Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari



Download 313,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.08.2022
Hajmi313,76 Kb.
#846213
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-ijtimoiy-huquqiy-mehyorlarga-hurmat-hissini-shakllantirish-metodlari

Amaliy mashg’ulotlar metodi. 
Mazkur metod ham boshlangich sinf 
o’quvchilarining ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid bilimlarini mustahkamlash, 
boyitish orqali ularga kundalik haetda og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini 
shakllantirishga yordam beradi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf 
o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish ko’nikmalarini 
tarbiyalashga doyr amaliy mashgulotlarning o’yin, musobaqa shakllarida tashkil 
etilishiga alohida ehtibor qaratildi. Bunday o’yinlar qatorida rossiyalik pedagoglar 
tomonidan yaratilgan "yo’l belgilarini jonlantiramiz" va "Yangi yo’l belgisilarini 
yaratish" kabi harakatli, shuningdek, "SHahar ko’chalarida to’gri harakatlarish" 
nomli stolo’yinlarini keltirish mumkin. "Eng tartibli yosh yo’lovchi", "Eng namunali 
tomoshabin", "Eng ibratli xo’randa" kabi musobaqalar esa boshlang’ich sinf 
o’quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mehyorlarning puxta o’zlashtirilishini 
tahminlabgina qolmay, shu bilan birga ularda jamoa joylarida bo’lish, jamoat 
transportida yurish jarayonlariga nisbatan qiziqishni ham yuzaga keltirdi. 
10. 
O‘yin metodi. 
Yosh va psixologik xususiyatlariga ko’ra boshlangich sinf 
o’quvchilari insoniyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy tajribani o’z faoliyatlari 
yordamida samarali o’zlashtiradilar. Yahni, ular mavjud ijtimoiy hamda huquqiy 
mehyorlarga ogishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’yin elementlari bilan boyitilgan 
amaliy xatti-harakatlari asosida o’zlashtiradilar. Sinov ishlarini tashkil etishda o’z 
mazmuniga ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini singdirgan turli mualliflar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
471


tomonidan taklif etilgan, shuningdek, dissertantning shaxsiy ijodiy yondashuvi 
bo’yicha asoslangan o’yinlardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. "Turli 
mavzulardagi suhbat", "Keling, tanishamiz!" kabi muloqot-intellektual o’yinlari 
hamda "Birgalikda ovqatlanamiz" nomli sahna ko’rinishidagi o’yinlardan qrinli 
foydalanildi. 
11. 
Rag’batlantirish metodi. 
Ushbu metod boshlangich sinf o’quvchilarida 
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga qathiy rioya qilish, mavjud tartib-qoidalarga 
bo’ysunish ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida qo’llanildi. Ijtimoiy va 
huquqiy mehyorlarga rioya qilish, ularga nisbatan hurmat ko’rsatish o’quvchilarning 
xatti-harakatlari, kundalik faoliyatlarini bevosita hamda bilvosita kuzatish, baholash 
orqali ragbatlantirilib yeki jazolab borildi. Sinov ishlari davrida o’quvchilarning xatti-
harakatlari rag’batlantirishning ko’ngilni ko’tarish va dalda berish, ishonch bildirish, 
minnatdorchilik bildirish, mukofotlash kabi shakllaridan foydalanildi. 
12. 
Jazolash metodlari. 
Ta’lim amaliyotidan mahlumki, o’quvchilar doim ham 
mavjud ijtimoiy talab, qoidalarga so’zsiz rioya qilavermaydilar. SHu bilan birga 
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini 
ham hamisha oqilona baholay olmaydilar, yoki ehtiborsiz bo’ladilar. Boshlang’ich 
sinf o’quvchilarining kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya 
qilmaslik, ularga nisbatan hurmat ko’rsatmaslik kabi xatti-harakatlari ularga tanbeh 
berish, koyish, uyaltirish kabi shakllaridan foydalanildi. Ukuvchilarga nisbatan 
jazolash metodlarining individual tarzda qo’llashga ehtibor qaratildi. Binobarin, 
bunday yo’l tutilganda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan o’quvchilarning o’z 
tengdoshlari, sinfdoshlari oldida obro’lari to’kilmaydi, shuning bilan birga ularning 
salbiy xatti-harakatlari ham jazolanmay qolmaydi. 
13. 
Savol-javob metodi.
Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr 
bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar 
tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida 
qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga havola etilayotgan 
savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib 
borishda ikki darajali savollardan foydalanildi. Ya’ni:
1) tanib olishga oid savollar;
2) ajratib olishga oid savollar. 
Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy-
huquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda: 

Ma’suliyat va Moslashuvchalik
- Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat 
miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va 
boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;

Muloqot Ko’nikmalari
-Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va 
yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
472



Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash 
- masalani aniqlashda va murakkab 
qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish;tizimlar o’rtasidagi 
uzviy bog’liqlikni aniqlash

Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari
Turli 
xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish 
hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash

Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari
- Jamoada ishlay olish va yetakchilik 
qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila 
olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh 
bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash 

O’z-o’zini yo’naltirish
- Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib 
borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga 
ko’chirib o’ta olish 

Ijtimoiy mas’uliyat
- jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan 
harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi 
hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. 

Download 313,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish