1-o`quvchi: Yer tagida hayot bormi?
2-o`quvchi: Yer tagida hayot yo`q unda hayot nima qiladi?
1-o`quvchi: Yer tagida hayot bor. Agar hayot bo`lmasa, rediskani kim qizilga bo`yaydi.
1-o`quvchi: Osmonda hayot bormi?
2-o`quvchi: Osmonda hayot nima qiladi?
1-o`quvchi: Osmonda hayot bor. Osmonda hayot bo`lmasa, kim yulduzlarni terib qo`yadi.
O`qituvchi: Aziz bayram qatnashchilari! Mana bugungi ajoyib bayramimiz ham nihoyasiga yetdi. Xushnud kayfiyat ila barchangizga sog`lik-omonlik tilayman. Yanagi hosil bayramigacha sog`-salomat bo`laylik. Yurtimiz tinch, hosilimiz bundanda mo`l bo`lsin!
Kichkintoy studiyasi
Assalom-u alaykum , bugungi “kichkintoy studiyasining navbatdagi sonini men …………………………………….
men………………………………………….
va men ………………………………….
birgalikda olib boramiz .Bolalar mana yoz fasli ham tugab qoldi .Xo`sh ,yozgi ta`tillar qanday o`tdi?
Yaxshi
E-e-e…Qaniy-di 3oy o`qish bo`lsa yu, 9oy ta`til bo`lsa….
Nima-aaa??? ……………. Siz maktabni shunchalar yomon ko`rasizmi ?
Nega endi , yaxshi ko`raman , men faqat dangasa bolalar shunday o`ylaydilar ,- demoqchi edim, xalos.
Shunaqa demaysizmi ?
Bo`lmasam-chi ? Men maktabni Juda-juda yaxshi ko`raman.
Judayam yaxshi , mana kuz fasli ham boshlandi. Havo salqin
Daraxtlar ham sariq ko`ylagini kiyishga tayyor
Ha , kuz fasli hosilga boy , judayam sahovatli fasl
Bu bilan 1- sahifamiz kuz fasli to`g`risida demoqchisizda shundaymi
Ha , sahovatli ,saxiy KUZ to`g`risida
Demak , navbat “Sahovatli fasl “ sahifasiga
Marhamat
.
”Sahovatli fasl ” sahifa
Boshlovchi:Kuz… Ona diyorimizda kuz o`z sepini yoygan.Kechalari salqin.Ertalab shudring tusha boshlaydi.Tog`lardagi qoyalarda qirov.Paxta dalalaring ko`rinishi esa o`zgacha.
Boshlovchi:Bu davrda paxta dalalari ham o`ziga xos manzara kasb etadi.Quyosh ufqdan bosh ko`tarishi bilan uning zarrin nurlari g`o`za qator oralariga tushib, barglaridagi shudringlar rango-rang bo`lib tovlanadi.
Kuzninпg birinchi oyida nok,olma,uzum,anjir va anorlar g`arq pishadi.Sabzavot va qovun-tarvuzlar serob bo`ladi.Yig`im-terim ishlari boshlanadi.
Kuz kelib havo soviy boshlaganda turnalar,chug`urchiqlar,uzunqanotlar, ko`kqarg`alar yurtimizdan issiq tomonlarga uchib ketadi.
Kuzda mevalar g`arq pishadi. Bilasizmi kuzgi mevalar ham mazali ham foydali bo`ladi detishadi.
Slayd “KUZ”
Endi bo`lsa kuz
Xohla bog`da uzum ye Mehriniso
Xohla anor uz
Tonggi pallalar
To`kin bag`riga chorlar
Bog`lar,dalalar. Samandarbek
Oltin kuz bizni
Kiydirtirar erinmay
Kamzulimizni…….. Akmalbek
Tong yorishgan palladan
Quyosh tushat aftidan
Qo`rqib qishning taftidan
Ozodaxon
Barg to`kadi daraxtlar
Hosil yig`ib olinar
Qishga zamin solinar Maftunaxon
(Yeb turadi ) Mazza … Qovun mening jonu- dilim . Uni har kuni yeyman Buvijoni qovunni juda vitamin va oqsillarga boy deydilar.
Bahodirbek
Menga esa dumaloqqina tarvuz yoqadi. Kuniga bir kg tarvuz yeyish odam organizmiga juda foydali ekan . Buyrakni tozalab , bilakka kuch berarkan. Abdulazizbek
Olmada temir moddasi bor. Har kun kamida ikkita olma yeb turing.menday sog`lom va baquvvat bo`lasiz.
Olmaga qarang
Yuzlari tarang
Shohda qaltirar
Rangi yaltirar Maftuna
Uzum glyukozaga boy deyishadi. Agar siz ham bizday chiroyli va sog`lom bo`lishni istasangiz har kuni uzum yeb turing. Samandarbek
BUG`DOY bizning risq-u ro`zimiz ,paxta esa milliy boyligimiz sanaladi . Kuzda ularni yig`ib olishadi. Ular dalalarga ko`rk berib turadi. Bular Gerbimizda ham ramz qilib olingan .Abdulaziz
Do'stlaringiz bilan baham: |