Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish” mavzusida


Boshlang’ich sinfda matematika darslarini tashkil etish



Download 108,88 Kb.
bet3/8
Sana12.07.2022
Hajmi108,88 Kb.
#779728
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor

1.2. Boshlang’ich sinfda matematika darslarini tashkil etish
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar bu- o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish; talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni; uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ish sinf-dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga egadir O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan. Ammo matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda bo‘lishi lozim. Maktabning boshlang‘ich sinflarida matematikadan sinfdan tashqari ishlarni sinfning hamma o‘quvchilari bilan birga bir vaqtda o‘tkaziladigan mashg‘ulot shaklida o‘tkazish maqul. Sinfdan tashqari mashg‘ulot ixtiyoriylik prinstiplari asosida bo‘ladi. Darslar 45 minutga rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish formalariga qarab 10-12 minutga ham, 1 soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko‘p xilligiga qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu turlari bor. Matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar, konkurslar, olimpiadalar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 1-sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qaraylik. Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar hisoblanadi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan bajariladi. O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda muhim. Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi lozim: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishidir.
Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 1-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-3-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 minut, 2-sinfda 25-35 minut 3-sinfda 35-40 minut, 4-sinfda 40-45 minut. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdan ushbular bilan farqlanadi 1.To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil bo‘ladi.
Maktablarda ko‘pincha bir nechta to‘garak (har xil fanlardan) ish tashkillanadi. Bir o‘quvchining bir nechta to‘garaklar ishida qatnashishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu o‘quvchiga zo‘riqish berib qo‘yishi mumkin. Shu sababli matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. Tajriba birinchi sinfda birinchi yarim yillikdan keyin to‘garak ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo, odatda, bunday ishni 3-4 sinf o‘quvchilari bilan oyiga 2-3 marta o‘tkaziladi ( bir mashg‘ulot davomiyligi 30-45 minut ). Bunday to‘garaklarni bir maktabning parallel sinflari o‘quvchilari (bazan bir sinf o‘quvchilari ) uchun yoki bir nechta maktab o‘quvchilari uchun ( bu holda u yosh matematiklar klubi deb ataladi) tashkil qilish mumkin.
2. Qiziqarli matematika soatlari o‘qituvchining o‘zi tayyorlab o‘tkazadi. To‘garak mashg‘ulotini tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilar katta mustaqqillik va tashabbus ko‘rsatadilar: ular qisqa xabarlar (masalan, matematika tarixiga oid materiallar) bilan chiqishadi; mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, bazi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hakazo. Shu bilan bir qatorda, qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdagida, o‘quvchilar matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarida qiyin masalalar yechadilar, mantiqiy masalalar yechadilar, rebuslarni, topishmoqlarni topadilar, ular bilan didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi va hakoza. To‘garak mashg‘ulotlari uchun material tanlashda eng avvalo dasturga amal qilish kerak. Malaka va ko‘nikmalar talab qiluvchi dasturdan tashqariga chiquvchi materiallar to‘garak uchun yaramaydi. Ammo to‘garak mashg‘ulotlarida dastur materialni chuqurlashtirish va xilma-xil qilish mumkin. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan bazi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejasini keltiramiz.
I mashg‘ulot.
1. Rebuslarni o‘ylab topish.
2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 
3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar.
4. Hazil masala.
5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini.
Reja belgilab olingandan keyin ishning eng masuliyatli qismi boshlanadi- har hil manbalardan aniq material tanlanadi .
II mashg‘ulot 
1. Rebuslarni o‘ylab topish.
2. Topqirlikni talab qiluvchi sheriy masalalar.
3. Geometrik figuralarni analiz qilishga doir mashqlar. 
4. Hazil masala. 
5. «Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma» o‘yini. 
Matematik konkruslar va olimpiadalar. Matematik konkruslar qiyin masalalar yechish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi matematikni, tez tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar echish; og‘zaki va yozma hisoblashlar; geometrik topshiriqlar va hakozalar. Matematik olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ravishda yirikroq masshtabda, maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati ko‘proq o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi. Olimpiadalarni o‘tkazishdan oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Matematik matbuot: boshlang‘ich sinflarda chiqariladigan gazetalar va o‘tkaziladigan viktorinalar mazmunini ko‘proq topishmoq, boshqotirgich, rebuslar va boshqa xildagi qiziqarli materiallar tashkil qiladi va ularning maqsadi o‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini orttirishdan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarning matematika gazetasi rangli qilib bajariladi, masala va misollar rasmlarda beriladi va qiziqarli xarakterda bo‘ladi. Matematik viktorinalar gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun beriladigan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchiga yoki shu ish topshirilgan o‘quvchiga beriladi. Muddat o‘tishi bilan olingan javoblar qaraladi va g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi. Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda, matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda bulardan tashqari matematikadan ko‘rsatmali qurollar, har xil gazetalardan qirqib olingan, Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi son ma’lumotlar, har xil mashinalarning tezliklari haqidagi, bolalarga ko‘proq tanish mollarning baholari, oziq-ovqatlar narxlari ifodalangan materiallar yopishtirilgan albomlar, «Bilasizmi?» nomi ostidagi qiziqarli matematik ma’lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin.Matematik ekskursiyalarning maqsadi aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi.Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi. o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.


Download 108,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish