklari.

XEYLITLAR

Xeylitlar - yig'ma atama bo'lib, lablar shilliq pardasi bilan terisining qizil

jiyagini yallig'lanishi degan m a ’noni bildiradi. Bular ko'pincha og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining travmatik infektsion omillar tufayli, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari munosabati bilan har xil tarzda yalliglanishi mahalida kuzatiladi. Mustaqil xeylitlar ham uchraydi, quyida shularni tasvirlab o'tamiz. Eksfoliativ xeylit ikki shaklda: quruq va ekssudativ xeylit tarzida namoyon bo'ladi. Quruq xeylit uchun labning qizil jiyagi yuzasida qon dimlanib, giperemiya boshlanishi xarakterlidir, bunda labning qizil jiyagida quruq, yarim tiniq tangachalar paydo bo'ladi. Ekssudativ xeylitda lablar shishib, qizarib turadi, ularda to‘q kulrang tusli nam tangachalar va qora qo‘tirlar paydo boladi.

Meteorologik xeylit shamol, harorat, chang va havo ta ’siri tufayli boshlanadi. Lablaming diffuz tarzda yalligIanishi, notekis giperemiya, qovjirash, biroz po‘st tashlash, kamgina infiltrasiya paydo bo'lishi bilan

ta’riflanadi. Lablarning shilliq pardasi va terisida erroziya va yoriqlar paydo bo'lishi mumkin.

Oddiy glandulyar xeylitda shilimshiq-seroz bezlarning keskin giperplaziyasi va ajratuv yo'llari asinuslarining kistoz kengayishi kuzatiladi.

Bezlar stiomasi shishib, yumshab qoladi. Yiringli glandulyar xeylit lablar juda shishib, sariq-yashil yoki qo'ng'ir-qora tusli qalin qora qo'tirlar paydo bo'lishi bilan ta’riflanadi. Mikroskopik tekshirishda bezlarning giperplaziyaga uchrab, epiteliyning shishib turgani aniqlanadi, bezlar stromasida esa shish, yiringli diffuz infiltrasiya borligi ko'zga tashlanadi. Glandulyar m akroxeylitda lablarning shilim shiq-seroz bezlari giperplaziyaga uchrab, stromasida surunkali yallig'lanish jarayoni boshlanadi.

Meteorologik xeylit shamol, harorat, chang va havo ta ’siri tufayli boshlanadi. Lablaming diffuz tarzda yalligIanishi, notekis giperemiya, qovjirash, biroz po‘st tashlash, kamgina infiltrasiya paydo bo'lishi bilan

ta’riflanadi. Lablarning shilliq pardasi va terisida erroziya va yoriqlar paydo bo'lishi mumkin.

Oddiy glandulyar xeylitda shilimshiq-seroz bezlarning keskin

giperplaziyasi va ajratuv yo'llari asinuslarining kistoz kengayishi kuzatiladi.

Bezlar stiomasi shishib, yumshab qoladi. Yiringli glandulyar xeylit lablar juda shishib, sariq-yashil yoki qo'ng'ir-qora tusli qalin qora qo'tirlar paydo bo'lishi bilan ta’riflanadi. Mikroskopik tekshirishda bezlarning giperplaziyaga uchrab, epiteliyning shishib turgani aniqlanadi, bezlar stromasida esa shish, yiringli diffuz infiltrasiya borligi ko'zga tashlanadi. G landulyar m akroxeylitda lablarning shilim shiq-seroz bezlari giperplaziyaga uchrab, stromasida surunkali yallig'lanish jarayoni boshlanadi. giperkeratoz ham topiladi. Bazal membranasi yemirilmaydi. Tuguncha paydo bo'lgan vaqtdan boshlab, 1-2 oy ichida u invaziv rakka aylanib ketishi mumkin.

STOMATITLAR

Stomatit - og ‘iz bo'shlig'i shilliq pardasining yallig'lanishidir. Ular qanday sabablarga ko'ra paydo bo'lganiga qarab hozir ikki asosiy guruhga bo'linadi:

1) og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining infektsion om illar yoki boshqa zararli omillar (travma, nur energiyasi, m a’lum moddalar va dori preparatlari) tufayli bevosita zararlanishidan paydo bo'ladigan stomatitlar;

2) organizmnmg umumiy kasalliklari: m e’da ichak yo'li, yurak tornirlar tizimi, nerv tizimi kasalliklari, qon kasalliklari, turli infektsion kasalliklarda paydo bo'ladigan stomatitlar. Stomatitlaming gerpetik va aftoz xillari juda ham diqqatga sazovordir.
Gerpetik stomatit. Gerpetik stomatitning qo'zg'atuvchisi DNKvinisdir u ham epidermotrop, ham neyrotrop bo'ladi. K o'pchilik hollarda bemorlarda gerpes virusi (I tipdagi virus) ga qarshi antitelolar topiladi. 15 foiz hollarda gerpetik stomatit nerv tizimiga infektsiya o'tgan mahallarda

paydo bo'ladi. Ma’lumki, gerpes virusi og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi orqali o'tib, uch shoxli nerv yadrosining nerv hujayralariga yetib borishi va o'sha yerdagi virus genomi DNK ga o'rnashib olishi mumkin. Infektsiya latent, yashirin holda bo'lib qolaveradi. Immunologik himoya susayib ketgan bo'lsa,

shilliq parda ta’sirlangan mahalda virus genomi go'yo jonlanadi va sezuvchi aksonlar bo'ylab retrograd tarzda yo'nalib, ko'pincha lablar epiteliysini zararlaydi. Gerpetik stomatit uchun og 'iz bo'shlig'i shilliq pardasi yoki lablarda mayda-mayda pufakchalar paydo bo'lishi xarakterlidir. Mikroskopik

tekshirishda bu pufakchalaming ichi seroz suyuqliq ko'chib tushgan epiteliy hujayralari, leykositlar, fibrin iplari bilan to lib turgani ma’lum bo'ladi. Stomatitning bu xili ko'pincha gripp, revmatizm, pnevmoniya singari kasalliklar bilan birga uchraydi. 2-3 kundan keyin pufakchalar yorilib, yuzaki yarachalar paydo bo'ladi, ulam ing tagi shishib, qizarib'turadi. Aftoz stom atit odatda yoshlik davrida bo'ladi, mikoplazma mahalida va sekinlik bilan yuzaga chiquvchi o'ta sezuvchanlik reaksiyalarida kuzatiladi. Aftoz stomatitda shilliq parda shishib, yumaloq shaklli erroziyalar paydo bo'ladi, bular karash bilan qoplanib, rosa giperemiyalangan gardish bilan o'ralib turadi. Eroziyalar bitta yoki bir talay bo'lishi mum kin. Ularning paydo bo'ladigan joyi lablar, lunj shilliq pardasi va tildir. Eroziyalarning tubida neytrofillar bilan infiltrlangan granulyasion to 'q im a bo'ladi. Mikroskopik tekshirishda seroz-fibrinoz yallig'lanish o'choqlari topiladi. Leykositlar bosib ketgan fibrinoz plenka ko'chib tushganida yuzagina yaracha - och qizil rangli erroziya paydo bo'ladi, bular odatda, kasallikning boshidan hisoblaganda 10-14 kunda bitib ketaveradi. Yosh ulg‘aygan sari susayib boradigan bu jarayon qaytalanib turishi mumkin.

Yarali stom atit zaiflashib, madori qurigan kasallarda boshlanadi. Unga sabab bo'ladigan etiologik omil, shilliq pardadagi simbioz bakteriyalardir. M ilklar, lunjlar, tanglayda, bodomcha bezlarida sarg‘ish-oq tusli karash ko'rinishida yarali-nekrotik jarayon boshlanadi. Mikroskopik tekshiruvda epitelial qatlamning nekrozga uchrab, unda chuqur rahna paydo bo'lgani, shu rahna tubida granulyasion to'qim a borligi ma’lum bo'ladi. Yarali stomatit

zo'rayib ketgan mahallarda gangrenoz stomatit boshlanadi. Bunda nekroz shilliq parda, uning ostidagi to 'q in alar, muskullar, suyakka ham o'tadi. Odam ning yuzida nam gangrena boshlanishi mumkin (noma). Kasallik esonomon o'tib ketadigan mahallarda nekroz o'choqlari chandiqlanib boradi.

0‘SMA OLDI KASALLIKLARI VA 0‘SMALAR

Og'iz bo'shlig'i o'smalari barcha xavfli o'smalaming 5 foizini tashkil etadi. Ular ko'pincha 50 yoshdan keyin boshlanadi. Gistologik tuzilishiga ko'ra yassi hujayrali rak ko'proq kuzatiladi. Sarkoma kamdan-kam uchraydi.

Rakning asosiy sabablari chekish, alkogol, viruslar, ayniqsa geipes virusi va papillom a DNK-virusi deb hisoblanadi. Og'iz shilliq pardasining xavfsiz o'sm alari - papillomalar ancha ko'proq uchraydi. O'sma oldi kasalliklaridan leykoplakiya va eritroplakiyalar diqqatga sazovordir.

LEY K O PLA K IY A

Leykoplakiyada teriga yondosh shilliq pardalarda, shuningdek ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan shilliq pardalarda covlanib turadigan yoki kattaligi yasmiq donidek, tirnoqdek va undan kattaroq keladigan sutdek

oq rangli dog'lar paydo bo'ladi. Yaxshi qo'yilmagan yasama tishlar, surunkali yallig'lanish jarayonlari, avitaminoz A leykoplakiyalar paydo bo'lish xavfini qoladigan omillar bo'ladi. Zararlangan joy odatda, yuzasi

g'adir-budir, chegaralari aniq bo'lib, shilliq parda damidan ozgina ko'tarilib turadi. Bu pilakchalarning yuzasi silliq bo'lishi ham mumkin, ba’zan tosh ko'cha yuzasiga o'xshab ketadi. Shilliq pardaning bunday o'zgarishlari uning

epiderm isi joylarida, ya’ni yaralar va yoriqlar bo'lgan joylarda yuzaga keladi (surunkali xeylitlar munosabati bilan). Lablar va og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining zararlanish hodisalari erkaklarda ayollardagiga qaraganda 10 baravar ko'proq uchraydi. Aksari, zararlanadigan joylar og'iz burchagi va lablar jiyagining ichki cheti, shilliq pardaning tishlar qatoriga taqalib turadigan qismi, shuningdek tilning yon yuzasidir.

Leykoplakiyalarning uch xil klinik turi tafovut qilinadi: oddiy, verrukoz, eroziv-yarali leykoplakiyalar. Oddiy leykoplakiyada muguzlanib kulrangoqish tusga kirib qolgan joylar keskin chegaralanib turadigan bo'ladi
Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida akantoz bilan parakeratoz, strom ada esa shish kelib, qon dimlanib turgani ustiga bir-biriga qo'sqilib ketgan polimorf hujayrali perivaskulyar infiltratlar borligi topiladi.

Verrukoz leykoplakiyada zararlangan joylar g'adir-budir, so'galsim on bo'lib muguzlangan, shilliq pardadan ko'tarilib turadigan o 'ch o q lar ko'rinishida bo'ladi. Leykoplakiyaning verrukoz xilida gistologik jihatdan

olganda keskin ifodalangan giperkeratoz, akantoz va epidermal o'sim talar topiladi. Tikansimon qatlam o'simtalari yo'g'onlashgan, hujayra ichi shishgan bo'ladi. Subepitelial asosda shish borligi, qon dimlanib, tom irlar

kengayib ketgani va limfotsitlardan iborat sezilarli perivaskulyar infiltrat

o'choqlari borligi ko'zga tashlanadi. Eroziv-yarali leykoplcikiyalar klinik jihatdan har xil kattalikdagi yakka yoki talaygina erroziyalar paydo bo'lishi bilan ifodalanadi; bunday o'zgarishlar muguzlanib qolgan yassi leykoplakiya o'choqlari bor jo y lard a kuzatiladi. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganda, epiteliyda nuqson borligi ma’lum bo'ladi, o'sha nuqsonning chetlarida epitelial o'siqlari uzayib ketgan akantoz, parakeratoz va ekzositoz bo'ladi. Stromadagi o'zgarishlar tabiatan yallig'lanish tarzida bo'lib, tomirlaming qonga to'lib turishi, shish kelishi, diffuz limfa-plazmotsitar infiltratlar paydo bo'lishi bilan o'tadi. Leykoplakiyalarda hujayra atipiyasi borligi m a’lum bo'ladi, bu hodisa kuchayib ketgan mahallarda displaziya boshlanib, cancer in situ paydo bo'ladi. Keyinchalik rak boshlanadi.

ER ITR O PL AK IY A

Eritroplakiya ham rak oldi o'zgarishlari jum lasiga kiradi va yallig'lanish hodisasiga aloqasi yo'q qizil dog'lar paydo bo'lishi bilan ta’riflanadi. K eratoz

amalda bo'lmaydi, tikansimon hujayralar atrofiyasi ko'proq ko'zga tashlanadi. Eritroplakiya ham zo'rayib borib yassi hujayrali rak paydo bo'lishiga olib keladi.

PAPILLOMALAR

Yassi hujayrali papilloma - shilliq parda epiteliysidan o'sib chiqadigan Va hammadan ko'ra Ko'proq uchraydigan xavfsiz o'smadir, u og'iz bo'shlig'ining rak oldi kasalliklari jumlasiga kirmaydi. Bunday papilloma har qanday yoshdagi odamlarda paydo bo'lishi mumkin, asosan lablarda, tilda, og'iz bo'shlig'ining tubi va yumshoq tanglayda paydo bo'ladi. Papillom a ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo'lib, fibrovaskulyar oyoqchada turadi. Donador qatlami gipertrofiyalangan bo'ladi.

YASSI H U JA Y RA LI R A K

Yassi hujayrali rak ko'pincha tilning yon yuzalarida, gohida tanglay va til ustida paydo bo'ladi. Bu o'sm a limfogen va gematogen yo'llar bilan metastazlar beradi (o'sm a hujayralari ko‘krak limfa yo‘lidan venoz tizimga

o ‘tganida). Og‘iz shilliq pardasining invaziv raki odatda, yara bo'lib ketadi.

Yaraning chetlari dumaloq boMadi va unga taqalib turgan shilliq pardada leykoplakiya va eritroplakiyalar topiladi. Rak bo'yin limfa tugunlariga metastazlar berganida shu tugunlar qattiqqina qo'zg'alm as tuzilmalar

ko'rinishida qo‘lga unnaydi (tabiatan yallig1 lanishga aloqador limfadenopatiyalarda limfa tugunlari harakatchan bo'ladi). Yassi hujayrali rak mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida har xil darajada tabaqalashgan o'sm a hujayralari uyalaridan iborat bo'ladi. Biriktiruvchi .to'qim adan iborat stromasida mononnklearlar infiltratriyasi topiladi. Infiltrasiya darajasi o'sm a antigeniga javoban yuzaga chiqqan immun reaksiyani aks ettiradi. Limfoid infiltrasiya bir muncha zo'r bo'lganida kasallikning oqibati bir qadar xayrli.

SO‘LAK BEZLA RI KASALLIKLARI

So'lak bezlarining kasalliklari judayam xilma-xildir. So'lak bezlarining yiriklarida ham, maydalarida ham yallig'lanish jarayonlari, immunopatologik distrofik jarayonlar va o'sm a kasalliklari paydo bo'lishi mumkin.

SIALOADENIT

Sialoadenit - so'lak bezlarining yallig'Ianishi bo'lib, odatda virus, bakteriyalar invaziyasi yoki autoimmun jarayonlar (Shegren sindromi, tizimli qizil volchanka va tizimli sklerodermiya)da bez chiqarish yo ‘llarining tiqilib qolganiga jadoban го V bergan reaksiya tariqasida boshlanadi. Tabiatan infektsiyaga aloqador sialoadenitlarda infektsiya so'lak beziga og'iz bo'shlig'idan bez y o'li orqali yoki gematogen yo'l bilan o'tadi. Virusga aloqador sialoadenitlar (,epidemik parotit - tepki), o'tkir va surunkali nospesifik sialoadenitlar, spesifik (aktinoinikoz, sil, zaxmga aloqador) sialoadenitlar, so'lak bezlari yo'llariga yot jism kirib qolishiga aloqador va kalkulyoz sialoadenitlar (so'lak-tosh kasalligi) tafovut qilinadi. Ko'pincha virus tufayli paydo bo'ladigan parotit (epidemik parotit - tepki) uchraydi, yallig'lanish jarayoni qu'oq oldi so'lak bezining interst:siysida boshlanadi. Epidem ik p a ro tit bilan 5-15 yashar bolalar, ba’zan 18-25 yoshli odamlar ham kasallanadi. Kasallik havo-tomchi usulida yuqadi. Infektsiyaning kirish darvozalari og'iz bo'shlig'i, bunin, halqum shilliq pardasidir. Kasallikning yashirin davri 2-3 oy, keyin bir tomondagi yoki ikkala tomondagi quloq oldi bezlari kattalashib, og'rib turadi va zo'r berib so'lak chiqara boshlaydi. Bezlarning kattalashuvi - interstisiyda shish

boshlanishi va limfoid infiltrasiya paydo bo'lishiga bog'liqdir. Harorat ko'tarilib, odam lanj bo'ladi, boshi og'rib turadi. Asinuslardagi degenerative o'zgarishlar tufayli qon zardobidagi amilaza miqdori ko'payib ketadi.

Jarayon 10-14 kun davom etadi. Patologik anatom iyasi. Bez y o ii atrofidagi shilliq parda shishib, qonga to‘ lib turadi. Shish quloq oldi sohasi va bo‘yin kletchatkasiga ham tarqaladi. So‘lak bezida to‘qimalar interstisial shishi, giperemiyasi ko‘zga tashlanadi, bez yo'llari va asinuslari atrofida limfotsitar infiltrasiya, bez yo‘llarining ichida quyuqlashib qolgan sekret bo'ladi. Epidem ik parotit asorat berib, orxit, ovarit, pankreatit, ensefalit boshlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ikkilamchi bakterial infektsiya qo'shilganida bez parenximasida nekroz boshlanib, keyin fibroz paydo bo'ladi.

0‘tkir nospesifik sialoadenit pas*ki jag' burchagi va shoxi schasida o'tkir osteomielit bo'lganida, stomatit mahalida, so'lak bezi chiqarish yo'llarida yot jismlar, toshlar bo'lganida, otitlar, o 'tk ir artritlar paytida, so'lak bezi shikastlangan mahallarda boshlanadi. Bundan tashqari giposalivasiya bilan birga davom etadigan bir qancha infektsion kasalliklarda

(gripp, qizamiq, dizenteriya, tif mahalida) yoki qorin bo'shlig'ida qilingan operatsiyalardan keyin, kaxeksiya paytida, organizm ju d a suvsirab qolgan paytlarda ham kuzatiladi. O'tkir sialoadenitlar seroz, yiringli va gangrenoz turlarga bo'linadi. Seroz sialoadenit bez to'qimasi shishib, tomirlarining qonga to'lib turishi va o'rtacha leykositar infiltrasiya paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Bezning chiqarish yo'llari ko'chib tushgan epiteliy, mikroorganizmlar, sekret bilan to'lib turadi. Yiringli sialoadenitda bez shishib, qonga to'lib turadi, unda qontalashlar, diffuz polinuklear infiltrasiya paydo bo'ladi. B a’zi joylarda bez to'qimasi destruksiyaga uchrab, abssesslar yuzaga keladi. Gangrenoz sialoadenitda hozir aytib o'tilgan o'zgarishlar ustiga bez to'qim asida kattakatta nekroz paydo bo'lib, bemor og'ir septik ahvolga tushib qoladi. Surunkali nospesifik sialoadenit ko'pincha o 'tk ir sialoadenitdan keyin boshlanadi va ikki shaklda namoyon bo'ladi: parenximatoz (patologik o'zgarishlar bez parenximasida yuzaga keladi) va interstisial sialoadenit (bez bo'lakchalari orasidagi biriktiruvchi to'qima o'zgarishlarga uchraydi).

Surunkali parenximatoz sialoadenitda avvaliga mayda maddalar paydo bo'lib, keyin bular asta-sekin bir-biriga qo'sqilib ketadi; bir qancha hollarda maddalar bo'lmasligi ham mumkin, bez to'qim asiga seroz ekssudat singiganidan keyin bezda nekroz boshlanadi. Y allig'lanish mahalida bez uning o'zidan (jumladan, quloq oldi bezidan) chiqadigan proteolitik fermentlar ta’siri ostida nekrozga uchraydi deb hisoblanadi. Interstisial surunkali sialoadenitda bez to'qimasida limfa- va plazmotsitar infiltrasiya (o'choq tarzidagi va diffuz) infiltrasiya ko'zga tashlanadi. Bo'lakchalar orasida o'sib boradigan biriktiruvchi to'qima asta-sekin parenxima o'rnini oladi va bez chiqarish yo'Harming atrofiyaga uchragan uchki bo'limlari atrofida gialinlashadi.
Spesifik sialoadenitlar

(aktinomikoz, sil, zaxmga aloqador sialoadenitlar) bez to‘qimasida spesifek granulyomalar paydo bo'lishi bilan

ta’riflanadi. Yot jism lar tushishidan boshlanadigan sialoadenitlarda kasallik manzarasi nospesifik o'tkir. yallig'lanish manzarasi bilan bir xil bo'ladi. K alkulyoz sialoadenitlar (so'lak-tosh kasalligi) bez chiqarish yo'llari tiqilib qolishi natijasida boshlanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida bez to'qim asida limfotsitar va yassi hujayrali diffuz hamda o'choqli infiltrasiya ko'zga tashlanadi, bu infiltrasiya hujayralari orasida qisman polimorf yadroli leykositlar ham bo'ladi; bez bo'lakchalari o'rtasida biriktiruvchi to'qim a o'sio, ba’zi joyiarda parenxima cf'rniga yog' to qimasi

paydo bo'ladi. Bezning chiqarish yo'llaridagi epiteliy metaplaziyaga uchrab, ikki qavatli yoki ko'p yadroli epiteliyga aylanadi. Bez yo'llarining bo'shlig'ida kattaligi va shakli har xil toshlar ko'zga tashlanadi.

M ayda va yirik so'lak bezlari yumshoq to'qimalarining bag'rida so'lak bezlarining retension kistalari uchraydi. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida kista devori ichki tomondan granulyasion to'qim a bilan qoplangan hujayra va tolali biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib chiqadi. Kistalar bo'shlig'ida bir qadar eozinofil gomogen massa bo'lib, uning orasida plazmatik hujayralar va distrofik tarzda o'zgargan hamda nekrobiozga uchragan hujayralaming parchalari uchraydi. Shegren sindromi mahalida so'lak bezining zararlanishi avvaliga xavfsiz limfoepitelial kasallik ko'rinishida, ba’zida esa xavfli limfoma ko'rinishida o'tadi. U sindrom uchta asosiy simptomdan tarkib topadi: 1) quruq keratokonyunktivit, 2) poliartrit (revmatoid poliartrit tariqasida о tadi, 3) kserostomiya - og'iz bo'shlig'i shilliq pardasining qurib turishi; bu kasallik bilan klimaks davriga kirgan ayollar ko'proq og'riydi.

M orfologik jihatdan olganda yirik va mayda so'lak beziarida va me’da ichak y o 'li bezlarining stromasida limfo-makrofagal va yassi hujayrali infiltrasiya ko'zga tashlanadi, bunday infiltrasiya parenximaga yoyilib borib, epitelial hujayralarni yemiradi. Jarayon stromaning sklerozga va bezlaming atrofiyaga uchrashi bilan tugallanadi.

Shunday qilib, Shegren kasalligida quloq oldi bezi funksiyasi buzilib, bez kattalashib ketadi. Bu kasallik barcha tashqi sekresiya bezlarining yetishmovchiligi bilan o'tadigan, tizimga aloqador surunkali kasallikdir. Mikulich kasalligida so'lak bezlari bilan ko'z yoshi bezlari baravariga shishib chiqadi. Lunj, til bezlari ham ko'pincha jarayonga qo'sqilib ketadi; bu kasallik k o 'p yillar davom etadi. Bunda tishlar kariesi keskin ifodalangan bo'ladi. Etiologik omillar jumlasiga sil, retikulyoz, leykemiya, psevdoleykemiya va limfa tizimining boshqa kasalliklari kiradi. Mikulich kasalligi morfologik jihatdan ikkita asosiy jarayon bilan ta’riflanadi: 1) bez bo lakchalari atrofida limfoid to'qimadan iborat kichikroq o'simtalar paydo bo'lishi, bu bez parenximasining atrofiyaga uchrashiga olib keladi; 2) bez oraliq to‘qimasida surunkali yallig'lanish boshlanib, granulyasion to'qima paydo bo‘lishi, bu narsa keyinchalik bezning chandiqli atrofiyaga uchrashiga olib keladi. Kasallikning oqibati uning cheklangan xilida xayrli, tarqoq xilida - yomon.

SO‘LAK BEZLARI 0‘SMALARI

So'lak bezlari o'smalari juda har xil, lekin ko'pincha xavfsiz o'sm alari uchraydi: sialoadenoma, oksifil hujayrali adenoma (onkositoma) pleom orf adenoma, mukoepidermoid o'sm a, limfadenoma shular jumlasidandir. Xavfli

o'smalardan silindroma, mukoepidermoid karsinoma klinik jihatdan ko'proq ahamiyatga ega.

Sialoadenoma so'lak bezining kam uchraydigan xavfsiz o'smasidir. Bu o'sm a yumshoq yoki qattiqroq bo'ladigan gomolog shaklli tugun ko'rinishida bo'ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko'rilganida u kubsimon yoki

prizmatik epiteliy bilan qoplangan kambar kanallardan tuzilgan bo'lishi mumkin. Unda kistasimon bo'shliqlar bo'lsa, bunday o'sm a sistadenoma deb, o'smadan kista bo'shlig'iga kirib borayotgan, tarmoqlanib ketgan so'rg'ichsimon o'simtalar chiqqan bo'lsa - papillyar sistadenoma deb ataladi. Sialoadenoma chetlarida kubsimon hujayralar joylashgan alveolalardan iborat bo'lishi mumkin, shu alveolalarning ichki tomonida sitoplazmasi och tusli, g'ovak-g'ovak bo'ladigan yirik hujayralar topiladi. O ksifil-hujayrali adenom a (onkositoma) sitoplazmasi donador bo'ladigan yirik yassi hujayralardan tashkil topadi, bu hujayralar trabekulalar yoki mayda-mayda komplekslar hosil qiladi. Ba’zan soxta bez strukturalari hosil bo'lganini ko'rish mumkin. Stromasi sust rivojlangan.



Adenolimfoma (Uortin o'sm asi) - kamdan-kam uchraydigan xavfsiz o'sma. So'lak bezlari chiqarish yo'llarining epiteliysi va limfoid to'qimasidan kelib chiqadi. Yuzasi g'adir-budir, shakli tuxumsimon, keskin chegaralanib turadigan yumshoq tugun ko'rinishida bo'ladi. Kesib ko'rilganida kulrangnanio-oq tusda bo'lib, bir talay mayda va yirik kistalari borligi ko'zga tashlanadi. Mikroskop bilan tekshirilganida o'sm aning limfoid to'qimadan iborat stromasida ikki qavatli epiteliy bilan qoplangan so'rg'ichs’.mon o'simtalari bo'lgan kamgzklar ko'rinishidr.gi bezsimon epitelial tuzilmalar ko'zga tashlanadi. Gohida qadahsimon hujayralari ham uchraydi. Kistalar bo'shlig'ida donador yoki bir jinsli modda, ko'chib tushgan epitelial hujayralar, polinuklearlar, limfotsitlar, eritrotsitlar, yog' kislotalarining ignasimon kristallari topiladi. Sistadenolimfoma va papillyar sistadenolimfoma tafovut qilinadi.
Download 31,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish