Boshlang„ich sinf "O„qish kitobi" darsliklarida bo„limlar bilan ishlashning samarali usullari



Download 14,12 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi14,12 Kb.
#220205
Bog'liq
boshlangich sinf oqish kitobi darsliklarida bolimlar bilan ishlashning samarali usullari


Boshlang„ich sinf “O„qish kitobi” darsliklarida bo„limlar bilan ishlashning samarali usullari

Xalilov M. f.f.n.dotsent Qosimova U. magistrant.

Boshlang„ich ta‟limda O„qish dasturining mazmuni kichik maktab yoshidagi o„quvchilarga ona-vatanga muhabbat uyg„otish maqsadlariga xizmat qiladi. O„qish bolalarning nutq boyligi o„stirish adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o „rgatishning muhim omilidir.Shu asnoda boshlang„ich sinf o„qish kitobi darsliklariga mavzu doirasi: Vatan ,Vatan o„tmishi hozirgi ravnaqi, xalq qahramonlari, tarixiy shaxslar, buyuk allomalar haqida, tengdoshlar hayoti, ilm-fan, ma‟rifat va madaniyat, mavsumiy o„zgarishlarga oid bo„lgan matnlar beriladi. Boshlang„ich sinf “O„qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o„quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishga, bolalar ongu-shuurida milliy istiqlol g„oyasini shakllantirishga qaratilgan. Mavzular g„oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olingan holda dastur qilib tuziladi. Darsliklardagi o„quv materiallari mavzu doirasiga qarab, bir bo„lim ichida beriladi. Bo„limlar mavsimiy va muhim sanalar hisobiga mos ketma-ketlikda yozilgan bo„ladi.

Boshlang„ich sinf o„qish darsliklarining bo„limlar soni 1-4 sinfga qadar haftalik o„quv rejasi ortib borishi hisobiga ko„payib boradi. Xususan 2-sinfda o„qish darsligi 11 bo„limdan iborat bo „lsa, 3-sinf “O„qish kitobi” 13, 4-sinf “O„qish kitobi” 14 bo„limdan tashkil topgan. 1-sinf “O„qish kitobi” esa savod o„rgatish davridan keyin, 2-yarim yillikdan boshlab o„qitilgani hisobiga 7 bo„limdan iboratdir.

Endi bevosita darsliklardagi bo„limlarni nomlanishiga kelsak, darsliklardagi bo‟limlar mavzu doirasiga qarab tuziladi va nomlanadi. Bo„limlarning nomi boshqa fanlarga bog„lanish mohiyatini anglatib turadi. 1-sinfdan 4-sinfga qarab darsliklardagi bo„limlar g„oyaviy –mazmuniy jihatdan bir-birini takrorlab kelishi mumkin, faqat mavzular ko‟lami jihatdan ancha kengayadi. Masalan: Bahor mavzusidagi 1-sinf “Ko„klam- yashnaydi olam” bo„limida 7-ta mavzu,2-sinf


“Zumrad bahor bahridiling ochar” bo„limida 13 ta mavzu, 3-sinf “Keldi bahor gulbahor” bo„limida 12 ta, 4-sinf “Zumrad bahor” bo„limida esa 11ta mavzu berilgan. Faqat farqli tomoni shundaki 3-4 sinfdagi bo„limlarda o„quv materiallari hajm jihatdan kengroq berilgan.

Boshlang„ich sinf o„qish darsliklarini tahlil qilib chiqsak, nomlanishda izchillik bilan bir-birini takrorlanish holatlari ham uchraydi. Masalan:

1-sinf o„qish darsligida “O‟zbekiston- mening Vatanim” 4-sinf o„qish darsligida “O„zbekiston Vatanim manim”, 2-sinfda “Yoz o„tadi soz”

4-sinfda “Yoz o„tadi soz” bo„limi 3-sinfda “Kumush qish”

4-sinfda “Kumush qish” bo„limi

3-sinfda ham, 4-sinfda ham Xalq og„zaki ijodi bo„limlari nomlari aynan takror berilgan.



  1. sinf o „qish darsligidagi “Odob-insonga husn” bo„limi, 3-sinf o„qish darsligidagi “Go„zal fazilat-inson husni”, 4-sinfda “Nima yaxshiyu-nima yomon” bo„limlari mavzu jihatdan izchilikda berilgan. Lekin aynan 2-sinf darsligida shu mavzularga mos asarlar alohida bo„limda berilmagan. 2-sinf “O„qish kitobi” darsligida “Qushlar, hayvonlar bizning do„stimiz” bo „limi bo„lib, bu bo„limdagi izchillik 4-sinf o„qish darsligida davom etgan. 3-sinf o„qish darsligida bu mavzularga alohida bo„limda to„xtalilmagan. 4-sinf o„qish darsligida o„quvchilarga yangilik sifatida “Jahon bolalar adabiyoti” bo „limi berilgan va shu asnoda 5-sinf “Adabiyot“ darsligiga uzviyligi bog „langan. Ulug„ allomalar, tarixiy shaxslar haqidagi va bahor fasliga mos bo„limlar to„rttala sinf darsligida berilgan.

Bo„limlar bilan ishlashda o „qituvchi albatta bosh mavzudan anglashiladigan go„yaviy bilimlarni o„quvchi ongiga singdira olishi kerak. O„qituvchi bo‟lim boshlanayotganda bo„limni qaysi fanga bog„lashni bilishi kerak. Masalan: ”Tabiatni asrang, avaylang” bo „limini tabiatshunoslik faniga bog „lash mumkin yoki “O„tmishni o„rganish burchimiz” bo„limini tarix faniga bo„glash mumkun. O„qituvchidan talab shundaki bu fanlardan ham chuqur bilimga ega bo„lishi talab

qilinadi. Har bir bo„limning birinchi mavzusi o„tilayotganda yangi bo„lim boshlanayotganini, bo‟lim nomi va unga moslab berilgan rasm izohlanishi kerak.Yangi bo‟lim boshlanayotganda o‟tgan mavzuni takrorlashga kamroq vaqt ajratiladi. Sababi o„tgan mavzu oldingi bo„lim yuzasidan takrorlash yoki nazorat darsi bo„lishi mumkin. Ana shu vaqt hisobiga yangi bo„lim mavzusi izohi bilan ishlanadi. Uning mazmun-mohiyati o„quvchiga tushuntirilib, darsga bo„lgan qiziqishlari ortirilishi kerak bo‟ladi. Bo‟limdagi har bir mavzu o‟tilganda xulosalashda bo‟limdan anglashilgan maqsad tushuntirilib, bo‟lim nomiga ishora berib o‟tish darkor. Masalan: 2-sinf “o‟qish kitobi” darsligidagi “Zilol suv” asarini o‟qib xulosalanib, bo‟lim mavzusi “Tabiatni asrang ,avaylang “ jumlasiga bog‟lanadi. 3-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Ulug„lardan o„rganmoq oqillik” bo„limida “Donolarning donosi” matni Navoiy haqida aytish mumkin.Ulug‟ allomaning ezgu fazilatlarini o‟rganmoq, o‟rnak olmoq oqillik, yaxshi xislat ekanligini bolalarga uqdirish lozimdir.

Darsliklardagi bo‟limlar hasriy yoki lirik (she‟riy ) ko‟rinishda berilgan. Mavzu janrlari bir xil bo‟lishi ham goho bolaga zerikarli bo‟ladi. Misol qilib aytsak, 2-sinf “o „qish kitobi” darsligida “Kumush qish misoli oqqush” bo‟limida 7 ta she‟riy matn, 3 ta nasriy matn berilgan. ”Otalar so‟zi-aqlning ko‟zi“ bo‟limida 1 ta she‟riy matn, 8 ta nasriy matn berilgan. Bo‟limlarni o‟rganishda o‟qituvchi shu bo‟lim mavzusi g‟oyasi, maqsadidan kelib chiqqan holda, bukletlar va suratli ko‟rgazmalar tayyorlasa, sinf xonasining xattaxtasiga to bo‟lim mavzulari tugaguncha ilib qo‟yilsa yanada samarali bo‟ladi. Har bir bo‟limlar so„ngida bo

„lim yuzasidan takrorlash darsi o „tiladi. O„qituvchi mana shu darsda darsliklarda keltirilgan savol-topshiriqlargagina tayanib qolmasdan qo„shimcha ishlashi lozim. Hozirgi ilg„or maktab ta‟limining talabi shundan iboratki o„qituvchi zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta‟lim sohasi rivojiga hissa qo‟shishi darkor. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo„llash orqali iqtidorli o„quvchilarni aniqlash, bo„sh o„zlashtiruvchi bolalarni o „z kuchiga bo „lgan ishonchni hosil qilish, o„quvchilar o „rtasida do „stlik, o „zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishishi lozim

bo„ladi. Shu talablarni nazarda tutgan holda bo„limlar bilan ishlashda ham bolalarga qo„shimcha topshiriqlar berish yanada samarali usul hisoblanadi. Masalan: bir guruhga bo„limdagi biror nasriy asardan eng qiziqarli qismini sahnalashtirish, yana bir guruhga esa bo‟limdagi o‟zlariga yoqqan mavzularga moslab rasm chizish, yana bir guruhga esa bo „lim nomiga oid kichik ma‟lumotlar yig „ish (“Bilimdon”, “G„uncha”, “Dono-vord” jurnallaridan) topshiriqlarini berish mumkin.

Ba‟zi bo „limlar yakunida bo„limdagi qaysi mavzu sizga ko„proq yoqdi? deya savol beriladi. Ana shu savol har bir bo„lim yakunida berilishi kerak. Bolaga oldindan o„ziga yoqqan asar haqida yozishi, yoki shu bo‟limdan nimalarni o„rganganligi haqida matn tuzib yozish topshirig„i beriladi. Yana “Xalq og‟zaki ijodi” bo‟limi o‟rganilayotganda bolalarga mustaqil ravishda maqol, latifa, topishmoq, ertaklarni ota-onalari yoki buva-buvijonlaridan o‟rganib, to‟plab kelish topshirig‟i ham berish mumkin. Bu topshiriqlar bo„lim yuzasidan takrorlash darslarida nazorat qilinadi va baholanadi.

Bo „limlar bilan ishlashda yana testlar tuzish, sayohat-dars o„tish, qo„shimcha adabiyotlardan bo„lim mavzusiga mos materiallardan foydalanish yanada samarali natijalar berishi mumkin. Masalan: 4-sinf “o„qish kitobi” darsligida prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak –ma‟naviyat yengilmas kuch” asaridan parchalar keltirilgan. Bu uslublar bolalarni tafakkurini o„stirish bilan birga, prezident asarlarini o„qib o„rganishga bo‟lgan qiziqishini ortiradi .Yana bunga qo„shimcha ravishda o„qituvchi bo„lim mavzulariga mos Konstitutsiyamizdan moddalarni, ulug„ allomalarimiz va taniqli yozuvchilarning fikrlarini o„rgatib borishi mumkun. Misol uchun: 2-sinf “O„qish kitobi” darsligidagi “Maktabim-qutlug„ makonim, kitobim-oftobim” bo„limi uchun Konstutsiyamizning 41-moddasini “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul ta‟lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” jumlasini, buyuk allomamiz Navoiyning “Yigitlig„da yig„ ilmning maxzani, qarilig„ chog„i xarj qilg„il ani”

hikmatli so„zini namuna qilib keltirish mumkin. Yana misol qilib aytsak shu sinf darsligidagi “Tabiatni asrang, avaylang” bo„limi uchun Konstutsiyamizning 50-

moddasi “Fuqorolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo„lishga majburdirlar” jumlasini hamda Ibn Sino bobomizning “Agar chang va g‟ubor bo‟lmaganda inson ming yil umr ko‟rardi” hikmatli so‟zini misol keltirish mumkun. 3-sinf “O„qish kitobi” “Go„zal fazilat inson husni“ bo„limiga Konstitutsiyamizni 66-moddasi “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o„z ota-onalari haqida g„amxo„rlik qilishga majburdirlar” jumlasini, “Vatan Himoyachilari” bo„limi uchun Amir Temurning “Askari quvvatli mamlakat boy bo„lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo„lur” so„zlarini, yana shu darslikdagi “O„tmishni o„rganish burchimimiz” bo„limi uchun “49-modda. Fuqorolar O‟zbekiston xalqining tarixiy, ma‟naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.” kabi konstitutsiya yoki yoki tarixiy shaxslarning mashxur so„zlariga bo„glab, o„rgatib borilsa yanada samarali natijalarga erishish mumkin. Bu usulga yana ko„plab misollar keltirish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, boshlang„ich sinf o„qish darsliklarida bo„limlar bilan ishlashda noananaviy usullardan foydalanish bolalarning intelektual qobiliyatlarini o„stirishga, tushuncha va tasavvurlarini boyishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida o„quvchilarning faol bo„lishiga, ma‟naviy-ma‟rifiy bilimlarini oshirishga hissa qo„shadi. Zeroki “Ta‟lim to„grisida”gi Qonunda ham, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o„quvchining mustaqil fikrlashiga alohida e‟tibor berilgan. Buning uchun o„qituvchilardan o„quvchilarda kitobxonlik, mushtariylik darajasini oshirish, izlanuvchanliklarini tarbiyalash borasida targ„ibot-tashviqot va hamkorlik ishlarini kengaytirish talab qilinadi.



Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. Uzviylashtirilgan Davlat ta‟lim standartlri va o„quv dasturi. Toshkent-2010. 2.Qosimova K., Matchonov S., Gulomova X va boshqalar. Ona tili o„qitish metodikasi. Boshlang„ich ta‟lim fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent.

”Noshir” nashriyoti 2009.-33 b.

  1. G„offorova T. Shodmonov E. Eshturdiyeva G. 1-sinf “O„qish kitobi” darsligi. Toshkent “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y.

  2. G„offorova T., Nurullayeva Sh.,Mirzahakimova Z. 2-sinf “O„qish kitobi” darsligi. Toshkent. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2014 y.

  3. Umarova M., Hamroqulova X.,Tojiboyeva R. 3-sinf “o„qish kitobi” darsligi. Toshkent “O„qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2014 y.

  4. Matchonov S., Shojalilov A., G„ulomova X. Toshkent. “Yangiyo„l poligraf servis” 4-sinf “o„qish kitobi” darsligi.

  5. Tillaboyeva M., Xo„jayeva M.,va boshqalar. ”Atrofimizdagi Olam” O„qituvchilar uchun metodik qo„llanma. Toshkent. “Extremum-Press” nashriyoti 2014 y.

  6. Xalq ta‟limi Jurnali. 2014 yil. 6-son. 15 b.

Download 14,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish